408
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-1030 días
Archivo de publicaciones
408
$5 000 sarflab qilgan gunohlarimizni, masjidni qutisiga yoki svetaforda turgan bolachaga qaytimga kelgan 10 000 so’mni berish bilan yuvilishini kutadigan odamlarmiz. 😊 Zo’r a?!
rovitalk
408
Baxt:
“Yanada yaxshiroq hayotim bo’lganida nima qilardim?” deyish o’rniga;
“Men sohib bo’lgan hayotim bilan yanada yaxshiroq nimalar qila olishim mumkin” demoqdir.
408
Ba’zi multfilmlarni ko‘rasizu,
xuddi hayotdan ko‘chirib olingandek tuyuladi.
Qahramonlar — tanish.
Vaziyatlar esa — juda tanish.
Farqi shundaki,
multfilm ochiq aytadi,
hayot esa ishora qiladi.
Shuning uchun ba’zi multfilmlar bolalar uchun emas,
o‘zini bolalardek aldayotgan kattalar uchun qilingandek.
Kulib ko‘rasiz,
lekin ichingizda nimadir “chirt” etib ketadi.
Chunki bu fantaziya emas.
Bu — hayot.
HR
@alterego_uz
408
SSSR ga yuborish uchun 3 yil davomida bitta Amerikalikni shpion qilib tayyorlashibdi. Ertayu kech rus tilini o’rganib, ruslar yashash tarzini o’ziga singdirib yuboribdi. Shu darajada tayyor bo’libdiki, o’zini rus ekanligiga o’zi ham ishonishiga yaqin kelib qolibdi.
Uni Sibirni bir qishlog’iga samolyotda tashlab ketishganidan keyin Amerikalik shpion xuddi ruslardek telpak, oyoq kiyim va hamma Sibirliklarga mos narsalarni kiyib, qo’lida shisha bilan tursa, bir rus mujik ot aravaga chanani qo’shib olgan holda kelayotganmish.
Amerikalik:
- Ey Mujik, qishloqqacha olib keta olasanmi?, - deb so’rabdi.
- Mayli chiq, - debdi rus mujik.
Ozgina yurgandan keyin rus gap boshlabdi:
- Amerikada bunaqa payt ancha issiq bo’lsa kerak?
Hayratdan qotib qolgan Amerikalik so’rabdi:
- Meni 3 yil tayyorlashdi, ruslarni hamma tomonlama o’rgandim, ular bilan bir xil fikrlaydigan bo’ldim, sen qanday qilib bilding meni amerikalik ekanligimni?
- Bizni qishloq tomonlarda biror marta negrlarni yurganini ko’rmaganmanda…
Xulosa: Bir ishga kirishish, jiddu-jahd qilish yaxshi, lekin ishni boshlashdan avval qarangda, u o’zi bo’ladigan ishmi yoki bo’lmaydigan.
408
Nima ish qilishini kayfiyati belgilab beradigan odam, eng ojiz odam hisoblanadi.
Bunday odamlar kerakli ishni emas, xohlagan ishini qiladi.
Natijada unga nisbatan ham qolganlar o’zlari xohlagan ishini qiladi.
408
Bola edim. Onamga “Daraxtga chiqaman, yordam bering!”, - dedim.
“Birov chiqarib qo’ygan daraxtdan tusha olmaysan, qulaysan”, - dedi.
Bir umr bu gaplarni unutmadim…
Ali Shariati Mazinani
408
Birinchi uchrashuv restoranda bo’lgani sabab to’lov vaqtida ozgina o’ylanib qolgan yigitga qaradida, qiz shunday dedi:
- Siz qiynalmang, siqilmang, o’zim hammasini hal qilaman… Dedida hisobni to’ladi.
Yogit hayron, lekin qizni mardligini, dadilligini ko’rib yuziga tabassum yurdi.
Uchrashuvlari davom etdi. Oradan bir qancha vaqt o’tib yigit qo’lidagi biroz eski telefonini tushurib yubordi va jahl ustida baqirib yuborganini bilmay qoldi. Telefoni buzilgani uchun siqilib qolgan yigitga qaradida, qiz shunday dedi:
- Siz qiynalmang, siqilmang, o’zim hammasini hal qilaman… Dedida sumkasidan iPhoneni oxirigi modelini olib yigitga berdi.
Qizni bu ishidan yigit yayradi, hursand bo’ldi, o’ziga sig’maslikni boshladi. Tanlavi to’g’ri ekanligiga yana bir marta amin bo’ldi.
Bir necha oylik chiroyli munosabatlardan keyin yigit qiz bilan mashinada ko’chada ketishayotgan kunlarining birida yigitni eskiroq, oddiyroq mashinasini bitta katta, baquvvat, qimmat mashina siqib o’tib ketti va yigit olib qochaman deb chekkadagi betonga tegib mashinasini kattagina joyini qirib oldi. So’kinib, baqrib, lekin qo’lidan hech narsa kelmasligini tushinib turgan yigitiga qaradida, qiz shunday dedi:
- Siz qiynalmang, siqilmang, o’zim hammasini hal qilaman… Dedida huddi o’sha ularni chetga surib ketgandek moshina uni qizni uyini yonidagi garajda kutib turganini aytdi.
Yigit qizga qarab bahtiga ishonmas edi…
Oradan vaqti o’tdi, yigit sovchilarni yubordi. Qizni dadasi yigitni chaqirdi va gaplashayotib so’radi:
- Qizim bilan qayerda yashamoqchisiz?
Yigit nima deyishini bilmay turganda, qiz dadasi bilan yigiti gaplashayotga honaga kirdida dedi:
- Shaxar markazida 4 honali uylari bor, sizga aytishga uyaldilar manimcha.
Yigit qizga lop etib qaradi va qizni yuzidagi tabassum va muhabbatni ko’rib ichiga sig’mas edi.
Yigitni kuzatayotib qiz shunday dedi:
- Jonim Siz qiynalmang, siqilmang, o’zim hammasini hal qilaman… dedida, yigitni qo’liga kalit berdi va manzilni tushintirdi.
Yigit “tushimmi-o’ngimmi??!!” derdi. Nima bo’layotganini, bu qizni bir farishtadek ekanligini ko’rib dunyolarga bahti haqida jar solgisi kelar edi!
To’y ham o’tdi. Qiz hammasini hal qildi, hech kim bilmay ham qoldi u hal qilganini.
Chimildiqqa kirishdi hammasi juda go’zal edi…
Lekin… shu to’y boshidan beri 3-4 yoshli bolacha kuyovga ham kelinga ham kelib juda yopishaverdi, kamiga chimildiqqa ham kiraman deb harxasha qiyayotganiga yigitni yomonam asabi buzilishni boshladi.
U bolacha kimni bolasi ekan, deb turganida chimildiqqa yugirib kirib keldida kelinga qarab:
- Oyi endi man siz bilan yotmimanmi? Holam shunaqa dedi! Deb hafa bo’lib gapirdi.
Yigit shokda!
Bu nimasi!?? Kim bu bola?!
Ozgina tabassum bilan qiz shunday dedi:
- Siz qiynalmang, siqilmang deb avvaldan o’zim hammasini hal qilib qo’ya qolgandim… dedi.
Hulosa…
Hulosa endi sizdan.
Siz uchun men hammasini hal qilib o’tirmay
rovitalk
408
Har qanday yaxshi narsa chuqur diqqat talab qiladi.
Chalg‘ituvchi dunyoda bu odamlar uchun eng katta muammo. Ko‘pchilik chuqur diqqatsiz biror narsaga erishaman deb o‘ylaydi, lekin bu faqat illyuziya. Agar biror ishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, diqqat zarur. Busiz iloji yo‘q.
Diqqatni jamlay bilish bu juda kuchli qurol. Chalg‘ituvchi narsalardan voz keching, chunki ular sizni maqsadingizdan uzoqlashtiradi. Har kuni bir oz bo‘lsa ham oldinga siljish uchun o‘zingizni chuqur diqqat bilan ishlashga o‘rgating. Natija darhol ko‘rinmasligi mumkin, lekin sabr qilsangiz, mehnat o‘z samarasini beradi.
Chuqur diqqat bu sizni orzularingizga yetaklaydigan yo‘l, boshqa yo‘l yo‘q.
@alterego_uz
408
Shogird so'radi:
Ustoz, men juda baxtliman. Qayerga borsam qarshimga go'zal axloqli insonlar uchrayapti hamma narsa qanday o'zgardi?
Ustozi javob berdi: Chunki "Sen o'zgarding"
@alterego_uz
408
PIYODA shaxmat doskasidagi yagona katta maqsadga ega bo'lgan figura hisoblanadi. U kim bo'lishni xohlasa, shunga erishadi.
Piyoda vazir ham bo'lishi mumkin, lekin buning uchun u harakatlanishi kerak va qanday harakatlanishni bilishi lozim.
@alterego_uz
408
Dehqon kabi fikrlang
Hayotda ko‘p narsa tez bo‘lishini kutamiz. Lekin dehqon bir kunda hosil olmasligini biladi.
Ekinni sekin o‘sayotgani uchun urishmaydi.
Yomg‘ir yog‘may qoldi deb dalani ayblamaydi.
Ildiz otmagan urug‘ni erta yulib tashlamaydi.
Yeriga mos urug‘ni tanlaydi.
Vaqtida sug‘oradi, o‘g‘itlaydi, dalani begona o‘tlardan tozalaydi.
Yaxshi va yomon mavsumlar bo'lishini biladi va bunga oldindan tayyor turadi.
Dehqon kabi yashang: shoshilmang, ayblamang, ko‘proq mehr bering. Hosil baribir chiqadi.
408
Hayotimiz o‘z fikrlarimiz natijasidir.Mark Avreliy Voqealar o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon emas. Ularni qanday qabul qilishingiz muhim. Faqat salbiy fikrlasangiz, dunyoni ham shunday qabul qilasiz. Tashqi voqealar ustidan to‘liq nazoratimiz yo‘q, lekin fikrlarimizni boshqarish faqat o‘z qo‘limizda va bu haqiqiy kuch. Tasavvur qiling, sizni anchadan beri kutgan lavozimingizga oʻtkazishmadi. Birinchi reaksiyangiz alam va norozilik boʻlishi mumkin, chunki bu siz uchun katta imkoniyat edi. Lekin shu qaror sizni kurslarga yozilib, mahoratingizni oshirish imkonini, yoki biznesingizni boshlash uchun anchadan beri kerak bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni paydo qiladi. Tashqi voqealarni o‘zgartira olmaymiz, lekin ularga bo‘lgan munosabatimizga to‘liq nazorat bor. Hayot sizga nima bersa ham, uni qanday qabul qilish — bu tanlovingiz. Haqiqat shundaki, qiyinchiliklar emas, ularga javobingiz sizni shakllantiradi. Sinovlar - kuchli shaxsiyatni tarbiyalaydi.
408
Motivatsiya 💎
Har doim eng qiyin, aqliy mehnat talab qiladigan ishlarni ishga kelganingizdan keyin birinchi bajaring.
Sababi - inson miyasi ertalab soat 8:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida eng faol, tiniq va ijodiy holatda bo‘ladi.
Shu paytda bajarilgan ish — kechga qoldirilgan ishdan kamida 2 baravar samaraliroq bo‘ladi.
📌 Eslatma “Kunning eng qiyin ishini birinchi bajargan odam — qolgan ishlarni yengil his qiladi.”Demak men hozir shunaqa ishlar bilan bandman))))
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
