cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Harbiy blok ️

Antiputin Murojat uchun @Aloqabizga_bot

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoPolítica13 279
Publicaciones publicitarias
1 123
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

​​Aljazeera: Yaqin Sharq. Alvido Amerika, salom Xitoy(mi?) O‘z mamlakatining Yaqin Sharqdagi susayib borayotgan ta'sirini saqlab qolish maqsadida Entoni Blinken shu hafta Saudiya Arabistoniga uch kunlik tashrifni boshlaydi. Bayden ma'muriyati bosimni kuchaytirib, mintaqadagi davlatlarni Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o'tishga yordam bermaslikdan ogohlantirmoqda. Umuman olganda, mintaqa davlatlari o‘zini diversifikatsiya qilmoqda.  Bu savdo munosabatlari misolida yaqqol ko‘rinadi.  2000-yildan 2021-yilgacha Yaqin Sharq va Xitoy o'rtasidagi savdo hajmi 15,2 milliard dollardan 284,3 milliard dollargacha o'sdi; xuddi shu davrda AQSh bilan savdo aylanmasi biroz o'sib, 63,4 milliard dollardan 98,4 milliard dollarga yetdi. Yaqinda Yaqin Sharqdagi olti davlat, jumladan Saudiya Arabistoni, BAA va Misr ham BRICS uyushmasiga qo'shilishni so'rab murojaat qildi. AQSh so'nggi o'ttiz yil davomida Yaqin Sharqda hukmron kuch bo'lib kelgan va hozir ham shunday.  Ammo keyingi o'n yillikda ham shunday bo'ladimi? Al Jazeera siyosiy tahlilchisi Marvan Bishara o‘z maqolasida yuqoridagi masalalarni atroflicha tahlil etadi. Uning fikriga ko‘ra, mintaqadagi yetakchi arab davlatlari "Amerikaga yo‘q" deya olmaydi. Bizningcha, Yaqin Sharqqa Xitoy shamoli allaqachon kirib bo‘ldi. Pekin nafaqat Fors ko‘rfazida, balki Yaqin Sharqning Afrikaga tutash hududlarida ham o‘z ta'sirini jiddiy kuchaytirib oldi. Masalan, o‘tgan yili Xitoy va Misr rasmiylari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda Xitoy Misrdan qarz evaziga strategik obyektlarni so‘rashni boshlagan. Boshqacha aytganda, uchrashuvda Xitoyga bo‘lgan 8 milliard dollarlik qarzni Misr portlari va aeroportlaridagi strategik aktivlarga almashtirish imkoniyati muhokama qilingan. Jahon banki tomonidan e’lon qilingan hisobot shuni ko‘rsatdiki, Misrning umumiy tashqi qarzi 2022-yil mart oyida misli ko‘rilmagan darajaga yetdi va taxminan 158 milliard dollarni tashkil etgan. Hisobotga ko‘ra, 2022-yilning martidan 2023-yilning martigacha Misr 33 milliard dollarlik tashqi qarzni to‘lashi shart. Bu Qohiraning deyarli barcha valyuta zaxiralariga teng, hozirda ular 33,3 milliard dollarga baholanmoqda. Agarda Pekin Qohiradan qarzi evaziga Suvaysh kanali nazoratini o‘z qo‘liga olsa, demak bu jahon iqtisodiyoti Xitoyga o‘tdi degani. Afrikada ham Xitoy nazorati tobora kuchayib bormoqda. Oddiy bir misol, tashqi qarz evaziga Keniyaning Mambos porti Xitoy tassarufiga o‘tgan. Shuningdek, Shri-Lanka Xambantota yirik porti aksiyalarining 70 foizini 99-yilga Xitoy kompaniyasi boshqaruviga o‘tkazib bergan. Umuman, Yaqin Sharq uchun endi yangi kurash, yangi o‘yin boshlanadigan davr keldi. Aniqki, endi bu o‘yinda Amerika-Xitoy raqobati aks etadi va bu raqobatni Rossiya faqat kuzatib o‘tirishi mumkin. 👉@harbiyblok
Mostrar todo...
Prigojin Ukrainani to‘xtatish uchun Putindan 200 ming askar so‘radi​​​​​​​ “...Endi biz jiddiy yo‘qotishlarga duchor bo‘lamiz, bunga aminman. Biz, albatta, hududlarning bir qismini yo‘qotamiz ", - deb ogohlantiradi Prigojin. 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
Tojikiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishni rad etdi Rasmiy Dushanbe YOIIga a’zo bo‘lish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Tojikiston TIV rasmiy vakili Shohin Samadiy ta’kidlab o‘tgan. Bu tashkilot qaysi davlatga xizmat qilishuni hamma biladi menimcha? 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
Rossiya armiyasi asta-sekin, lekin barqaror ravishda parchalanib bormoqda. Ushbu xulosaga kelish uchun razvedkachi yoki harbiy mutaxassis yoki bo‘lmasa, hatto urush muxbiri bo'lish shart emas, shunchaki yangiliklar lentasini kuzatish kifoya. Yollanma harbiy guruhlar va yollanmachilik uchun jinoiy javobgarlik Rossiyada saqlab qolingan holda, Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarida kamida ikkita noqonuniy xususiy armiya mavjud. Biri Qodirovnikidir (Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u 70 ming jangchidan iborat). Ikkinchisi Prigojinnikidir (Prigojinning so'zlariga ko'ra, unda 50 000 jangchisi bor). Yana bir nechta xususiy harbiylashtirilgan tuzilmalar mavjud, ammo ahamiyatsiz bo'lib, ulardagi harbiylar soni jami 20 mingdan ham oshmaydi. Ushbu noqonuniy xususiy qo'shinlar odatda qurollangan (albatta, og'ir qurollar bundan mustasno) va oddiy armiyalarga qaraganda yaxshiroq ta'minlangan va ko'proq o'qitilgan serjantlar va ofitserlarga ega, albatta armiya maxsus kuchlarini hisobga olmaganda. Umuman olganda, shaxsiy harbiy guruh hajmi va qurol-yarog'i bo'yicha Rossiya 2022-yil qishiga zarba sifatida tayyorlagan va u bilan Ukrainani tor-mor qilib, Kiyevni egallashni rejalashtirgan oddiy armiya guruhi bilan taqqoslanadi. Bu armada to'liq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va qurollanadi, aslida muntazam armiya zarariga, lekin ayni paytda u davlat tomonidan to'liq nazorat qilinmaydi. Rasmiy ravishda Mudofaa vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Bosh shtabiga bo'ysunadigan xususiy qo'shinlarning "egalari" jamoat joylarida ushbu davlat muassasalari va ularning rahbarlariga nisbatan o'ta dushmanlikni namoyish etadilar, armiyaga qarshi tashviqotlarni ochiqdan-ochiq olib boradilar. Vagnerchilar tomonidan Rossiya Federatsiyasining rasmiy harbiy brigadasi qo‘mondoni qo‘lgan olinganidan xabaringiz bor. Uning qo‘lga olinishi va ommaviy so'roq qilinishi Shoyguning emas, balki butun Rossiya muntazam armiyasining kamsitilishidir. Biz har doim davlat parchalanishidan oldin bo‘ladigan armiyaning parchalanishining boshlanishiga guvoh bo‘lyapmiz. 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
O'zbekiston va Amerika kompaniyasi sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilishi mumkin Amerikaning SAS kompaniyasi O'zbekistonda mintaqaviy vakolatxonasini ochishi mumkin. Tomonlar sun'iy intellektni rivojlantirish hamda yangi ish o'rinlari yaratishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. SAS — AQSh xususiy kompaniyasi bo'lib, statistik tahlil dasturlari va “Business Intelligence” sinf tizimlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
01:41
Video unavailableShow in Telegram
Qatarning boy va rivojlangani haqida gap ketsa, o‘zini shunday ovutadiganlar bor: "Zato Qatarning aholisi kam" Bir davlat faqat odamlarning soniga qarab emas, yer maydoni bo‘yicha ham belgilanadi. Har metr²ga qancha odam to‘g‘ri keladi. Qatar aholisi O‘zbekistonga nisbatan tor joyda tiqilib yashaydi. Odamlar zichligi bo‘yicha Qatar 76-o‘rinda. O‘zbekiston esa 132-o‘rindan. "Zato Qatarni gaz rezervi ko‘p" Qatar gazini suvdan arzon narhda Rossiyaga bermagan. Rossiyaning manfaati uchun shartnoma imzolamagan. Amaldorlar o‘z xalqini qaqshatmagan. "Zato yurtimiz tinch" Ha, Qatar urush ichida qolib, "sadaqa raddi balo" deb, O‘zbekistonga qarz bermoqchi ekan-da! 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
00:28
Video unavailableShow in Telegram
- U yerda nima turibdi? - Mayli, unga zarba beramiz. Rossiyaliklarning Ka-52 vertolyoti ekipaji muloqoti va qishloq xo‘jaligi texnikalariga zarba berilishi. 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya propagandasi «Leopard va ukrainlarning boshqa tanklari yo‘q qilinishi» aks etgan videoni namoyish etdi Ammo kadrda tanklar emas, qishloq xo‘jaligi kombaynlari va traktorlar nishonga olinganini ko‘rish mumkin. 👉 @harbiyblok
Mostrar todo...
❗️Shoygu to‘qqiz oy ichida ilk bor Rossiya armiyasi yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining hujumlarini qaytarishda rossiyalik 71 harbiy halok bo‘lib, 210 nafari yaralangan. Rossiya tomoni o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida so‘nggi marta 2022-yil 21-sentyabrida ma’lumot bergandi. O‘sha vaqtda, RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukrainaga bosqin boshidan buyon 5937 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani tasdiqlangandi. Bu ma'lumotlarni o‘qib Shoygu hazilkash odam ekanligini bildim. 👉@harbiyblok
Mostrar todo...
Sergey Shoygu: «Ukrain rejimi anchadan buyon va’da qilingan yurishni boshladi» Rossiya mudofaa vaziri «uch kundan buyon» hujumlar amalga oshirilayotganini aytgan: 4-iyun kuni — besh yo‘nalishda, 5-iyun kuni — yetti yo‘nalishda. Shoygu «dushman muvaffaqiyatga erisha olmagani» yo‘qotishlarga uchraganini qo‘shimcha qilgan. Shoygu oxiri vohimadan o‘libdi degan yangilik chiqsa ajablanmayman. 👉@harbiyblok
Mostrar todo...