cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

G'iyosiddin Yusuf | blog

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Yordamchimga murojaat: @Kaatib https://linktr.ee/giyosiddinyusuf

Mostrar más
Uzbekistán8 536El idioma no está especificadoFamilia e hijos1 374
Publicaciones publicitarias
8 485
Suscriptores
+2124 horas
+37 días
+6130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
"To'ydan keyin kech" kitobimni shunchalar mehr bilan yozdimki, yozib bo'lgach to'ldirish qilaman deb o'qisam, yangi kiyimga yamoq solishdek bo'lib qolyapti. Shunday qilib kitobim bir martada — bir yarim oyda to'liq yozildi, alhamdulillah. #Ijod @GiyosiddinYusuf
Mostrar todo...
❤‍🔥 46 15🎉 11🔥 7🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Savol: Assalomu alaykum. Bilasizki, deyarli barcha yoshlarda o'tish davri bo'ladi va bu vaziyatda ularning ota-onasiga munosabatlari o'zgarib qoladi. Shu paytda yoshlar qanday qilib ota-onasiga yaxshi munosabda bo'lishlari mumkin? Javob uchun oldindan rahmat! G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Darhaqiqat, ko'pchilik yoshlarning o'tish davri ular va ota-onalari uchun qiyin kechadi. Shuning uchun bu davrda iliq munosabatlarni saqlash va mustahkamlash uchun yoshlarga quyidagi tavsiyalarni beraman: 1. Ochiq va samimiy muloqot qiling: his-tuyg'ularingizni ochiqchasiga, lekin hurmat bilan ifoda eting. Ota-onangizni tinglashga, ularning fikrlariga quloq solishga harakat qiling. 2. Hurmat saqlang: necha yoshda bo'lishingizdan qat'iy nazar, ota-onangizga hurmat ko'rsatishingiz, ularning boriligi, qilgan yaxshiliklari uchun shukr qilishingiz va ularga nisbatan ehtirom bilan munosabatda bo'lishingiz muhimdir. Xususan, o'tish davrida ham buni unutib qo'ymang. 3. Mas'uliyatni his qiling: endi yosh bola emassiz, siz yaqindagina xatti-harakatlaringiz uchun javobgar shaxsga aylandingiz — mukallaf bo'ldingiz. Shuning uchun so'z va amallaringizga e'tiborli bo'ling. Bir og'iz qo'pol so'zingiz yoxud yomon nazaringiz ota-onangizni norozi qilib qo'yishi va buning oqibatida ikki dunyo hasratiga qolishingiz mumkin. 4. Ular bilan birga vaqt o'tkazing: ko'pchilik ota-onalar farzandlarining ular bilan birga vaqt o'tkazmasligi: uyda o'tirmasligi, birga ovqatlanmasligi, suhbatlashib o'tirmasligidan shikoyat qiladi. Shuning uchun siz bu narsalarga e'tiborli bo'ling. Bu bir-biringizni yaxshiroq tushunishga ham yordam beradi. 5. Sabrli bo'ling: o'tish davri qiyin va stressli bo'lishi mumkin. Sabrlilik va kechirimlilik yaxshi munosabatlarni saqlashga yordam beradi. 6. O'rnak bo'ling: ba'zi yoshlar ota-onani qanday qilib yaxshilikka chaqirish, ular bilan qadriyatlarimiz monand bo'lishi uchun nimalar qilishimiz kerak deb so'rab qoladi. Buning uchun o'zingizning xulqingiz, xatti-harakatlaringiz bilan go'zal o'rnak bo'lishingiz lozim. Bu bilan nafaqat ularni yaxshilikka chaqirasiz, balki o'zaro iliq munosabatlarni saqlashga ham erishasiz. #yoshlar @GiyosiddinYusuf
Mostrar todo...
11🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob xarid qilishda nimalarga e'tibor qilish kerak? 1⃣ Mavzusi qiziqishlaringizga mos keladimi? Shu mavzudagi kitobni o'qishga ehtiyojingiz bormi? Shularga qarang. 2⃣ Muallifi bu mavzuda kitob yozishga qay darajada haqli ekaniga qarang. Shu mavzuda mutaxassis kishi bo'lsa, yaxshi. Lekin mutaxassis kishilarning mavzuga oid kitobi biroz qimmatroq bo'lishi mumkin. Muallif haqidagi ma'lumotni kitobning o'zidan yoki internetdan izlab ko'ring. 3⃣ Kitob bilan umumiy tanishib chiqing. Mundarija, so'zboshini o'qib, ora-oradan o'qish bilan kitobning mazmuni va maqsadi bilan tanishing. Ma'qul bo'lsa, xarid qiling. 4⃣ Kitob haqidagi taqrizlarni o'qing. Bunday ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn kitob xarid qilish mumkin bo'lgan saytlarda juda ko'p. Shuningdek, yaqinlaringiz, tanish-bilishlaringizning kitob haqidagi fikrini so'rashingiz ham mumkin. Ayniqsa, kitobxo'r, ashaddiy kitobxonlar har bir kitob haqida ma'lumotga ega bo'ladi. 5⃣ Kitobning sifatiga qarang. Ba'zi kitoblarni xarid qilib, uygacha o'qib ketasiz, afsuski, yo'ldayoq kitob yirtila boshlaydi. Shuning uchun kitobning muqovasi, qog'ozi, tikilgan yoki kleylangan ekani, shriftlarining o'lchamiyu sahifalanishi kabi mayda tafsilotlariga ham ahamiyat qilib xarid qilsangiz, o'qishingiz oson bo'ladi. 6⃣ Tarjima kitoblarning tarjimasiga e'tibor qiling. Afsuski, oxirgi vaqtlarda ba'zi tojirlar kitobni google.translate'ga tarjima qildirib, muallif va kitobning nomidan boshqa hech qanday ma'lumot qo'ymagan holda nashr qilib yuboryapti. Kitob o'qishga yaroqsiz holda. Nomiga qiziqib xarid qilasiz, o'qisangiz tushunmaysiz. Shunday kitoblardan biri "Oqila ayol qoidalari" nomli kitobdir. Bir pulga qimmat kitob! 7⃣ Agar ashaddiy kitobxon bo'lsangiz, kitobning tahriri va imlosiga ham e'tibor qiling. Ba'zi kitoblarda imloviy xatolar juda ko'p, ba'zilari yaxshi tahrirlanmagan — gaplari tushunarsiz holda ham nashr qilinadi. Bu, albatta, kitobxonga zavq bermaydi. Shu o'rinda qo'shimcha ma'lumot: Bu yerda men haqimda ma'lumot; Bu yerda kitoblarim haqida ma'lumot; Bu yerda kitoblarimga taqrizlar; Bu yerda kitoblarimdan iqtiboslar; O'zim muharrir va musahhihman — kitoblarimda bu bo'yicha muammo bo'lmaydi, inshaalloh. G'iyosiddin Yusuf
Mostrar todo...
🔥 5 2❤‍🔥 1🎉 1
02:04
Video unavailableShow in Telegram
Nega inson farzandining kelajagini, ikki dunyosi saodatini o‘ylab bolasiga diniy ta’lim berishi mumkin emas? Qonunan taqiqlangan deb bolani dinsiz qilib o‘stirish kerakmi? "Demokratik jamiyat" degandan keyin kishining dindor yoki dinsiz bo‘lishi ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Voyaga yetmagan farzandning xatti-harakatlari uchun ota-ona javobgar ekan, uning ta’lim-tarbiyasi uchun ota-ona erkin harakat qila olishi kerak. Nega faqat tor doiradagi kishilarning istagi bilan qarorlar qabul qilinadiyu xalqning xohish-istaklari, diniy qarashlari inobatga olinmaydi?!
Mostrar todo...
IMG_5723.MP46.38 MB
45🔥 14 3🤔 2🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Аёл киши учун эридан кўра яхшироқ дўст йўқ. Душманлик учун ҳам айни гап. Эрингизга дўст бўлиб, эрингизни ўзингизга дўст билиб ҳаётингизни жаннатга айлантиринг. Ёки, тескарисини қилиб, эрингизга қўшиб ўзингизнинг ҳам ҳаётингизни жаҳаннамга айлантиринг. @jamoliddin_blog
Mostrar todo...
25😁 8🔥 3
Madrasaning derazalarini oching, tashqariga toza havo chiqsin! Mahmud Ustausmono‘g‘li
Mostrar todo...
IMG_5707.MOV5.57 KB
38🔥 13😁 13 5🎉 4
Photo unavailableShow in Telegram
Olim, professor yoki shifokor bo'lsangiz ham avvalo siz insonsiz. Sizning ham o'z qiziqishlaringiz, tuyg'ularingiz bor. Bundan do'stim Valijon To'raqulov ham mustasno emas. Qalbga yetib boradigan, tafakkurga undaydigan qayd va rasmlarini men doim @v_turakulov_stories da kuzatib boraman. Do'stim olgan suratni postga ilova qildim, menga juda yoqdi, mohinora olingan!
Mostrar todo...
🔥 15🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
Azizlar, biz yana savollarni qabul qila boshladik! Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Mavzusiga ko'ra javobni @Hubbuna yoki @GiyosiddinYusuf telegram kanalidan olasiz. Eslatma! • savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin; • uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi; • javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas; • shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.
Mostrar todo...
🔥 12❤‍🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Savol: Assalomu alaykum. Mening o‘g‘lim 6 yosh. Unga kitob o‘qita olmayapman. Juda qaysar,  harflarni o‘rgangim kelmaydi deydi. Nima qilsam bo‘ladi? Javob yozsangiz, iltimos. Javob: — Va alaykum assalom. • o'zingiz ko'proq kitob o'qish bilan namuna bo'ling; • unga o'zingiz kitob o'qib bering; • o'yin, rag'batlantirish orqali harflarni o'rgating; • kitob o'qiydigan bolalar bilan do'st qiling; • kitob do'konlari, kutubxonalarga ko'proq olib boring. @GiyosiddinYusuf
Mostrar todo...
20🔥 11🕊 2
00:09
Video unavailableShow in Telegram
"Kim ilm talab qilish yo'liga qadam qo'ysa, Alloh unga jannatning yo'lini oson qilib qo'yadi", — deyilgan maqomlardan qilsin!
Mostrar todo...
IMG_5657.MOV4.37 KB
🔥 31 11🕊 5❤‍🔥 2 1🤔 1🎉 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.