cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

LIDER TILCHILAR | DILOYAT OBIDOVA

RESPUBLIKAMIZNING ENG LIDER TILCHILARI UCHUN!📣 ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHILARI UCHUN TASHKIL ETILGAN. KANALDA: 🕐LIDERLIK MOTIVATOLIGI 🧾FANGA OID MA'LUMOTLAR ⭕METODIK TAVSIYALAR VA MAHORAT DARSLARI ✔Joylanadi. Murojaat: @DILOYAT_OBIDOVA

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 145
Suscriptores
+724 horas
-27 días
-12830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

​​⚡️ ​​ʼʼMeni eshitingʻʼ metodi (Asosan yuqori sinflarda oʻtkaziladi. Istalgan fan oʻqituvchisi kirish darsida qoʻllashi mumkin) 🎯 Kutilayotgan natija: darsga qiziqtirish, oʻquvchi diqqatini jalb etish. Chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi Yan Amos Komenskiy oʻquvchilarni darsga har kuni eshikdan sanab kiritar edi. Biroq, bir qitmir oʻquvchi har doim eshikdan emas, derazadan kiradi. Komenskiy unga umuman eʼtibor bermaydi. Kunlarning birida bola oʻz harakatidan oʻzi zerikib, sinfdoshlari qatori darsga eshikdan kirmoqchi boʻladi. Shunda Komenskiy “Sening kirish yoʻling bu yer emas”- deb unga derazani koʻrsatadi. Bola qilgan ishidan pushaymon boʻlib yigʻlab yuboradi. U oʻzining shu paytgacha notoʻgʻri harakat qilganini anglab yetgan edi... ✅ Taʼlimda bolaning xatosini oʻziga anglatish uchun pedagog kuchli psixolog va sabrli boshqaruvchiga aylanishi muhim. Quyida eʼtiboringizga havola etiladigan metod, darsda tinch oʻtirmaydigan bolalar uchun , yoki ilk marotaba boshlanayotgan fan oldidan barcha sinflarda qoʻllash uchun tavsiya etiladi. “Meni eshiting” texnologiyasi Oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻtirgan joylarida ikki guruhga boʻlib oladi. Yaʼni, oʻng tomonda oʻtirgan oʻquvchilar va chap qanotda oʻtirgan oʻquvchilar. Oʻng tomonda oʻtirgan oʻquvchilardan tashqariga chiqishlarini iltimos qiladi va nazoratni oʻz qoʻliga oladi. Tashqariga oʻng qanot oʻquvchilarini olib chiqib ketib, ularga “Hayotingizda roʻy bergan eng quvonchli voqeani partadoshingizga aytib bering”, deb topshiriq beradi. Ichkarida qolgan oʻquvchilarga esa, “Sherigingiz kirib sizga gapirgan paytda unga umuman ahamiyat bermay, oʻz ishingiz bilan mashgʻul boʻling”, deb topshiriq beradi. 📌 Ushbu metoddan soʻng, oʻqituvchi bolalarga qarata: “Men dars oʻtayotgan paytimda menga beeʼtibor boʻlishingiz, mening ham shunday qalbimni ogʻritadi”, deb aytadi. Natijada oʻquvchilar oʻqituvchi darsga kirgan paytda ularning eʼtiborsiz boʻlishlari, darsni tinglamasliklari oqibatini his qiladilar.
Mostrar todo...
👍 2🔥 2
BUYUKLAR BISOTIDAN Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak. Aleksandr GUMBOLDT *** Kim boshqa odamlarsiz kunimni o‘tkazaman desa, xato qiladi, lekin kimki odamlarga mensiz qiyin bo‘ladi desa, undan battar xato qiladi. Fransua de LAROSHFUKO *** Xulq tuzatilishga qaraganda buzilishga moyilroq. Lyuk de Klapye VOVNARG *** Demokratik ta'limotlardan eng birinchisi -- barcha odamlar ma'naviy go‘zaldir, deya tan olishdan iborat. Gilbert Kit CHESTERTON *** Xizmati kam kishilar boshqalarni kam maqtaydi. PLUTARX *** O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li -- kimningdir ko‘nglini ko‘tarishdir. Mark TVEN *** Barcha kamchiliklaridan qat'i nazar, odamlar har narsadan ham mehrga ko‘proq sazovor. Iohann GYOTE *** G‘amga bir kishi chidashi mumkin, lekin quvonchni ikki kishi baham ko‘rishi kerak. Elbert XABBARD *** Arzimagan g‘am-g‘ussalar darrov tilga chiqadi, chuqur qayg‘u esa unsizdir. SENEKA *** Insonni bilish uchun uni sevish kerak. Lyudvig FEYERBAX To‘plab taqdim etuvchi: Xidoyberdi KOMILOV.
Mostrar todo...
​​Бугун яшанг, эртага эмас. 20 йилдан ортиқроқ вақт давомида Тбилисидаги кўп қаватли уйлардан бирининг 4-қаватида “Жигули” автомашинаси турар эди. Бу “Жигули” ҳикояси жуда ҳам қизиқ бўлган. 1991-йилда Тбилиси шаҳрининг туманларидан бирида яшовчи фуқаро Резо Энукидзе ўзи учун янги ВАЗ 2106 машинасини сотиб олади. У бу машина учун бутун умр пул йиққан эди. Биринчи кечадаёқ мошина ўғрилари машинанинг ғилдираклари ва ойларини ечиб кетишади. Резо жуда ҳам жаҳли чиқиб кетади ва машинани ўзи яшайдиган уйнинг балконига кран ёрдамида олиб чиқиб қўяди. “Машина тинч, осойишта даврлар келгунча мана шу ерда туради” - деб Энукидзе ҳаммага жар солади. Машина Резо учун жуда қадрли эдики, у машинани ерга олиб тушиш учун ҳали ҳам яхши даврлар келмади деб ҳисоблар эди. У машинани балконда бўлса ҳам жуда яхши парвариш қилар эди, ҳар куни уни ювиб, артиб, тозалаб кейин ишга кетар эди. 2018-йилда машина ерга олиб тушилди, лекин афсуски Резо Энукидзе энди йўқ эди. Унинг бутун умрлик орзуси машинани ерга олиб тушиб унда оиласи билан сайр қилиш эди. P.S.: Ҳаёт сизга бир марта берилади, эртага ундай бўлиб қолса-чи, эртага бундай бўлиб қолса-чи деган хаёллар билан бугунги ҳаётинингизни ўтказиб юборманг. Ҳақиқий муваффақиятли инсонлар бугунги кун билан яшайди, эртанги куннинг ташвишларини эртанги кунга қўйиб беради. Файласуфлардан бири шундай деган экан: Ҳаёт бир кун, у ҳам бўлса бугун.
Mostrar todo...
🔥 4👍 1
📣📣DIQQAT : YANGI KURS ! METODIK TAVSIYA YOZISHNI ORGANISH KURSI📔 🌏 PEDAD0GIK FAOLIYATINGIZNI OMMALASHTIRISHNI ISTAYSIZMI ? 🔰TUMAN ,VILOYAT RESPUBLIKA BOSQICHILARIDA  ISHTIROK ETISH UCHUN ENG SAMARALI YO'L. BIZNING  KURSDA  ILM OLISH. ✅KURSDA SIZ METODIK TAVSIYA YOZISHNI 0⃣ dan  O'RGANASIZ . ▶️Murojaat  : @DILOYAT_OBIDOVA 📖Qabul :1.07.10.07.gacha. Darslar onlayn: haftada har kuni. 🕰10..07..dan boshlanadi. 🗓Kurs: Bir hafta.Shu bir haftaning ichida darslar to'liq beriladi. Kurs davomida yozilgan metodik tavsiyalar tahlil qilib beriladi. 🎁Bonus- interaktiv metodlar 20 ta. ➕Boshqa fan mutaxassislari ham  o'rgansa bo'ladi. Tuman  va viloyat da ommalashgan ishlar bilan tanishasiz... Kurs narxi CHEGIRMADA : 250 ming . Joylar soni cheklangan . Bu kurs qaytib ochilmaydi, chunki avgust oyida o'z maqsadlar yo'lida faollashamiz.. Vaqtimiz o'z yo'nalishimizda davom etadi. Bu kurs nima uchun  kerak ? Siz nayijaga chiqqmagiunizgacha davomli. Chunki yozgan metodik tavsiyangiz tekshirib ,kamchiliklari izohlanadi . Kurs kafolatlangan. Chegirmali narxlarda bunday imkoniyat yo'q. Joylar soni cheklangan. Natijalar bor. Murojaat : @DILOYAT_OBIDOVA @LIDERTILCHILAR
Mostrar todo...
👍 3
#қитъа “G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 23-qit’a tahlili OZ SO‘Z DEMAKNING MANFAATIDAVU KO‘P SO‘ZNING MAZARRATIDA Navoiy, tiling asrag‘il zinhor, Desangkim, yemay dahr ishidin fusus. Nazar qilki, o‘q og‘zi tilsiz uchun, Qilur tojvarlar bila dastbus. Necha tojvardur kesarlar boshin, Chu hangomsiz nag‘ma tortar xurus. Lug‘at: Mazarrat – zarar, ziyon; Fusus – afsus, nadomat, pushaymonlik; Dastbo‘s – qo‘l o‘pish, qo‘liga tegish; Tojvar – podshoh; Xurus – xo‘roz; Hangom – chog‘, payt. Nasriy bayon: Ey Navoiy, agar dunyoning ishlaridan zinhor afsus qilmoqni istamasang, tilingni asra! Misol uchun, qara, o‘qning og‘zi tilsiz bo‘lgani uchun podshohlar bilan qo‘l tutishadi. Ammo qancha tojdor bo‘lmasin, xo‘roz bemahal qichqirgani uchun boshini kesadilar! Odiljon Avaznazarov, @milliy_sertificat💎🪐
Mostrar todo...
#қитъа “G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 17-qit’a tahlili: VIQOR TARG‘IBIDAKIM, QOFI QURB QOFIDIN NISHONADUR-U UL QOF DAVLAT ANQOSIG‘A OSHYONA Viqor gavhariyu hilm ma’dani bo‘lako‘r, Desangki, qilg‘ay itoat sanga gado bila shoh. Bu sheva tog‘da zohirdururki, davrondin Qachonki tafriqa yetti, ulusqa bo‘ldi panoh. Lug‘at: Viqor – ulug‘vorlik; Ma’dan – kon; Sheva – odat, rasm; Tafriqa – ajralish, bo‘linish. Nasriy bayon: Viqor – ulug‘vorlik targ‘ibidakim, undagi qof harfi qurb – yaqinlik Qofi (tog‘)dan nishonadir. Va u Qof davlat qushi – anqosiga oshyonadir Agar gado-yu shoh senga itoatda bo‘lishini istasang, ulug‘vorlik gavhari va hilm – yumshoqlik koni bo‘l. Qara, bu odat tog‘da mavjudligi uchun u ulusdan ajralib yolg‘izlikni ixti #қитъа “G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 17-qit’a tahlili: VIQOR TARG‘IBIDAKIM, QOFI QURB QOFIDIN NISHONADUR-U UL QOF DAVLAT ANQOSIG‘A OSHYONA Viqor gavhariyu hilm ma’dani bo‘lako‘r, Desangki, qilg‘ay itoat sanga gado bila shoh. Bu sheva tog‘da zohirdururki, davrondin Qachonki tafriqa yetti, ulusqa bo‘ldi panoh. Lug‘at: Viqor – ulug‘vorlik; Ma’dan – kon; Sheva – odat, rasm; Tafriqa – ajralish, bo‘linish. Nasriy bayon: Viqor – ulug‘vorlik targ‘ibidakim, undagi qof harfi qurb – yaqinlik Qofi (tog‘)dan nishonadir. Va u Qof davlat qushi – anqosiga oshyonadir Agar gado-yu shoh senga itoatda bo‘lishini istasang, ulug‘vorlik gavhari va hilm – yumshoqlik koni bo‘l. Qara, bu odat tog‘da mavjudligi uchun u ulusdan ajral
Mostrar todo...
🔥 2
💠 Imlosi qiyin so'zlar lug'ati.
Mostrar todo...
Imlosi qiyin so'zlar (1-).pdf2.17 KB
👍 2
Maqsadlaringizga shunday yugurib boring,osonnlikcha ,kulib va zavqlanib... O.Oybekovna. Bu videolahva menga juda yoqadi... Energiya oling,hech ishga qo'lim bormayapti deganlarga motiv👍
Mostrar todo...
👍 2
-2147483648_-223988.webp0.28 KB
00:11
Video unavailableShow in Telegram
4.66 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.