cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Agar muntazam ravishda olam haqida biror yangi va g'aroyib narsalarni bilishga harakat qilsangiz, unda quyidagi qiziqarli faktlar aynan siz uchun. Bu yerda siz koinot, inson anatomiyasi, hayvonlar va sayyoramizdagi hayot haqida qiziqarli narsalarni bilib

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
699
Suscriptores
Sin datos24 horas
+87 días
+530 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
- 2012-yil 16-iyunda - “Shenchjou-9” kosmik kemasi ekipaji tarkibida birinchi xitoy ayol-taykonavti Lyu Yan kosmosga uchgan. Suratda Chen Dun, Say Szyuchje va Lyu Yan
560Loading...
02
Темур тоши. 1937 йил 18 январда Марказий Қозоғистондаги Улуғтоғ ҳудудидан Амир Темурнинг Дашти Қипчоққа юриши даврида уйғур ёзувида чиғатой (туркий) тилидаги битикли тош ўрнатган ёдгорлик минораси топилди. Мазкур битикли тошнинг оғирлиги 11 тонна 200 килограмм бўлиб, ҳозирда Санкт-Петербургдаги Эрмитаж музейида сақланмоқда. Тошга Амир Темур 1391 йили 28 апрелда Олтин Орда хони Тўхтамиш хонга юриш вақтида ёзилган. Тошга араб ва эски уйғур тилида ёзилган. Абарчада Қуръон ояти ёзилган 1. би - сми - ллахи- р-рахмани- р-рахим 2. малику-л-мулки-л-куддусу-л-хакку-л-мумину-л-мухаймину-л-джаббару 3. л-кадиру-л-хакиму-л-мумиту-л-хаййу. Эски уйғур тилида ёзилгани: 4. Тариқ йети юз тўқсан учинда қўй 5. Йил язнинг ара ай тураннинг султони 6. Темурбек уч юз минг чэрик бирла Ислом учун Тўқтамишхон Булғар 7. Ханиға ёриди бу ерға етиб белги булсун деб 8. бу обани қопарди 9. Тангри нисфат берғай Ин Шаа Аллох 10. Тангри ул кишига раҳмат қилғай бизни дуо била 11. Ёд қилғай.
770Loading...
03
Lyudvig van Betxoven Lyudvig van Betxoven doim soqol olmasdan yurardi. U soqolni olish ijodiy ilxom kelishini yo‘lini to‘sadi deb xisoblagan.Musiqa yozishga o‘tirishdan oldin, boshidan bir chelak suv quyardi.Bu amalni miyani yaxshi ishlashida qo‘l keladi deb xisoblagan.
610Loading...
04
Tailandda toshbaqalar uzoq umr ramzi hisoblanadi. Bundan tashqari, buddaviylikda jonivorlarni erkinlikka qo‘yib yuborish savob deb bilinadi.
400Loading...
05
❗️Yodda tuting Nafrat - qalbingizni Xafa bo‘lish - o‘pkangizni Tashvish - oshqozoningizni Ortiqcha e’tibor berish - ovqat hazm qilish ichaklaringizni Yolg‘izlik - qalqonsimon bezingizni Qo‘rquv va xavotir - buyraklaringizni Asab - jigaringizni ishdan chiqaradi va charchatadi. Sog‘ligingizga e’tibor bering. Hech narsa sizdan muhim emas, va sog‘lig‘ingizchalik kerakli emas.
362Loading...
06
Andalusda yashagan musulmonlarning bayrog‘i. Har yili ispanlar musulmonlarni mag‘lubiyatga uchratishgani va qirib tashlashganini mana shu shaklda tantanavor nishonlashadi. Biz bo‘lsak Real yoki Barselona g‘alaba qilsa, nishonlab yuribmiz... ©️ Mubashshir Ahmad
510Loading...
07
Kim bilan yurganingga, kim bilan do‘st tutinganingga e’tibor ber. Chunki bulbul gulga, qarg‘a axlatga yetaklaydi. ©️ Mavlono Rumiy
310Loading...
08
Viktor Gyugo “Parij ibodatxonasi" (“Notre-Dame de Paris”) asarini yozish chog‘ida chalg‘imaslik uchun ajoyib usul qo'llaydi. Adib soch va soqolining yarmini olib tashlab, qaychini derazadan tashqariga uloqtirib yuboradi. Shu yo'l bilan u o'zini soch-soqoli o'sguncha uyda o'tirishga majbur etadi va romanni mo'ljallangan vaqtda yozib tugatadi. Shuningdek, “Xo‘rlanganlar” romanini qog‘ozga tushirish paytida yozuvchi boshqacha usulda ishlaydi. U Bryussel shahrida attordan bir xonani ijaraga oladi. Viktor ertalab va kechqurun yozar, ish stoli sifatida esa attorning xontaxtasidan foydalanardi. Xo‘jayin yo‘q paytlarda xaridor kelib qolsa, ishini to‘xtatib, savdo-sotiq qilar edi. Qizig‘i, bu holat uni chalg‘itmas hamda fikrlari oqimini to‘smasdi.
550Loading...
09
Bugun 16-iyun - Insoniyat tarixida birinchi fazogir ayol Valentina Tereshkova fazoga parvoz qilgan kun Tereshkova (Nikolaeva) Valentina Vladimirovna kosmonavt-uchuvchi. 1937-yil 6-martda Maslennikovo (Yaroslavl) qishlog’ida kolxozchi oilasida tug’ilgan. 1970-yilda injiner-polkovnik, 1962-yil 22-iyunda Sovet Ittifoqi qahramoni unvonlarini olgan. N.E.Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo injinerlik akademiyasini 1969-yilda tugatgan. Yaroslavl aeroklubida parashyut sporti bilan shug’ullangan va 163 marta sakragan. 1963-yil 16-19-iyunda ayollardan birinchi bo’lib kosmosga parvoz qilgan. “Vostok-6” kosmik kemasida Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat 41 minut mobaynida  2 mln.kmga teng masofani uchib o’tdi. 1968-yilda Xotin-qizlar komitetining raisi, 1969-yilda Xalqaro demokratik xotin-qizlar federasiyasining vise-prezidenti, jahon tinchlik kengashining a’zosi bo’lgan. Orden, medallar, shuningdek chet el ordenlari bilan mukofatlangan. Oyning orqa tomonidagi krater Tereshkova nomi bilan atalgan. 
580Loading...
10
Bugun 16-iyun - Mariya Styuart Loxlevan saroyi qamoqxonasiga tashlangan kun Mariya Syuart 1542-yil 14-dekabrda Linlitgou (Shotlandiya) da tug‘ilgan. Shotlandiya qirolichasi (1542-yil, amalda 1561-yildan - 1567), Angliya taxtiga ham da’vogarlik qilgan. Shotlandiyada kalvinchi zodagonlarning qo'zgolon ko'tarishi uni taxtdan voz kechishiga va Angliyaga qochishga majbur qilgan. 1567-yil 16-iyunda Angliya qirolichasi Yelizaveta I Farmoni bilan turmaga tashlangan. Katoliklar tomonidan uyushtirilgan bir qator fitnalarga aralashgani tufayli sudga berilib, 1587-yil 8-fevralda Foteringey qasri (Angliya) da qatl etilgan. Badiiy adabiyotlarda (jumladan, F. Shiller tragediyasida) Mariya Styuart obrazi, odatda, ideallashtirib berilgan.
800Loading...
11
Bugun 16-iyun - “The Ford Motor Company” tashkil topgan kun Amerikalik yosh muhandis Genri Ford 1903-yil 16-iyun kuni o'ziga o'xshagan ixlosmandlari, 11 nafar do‘stlari bilan birga "Ford Motor Company" avtomobil kompaniyasiga asos soladi. Boshlang‘ich kapitali 28 000 dollar edi. Genri 25,5% aksiyalarning egasi bo‘ldi, shuningdek vitse-prezident va bosh muhandis lavozimlarini egalladi. Michigan shtatining Detroyt shahridagi sobiq furgon zavodi avtomobil zavodiga aylantirildi. Ixtirochining asosiy maqsadi avtomobillarni hashamatli buyumdan muhim buyumga aylantirish edi. "Ford" brendi ostidagi kompaniya hozirda tashkil topganidan to hozirgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha AQShda uchinchi, dunyoda to‘rtinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi va Yevropa bozorida Volkswagendan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
460Loading...
12
Bugun 16-iyun - Inkviziyasiya sudi Galileo Galileyni dahriyrigi uchun jazolashga qaror qilgan kun Galileo Galiley 1564-yil 15-fevralda Pizada tug‘ilgan. Italyan fizigi, astronomi va mexanigi, aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. N. Kopernikning geliosentrizmini qat’iy yoqlagani uchun Galiley 1633-yil 16-iyunda Katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan. Natijada N. Kopernik ta’limotidan voz kechishga majbur bo‘lgan va 1633-yil 22-iyun kuni cherkovda tiz cho‘kib tavba qilgan. Unga Yer harakati to‘g‘risida gapirish va asarlarini nashr qilish ta’qiqlab qo'yilgan. Galiley umrining oxirigacha "inkvizitsiya asiri" hisoblangan. 1637-yilda ko‘r bo‘lib qolgan. Asrlar o'tib haqiqat qaror topdi: 1992-yilda Rim papasi Ion Pavel II inkvizitsiya sudi qarorini noto‘g‘ri deb topdi va Galileyni oqladi. 1642-yil 8-yanvar kuni Archetri (Florensiya yaqinida) vafot etgan.
540Loading...
13
Bugun 16-iyun - “Artek” bolalar oromgohi ish boshlagan kun Artek - bolalarning iqlimiy shifoxonasi 1925-yil 16-iyunda tashkil topgan. U Qrimning Qora dengiz bo’yida Gurzuf  yaqinida joylashgan. 1991-yilgacha Butunittifoq pionerlar lageri, 1991-yil maydan xalqaro bolalar markazi bo’ldi. Qrim Rossiya Federatsiyasiga qo'shilgandan so'ng, 2014-yil 16-iyunda Rossiya Federatsiyasi hukumatining buyrug'i bilan "Artek" xalqaro bolalar markazi (ФГБОУ «МДЦ „Артек“») federal davlat byudjeti ta'lim muassasasi tashkil etildi. Ta'sischining funksiyalari Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligiga o'tkazildi, markazni rivojlantirish dasturi loyihasi tayyorlandi. Artekning me'moriy majmuasi alohida iqlimiy shifoxonalardan iborat: “Morskoy” (1960-61), “Pribrejniy” (1960-64), ”Gorniy” (1972), me'mor A.T.Polyanskiy va boshqalar.
410Loading...
14
Bugun 16-iyun Islom dunyosida Iyd al-adha - Qurbon hayitining birinchi kuni. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) har yili musulmonlarning Makkaga haj safari tugashi munosabati bilan nishonlanadi. Bayram Ramazon hayiti bayramidan 70 kun o'tgach amalga oshiriladi. Musulmonlarning taqvimi 12 qamariy oydan iborat bo'lib, taxminan 354 kunni o'z ichiga oladi. Har yili musulmonlar uchun diniy ta'til kunlari Grigoriy taqvimiga nisbatan o'zgarib turadi. Ta'tilning aniq sanalari yo'q. Qurbon hayiti kunlarida mo'min, an'anaga ko'ra, kambag'allarga yordam berishi, boshqalarga mehr va rahm-shafqat ko'rsatishi kerak. @har_sohadan_2020
1173Loading...
15
Qurbon hayiti tarixi va ahamiyati Musulmon olamida keng nishonlanadigan, barcha musulmonlar uchun xos bo‘lgan bayramlardan biri bu hayit (iyd) bayrami hisoblanadi. “Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Islom an’anasiga ko‘ra ikkita hayit bayram sifatida nishonlanadi: Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho). Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi. Qurbonlik hijriy ikkinchi yil vojib bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin uning tarixi ancha uzoqlarga – Ibrohim alayhissalom zamonlariga borib taqaladi va u zotdan bizga qolgan amallardandir. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qurbonlik qilinglar! Albatta, u otamiz Ibrohim alayhissalomning sunnatlaridir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati). Ibrohim alayhissalomga tushlarida: “Siz o‘z farzandingizni jonini bizga fido qiling” degan amr bo‘ldi. Ibrohim alayhissalom bu hukmni Ismoil alayhissalomga bayon qildilar. Ismoil alayhissalom esa “Ey otajon, sizga (tushingizda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qiling. In shaa Alloh meni sabr qilguvchilardan topursiz” dedilar. Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalomni peshonalarini bir narsa ustiga qo‘yib, zabh qilishni boshlab, kuch bilan pichoqni tortgan edilar, pichoq kesmadi. Chunki Ibrohim alayhissalomga “so‘ying” deb, pichoqqa esa “so‘ymagin” deb hukm bo‘lgan edi. Ibrohim alayhissalom g‘azablanib pichoqqa: “Senga nima bo‘ldi, nima uchun kesmayapsan?” deydilar. Pichoq: “Ey Ibrohim! Siz o‘z ishingizni qiling, men o‘z ishimni qilaman. Chunki sizga boshqa hukm, menga boshqa hukm buyurilgan”, dedi. Darhaqiqat pichoqqa “O‘tmas bo‘l” deb hukm bo‘lgan edi, u o‘tmas bo‘lgandi. Ibrohim alayhissalomga esa “So‘ying” deb hukm bo‘lgan edi, ular so‘yishga kirishdilar. Shu paytda g‘aybdan ovoz keldi: “Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding”. Ibrohim alayhissalomning bu amallariga qurbonlik qilish masalasi tortib topdi. Alloh taolo uning bu amaliga nihoyatda “ulkan amal” deb baho berdi. Chunki u zot o‘z taraflaridan qilinishi kerak bo‘lgan ishni mukammal ado etgan edilar. Ular o‘g‘illarini so‘yishga yotqizib, uning bo‘yniga pichoq tortayotgan vaqtlarida pichoqqa “so‘yma” deb amr bo‘lganini bilmagan va pichoq ham o‘z ishini qilmasligidan bexabar edilar. Balki, “pichoqni tortaman va shu bilan qurbonlik ishi tamom bo‘ladi” deb o‘ylagan edilar. Bu qissa haqida Alloh taolo shunday bayon qiladi: “Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta bu (ya’ni Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni – qurbonlikni evaz qilib berdik (ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik)”. Payg‘ambar alayhissalom sahobai kiromlarga Islom ta’limotlaridan tushuntirish olib boruvchi suhbatlaridan birida Qurbon bayrami haqida, uning musulmon ummati hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib quyidagilarni aytdilar: “Qurbonlik kunini iyd qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun qilgandir”, dedilar. Bir kishi: “Aytingchi, men urg‘ochi maniyhadan o‘zga narsa topmasam, uni qurbonlik qilamanmi?” dedi. U zot: “Yo‘q! Lekin, sochingni va tirnoqlaringni olasan. Mo‘ylabingni qisqartasan. Qovug‘ingni tozalaysan. Ana o‘shalar, Allohning nazdida sening qurbonligingning tugal bo‘lganidir”, dedilar”. Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan. (Maqola O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo markazi hamkorligida tayyorlandi)
640Loading...
16
Xitoy prezidenti Si Szinpin 1953-yil 15-iyun kuni Pekinda tug‘ilgan. U ikki qiz ulg‘aygan oilada uchinchi farzand bo‘lgan. Keyinchalik uning Yuanping ismli ukasi tug‘ilgan. Onasi Si Sin bolaligidanoq bolalarda o‘z vataniga nisbatan mas’uliyat hissini uyg‘otdi. Otasi Si Chjonsyun Mao Szedun davridagi eng ko‘zga ko‘ringan xitoylik siyosatchilardan biri edi. Si Szinpin — Xitoy rahbari, XXR raisi, Kommunistik partiya va armiya rahbari lavozimlarini egallagan, jahon sahnasidagi eng nufuzli siyosatchilardan biri. Uning yangi davrdagi sotsializm haqidagi g‘oyalari Xitoy Konstitutsiyasiga kiritilgan bo‘lib, uni mamlakat asoschisi Mao Szedun va islohotchi Den Syaopin bilan bir qatorga ko‘tardi. Si Szinpin raisligi davrida tahlilchilar Xitoyning xalqaro mavqeyi va taraqqiyotini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va millatning buyuk yoshartirish orzusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’sirchan yutuqlarni qayd etdilar.
990Loading...
17
Bo'lajak rafiqasi Gala Dalining qalbini o'ziga rom qilish uchun rassom Salvador Dali birinchi uchrashuvda o'zining eng yaxshi an'analarida - yirtilgan ko'ylak, plundri (yirtiq shalvar), marvarid, baliq yelimi va parfyum o'rniga echki go'ngi surtib, qo'ltig'ini qon va ko'k rangga bo'yab chiqqan.
1080Loading...
18
Hech qachon xato qilmagan inson hayotda biron bir yangi ishga qo'l urmagan insondir! ©Albert Eynshteyn
1020Loading...
19
"Agar ayollar erkaklar ularga qanday qarashlarini bilsalar edi Ular oʻzlarini Temir bilan qoplardilar" Ularni kengroq kiyintiring Ular uchun javobgarsizlar Ayman Yog'iy ✍
990Loading...
20
1916 yil 15 iyunda – Buxoro–Termiz temiryo‘li qurilishi tugallandi. Qurilish ishlari 1914 yilning 16 iyunida boshlangan. Temiryo‘lning umumiy uzunligi 572 verstga teng edi. Temiryo‘l qurilishida 7 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
570Loading...
21
15 iyun - Xalqaro sayr qilish kuni. Bu kun hammaga asosiy ishlaridan bo’shab sayr qilishga imkon beradi. Kimdir o’z o’rtog’i bilan sayr qilib, o’z hayoti haqida gapirib berishi yoki o’rtog’ini tinglashi mumkin. Ota-onalar bu kuni o’zlarining farzandlari bilan sayr qilib, bolariga bayram uyushtiradilar. Kopincha ota-onalar bolalari bilan shug’ullanishga vaqt topa olmaydilar. Ularning nazarida bolalari katta bo’lib qolgandek tuyuladi. Lekin bolalar yoshiga qaramasdan har doim ota-onalari ularga  diqqat-etibor berishini, ular bilan suhbatlashishini xohlaydilar. Xalqaro sayr kuni bolalar bilan  ertalab toza havoda yugurushlar tashkil qilish kerak. Oilaviy yugurishlar oila a'zolarini yaqinlashtiradi, aql-idrokni yuksaltiradi.
1000Loading...
22
Bugun 15-iyun - Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun  Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat: Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). ShHT o’z faoliyatida davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va do’stlikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy harakatlar bilan mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi maqsadlarni o’rtaga qo’yadi. Shu bilan birga, tashkilot BMT tamoyillari va maqsadlariga, boshqa davlatlar mustaqilligi va suverenligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik va ularga nisbatan qurolli kuch ishlatmaslik, a'zo davlatlarning teng huquqligini ta'minlash, mintaqadagi masalalarni o’zaro hal etish kabi qoidalarga qat'iy amal qiladi. 
601Loading...
23
15-iyun - Dunyo miqyosidagi shamol  kuni (GlobalWind Day)  nishonlanadi. Bir qarashda g’aroyib bo’lib tuyuladigan bu bayramning tashabbuskorlari Shamol energetiksi Yevropa uyushmasi va Xalqaro Shamol energiyasi Kengashi bo’lgan. Uni o‘tkazishdan maqsad - jamoatchilik diqqatini (birinchi navbatda, turli mamlakatlar energetika majmualarning vakillarining)  shamol energiyasining ulkan imkoniyatlariga qaratish.  15-iyunda dunyoning  ko‘p mamlakatlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, aholini shamol energiyasi stansiyalariga olib borish, mutaxassislar bilan  uchrashuvlar, " shamol - muqobil energiya manbai " mavzusida ma'ruzalar va seminarlar o’tkaziladi.  Birinchi marta shamol kuni Yevropada 2007-yilda nishonlandi. 2009-yilda u dunyo miqyosidagi maqomini oldi, bayramni nishonlashga 30 dan ortiqroq  mamlakatlar qo‘shilishdi. Yildan yilga  ularning soni oshib bormoqda.
710Loading...
24
Sorbonnaning matematika, falsafa va tibbiyot professori Jan-Batist Deni 1667-yil 15-iyun kuni hayvondan odamga birinchi muvaffaqiyatli qon quyishni amalga oshirdi. Fransuz olimi isitma bilan og‘rigan 16 yoshli bolaga 9 unsiya qo‘zichoq qoni quydi, shundan so‘ng bemor tezda tuzalib ketdi. Bu haqiqat haqli ravishda noyob hisoblanadi, chunki mavjud inson qon guruhlari faqat 250 yil o‘tgach kashf etilgan. Denisning muvaffaqiyatini takrorlashga urinishlar ko‘pincha fojiali oqibatlarga olib keldi va Fransiyada qon quyish taqiqlandi. Faqat 1900 yilda avstriyalik shifokor Karl Landshtayner birinchi uchta qon guruhini kashf etdi - A, B va C. Tez orada to‘rtinchisi - AB - ro‘yxatga qo‘shildi. Ushbu kashfiyotlar qonning o‘zaro muvofiqligi sohasidagi tadqiqotlarga kuchli turtki berdi.
750Loading...
25
💬 Imperator Aleksandr III 1885-yil 15-iyunda “Voyaga yetmaganlar va ayollarning fabrika, zavod va manufakturalarda tungi ishlashini taqiqlash to‘g‘risida”gi qonunni tasdiqladi. 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va ayollarning paxta, zig‘ir va jun fabrikalarida tungi ishlashi taqiqlangan. Uning qabul qilinishidan oldin Rossiya zavodlarida bir qator ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi huzurida ishlab chiqaruvchilar va ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunni tayyorlash uchun komissiya tuzildi. Bundan buyon balog‘atga yetmagan ishchilar "ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lib qolganda" 4,5 soatlik ikki smenada 9 soat ishlashlari mumkin edi. Shisha sanoatida hatto voyaga etmaganlarni 6 soat tungi ishlarga qo‘yishga ruxsat berildi. Ba’zi hollarda qonun bilan belgilangan tungi vaqt 22:00 dan 4:00 gacha qisqartirildi.
610Loading...
26
1918 yil 15 iyunda – musiqa ixlosmandlarining tashabbusi bilan Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi. Konservatoriyada V.L.Karelin, V.F.Sakovich, N.N.Mironov, Ye.A.Chernyavskiy, V.M.Kox, G.I.Arskiy, V.A.Uspenskiy kabi musiqashunos-pedagoglar dars bera boshladi. Konservatoriyaning birinchi direktori V.L.Karelin bo‘ldi. Konservatoriya bazasida keyinroq musiqa texnikumi tashkil etildi.
660Loading...
27
Djeremi Bibs haqida bilasizmi? 1911-yilda Tinch okeanning Janubiy qismida bo‘ron paytida "Benuqson baxt" ingliz shxunasi cho‘kib ketgan. Sohilga yetib borish va kimsasiz orolda jon saqlab qolish faqat 14 yoshli DJeremi Bibsga nasib qilgan. Bolakayni tom ma’noda adabiyot qutqargan - u Daniel Defoning romanini juda yaxshi ko‘rardi va deyarli yoddan bilardi. Bibs yog‘och taqvim yurita boshlagan, kulba qurgan, ov qilishni o‘rganib olgan, meva yeb, kokos sutini ichgan. U orolda yashagan paytida, dunyoda ikkita jahon urushi sodir bo‘lgan, atom bombasi va shaxsiy kompyuter yaratilgan. Bibbs bu haqda hech narsa bilmagan. Uni tasodifan topib olishgan. 1985- yilda german kemasining ekipaji kutilmaganda “Robinzonlar” ichidagi rekord o‘rnatgan 88 yoshli qariyani topib olgan va uni vataniga yetkazib qo‘ygan.
811Loading...
28
Afsonaviy Pinokkioning prototipi 1709-yilda paydo boʻlgan. Bir yigit O'n besh yoshida urushga jo'naydi va oyog'i, qo'li singan, yarador boʻlgan va butunlay nogiron bo'lib qaytadi. U mamlakatda birinchi marta a'zolar va yuz protezlarini ajoyib shifokor Bestulji tomonidan sinovdan oʻtkazadi. Davolanishdan so'ng, "Buratino" o'zini "yog'och odam" deb atagan holda sirkda pul ishlay boshladi. U yozuvchi Karlo Kollodini yog'ochdan o'yilgan bolakayning aql bovar qilmaydigan obrazini yaratishga ilhomlantirgan. @har_sohadan_2020
690Loading...
29
Tsunami nima? “Tsunami” so‘zi ikkita yaponcha so‘zlar “tsu” (bandargoh, port) va “nami” (to‘lqin) so‘zlaridan kelib chiqqan. Ko‘p hollarda sunami zilzila tufayli yuzaga keladi. Okean yaqinida yoki okeanning tubida, inson faoliyati tufayli yuzaga keladigan yirik portlashlar yoki meteoritlarning qulashi ham sunamini yuzaga keltiradigan hodisalardan hisoblanadi. Tsunami – kamdan kam uchraydi, biroq falokatli tabiiy ofatlardan biri. So‘nggi 100 yil ichida 58ta sunami natijasida 260 ming kishi halok bo‘lgan. Har bir hodisaga o‘rtacha 4600 kishi to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa tabiiy ofatlarga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2004 yilning dekabr oyida Hind okeanida bo‘lgan sunami natijasida eng ko‘p odam –  14ta mamlakatda 227 ming kishi halok bo‘lgan. Indoneziya, Shri-Lanka, Hindiston va Tayland aholisi eng ko‘p jabr ko‘rgan.
551Loading...
30
Teatr muxlislarining dilidan o‘rin olgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli 1976 yil 14-iyun kuni ilk bor sahna yuzini ko‘rdi. Bu kun hozirgi Milliy akademik drama teatri jamoasi va, shu jumladan, atoqli adib Said Ahmad uchun unutilmas kun bo‘ldi. Said Ahmad asarlariga, ayniqsa, hikoyalariga xos bo‘lgan mayin yumor, nozik qochirimlar ilk bor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnaga qo‘yilgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”da to‘kis jamuljam bo‘ldi. Akademik teatr spektaklida birinchi bo‘lib Farmonbibi rolini mahorat bilan o‘ynagan atoqli san’atkor Zaynab Sadriyeva asarning Abror Hidoyatov nomidagi teatrda qayta ishlangan nusxasi (1987 yil 16 oktyabr)da ham shu rolni umrining oxirigacha ijro etdi. Asarni 1988 yili Bahodir Yo‘ldoshev Laos milliy teatrida sahnalashtirdi. Asar qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, ozarbayjon, xitoy, AQSH teatrlarida, ya’ni dunyoning o‘ttizdan ortiq teatrida sahna yuzini ko‘rdi.
631Loading...
31
Teatr muxlislarining dilidan o‘rin olgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli 1976 yil 14-iyun kuni ilk bor sahna yuzini ko‘rdi. Bu kun hozirgi Milliy akademik drama teatri jamoasi va, shu jumladan, atoqli adib Said Ahmad uchun unutilmas kun bo‘ldi. Said Ahmad asarlariga, ayniqsa, hikoyalariga xos bo‘lgan mayin yumor, nozik qochirimlar ilk bor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnaga qo‘yilgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”da to‘kis jamuljam bo‘ldi.
610Loading...
32
Toshkent teleminorasi 375 m Inshoot 1981-yilda qurilgan, bunda O‘zbekiston SSR birinchi kotibi Sharof Rashidovning o‘rni katta bo‘lgan. Buning uchun u shaxsan Brejnevga qo‘ng‘iroq qilib, shunday qimmat, ammo strategik obyektga nisbatan zaruriyatni asoslab berishiga to‘g‘ri kelgan. Minora Markaziy Osiyoda tomosha maydoni tashrif uchun ochiq bo‘lgan eng baland inshoot bo‘lib qolmoqda. Uning balandligi — 375 metr. Minora foyyesida butun dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda joylashgan teleminoralar maketlarini tomosha qilish mumkin. Tepaga uchta Shveysariya lifti qatnaydi, ularning tezligi — soniyasiga 4 metr. Tomosha maydonida 30 marta kattalashtirib ko‘rsatuvchi binokl bor. Tomosha maydonidan bir qavat balandda platformasi aylanib turadigan restoran joylashgan.
620Loading...
33
Chjenchjoudagi “Chjongyan” minorasi Xitoy (388 m Chjenchjou shahri aholisi dunyodagi eng baland o'ntalikka kiradigan Chjongyan minorasi bilan faxrlanadilar. U shahar me'morchiligining zamonaviy qarashlariga muvofiq qurilgan. Minora binolarining umumiy maydoni 58000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yaponiyalik arxitektor Kisho Kurokava me'moriy yechim ustida ish olib bordi: u minorani qudratli poydevor ustiga qurishni, tepa qismida esa katta aylanadigan tomosha maydonchasiga ega bo’lgan restoran qurishni taklif qildi. Inshootning tomi bloklar bilan bir-biriga bog'langan 6 ta ko'k va yaltiroq konuslardan iborat. Minoraning nayzasimon uchi 120 km dan ortiq radiusga televizon signalini uzatadi. Bugungi kunda Chjongyan minorasi o'z vazifasiga muvofiq foydalanilmoqda – u mahalliy aholini eshittirishlar bilan ta'minlaydi, bundan tashqari shaharning bezagi sifatida xizmat qiladi.
600Loading...
34
Pekindagi markaziy televideniye minorasi, Xitoy (405 m) , U Xitoy markaziy televideniesiga qarashli obyekt hisoblanadi. 238 metr balandlikda tomosha maydonchasi va aylanadigan restoran joylashgan. Tezyurar lift  u yerga bir zumda olib chiqib qo’yadi. Dunyodagi eng baland teleminoraning qurilishi Xitoy Xalq Respublikasining televideniya va radio vazirligi tomonidan boshlangan. 221 va 238 metr balandlikda joylashgan teleminoraning oltin va moviy rangdagi sharsimon qismi ayniqsa go'zaldir.
620Loading...
35
Moskvaning Ostankino teleminorasiga yiliga 50 marta chaqmoq tushadi. Bu inshoot ulkan yashin qaytargich vazifasini ham bajaradi.
620Loading...
36
Tyantsin teleminorasi, Xitoy (415 m 1991 yilda Xitoyning Tyantsin shahrida ulkan teleminora qurildi. Minorada 253 metr balandlikda tomosha maydonchasi mavjud, ammo hozir u aloqa uskunalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Undan 4 metr balandlikda aylanadigan restoran joylashgan. Ushbu minora “Butunjahon baland minoralar tashkiloti” tarkibiga kiradi. @har_sohadan_2020
721Loading...
37
Kuala-Lumpurdagi Menara teleminorasi, Malayziya (421 m Ushbu teleminora 5 yil davomida qurilgan. Uning dizayni mumtoz islom madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini namoyish etadi. Shunday qilib, gumbazi ulkan olmosni eslatuvchi minora Isfaxonlik eron hunarmandlari tomonidan mukarna uslubida qurilgan. Yer yuzasidan 276 metr balandlikda tevarak-atrof manzarasini ko’rish uchun tomosha maydonchasiga ega bo’lgan aylanadigan restoran joylashgan. Yuqorida ochiq kuzatish maydonchasi bo’lib, unga kirish qo’shimcha to’lovni talab etadi. Tomosha maydonchasi pog’onasida shisha kubli yangi Sky Box attraktsioni ham mavjud. Bu yerga tezyurar lift 54 soniyada olib chiqib qo’yishi mumkin. Minora tagida Malayziya madaniyati bilan bog’liq qulay tematik bog’ yastangan. Minora konstruktsiyasi 22 pog’onaga bo'lingan, unda 4 ta lift ishlaydi, shuningdek 2058 pog'onali zinapoya ham mavjud.
591Loading...
38
Tehrondagi Bordj Milad teleminorasi, Eron (435 m Tehronda joylashgan ushbu teleminora mamlakatdagi eng baland bino hisoblanadi. Uning qalinlashgan qismi 12 qavatli katta kapsulaga o'xshaydi, tomi 315 metr balandlikda. Uning ostida liftlar va zinapoyalar joylashgan. Bordj Miladda uchta shaxta qurilgan bo'lib, ularda oltita manzarali liftlar harakatlanadi. 12 qavatli minoraning umumiy maydoni 12000 kvadrat metrni tashkil qiladi, ushbu ko’rsatgich sababli u 2006 yilgacha eng katta maydonga ega bo'lgan minora hisoblanar edi. Teleminoraning asosi Eronning an'anaviy klassik me'morchiligiga xos bo'lgan to’g’ri sakkizburchak shakliga ega. 276 metr balandlikda aylanuvchi manzarali restoran ishlaydi, undan bir oz balandroqda telekommunikatsiyalar, televideniye va radioeshittirishlar, yo'l harakati nazorati hamda ob-havo stantsiyasi xizmatlari uchun mo’ljallangan texnik xonalar joylashgan.
531Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
- 2012-yil 16-iyunda - “Shenchjou-9” kosmik kemasi ekipaji tarkibida birinchi xitoy ayol-taykonavti Lyu Yan kosmosga uchgan. Suratda Chen Dun, Say Szyuchje va Lyu Yan
Mostrar todo...
Темур тоши. 1937 йил 18 январда Марказий Қозоғистондаги Улуғтоғ ҳудудидан Амир Темурнинг Дашти Қипчоққа юриши даврида уйғур ёзувида чиғатой (туркий) тилидаги битикли тош ўрнатган ёдгорлик минораси топилди. Мазкур битикли тошнинг оғирлиги 11 тонна 200 килограмм бўлиб, ҳозирда Санкт-Петербургдаги Эрмитаж музейида сақланмоқда. Тошга Амир Темур 1391 йили 28 апрелда Олтин Орда хони Тўхтамиш хонга юриш вақтида ёзилган. Тошга араб ва эски уйғур тилида ёзилган. Абарчада Қуръон ояти ёзилган 1. би - сми - ллахи- р-рахмани- р-рахим 2. малику-л-мулки-л-куддусу-л-хакку-л-мумину-л-мухаймину-л-джаббару 3. л-кадиру-л-хакиму-л-мумиту-л-хаййу. Эски уйғур тилида ёзилгани: 4. Тариқ йети юз тўқсан учинда қўй 5. Йил язнинг ара ай тураннинг султони 6. Темурбек уч юз минг чэрик бирла Ислом учун Тўқтамишхон Булғар 7. Ханиға ёриди бу ерға етиб белги булсун деб 8. бу обани қопарди 9. Тангри нисфат берғай Ин Шаа Аллох 10. Тангри ул кишига раҳмат қилғай бизни дуо била 11. Ёд қилғай.
Mostrar todo...
👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Lyudvig van Betxoven Lyudvig van Betxoven doim soqol olmasdan yurardi. U soqolni olish ijodiy ilxom kelishini yo‘lini to‘sadi deb xisoblagan.Musiqa yozishga o‘tirishdan oldin, boshidan bir chelak suv quyardi.Bu amalni miyani yaxshi ishlashida qo‘l keladi deb xisoblagan.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Tailandda toshbaqalar uzoq umr ramzi hisoblanadi. Bundan tashqari, buddaviylikda jonivorlarni erkinlikka qo‘yib yuborish savob deb bilinadi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Yodda tuting Nafrat - qalbingizni Xafa bo‘lish - o‘pkangizni Tashvish - oshqozoningizni Ortiqcha e’tibor berish - ovqat hazm qilish ichaklaringizni Yolg‘izlik - qalqonsimon bezingizni Qo‘rquv va xavotir - buyraklaringizni Asab - jigaringizni ishdan chiqaradi va charchatadi. Sog‘ligingizga e’tibor bering. Hech narsa sizdan muhim emas, va sog‘lig‘ingizchalik kerakli emas.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Andalusda yashagan musulmonlarning bayrog‘i. Har yili ispanlar musulmonlarni mag‘lubiyatga uchratishgani va qirib tashlashganini mana shu shaklda tantanavor nishonlashadi. Biz bo‘lsak Real yoki Barselona g‘alaba qilsa, nishonlab yuribmiz... ©️ Mubashshir Ahmad
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Kim bilan yurganingga, kim bilan do‘st tutinganingga e’tibor ber. Chunki bulbul gulga, qarg‘a axlatga yetaklaydi. ©️ Mavlono Rumiy
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Viktor Gyugo “Parij ibodatxonasi" (“Notre-Dame de Paris”) asarini yozish chog‘ida chalg‘imaslik uchun ajoyib usul qo'llaydi. Adib soch va soqolining yarmini olib tashlab, qaychini derazadan tashqariga uloqtirib yuboradi. Shu yo'l bilan u o'zini soch-soqoli o'sguncha uyda o'tirishga majbur etadi va romanni mo'ljallangan vaqtda yozib tugatadi. Shuningdek, “Xo‘rlanganlar” romanini qog‘ozga tushirish paytida yozuvchi boshqacha usulda ishlaydi. U Bryussel shahrida attordan bir xonani ijaraga oladi. Viktor ertalab va kechqurun yozar, ish stoli sifatida esa attorning xontaxtasidan foydalanardi. Xo‘jayin yo‘q paytlarda xaridor kelib qolsa, ishini to‘xtatib, savdo-sotiq qilar edi. Qizig‘i, bu holat uni chalg‘itmas hamda fikrlari oqimini to‘smasdi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 16-iyun - Insoniyat tarixida birinchi fazogir ayol Valentina Tereshkova fazoga parvoz qilgan kun Tereshkova (Nikolaeva) Valentina Vladimirovna kosmonavt-uchuvchi. 1937-yil 6-martda Maslennikovo (Yaroslavl) qishlog’ida kolxozchi oilasida tug’ilgan. 1970-yilda injiner-polkovnik, 1962-yil 22-iyunda Sovet Ittifoqi qahramoni unvonlarini olgan. N.E.Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo injinerlik akademiyasini 1969-yilda tugatgan. Yaroslavl aeroklubida parashyut sporti bilan shug’ullangan va 163 marta sakragan. 1963-yil 16-19-iyunda ayollardan birinchi bo’lib kosmosga parvoz qilgan. “Vostok-6” kosmik kemasida Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat 41 minut mobaynida  2 mln.kmga teng masofani uchib o’tdi. 1968-yilda Xotin-qizlar komitetining raisi, 1969-yilda Xalqaro demokratik xotin-qizlar federasiyasining vise-prezidenti, jahon tinchlik kengashining a’zosi bo’lgan. Orden, medallar, shuningdek chet el ordenlari bilan mukofatlangan. Oyning orqa tomonidagi krater Tereshkova nomi bilan atalgan. 
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 16-iyun - Mariya Styuart Loxlevan saroyi qamoqxonasiga tashlangan kun Mariya Syuart 1542-yil 14-dekabrda Linlitgou (Shotlandiya) da tug‘ilgan. Shotlandiya qirolichasi (1542-yil, amalda 1561-yildan - 1567), Angliya taxtiga ham da’vogarlik qilgan. Shotlandiyada kalvinchi zodagonlarning qo'zgolon ko'tarishi uni taxtdan voz kechishiga va Angliyaga qochishga majbur qilgan. 1567-yil 16-iyunda Angliya qirolichasi Yelizaveta I Farmoni bilan turmaga tashlangan. Katoliklar tomonidan uyushtirilgan bir qator fitnalarga aralashgani tufayli sudga berilib, 1587-yil 8-fevralda Foteringey qasri (Angliya) da qatl etilgan. Badiiy adabiyotlarda (jumladan, F. Shiller tragediyasida) Mariya Styuart obrazi, odatda, ideallashtirib berilgan.
Mostrar todo...