Sof tib
Ir al canal en Telegram
Биз сизни кимёсиз, соф табобатга чақирамиз, ўз соғлигингизнинг қадрига ўзингиз етинг! FB: facebook.com/softabobat Инстаграм: instagram.com/sof_tibb Биз билан боғланиш: t.me/softib_softabobat
Mostrar más433
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
433
Zaytun yog’i qadim zamonlardan beri eng foydali mahsulot sifatida tan olingan. Olimlarning aniqlashicha, zaytun daraxtining vatani qadimgi Misr bo’lib, misrliklar uni sexrli daraxt deya e’zozlashgan.
Foydasi
Zaytun yog’i antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy bo’lganligi sabab uni “suyuq oltin” deya atashgan. Shuningdek, u suyak hamda mushak to’qimalarini, ichak devorlarini mustaxkamlashga yordam beradi.
Zaytun yog’i E vitaminiga boy bo’lib, qanday holatda iste’mol qilinishidan qat’i nazar oshqozonda gastrit va yara paydo bo’lishini oldini oladi. Bundan tashqari, yog’ tarkibidagi xlor ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Zaytun yog’i boshqa o’simlik yog’lariga nisbatan inson organizmidan yengil so’rilib, uni doimiy iste’mol qilishlik arterial bosimni me'yorlashtiradi.
Zaytun yog’i kalsiyga boy bo’lib, uni bolalar ovqatiga qo’shib berish ancha foydali. Mahsulot tarkibida lanolin kislotasi mavjudligi bois, jaroxat va kuygan joylarga surtilsa, tez bitadi.
Go’zallik maqsadida
Zaytun yog’i nafaqat tibbiyotda balki kosmetologiyada ham keng qo’llaniladi. Undan turli krem, surtmalar hamda yuz, soch va teri uchun turli balzamlar tayyorlanadi.
Qadimda ayollar zaytun yog’idan yuz tozalovchi va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalanishgan. Yog’ tarkibidagi fenol moddasi teri qarishini sekinlashtirib, uni yumshoq va mayin qiladi.
@softib_softabobat
433
Yaponiya ilmiy – tadqiqot markazi rahbari islom dinini qabul qildi. Bunga Al-Azhar universiteti o‘simliklar va halq tabobati bo‘limi sobiq dekani, professor – akademik Toho Ibrohim Xalifaning metallotionein (Metallothionein) borasidagi ilmiy dalili sabab bo‘ldi.
Metallotionein (Metallothionein) – bu inson va hayvon miyasi juda oz miqdorda ishlab chiqaruvchi tarkibida oltingugurt (S) saqlovchi oqsil modda bo‘lib, u rux, temir va fosfor moddalari bilan oson birikish xossasiga ega. Metallotioneine inson organizmining hayotiy faoliyati uchun o‘ta ahamiyatli modda bo‘lib uning foydali hususiyatlari behisob. Jumladan, Metallotionein organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi, yurak, qon-tomir faoliyatini mustahkamlaydi va nafas olish a’zolari faoliyatini normallashtiradi.
Mazkur modda, 15 yoshdan boshlab 35 yoshga qadar inson miyasida organizm ehtiyojiga mos tarzda ishlab chiqariladi. Keyinchalik 60 yoshga qadar ishlab chiqarish kamayib borib 60 dan so‘ng butunlay to‘xtaydi. Hayvonlarda esa mazkur element juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Shu sabab, bu moddani na inson va na hayvon organizmidan olish mumkin.
Ushbu haqiqatni kashf qilgan yapon olimlari, mazkur yoshlik eliksirini tabiatdan, ya’ni o‘simlik va mevalardan izlay boshlashdi.
Natijada, Metallotionein moddasi tabiatda faqatgina ikki o‘simlikda – anjir va zaytun mevasi tarkibida bo‘lishini aniqlashdi.
Mana shu joyda Qur’oni Karimga e’tibor qarataylik.
وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ
1 . Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.
(At-Tiyn surasi, 1)
Demak, Qur’oni Karimda ushbu mevalar bekorga tilga olinmagan. Ularning naqadar ahamiyatli ekanini, ular bilan hatto qasam ichilayotganidan ham tushunish mumkin.
Metallotioneinning anjir va zaytun mevalari tarkibida borligi aniq bo‘lgach, yana bir qiziq fakt yuzaga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, bitta anjir va bittagina zaytun mevasi tarkibidagi Metallotionein odam organizmi ehtiyojini qondira olmas ekan. Davom etgan izlanishlar : bir anjir va yetti zaytun mevasi inson organizmining Metallotioneinga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi ma’lum bo‘ldi.
Ilmiy izlanish natijalari bilan tanishib chiqqan professor Toho Ibrohim Halif Qur’oni Karimda anjir va zaytun mevalari zikr etilgan oyatlarni izlay boshladi. Natija esa barchani lol qoldirdi!
Buni qarangki, anjir mevasi Qur’oni Karimda bir marta zaytun mevasi esa olti marta zikr etilgan va yettinchi marta zaytun mevasining nomi zikr etilmay faqat tavsifi keltirilgan, jami bir marta anjir va yetti marta zaytun mevasi keltirilgan ekan.
وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَاء تَنبُتُ بِالدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْآكِلِينَ
20 . Va (Biz sizlar uchun)Turi Sayno*(tog‘i)dan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog‘ va yeguvchilarga nonxurish holda o‘sur*.
(Muminun surasi, 20)
(Sharh:* “Turi Siyno”, “Turi Sayno” va “Turi Sinin” deb ataladigan tog‘ Misr bilan Ayla shahri o‘rtasidagi muborak tog‘ bo‘lib, u Muso (a.s.) Alloh bilan gaplashgan tog‘dir. Shu tog‘da eng ko‘p tarqalgan Zaytun daraxti to‘fondan keyin ilk bor ko‘karib chiqqan daraxt bo‘lib, u uch ming yilgacha qurimay turishi mumkin, deyiladi.
Manba: “Qur’oni Karim” ma’nolarining tarjima va tafsiri. Shayx Abdulaziz Mansur.)
Professor mazkur material yuzasidan Qur’oni karimdan topgan dalillarini yapon olimlariga jo‘natdi. Olimlar esa, professorning aytgan so‘zlari naqadar haq ekaniga, shuncha ilmiy tadqiqotlar natijasida kashf etilgan haqiqat bundan 1427 yil muqaddam ayon bo‘lib bo‘lganini tan oldilar. Olimlar guruhining rahbari ushbu oyatlarni ko‘rib Islom dinini qabul qilajagini va Yaratganga iymon keltirishini ma’lum qildi va olib borilgan tadqiqotlarning mualliflik huquqini professor Toho Ibrohim Halifga taqdim etdi.
Qosimxon Boyxanov
@softib_softabobat
433
Zaytunning foydali xususiyatlari
Zaytun yog‘i ko‘p kasalliklarning oldini olishda va ularga davo sifatida ishlatiladi. Zaytun yog‘i antioksidantlar, vitamin va minerallar bilan boyitilganligi uchun mushak to‘qimalarini hamda ichak devorlarining mustahkamlanishiga yordam beradi.
Tarkibiga linol, olein va linolen kabi to‘yinmagan yog‘ kislotalari kiradi. Ular lipidlarning peroksidlanish jarayoniga, semizlikka to‘sqinlik qiladi. Inson organizmini yoshartirishga va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lishini oldini oladi.
Eng muhimi:
* Miya arteriyasini sog‘lomlashtiradi.
* Boshqa o‘simlik yog‘lariga nisbatan inson organizmida yengil o‘zlashtiriladi. Har xil qon guruhlariga mansub insonlarga birdek mos keladigan, foydali yagona yog‘ hisoblanadi.
* Doimiy iste’mol qilishlik surunkali gipertoniyada qon bosimini me’yorlashtiradi.
* Yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladigan eng yaxshi vosita.
* Insulinning qarshi kurashishini kuchaytiradi va uning faoliyatini me’yorlashtiradi. Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi.
* Shamollashda, me’da va ichak kasalliklarini davolashda, hamda ekzema, kon’yuktivitda va bosh og‘rig‘ida ishlatilsa yaxshi natijaga erishiladi.
* Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashda yordam beradi. Oshqozon, ichak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.
* Dermatit va teri qurishiga qarshi ajoyib vosita. Ajin paydo bo‘lishini oldini oladi va ularni tekislaydi. Terini silliqlab, tarangligini oshiradi.
Zaytun yog‘i issiq yoki sovuq ovqatlarda, qanday holatda iste’mol qilinishidan qat’iy nazar, oshqozon shirasi kislotasini pasaytiradi hamda oshqozonda gastrit va yara paydo bo‘lishini oldini oladi. O‘t qopini sog‘lom ishlashiga yordam beradi. O‘t chiqarish faoliyatini me’yorlashtiradi va o‘t qopidagi toshlarni paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Tarkibida xlor borligi sababli- ichak faoliyatini sog‘lomlashtiradi.
Saraton kasalligining oldini oladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga binoan, hech bo‘lmaganda bir kunda bir marotaba zaytun yog‘ini iste’mol qilgan ayollarda ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanish xavfi uch barorbar kamayadi. Tekshiruvlar dalolat qilishicha, ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollar zaytun yog‘ini iste’mol qilishganida har uchdan birida xastalikka sabab bo‘ladigan HER-2/neu ankogenini to‘sib qo‘yishi aniqlandi. Zaytun yog‘i har xil yomon ta’sirli o‘simtalarga qarshi muhim, kuchli qurol hisoblanadi hamda ichak, sut bezlari va prostatadagi onkologik o‘simtalarga qarshi kurashuvchi samarali vositadir.
“Ye” vitaminiga boy
Inson organizmini charchatadigan, hujayralarini buzadigan viruslar bilan kurashishda “Ye” vitamini tabiiy ittifoqdosh bo‘la oladi. Ma’lumki, “Ye” vitamini go‘zallik manbai deya e’tirof etiladi. Demak, hamisha yosh va go‘zal bo‘lishni istaydigan xonimlar uchun zaytun yog‘i beminnat yordamchi hisoblanadi.
Organizmga 100 % singadi
Ayniqsa, keksa yoshdagi insonlarga va o‘sayotgan bolalarga tavsiya etiladi. Chunki zaytun yog‘i juda tez hazm bo‘ladi va organizmda ko‘pgina vitamin va minerallarning faollashuviga yordam beradi. Mineral moddalarining suyak to‘qimalarida joylashib qolishida yordam beradi. Kalsiy moddasini yo‘qolishiga to‘sqinlik qiladi.
Yog‘ kislotalarining miqdori jihatidan zaytun yog‘i ona sutiga yaqin turadi. Zaytun yog‘i homiladorlik vaqtida va emizikli ayollarga tavsiya etiladigan yagona yog‘ hisoblanadi. Chunki zaytun yog‘i tarkibidagi yog‘ kislotalari homila miyasi va asab tizimining shakllanishida ijbiy ta’sir etadi. Muntazam iste’mol qilish kutilgan samarani beradi. Och qoringa, ovqatdan yarim soat oldin yoki 2 soat keyin, kuniga 2-3 mahal ichish tavsiya etiladi.
Manba: Azon.uz
@softib_softabobat
433
Zaytun mevasi va undan olinadigan yog‘ haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Buni qarangki, zaytun mevasida, to‘g‘rirog‘i, zaytun yog‘ida inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘luvchi foydali xususiyatlar ko‘p ekan. Keling, bugun zaytun mevasi va yog‘i bilan yanada yaqindan «tanishamiz».
@softib_softabobat
433
#softib_fikr
Bugungi kunni ham yaxshi kayfiyatda nihoyasiga yetkazgan Allohga cheksiz hamdlarimiz bòlsin
433
"СОФ ТИБ" МАҲСУЛОТЛАРИ ҚАЙ
ЖИҲАТЛАРИ БИЛАН СИЗГА МАЪҚУЛ?
Биз санаб ўтамиз, сиз қабул қилганларингизни ҳисобга оласиз, камчиликлари бўлса, тўлдирасиз:
• Аввало, маҳсулотларимизни ҳалол ҳом-ашёлардан ишлаб
чиқарамиз ва сизга ҲАЛОЛ ҳолатида етказамиз;
• Бирорта маҳсулотимизга ҲАЙВОН ЁҒИ АРАЛАШТИРМАЙМИЗ;
• Биз кимёвий воситалардан ДОИМ УЗОҚДАМИЗ;
• Маҳсулотларимиз табиий бўлиши учун ҳатто ранг қўшмаймиз, бўлса-борича ТАБИИЙ бўлишига ҳаракат қиламиз;
• Маҳсулотларимиз сизга янада манфаатлироқ бўлиши учун
ҳеч бирини қаттиқ қиздирмай, ИЛИҚЛИК БИЛАН, авайлаган
ҳолда ишлаб чиқарамиз;
• Маҳсулотимизни қалбаки зийнатлаш, ёрқин ранг бериш
учун ҳатто КИМЁВИЙ ПАРДОЗ ҲАМ БЕРМАЙМИЗ;
• Тиббий манфаатлари янада кўпроқ бўлиши учун биз фақат
ҚЎЛ МЕҲНАТИдан фойдаланамиз;
• Кўнглингиз равшан, димоғингиз чоғ, кайфиятингиз аъло
бўлиши учун энг ёқимли ТАБИИЙ ИФОРЛАРдан қўлланамиз;
• Биз фақат даромаддан кўра, ундан ИНСОН МАНФААТИ
УСТУН деб биламиз. Иккиси бир бўлсагина, дунё ҳам,
охират ҳам обод деб умид қиламиз.
Бизнинг шиор: "БИЗ СИЗНИ СОФ ТАБОБАТГА ЧАҚИРАМИЗ"
Қўлингизни беринг, БИЗ СИЗ БИЛАН БИРГАМИЗ.
Камоли эҳтиром билан,
"Соф ТИБ" жамоаси.
@sof_tibb
433
Кишиларнинг тери касалликларини даволаш ва оддий пардоз йўналишида тайёрланаётган Соф ТИБ маҳсулотларини ишлаб чиқаришда ҳайвон ёғларидан фойдаланилмайди. Спирт, турли кимёвий моддалар, ранг, силиконлар ва синтетик хом ашёлар умуман қўшилмайди. Ҳаммаси табиий, ҳалол ва витаминларга бой ўсимлик ёғлари: зайтун, седана, саримсоқ, кокос, канакунжут ва бошқа табиий ёғлардан таркиб топади. Алоэ, бодринг, ошқовоқ, лимон, майданоз(петрушка) шарбатлари, қичитқи ўти(крапива), дафна, ялпиз, яшил чой, сули(овсянка), анор, мойчечак(ромашка) саримсоқ пиёзларининг табиий экстрактлари, соф тоза асал, сигир сути, шоколад(какао) лардан фойдаланган ҳолда ҳозирланади.
Бу маҳсулотларимиздан фойдаланмаганлар бир марта олиб кўрсалар иншаАллоҳ мухлисга айланади. Яхши, фойдали, ишончли, қўл меҳнати билан тайёрланган, табиий маҳсулот.
Савдода ҳамкорликка ҳам таклиф қиламиз.
Telegram | Facebook
Instagram | Savdo bo'limi
Телеграм саҳифамизда мутаҳассислар сизга маслаҳат беришади:
https://t.me/Softib_softabobat
433
✅ Sochlar o‘sishiga yordam beradi
Qovoq – kaliy, sink va boshqa minerallarga boy. Kaliy sochlar salomatligini qo‘llab quvvatlash, regeneratsiyani yaxshilashda yordam beradi. Tsink esa sochlar salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Qovoqda qon aylanishini yaxshilash orqali sochlarning o‘sishiga yordam beruvchi folat, B vitaminlari ham bor.
433
✅Sochlarning vaqtidan oldin oqarishining oldini oladi
Qovoqni doimiy ravishda iste'mol qilish yoki bosh terisi uchun maska sifatida qo‘llash –sochlarning oqarishidan himoya qiladi. Bu afzallik qovoq tarkibidagi antioksidantlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular sochlar hamda bosh terisini tashqi muhitning salbiy ta'siridan himoya qiladi.
433
✅Husnbuzarlarni davolashda yordam beradi:
Husnbuzarlarning paydo bo‘lish sabablari juda ko‘p. Ulardan eng asosiysi – terining epidermis hujayralari, kosmetik vositalar sababli ifloslanishi. Qovoq tarkibidagi antioksidantlar organizmning erkin radikallari bilan kurashadi. Shu yo‘l bilan teridagi mayda teshikchalarini yallig‘lanishdan asraydi. Bu esa terining toksinlar va boshqa teri chiqindilaridan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
433
✅Qarishga qarshi effektga ega:
Qovoq iste'moli vaqtdan ilgari qarishning oldini olish (ajinlar, qora dog‘lar)ning samarali usuli hisoblanadi. Antioksidantlar va S vitamini bunda yordamga keladi.
433
👆👆👆bu qisqa va lo'nda ta'rif.Batafsillikni sevuvchilar uchun bugun ushbu mahsulotimizni ochib beruvchi to'liq ma'lumotlarni ulashamiz...👇👇👇
433
Qovoqning foydali jihatlari nimalardan iborat?
U terining o‘lik hujayralarini yo‘qotib, unga sog‘lom jilo beradigan alfa-gidroksikislotalardan (glikol va sut kislotalari kabi) iborat. Qovoq tarkibida beta-karotin, A vitamini bo‘lib, u ajinlarga qarshi kurashda yordam beradi. Tsink esa husnbuzarlarning oldini olib, terining tiklanishiga xissa qo‘shadi. Qovoq tarkibidagi S vitamini immunitetni ko‘taradi, V vitamini esa qon aylanishini yaxshilaydi. Kaliy esa o‘z navbatida sochlar salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
433
🍎 Лаблар учун олмали ниқоб
✅ Лаблар ҳам доимий парваришга муҳтож. Агар лабингиз тез-тез ёрилиб, рангсиз бўлиб қолган бўлса, уни табиий йўл билан даволаш мумкин.
🍏 Бунинг учун олма қирғичдан чиқариб олинади. 1 чойқошиқ олма пюресига ярим чойқошиқ ўсимлик ёғи солиб аралаштирилади. Сўнгра аралашма докага ўралади ва лаблар устига босиб турилади. 10-15 дақиқадан сўнг илиқ сувда ювилади.
✍🏼 Муолажа ҳафтада 3-4 бор такрорлаб турилади.
@softib_softabobat
433
БОДРИНГЛИ совун
ЁҒЛИ ТЕРИЛАР УЧУН
NATURAL COSMETICS
TABIIY SOF
KOSMETIKA
ФОЙДАЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ:
🥒терини мулойим, эгилувчан қилади;
🥒ҳуснбузарлар ва тошмаларни даволайди;
🥒юзни ёшартиради;
🥒юзни тиниқлаштиради;
🥒теридаги ёғларни кетказади, тери эркин нафас олади;
🥒теридаги намлик балансини меъёрлаштиради;
🥒доғларга қарши курашади;
🥒юзни оқартиради;
🥒пораларни кичрайтиради;
🥒тери юзасини силлиқлайди, майин қилади.
ТАРКИБИ:
Бодринг экстракти,
А, B, С, E, K витаминлари мавжуд.
ҚЎЛЛАШ УСЛУБИ:
Совуннинг кўпигини юзга бир текисда суртинг,бир неча дақиқага қолдиринг, илиқ сув билан ювиб юборинг.
Юзингизни юмшоқ сочиқ билан артинг!
Юзни артаётганингизда шунга эътибор берингки, сочиқни юзингизга босиб пастдан тепага қулоқлар томон тортиб қулоқ олдидан пастга бўйин томон юргизинг, шунда тери орасидаги суюқликлар юзингизни тарк этиб,юз кўринишингиз тиниқлашиб ажинлар йўқолади, шундай қилсангиз юзингизга ҳар кунлик муолажа массаж бўлиб тез орада натижасини биласиз.
ЭСЛАТМА:
Совундан фойдаланганингизда меъёрини билинг, кетма-кет ювиб ортиқча қуритиб юборманг, юз терисидаги ёғлар юзда ҳимоя қавати бўлиб, меъёридан ортиқча ёғсизланиб қолса сезувчанлиги ортади, натижада ҳар хил бактерияга қарши кураша олмай қизариш, майда тошмалар пайдо бўлишига сабаб бўлиши мумкин.Таркибида бодринг бор бўлган пардоз ашёлари мавсум танламайди. Ёзнинг иссиқ кунларида ҳам, қишнинг совуқ кунларида ҳам бирдек манфаатли. Ундан маска ёки скраб ўрнида ҳам фойдаланилади. Яна бир аҳамиятли тарафи-ёғли юзга ҳам, ўрта ва ёғсиз,қуруқ юзга ҳам, ҳатто таъсирчанлиги юқори бўлган нозик териларга ҳам бирдек фойдали. Бодрингли пардоз ашёлари мутлақо зарарсиз ҳисобланади.Теридаги касалликларга қарши фаол курашади, тошмалар, ҳуснбузарларни кетказади. Терини намлантиришга ёрдам беради, витамин ва минераллар билан озиқлантиради, терини юмшоқ, эластик ва ипакдек майин қилади. Қаришга қарши хусусиятларга эга, регенератив таъсир кўрсатади. Тешикларни торайтиради. Терини токсинлардан тозалайди. Терини оқартиради. Кузлар остидаги қора доираларни йўқ қилади. Бодринг терининг соғлом бўлишида асосий ёрдамчилардан биридир.
МАҲСУЛОТЛАРИМИЗНИНГ ҲЕЧ БИРИДА ҲАЙВОН ЁҒИ АРАЛАШМАГАН!!!
Бошқа маълумотлар қуйидаги телеграм каналида:
https://t.me/softabobat
