cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Qarshi shahar 44-maktab. Rasmiy kanal

🛄Ushbu kanalda Qarshi shahar 44-maktabda boʻladigan yangiliklardan xabardor boʻlishingiz mumkin. ✔️ Manzilimiz: Qarshi shahri Otchopar mahallasi Denov koʻchasi Kanal yurituvchisi: 44-maktab ma'muriyati

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
302
Suscriptores
-124 horas
-17 días
+1030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum xurmatli ustozlar va qadrdon o'quvchilar! Aziz bayramingiz Qurbon hayiti ayyomingiz muborak bo'lsin.Yurtim tinch,osmonimiz musaffo bo'lsin,xonadoningizdan fayzu-baraka arimasin,oilaviy baxt,mustahkam sog'lik doimo xamrohingiz bo'lsin!!!
Mostrar todo...
5
Photo unavailableShow in Telegram
🌙Қурбон Хайити Айёмингиз билан табриклайман ҚАДРДОНИМ! 🍃Сизга энг яхши тилаклар хамроҳ бўлсин, Қурбон хайитида қилган эхсону савобларингиздан Аллоҳ рози бўлсин🤲 Канал манзили 👉 @ZAMON
Mostrar todo...
00:19
Video unavailableShow in Telegram
1.21 MB
👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
1🤔 1
17:08
Video unavailableShow in Telegram
№ 1 Видеоролик Мавзу: Тинчлик қадри
Mostrar todo...
Таълим + ролик.mp4179.98 MB
👍 1 1
Таълимдаги тузалмас касаллик ҳақида Биз таълимда кўп яхши ўзгаришлар қиляпмиз, аммо бир касалликдан сира қутила олмаяпмиз. Бу ҳам бўлса, деярли ҳар йили имтиҳонга жуда кам вақт қолганда ёки қабул бошланиб бўлгандан сўнг, абитуриентларга жиддий таъсир қиладиган кескин ўзгаришлар қилишда давом этяпмиз. Бундай ўзгаришлар кечи билан ўқув йилининг бошидаёқ эълон қилиниши, абитуриентлар шунга қараб тайёргарлигини кўриши ҳақида минг марта гапирганмиз, аммо ҳозирча бефойда. Бугун эълон қилинган янгиланган фанлар мажмуаси рўйхати ҳамда кўплаб йўналишларнинг қисқариб кетиши ҳам шу каби норозиликларга сабаб бўлмоқда. Наҳотки жиддий ўзгаришларни олдиндан режалаштириш имконсиз? Масалан, аввал тест, сўнгра танлов тамойили анча аввал эълон қилинди, шу сабабли бунга ҳеч ким эътироз қилгани йўқ, ҳамма руҳан тайёр эди. Ёки келгуси ўқув йилидан чет тили биринчи фан бўлган йўналишларга фақат сертификати борларгина топшира олиши ҳақидаги қарор ҳам олдиндан барчага эълон қилинди, бу ҳам муаммо туғдирмайди. Нега худди шу тарзда ўйин қоидаларини олдиндан эълон қилиш мумкин эмас? Албатта имтиҳонга қисқа вақт қолганда абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини стрессга тушириб, ўзгариш қилиш шартми? Биламан, бу гапларим барибир энди бефойда. "Йўналишлар қисқаришининг ёмон томони йўқ, ўқиган билими ўзи учун, билимига мос бошқа йўналишни танласин", дейишингиз ҳам мумкин. Фикрингизда жон ҳам бордир, ваҳима қилишга арзийдиган ўзгариш ҳам эмасдир балки. Аммо четдан туриб гапириш ва баҳо бериш осон, танаси бошқа дард билмас дегандек. Илтимос, ҳурматли масъуллар, ўзгаришлар ҳақида олдинроқ хабар беришни ўргансангиз, янада аниқроғи имтиҳонга тақалган пайти бирор жиддий ўзгариш қилишдан тийилсангиз зўр иш бўлар эди. Манбаа Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг 👉 @yuristlar_maslahati 👈
Mostrar todo...
👍 6👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔍 "Mahalladagi kitobxon" tanlovining iyun oyi davomida o‘qiladigan kitoblari bilan tanishing! 1. O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari" 2. Abdulhamid Cho'lpon "Kecha va kunduz" ✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting! 🔍Tanlov 1-iyul kuni bo'lib o'tadi! 🔍 Tanlov nizomi bilan tanishish uchun bu yerga bosing! 🔍 Murojaat uchun: @mahalla_murojaat #Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
Mostrar todo...
👍 4
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Mostrar todo...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 2🥰 1
05:09
Video unavailableShow in Telegram
"Reportaj" Qarshi shahridagi 44-sonli umumta’lim maktabida besh tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida so‘z borgan. #17may #qashqadaryo_trk 📱Rasmiy telegram kanalimiz 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
Mostrar todo...
REPORTAJ___D.YAXSHIBOEY.44-MAKTAB___17.05.2024.mp447.08 MB
👍 5🔥 4
✅So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri
Qashqadaryo viloyati IIB homiyligidagi Qarshi shahar 44-umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Batafsil ——— ✅Сўнгги қўнғироқ тадбири
Қашқадарё вилояти ИИБ ҳомийлигидаги Қарши шаҳар 44-умумтаълим мактабида сўнгги қўнғироқ тадбири бўлиб ўтди.
Батафсил ——— Telegram | Website | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 4🔥 4 2