cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
498
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

O’zingizdan ayamang Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha. Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi. Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz. Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson. Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz. O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz. O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q. Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling. Vaqtni bergandan vaqtni ayamang. O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang. https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

1
©"O'LSANG, KIM YIG'LAYDI?" (5) ........KUNDALIK YURIT!........    Kundalikni aniq-tiniq, pishiq-puxta yuritish - shaxs sifatida shakllanishga xizmat qiladigan eng ishonchli ibtidolardan biridir. Agar xar kuni o'zingizning xissiyotlaringizni, ulardan olgan saboqlaringizni yozib borsangiz, siz kundan kunga donishmandroq bo'lib borasiz. Sizda o'zingizni va xayotni anglash saloxiyati shakllanadi, siz kamroq xato qila boshlaysiz. Bundan tashqari, kundalik sizga o'z maqsadlaringizni aniqlashtirishga yordam beradi, natijada siz ikkinchi darajali ishlarga chalg'imay, butun e'tiboringizni asosiy masalaga qaratasiz.   Kundalik sizga o'zingiz bilan yakkama-yakka, muntazam suxbat olib borish imkoniyatini beradi. Kundalik sizga bugungi, chuqur muloxazalar kechmishga aylangan dunyoda atroflicha fikr yurutishga undaydi. Shuningdek, kundalik sizni teranroq mushoxada yuritishga o'rgatadi, maqsadli va ma'rifatli xayot kechirishga ko'maklashadi. Bulardan tashqari kundalik sizni muxim masalalar bo'yicha muloxazalaringizni qayt etish, o'zingizga amaliy jixatdan qo'l kelgan muvaffiqiyatlar strategiyasining asosiy omillarini belgilash va sermazmun shaxsiy, kasbiy, ma'naviy xayotni ta'minlashga butun kuchingizni tashlashni ta'minlaydi. Yana shaxsiy kundalik bu - orzularingizni peshlaydigan va tasavvuringizni mashq qildiradigan xususiy maqoladir.   Kundalik - shunchaki voqealarni qayt etadigan EMA's, balki ularni taxlil etadigan va baxolaydigan narsa. Kundalik nima ish qilayotganingiz, nima uchun qilayotganing, qilayotganlaringiz sizni nimalarga o'rgatyotgani xaqida o'ylanishga da'vat etadi. Bundan tashqari kundalik shaxs sifatida o'sishingiz va aql to'plashingizga ko'maklashadi - bu o'tmishni o'rganish va uni kelajakdagi muvaffiqiyatlarga ta'sir ko'rsata olovchi moslamaga aylantiruvchi formuladir. Shifokorlarning aniqlashoga ko'ra, kishi o'zini shaxsiy kundaligi uchun bit kunda 15 daqiqa ajratsa, bu uning sog'ligini yaxshilaydi, immunitetini kuchaytiradi va kayfiyatini ko'taradi.   Yodingizdan chiqarmang: Sizning xayotingiz o'ylashga arziydimi, demak, yozish xam kerak. https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

©"O'LSANG, KIM YIG'LAYDI?" (4) .....O'ZINGNING FOYDANG UCHUN O'ZINGGA TALABCHAN BO'L.....   Risoladagiday kechayotgan, anglagan xayotning shak-shubxasiz shartlardan biri - "O'zini intizomga bo'ysindira bilish". Bu sizga barcha zarur ishni bajarish imkoniyatini yaratadi - qalbingizning tup-tupida buning kerakligini tushunasiz, shu ishni qilgingiz kelmagan paytlari xam... O'zingizni intizomga bo'ysindira olmasangiz oldingizga aniq maqsadlar qo'yolmasysiz. Vaqtni samarali taqsimlay olmaysiz, boshqalar bilan yaxshi muomalada bo'lolmaysiz, xayotizdagi qora kunlarni yengib o'tolmaysiz, natijada sog'ligingiz xaqida qayg'urmaysiz va o'zingizdagi OLTIMIZMni boy berasiz.   Fikrimcha, o'zingizni intizomga bo'ysindira olish ko'nikmasini o'zingizning foydangiz uchun tarbiyalashingiz kerak, chunki o'zingizga nisbatan talabchanlik - xaqiqiy g'amxo'rlik alomati. Agar o'zingizga talabchanlik bilan qarasangiz, siz o'z shartlaringiz asosida muloxazaliroq, mazmunliroq xayot kechira boshaysiz, irmoqda suzib ketayotgan kabi quruq barg kabi tabiatning ayni damdagi injiqliklariga ixtiyorsiz bo'ysunib ketavermaysiz. Men bot-bot takidlayman: "O'zingizga qanchalik qattiqqo'llik bilan yondashzangiz, xayot sizga shunchalik yumshoqlik bilan yondoshadi". Xayotingiz sifati oxir-oqibat signing qarorlaringiz va nimalarni afzal ko'rishingiz bilan aniqlanadi, bu siz tanlagan kasbda, o'qiyotgan kitoblaringizda, ertalab turadigan vatingizda, fikrlashingizda ko'rinadi. Agar iroda kuchini bosqichma-bosqich chiniqtirib borsangiz va xamisha to'g'ri qaror qabul qilishga xarakat qilsangiz (vaziyatdan chiqib ketishning yengil yo'lini qidirmasdan), o'z xayotingiz ustidan nazorat o'rnata olasiz. Muvaffiqiyatga erishgan odamlar xech qachon vaqtini vaziyatdan oson chiqib ketishga sarflashmaydi. Ularda qalb amriga quloq tutush va aqil bilan ish yuritish jasorati yetarli. Aynan shu ko'nikmalar ularni buyuk odamlarga aylantiradi.   "Muvaffiqiyatga erishgan odamlar - bu o'zida omadsizlar bajarishni yoqtirmaydigan ishlarni uddalash ko'nikmasini shakllantirgan odanlardir" deydi mutafakkir va eccenist E. M. Grey. Darvoqea, u bularni, albatta yoqtirishi shart emas, lekin iroda kuchi unda istaklar va afzal ko'rishlaridan yuqori turadi". XIX asrda yashab o'tgan ingliz yozuvchisi Tomas Genri Geksli xam shunga o'xshash xulosaga kelgan: "Aftidan, xar kunday ta'limning eng qimmatli natijasi - bu senga yoqadimi yo'qmi, o'zing qilish kerak bo'lgan ishni vaqtida amalga oshirishga o'zningni majburlash qobilyatidir". Aristotel by xikmatni boshqacharoq ifodalydi: "Biz xamma o'rganganlarimizni faqat ish jarayonida o'zlashtiramiz, misol uchun qurilishda ishlagan odam quruvchiga aylanadi, arfa chalgan kishi arfachiga. Shu tarzda biz adolatli ish qilgan paytimizda adolatiga aylanamiz, o'zini boshqarish talab qiladigan xatti-xarakatlardan o'zimizni iroda qilishni o'rganamiz, jasurlik ko'rsatganimizda esa mard odamga aylanamiz". https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

👍 3
Assalomu aleykum!!! Hurmatli azizlar bu kitobni Ustozim Murod Nazarov tafsiya qilganlar juda yaxshi kitob va qo'lanma o'qib amal qilsangiz juda manfatli bo'ladi.
Mostrar todo...
©"O'LSANG, KIM YIG'LAYDI?" (3) .......BOSHQA NUQTAI NAZARNI IZLA.......   Bu voqea ko'plarga tanish. Bir kuni shifoxona palatasiga aravachada navbatdagi bemorni olib kelishadi, boshqa bemor esa deraza yonidagi kirovatda yotgan bo'ladi. Ular tanishib qolishadi, deraza yonida yotgan bemor karavotida, o'rnidan qimirlay olmay yotgan do'stiga tashqi dunyoni chiroyli qilib tasvirlab berveribdi. U gox qarshisidagi tarafda joylashgan istiroxat bog'idagi daraxtlarning naqadar go'zalligini, yengil shabodada ularning barglar raqsga tushishimi xikoya qilar, gox esa yo'lovchilarni batafsil tasviardi. Vaqt o'taverdi, o'rnidan tura olmaydigan bemor tashqi dunyo go'zalligini o'z ko'zi bilan ko'ra olmayotganidan qayg'uga tusha boshladi. Oxir-oqibat bemor xamxonasini yoqtirmay qoldi, keyin esa undan nafratlana boshladi. Shunday kunlarning birida kechasi deraza yonida yotgan bemorni qattiq yo'tal tutdi, va nixoyat, u nafas olmay qoldi. Ikkinchi bemor xatto shifokorni chaqirishni istamadi xam. Ertalab go'zal manzaralarni xamxonasiga tasvirlab beradigan bemorning vafot etganligi aniqandi va uni karavoti bilan olib chiqib ketishdi. Ikkinchi bemor o'zini deraza yoniga o'tqazishlarini iltimos qildi. Navbatshi xamshira uning kirovatimi deraza yonoga surib qo'ydi. Shunda tashqariga qaragan bemor qaltirab ketdi: Qarshisida baland g'ishli devor bor edi,  xolos. Barcha chiroyli manzaralarni esa xamxonasi o'ylab topgan, yani do'stining qiyin damlariga ozgina quvonch bag'ishlashni istagan edi. Bu ishni u beg'araz amalga oshirgan.   Men bu voqeani eslar ekanaman, ro'y bergan voqeaga xamisha boshqa nuqtai nazardan qarayan. Og'ir sharoitda baxtliroq va to'laqonli xayot kechirish uchun doimo nuqtai nazarni o'zgartirib, tez-tez o'zingdan so'rab turishing kerak: "Bir qaraganda axvoli juda rasvo, lekin, extimol unga boshqacharoq, donishmandlik bilan va marifatliroq qarash mumkindir?".   Insoniyat tarixidagi eng buyuk fiziklaridan biri Ctiven Xoking aytganidek, "Biz yashayotgan kichginagina sayyora yuz millionlab gallaktikalar doirasida joylashgan o'rtamiyona yulduz atrofida aylanadi". Mana sizga boshqacha nuqtai nazar! Uni qabul qiling va o'z ga'm-tashvishlaringizga e'tibor qarating - naxotki ular shunchalik ulkan bo'lsa? Muommolaringiz o'ta jiddiymi? To'siqlar esa siz tasavvur etgan kabi o'tib bo'lmas darajadami?   Biz bu sayyorada yaqindan beri yashayapmiz. Aslini olganda, bizning xayotimiz abadiy osmonda chaqnagan bir uchqun, xolos. Shunday ekan aqilliroq bo'ling, xayotdagi xar lag'zaning qadriga yeting... https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

©"O'LSHANG, KIM YIG'LAYDI?" (2) .....HAR KUNI BIRON NOTANISH ODAMGA YAXSHILIK QIL.....   So'nggi nafasi yaqinlashayotgan onlarda Oldos Xaksli o'tkan umri o'ziga qanday saboqlar bergani xususida o'ylanib qoldi va xulosasini oddiy uchta so'zda ifodalaydi: "Bir-birimizga g'amxo'r bo'laylik!"   Biz ko'pincha to'laqonli hayot kechirish uchun qandaydir qaxramonlik ko'rsatib, gazetalarning birinchi saxifasiyu jurnallarning muqovasidan joy olish kerak, deb hisoblaymiz. Baxolanki, xammasi butunlay aksincha. Anglagan hayot -  qadr-qimmat va ezgulikka to'la! Ajablanarli tomoni shundaki, umr o'tishi bilan asl buyuklikka erishiladigan kundalik yumushlardir.   Hayotingizga kirib keladigan har bir kishi sizga nimadir ayta oladi va  nimagadir o'rgata oladi. Yig'ilib kunlaringizga aylanadigan xar bir daqiqangizda sizga yanada ko'proq ziyraklik va iltifotlilik namoyon etish imkoniyatini beradi. - Aynan shular sizning qanchalar insoniy ekanligingizni ko'rsatib beradi. Kundalik xayotda o'zligingizni asrang, atrofingizni qurshagan olamni yanada boyitish uchun qo'lingizdan kelgan xamma ishni qiling. Mening nazarimda, agar kun mobaynida xech bo'lmaganda bir kishining tabassumiga sababchi bo'lsangiz, kayfiyatini ko'tarsangiz, demak, kun bekor o'tmadi.   Xammasi o'ta oddiy: Ezgulik - umringizning xar kuni uchun to'langan o'lpon.   O'ylab ko'ring, begona kishilarga nisbatan mexr-shavqatingizni qay tarzda ijobiyroq ifodalash mumkin. Xarakatni eng oddiysidan boshlang: kimningdir qaxvasini pulini to'lang; metroda joy bering; birinchi bo'lib salom bering. Yoki yaqin insonlaringizga chin yurakdan sovg'alar bering. Chunki chin dildan, sovg'a taqdim etish judaham muhimdir... https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

©"O'LSANG KIM YIG'LAYDI" (1) .....O'Z IQTIDORINGNI TOP..... Xali bola paytimda otam aytgan bir o'gitni umr bo'yi yodimdan chiqarmayman: - O'g'lim, sen tug'ilganingda yig'laganding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashagingki, vafot etayotganingda dunyo yig'lasin, sen esa shod-xurram bo'l. Biz aslida xamma xayotning o'zi nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yo'llay olamiz, lekin shunday yonimizga ko'chib kelgan yangi qo'shnilar bilan tanishishga sira fursat topa olmaymiz. Biz ballistik raketani yer sharining boshqa qismiga uchirib, mo'ljalga aniq ura olamiz, biroq negadir bolalar bilan kutubxonaga borishni doim orqaga suramiz. Bizda bir-birimiz bilan aloqani yo'qotib  qo'ymaslik uchun "Elektiron pochta", "Fakslar", "Uyali telefon"lar bor, ammo insoniyat xali hech qachon bu qadar tarqoq bo'lmagan..   -Biz insoniylilni yo'qotdik...   -Hayotdagi maqsadni yo'qotdik...   -Biz juda muxum narsani nazardan qochirdik... -Shunday qilib mutolaaga kirishayotgan paytingizda (buni aslo qo'pollikka yoymang)  men sizdan so'rayman:   QABRINGIZ BOSHIDA KIMLAR YIG'LAYDI? Siz sayyoramizda yashash saodati ato etilgan fursat ichida qancha yaqiningizga ko'mak bera oldingiz? Sizning xayotingiz avlodlarga qay darajada tasir ko'rsatadi? O'z xayotimda olgan saboqlarimdan biri - agar o'z xayotingizda nimadir qilmasang, xayotning o'zi, albatta seni nimadur qiladi. Kunlar sezdirmasdan haftalar aylanadi, haftalar - oylarga, oylar - yillarga... Tez orada hammasi barxam topadi - sizda nomiga yashab o'tilgan afsus-nadomatlari bilan to'lgan yurakdan boshqa hech narsa qolmaydi. Xayotining so'ngi daqiqalarida Bernard Shoudan "Agar qaytadan yashaganingizda nima qilgan bo'lar edinggiz ?" deb so'rashganida, u o'ylab turub, keyin og'ir xo'rsinganicha javob qaytargan ekan: "Men o'zim istagan odam bo'lishni xoxlardim, lekin unday bo'lolmadim". Kitobni yozishimdan maqsadim sizning bunday nadomatga uchramasligingizga ko'maklashishdan ham iborat.   Men professional notiqman va shu sababli o'z dunyoqarashim asoslarini bayon qilib berish uchun ko'p vaqtimni butun O'zbekistondagi konferensiyalarga sarflayan - Bir shahardan ikkinchisiga uchib, biznes va hayotdagi yetakchilik borasidagi tushunchalarim bilan o'rtoqlashaman. Garchand xar birimizning o'z xayot yo'limiz bo'lsa-da, aksariyat tinglovchilar bir mavzuda savol berishadi: Hayotimiz yanada ma'nodorroq, tushunarliroq bo'lishiga qanday erishamiz? O'z ishimiz bilan qanday qilib uzoq vaqt yoddan chiqmaydigan xissa qo'sha olamiz? Xali vaqt borida qanday qilib o'z hayotimizni soddalashtiramiz va undan xuzurlanishimiz mumkin?   Mening javobim xamisha bir xil boshlanadi: O'z iqtidoringizni toping.   Ishonchim komil, xamma-xammada takrorlanmas iste'dod bor. Bizning xar birimizda g'aroyib maqsad mavjud, biz u bilan dunyoga kelganmiz, aynan shu maqsad bizning insoniy saloxiyatlarimizning ro'yobga chiqarish va shu asnoda yaqinlarimizning xayotini yaxshilashga imkoniyat beradi. O'z iqtidoringizni topish uchun ayni paytdagi ishingizdan voz kechish shart emas. Aksincha, o'z ishingizga ko'proq mexir qo'yishingiz, boshqalardan afzalroq natijaga erishishga butun diqqat-e'tiboringizni qaratishingiz joiz. Siz istagan o'zgarishlarni atrofdagilar amalga oshirishini kutib o'tirmang; Maxatma Gandhi aytganidek: "O'zingni qurshab olgan olamda o'zing ko'proq kurashni istagan o'zgarishlarga aylan". Shunda hayotingiz xam birdaniga o'zgaradi. https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
Pul va baxt oqimi

Siz eng yaxshi insonsiz yoki yaxshi yo‘ldasiz Muhimi harakatdan to‘xtamang hammasi siz o‘ylagandek bo‘ladi. Inshaalloh ☝️ Bizning guruh

👍 1
Assalomu aleykum !!! Azizlar bir yaxshilik qilishni niyat qildik, sizlar bilan birgalikda albatta. Kimni yetim yoki boquvchisi yo'q pulga qiynalgan tanishi bo'lsa Yozinglar birgalikda exson qilamiz qulimizdan kelguncha albatta. Nima deysizlar azizlar
Mostrar todo...
👍 7
00:22
Video unavailableShow in Telegram
УМР ЎТКИНЧИДИР, КЎЗ ОЧИБ ЮМГУНЧА ТЕЗ ЎТИБ КЕТАДИ. ШУНДАЙ ЭКАН БИР-БИРИНГИЗНИ ҚАДРИНГИЗГА ЕТИНГ
Mostrar todo...
6.65 MB
00:09
Video unavailableShow in Telegram
#Жума_муборак ✨Азиз диндошим муборак Жуманинг файзи барокати сизга бўлсин 🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин https://t.me/AAAAAPULVABAXTOQIMI
Mostrar todo...
10.95 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.