es
Feedback
Diplomat (Sobirov)

Diplomat (Sobirov)

Ir al canal en Telegram

Tarix, siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov

Mostrar más
4 554
Suscriptores
-924 horas
-347 días
-4030 días
Archivo de publicaciones
Shu roʻyxatda qiziq bir jihat – Gretsiyaning oʻrni. 2010-yillarda Yunoniston qarz inqirozini boshdan kechirdi. Bu asosan davlat byudjeti muammosi boʻlsa-da, shubhasiz fuqarolar hayotiga ham taʼsir qildi. Shunga qaramay, 2024-yilda Yunoniston dunyoning TOP-30 farovon davlatlari qatorida. Masalan, ularning qoʻshnisi, Turkiyada median daromad 8-9 ming dollar atrofida. Oʻrtacha daromad ham 3-4 baravar kam yunonlardan. Albatta, Turkiya va Gretsiya aholisi farqi haqida ham aytish mumkin. Biroq Turkiyadan aholisi koʻp AQSH va Germaniya roʻyxatda turibdi. Gap aholi sonida emas, ularga yaratilgan sharoitda. Misol uchun: greklarning boyligini asosan koʻchmas mulklar koʻtargan. Chunki ular Yevropa ittifoqiga aʼzo va ittifoqning arzon ipoteka kredit tizimiga ega. Yangi yunon oilalari ham bemalol oʻziga yaxshi shartlarda uy ola biladi. Turkiyada ham aksariyat oʻz koʻchmas mulkiga ega. Biroq yosh oilalar uchun uy olish oʻta qiyin. Chunki narxlar juda yuqori (inflyatsiya ham yuqori), ipoteka kreditlari foizi oʻrtacha 40 foizgacha boradi. Zero yaqin yillarga qadar bu koʻrsatkich 12-19 foiz atrofida boʻlgan. Oqibat: 2025-yilda Turkiyadagi uy oldi-sotdilarning atigi 12 foizi ipoteka orqali moliyalashtirilgan. Iqtisodi (Yaim darajasi) Yunonistonnikidan ancha katta Turkiya fuqarolari nega bunchalik kam pul topishi shubhasiz, hukumat siyosatiga bogʻliq. Yunonistonda mulk huquqi kuchli, iqtisodiyot mustaqil va barqaror. Turkiyada esa hukumat barchasini oʻz nazorat qiladi. Birgina Erdogʻan Turkiyaning bir necha oʻn yillik moliyaviy tizimini oʻzi xohlaganicha oʻzgartirib yubordi. Natija esa tobora yomonroq boʻlib boryapti — inflyatsiya toʻxtamayapti, lira devalvatsiyasi juda yuqori, oqibatda fuqarolar daromadni asosan kundalik ehtiyojlarga sarflab, uzoq muddatli boylikka aylantira olmayapti. @pan_diplomat

Ushbu taqqoslash AQSHda boylik qanchalik notekis taqsimlanganini ko‘rsatadi. AQSH aholi jon boshiga o‘rtacha (average) boylik
Ushbu taqqoslash AQSHda boylik qanchalik notekis taqsimlanganini ko‘rsatadi. AQSH aholi jon boshiga o‘rtacha (average) boylik bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda. Avarage boylik klassik uslub — barcha boylikni qoʻshib, aholi soniga boʻlish orqali aniqlanadi. Ya’ni, milliarderlar boyligi ham aholi soniga taqsimlanadi. Median boylik bo‘yich esa AQSH 28-oʻrinda (68,998 dollar). Hatto Sloveniyadan ham pastda. Median boylik aholini boylik boʻyicha tartiblab, “o‘rtacha fuqaro”ning mablag‘ koʻrsatkichini aniqlaydi. Bu oddiy aholining haqiqiy daromadini realroq koʻrsatadi. Bunday katta tafovut AQSHda bir nech yuz ming oila mislsiz boylikka ega ekanini va o‘rtacha boylik miqdorini sun’iy oshirib yuborishini ko‘rsatadi. Aslida AQSHda boylar va o‘rta qatlam orasida ham katta farq bor.   Shubhasiz, Yevropa bu borada Amerikadan ancha faravon va tengroq.

“Qachonlardir, sizlarning birinchi Prezidentingiz davrida men aloqalarning bunday darajasini orzu qilardim, ammo hammasi ham o‘xshamadi. Va biz siz bilan bunday sakrashni amalga oshirdi”, debdi Lukashenko. @pan_diplomat

Belorusga 4 mln aholisi bor 3 viloyatimiz delegatsiyasi ham boribdi. Biznikilar nega shunday videolarni bermaydi, qiziq. Prezidentning imijmeykerlari ancha ilg‘or. Qoradan deyarli farq qilmaydigan to‘q ko‘kni rangni emas, och ko‘kni tanlashgan, har jihatga e‘tibor berishgan. O‘zi Prezident masalan, MDH yetakchilari orasida ham imij bo‘yicha juda ajralib turadi (misol, shim doim “no break” turadi, qolganlarda eski sovetch usulda– qayrilib, cho‘zilib turadi). @pan_diplomat

1991-2000 yillar baribir boshqacha o‘tgan. O‘zbekiston birinchi dunyo standartlariga harakat qilgan davrlar. Shubhasiz, terak
1991-2000 yillar baribir boshqacha o‘tgan. O‘zbekiston birinchi dunyo standartlariga harakat qilgan davrlar. Shubhasiz, teraktlar hech qanday ijobiy voqea emas, lekin ularning asosiy aybdori, teraktlar oldini ololmagan, xalqni himoya qilolmagan hukumat edi (balkim aksinchadir, Rabbimov masalan 1999-yildagi teraktning atayin oldi olinmagan degan). Xullas o‘qib ko‘ringlar, qiziq maqola chiqdi — https://oyina.uz/uz/article/4850

1991-2000 yillar baribir boshqacha o‘tgan. O‘zbekiston birinchi dunyo standartlariga harakat qilgan davrlar. Shubhasiz, teraktlar hech qanday ijobiy voqea emas, lekin ularning asosiy aybdori, teraktlar oldini ololmagan, xalqni himoya qilolmagan hukumat edi (balkim aksinchadir, Rabbimov masalan 1999-yildagi teraktning atayin oldi olinmagan degan). Xullas o‘qib ko‘ringlar, qiziq maqola chiqdi — https://oyina.uz/uz/article/4850

Jadidlar davridagi alifbo (yanalif) qulayligini, menimcha, hamma tan oladi. Mayli hozirgi islohotchilar 1940-yilda bu alifbo
Jadidlar davridagi alifbo (yanalif) qulayligini, menimcha, hamma tan oladi. Mayli hozirgi islohotchilar 1940-yilda bu alifbo o‘zgartirilishiga qarshi chiqa olmagandir. Lekin, menimcha ularning katta qismi 1995-yilda gapirish qobiliyatiga ega edi. Bir narsani o‘zgartirib, 21 yildan keyin o‘sha o‘zgarishni yana oldingiga qaytaryapmiz.

Shu islohot tashabbuskorlari bu o‘zgarish nega qilinayotgani, nega “ng” harfi olib tashlanayotganini tushuntirishi va bir necha yil davomida targ‘ib qilishi kerak edi. Hozir osmondan tushgandek qabul qilishibdi deputatlar. Lotin alifbosining bunday beqarorligi fonida, yana krill alifbosi obro‘si oshadi. Endi oddiy o‘zbeklar uchun krill yozuvi barqaror, ko‘p o‘ylantirmaydigan, xato qilinmaydigan yozuvga aylanadi. Masalan, peshlavhalarga noaniq lotin yozuvida yozgandan aniq krill alifbosida yozish qulay. O‘zi endigina ko‘chalarda lotin yozuviga o‘ta boshlagandik. @pan_diplomat

Butun xalqqa aloqador o‘zgarishni imi-jimida qabul qilish juda noto‘g‘ri-ku. Bu o‘zgarishlarga ko‘pchilik qarshi edi shekilli, nimalar hisobga olinib qilingan ekan bu ish. Masalan, odamlar hozir ham lotin yozuvini yoqtirmaydi. Endi uni yana o‘zgartirishmoqchi va bu holda qabul qilinsa, ushbu o‘zgarish oxirgisi bo‘lmasligi aniq. Chunki bundan qulayroq alifbo yaratish qiyin emas. @pan_diplomat

Hokimiyat juda shirin narsa, u hech qachon ixtiriy bo‘linmaydi. Har qanday diktatorlik yo‘lini tanlagan inson hech qachon hokimiyatni kim bilandir bo‘lishishni istamaydi. Tashiyev va uning sheriklari 4 yilga qamalashi Qirg‘izistondagi oxirgi yillardagi tendensiyani yanada aniqlashtirdi. Ya’ni, mamlakat mo‘rt demokratiyadan mustahkam avtoritarizm tomon ketmoqda. Vaziyat Japarovdan shuni talab qiladi. Qamalganiga qaramay, Tashiyev mamlakatda katta obro‘ orttirgan. Uning zulmini ko‘rmaganlar uni zo‘r kadr deb bilaveradi. Muddati tugagidan so‘ng, shubhasiz, u yana hokimiyatga harakat qiladi. Sudlanganlik faktori Qirg‘izistonda muhim emas, zero hozirgi Prezident ham sudlangan. Prezident bo‘lgacha esa Tashiyevning birinchi qiladigan ishi aniq. Shu sabab Japarov umrining oxirigacha sug‘urtalanishni xohlaydi. @pan_diplomat

Odam bir narsaga qiziqsa qiziqib ketaveradi. Hozir biz o‘zbek tili shevalarga bo‘lingani, bu juda qadimiy ekanini aytamiz. Ba’zilar, biz boshqa millat hammiz deb qoladi, masalan. Hozir Qirg‘izistonga o‘tgan Cho‘ng‘ara qishlog‘idan Kun.uz tayyorlagan videoni ko‘rdim. O‘sha yerlik akaning shevasi, masalan «g‘» harfini ko‘p ishlatishi, masalan buxorolik o‘zbekniki bilan bir xil. Buxoro shevasi qolgan o‘zbek shevalaridan ancha farq qiladi deb hisoblashadi. Lekin Qodiriy va Cho‘lpon maqolalarni o‘qib, aftidan bular buxorolik yoki atay shu shevada yozgan deb o‘ylash mumkin. Misol, hozir hech qaysi toshkentlik Qodiriy kabi “guruch”ni “brinch” demaydi. Ha, Buxoroning o‘zida ham “brinch” so‘zi kamroq ishlatilyapti. Vaholanki, 1930-yillarda Buxoro markaziy bozori “Brinch bozori” deb nomlangan. @pan_diplomat

Germaniyada kansler Merz nemis milliy jamoasini qo‘llovchi tvit yozgani ortidan tanqidlar ostida qolib ketibdi. Jurnalistlar, deputatlar va oddiy odamlar “Kansler futbolni tushunadimi o‘zi? Yoki uni ham davlatni boshqarish darajasida tushunadimi?” deb istehzo qilyapti. Qizig‘i, Germaniya futbol jamoasi shu paytga qadar JCH faqat bir penaltini xato tepgan, ya’ni, penaltilar seriyasida biron marta yutqazmgani tugul, penaltini xato tepmagan ham. Bu safar esa 3 penatli ko‘kka sovurildi. Kanslar esa “ulardan faxrlanaman” deb yozgan. Shundan keyin Merz sportdan tashqari, siyosiy tanqidlar ostida qolgan. Oxir-oqibat kansler keyin tushuntiruvchi, uzrnamo post ham qoldirdi. Albatta, Germaniyada kanslerlar odatda iste’fo bermaydi. Lekin Merz oxirgi vaqtlar jiddiy bosim ostida qolyapti. Futbolchilarni qo‘llayman deb u o‘ziga yana bir xeyt orttirib oldi. @pan_diplomat

Agar O‘zbekiston ham shu tendensiyaga qo‘shilib, 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlasa, bu reklama va vloger bozorida tezkor reaksiya berishi mumkin. Hozir Instagramdan foydalanayotgan o‘zbekistonliklarning aksari yosh bolalar. Aynan ular ijtimoiy tarmoqlarga “eng mukkasidan ketgan” qatlam. Chunki ularda moliyaviy yuk va qiyinchilik deyarli yo‘q. Bu vlogerlar auditoriyasiga ta’sir qilishi aniq. Ular katta qamrov yo‘qotadi. Bu esa nihoyat O‘zbekistonda Instagram trenddan tushishiga yordam berishi mumkin. Albatta, bolalar aylanma yo‘llar orqali tarmoqlarga kirishi mumkin. Biroq ko‘lam baribir jiddiy qisqaradi. Ushbu tendensiya qanchalik o‘zini oqlashi, foydali yoki aksincha bo‘lishini hali vaqt ko‘rsatadi. Chunki u hali yaqindan boshlandi. @pan_diplomat

Lukashenko Ukraina vakillari bilan uchrashib, ularga dag‘dag‘a qildim debdi. Lekin vaziyat aksincha bo‘lmoqda: Ukraina dag‘dag‘asidan keyin Belorus o‘z hududidagi retranslayatorlarni, ya’ni o‘ris dronlariga “yo‘l ko‘rsatib turuvchi” texnikalarni o‘chirib qo‘ygan. Bu Ukraina uchun katta yutuq, endi uning shimoli-g‘arbiy hududlariga zarbalar kamayadi. Lukashenko lekin bir yaxshi gap aytibdi: “Bizga urush kerak emas. Bizga yerimiz ham, iqtisodiyotimiz ham va muammolarimiz ham yetarli. Shuning uchun hech qanday keskinlik kerak emas”. Dunyodagi har bir davlat rahbari shu qoidaga chindan amal qilishi lozim. O‘z muammolarini yopish uchun boshqa davlatga hujum qilish ahmoqona ish ekanini odamzod bir necha marta ko‘rgan, ko‘rmoqda. @pan_diplomat

AQSHda asta-sekin cherkovga boradigan insonlar orasida erkaklar ko‘pchilikni tashkil qilayotgan ekan. Ya’ni, erkaklarning che
AQSHda asta-sekin cherkovga boradigan insonlar orasida erkaklar ko‘pchilikni tashkil qilayotgan ekan. Ya’ni, erkaklarning cherkovga borish holati ko‘paygan. Odatda, deyarli butun dunyoda ayollar diniy muassasalarga ko‘proq boradi. Musulmon davlatlarida ayollar masjidlarga borishi afzal emas deyilgani uchun bunday kuzatuv o‘tkazish imkonsiz. Ayollarning cherkovlarga borishi kamayishi va erkaklarda aksincha bo‘lishi jamiyatdagi ijtimoiy tendensiyada ham sezilmoqda. Ayol huquqlari kengayib, ularning bandligi oshyapti. Tabiiyki, ularda cherkovga borish uchun endi vaqt kamroq. Erkaklarda esa bunga qarshi konservatizm kuchaymoqda. Tramp saylanishining o‘zi ham AQSHdagi konservativ kuchlar g‘alabasi edi. Bu jarayon tez orada butun dunyoda kuzatilsa kerak. Shimoliy Koreya kabi davlatlardan tashqari, albatta. Bu yerda hali ham erkaklarning dominant roli kuchli va tuzum bilan himoyalangan.

AQSHda asta-sekin cherkovga boradigan insonlar orasida erkaklar ko‘pchilikni tashkil qilayotgan ekan. Ya’ni, erkaklarning cherkovga borish holati ko‘paygan. Odatda, deyarli butun dunyoda ayollar diniy muassasalarga ko‘proq boradi. Musulmon davlatlarida ayollar masjidlarga borishi afzal emas deyilgani uchun bunday kuzatuv o‘tkazish imkonsiz. Ayollarning cherkovlarga borishi kamayishi va erkaklarda aksincha bo‘lishi jamiyatdagi ijtimoiy tendensiyada ham sezilmoqda. Ayol huquqlari kengayib, ularning bandligi oshyapti. Tabiiyki, ularda cherkovga borish uchun endi vaqt kamroq. Erkaklarda esa bunga qarshi konservatizm kuchaymoqda. Tramp saylanishining o‘zi ham AQSHdagi konservativ kuchlar g‘alabasi edi. Bu jarayon tez orada butun dunyoda kuzatilsa kerak. Shimoliy Koreya kabi davlatlardan tashqari, albatta. Bu yerda hali ham erkaklarning dominant roli kuchli va tuzum bilan himoyalangan.

Mashhur cho‘ng‘ara guruchi endi yuridik jihatdan O‘zbekistonniki bo‘lmas ekan. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi shunaqa
Mashhur cho‘ng‘ara guruchi endi yuridik jihatdan O‘zbekistonniki bo‘lmas ekan. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi shunaqa deyapti. Qirg‘iz tomoni xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning 2,5 ming aholisi bor ikki qishlog‘i (Cho‘ng‘ara va Toshtepa) Qirg‘izistonga o‘tadi. So‘x tumanining janubidagi yer uchastka ham yo‘l qurish uchun Qirg‘izistonga berilarkan. Alagozov O‘zbekiston bilan yer almashildi degan. Lekin O‘zbekiston aynan qayerlarni olganini aytmagan. Balkim o‘zimiznikilar aytib qolar. @pan_diplomat

O‘zi Marsga uchayotganda bir vahima bo‘luvdi. Endi Marsga qiziqqan-qiziqmagan odamlar Marsga qo‘nishni tomosha qilishga majburlanyapti, hatto eskpeditsiya yo‘lini yoritish maqsadida Quyosh nurlarini Marsga yo‘naltirish uchun qoq issiqda odamlar istadionlarga to‘planishayotgan ekan. @pan_diplomat

AQShda talabalarning umumiy soni kamaymoqda ekan, ammo bu pasayish asosan o‘qitish sifati past universitetlarda kuzatilgan. Yaqin 20-30 yil ichida tug‘ilish darajasining tushishi natijasida yuzaga keladigan demografik to‘lqin ham hisobga olinsa, universitetlarni jiddiy sinovlar kutib turibdi. Biroq bu tendensiya yetakchi, sifatli oliygohlarga ta’sir qilmaydi (abituryentlar kamayadi va ularda obro‘li OTmlarga kirish imkoniyati oshadi hamda ular shunga harakat qiladi), balkim o‘quv jarayoni sifatsiz, ilmiy salohiyat yuqori bo‘lmagan universitetlar keskin zarba qabul qiladi. Masalan, AQShda past reytingli oliygohlar talabalari soni 2010-yildan 2023-yilgacha 83 foizga qisqargan. Sun’iy intellekt bu tafovutni kuchaytiradi. Chunki oddiy bilim va ko‘nikmalarni sun’iy idrok yoki onlayn kurslar orqali ham olish mumkin. Buning uchun o‘quv sifati past, faqat diplom beradigan oliygohlarga kirish shart emas bo‘ladi. Shunday qilib, hozircha O‘zbekiston yoshlar aholining katta qismini tashkil qilsa ham, tug‘ilish kamayishi allaqachon boshlangan. Shuningdek, yoshlar OTMda o‘qimay ish topib, pul ishlashi ham ko‘paymoqda. Shu sabab yaqin 20-30 yilda O‘zbekiston ham juda ko‘payib ketgan oliygohlar elakdan o‘tadi. Ba’zilari balkim amaliy yoki kasbiy ta’limga o‘tar. @pan_diplomat

Kir Starmer ham oxiri iste’fo beribdi. Uning iste’fosi haqida gaplar o‘tgan noyabrda chiqqandi. 8 oy chidab beribdi. Oxirgi 4 yilda Buyuk Britaniyada 4-marta Bosh vazir iste’fo beryapti. Mamlakat haqiqatdan og‘ir sharoitda va beqarorlik aynan Brexitdan keyin boshlandi. Starmerni qat’iyatsizlikda, jur’atsizlikda ayblashgan. Masalan, Germaniyada Olaf Sholsni ham shunday ayblashgandi, Starmer undan qat’iyatliroq ko‘ringandi ham. Biroq britaniyalik hamkasbidan farqli o‘laroq Shols o‘z muddatini tugatib, iste’fosiz ketdi.