cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Katta Ariq

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, @katta_ariq kanalini kuzatib borish inson dunyoqarashini o'stirarkan)) Bizning ariqda faqat yaxshi kayfiyat oqadi. Aloqa uchun: @Xush_kepsilar_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
222
Suscriptores
+124 horas
+37 días
+530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Bu AI la'nati O'zbek san'atchilari bilan bir xil aytyaptiyu. Bu bizni san'atni yuksakligimi yo teskarisi? )) @katta_ariq
Mostrar todo...
😁 2
Qaysi biri yaxshi😁
Mostrar todo...
Aylansa.mp32.29 MB
2-Aylansa.mp32.74 MB
Mashhurlarning so‘nggi iqrori Buyuk go‘zallik shaydosi va estetizm tarafdori, sog‘lom aqlga zid paradoks fikrlarga mohir bo‘lgan Oskar Uayld devorlari didga yoqmaydigan beo‘xshov gulqog‘oz bilan bezatilgan xonada jon bergan. Hatto o‘lim oldida ham mashhur adibni nozik did va yumor tuyg‘usi tark etmagan. U: “O‘ldiradigan naqsh! Ikkimizdan birimiz bu yerdan ketishimiz kerak”, — deganu narigi dunyoga ravona bo‘lgan. Mixail Yevgrafovich Saltikov-Щedrin esa, o‘limni ”Bu esi yo‘q, senmisan?” — degan savol bilan qarshi olgan. Yujin O`Nil vafoti oldidan taqdiridan nolib shunday degan ekan: ”Men buni bilgandim! Men buni bilgandim! Mehmonxonada tug‘ildim va, jin ursin, mehmonxonada o‘layapman!”. Uilyam Somerset Moem o‘limi oldidan hayotda qolayotganlarning tashvishini chekkan: ”O‘lish — zerikarli va g‘am-hasratli ish. Mening sizlarga maslahatim — hech qachon u bilan shug‘ullanmanglar”. Uilyam Saroyanning oxirgi so‘zlari ham nazokat va o‘z-o‘ziga nisbatan kinoya-pichingdan xoli bo‘lmagan: ”O‘lim hammaning boshida bor, biroq doimo o‘ylar edimki, menga nisbatan istisno bo‘lsa kerak deb. Va... nima bo‘ldi?” Onore de Balzak o‘layotib hikoyalaridan birining personaji, tajribali vrach Bianshonni eslaydi va buyuk adib: ”U meni saqlab qolgan bo‘lur edi”, deya so‘nggi nafasini chiqaradi. Iogann Volfgang Gyote vafoti oldidan birdan: ”Yorug‘lik kerak, ko‘proq yorug‘lik!” deb yuborgan. Bundan oldin esa shifokordan yana qancha vaqt yashashini so‘ragan. Vrach bir soatdan ortiq vaqt qolmaganini aytganda Gyote: ”Xudoga shukur, faqat bir soat!” — deya yengil tin olgan. Ivan Sergeevich Turgenev Parij yaqinidagi Bujival shaharchasida vafot etayotib, shunday sirli so‘zlarni aytgan: ”Alvido, mening azizlarim, mening oq ko‘ngil farishtalarim!”. Gertruda Staynni jarrohlik xonasiga olib kirganlarida ”Xo‘sh, javob qanday?” degan. U onasi kabi saraton xastaligidan vafot etayotib, savoliga javobni ham kutmay yana so‘ragan: ”Unda savol qanday?” Narkozdan so‘ng adiba qayta ko‘z ochmagan. Taniqli frantsuz adibi, shoir va dramaturg Feliks Arver chinakam til jonkuyari sifatida vafot etgan. U hamshiraning kimgadir ”KoLidorning oxirida”, deb aytgan so‘zlarini eshitib qolib, oxirgi madorini to‘plab, jon-jahdi bilan: ”KoLidor emas, koRidor!” deya ihrab yuborgan va jon taslim qilgan. Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy esa: «Tushunmayman!», degan ekan. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 2014 yil 15-51-sonlar @katta_ariq
Mostrar todo...
Qo'qonga 1 kishi.
Mostrar todo...
00:14
Video unavailableShow in Telegram
1.79 MB
TURKISTON Yaxshi holin yo‘qotgan, oqibatsiz Turkiston, Istiqbolin ushotgan, ofiyatsiz Turkiston, O‘z jismiga o‘yq otgan, hamiyatsiz Turkiston, Zillat loyiga botgan, ey g‘ayratsiz Turkiston! Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz, Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. O‘zgalar millati-chun mol-u jon ila qurbon, Fikru donish yo‘lida bag‘r-u jigari biryon, Bor-u yo‘qni qilurlar ilm yo‘liga ehson, Ajab, bizni Turkiston doim yer birla yakson. Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz, Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. Himmat chashmasi qurub, g‘ayrat bog‘chasi so‘lgan, Sinub ehsonli qo‘li, ibrat ko‘zi ko‘r bo‘lgan, Islomning ismi qolub, jismi yerga ko‘mulgan, Esiz, shundog‘ Turkiston nobakorlarga to‘lgan. Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz, Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. Bo‘g‘zi sori to‘lguncha g‘aflat sharobin ichgan, O‘lmasidan ilgari jismiga kafan bichgan, Umid rishtasin kesub, or-nomusidan kechgan, Bog‘lu qo‘ling, Turkiston, nobakorlarmu chechgan? Zulmat toshi yog‘ilsa-da ko‘zi ochulmaz, Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. Esiz, esiz Turkiston, qani avvalgi holi? Olamga ziyo bergan ul xurshidi iqboli? Abri g‘aflat qurshadi, tun bo‘ldi istiqboli, Xo‘r bo‘lsa millatimiz, tutmasmukin uvoli? Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz. Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. Og‘la, og‘la, Nihoniy, kecha bo‘ldi kunduzlar, Falakda ko‘rinmayur mohtob ila yulduzlar. Vatanga molik bo‘ldi nobakor-u to‘ng‘izlar, Oyog‘ ostida qoldi necha sandek dilso‘zlar. Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz, Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz. ✍ Nihoniy @katta_ariq
Mostrar todo...
Anuu qiz qaysi shevada gapirdi?
Mostrar todo...
Repost from Bahodir AnkLavi
00:26
Video unavailableShow in Telegram
Жанрни ўзгартириб тўғри йўлга қайтишибди)
Mostrar todo...
GN7I61ZzArqgQlHS.mp46.00 MB
🤬 2
Photo unavailableShow in Telegram
"Otib tasha, hayvonlar..." Okamiz "Ta'lim fidoyisi" bo'ptilar. @katta_ariq
Mostrar todo...
😁 2🤯 1🗿 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.