cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!

🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz 📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/ 🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari 📩Telegram: @Istiqbol_sari Murojaat u-n telefonlar: +998666461238 +998902800865 +998932354953 @X_Aktamov

Mostrar más
Uzbekistán43 710El idioma no está especificadoNoticias y medios46 309
Publicaciones publicitarias
475
Suscriptores
-124 horas
-37 días
+830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
❗️ENG AHAMIYATLI UCH NUQTA 🔘 Sen uchun eng muhim vaqt – sening hozirgi oningdir. Chunki, faqat shu ondagina, faqat hozir sen bir yaxshi ish qilishing mumkin. 🔘 Sen uchun eng muhim inson – hozir sening oldingda boʻlgan odamdir. Chunki, oʻsha ondan keyin balki, uni boshqa koʻrmaysan. Shunday ekan, undan foydalanib qol. Unga yaxshilik qil. 🔘 Sen uchun eng muhim ish – yaxshilik qilishdir. Chunki, insoniyatning asosiy vazifasi ham, hayotining gʻoyasi xam shudir. 📍Insoniyat axli mana shu uch nuqtaga ahamiyat beradi va undan foydalanadi. Kanalga ulanish: 👉@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekistonda 4 oyda 63,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlarida 63,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. Jami nikohlarning qayd etilgan hududi boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha: ➖shahar joylarda – 31,6 ming; ➖qishloq joylarda – 32,3 ming. Kanalga ulanish: 👉@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda e’lon qilindi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. Kanalga ulanish: 👉@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Umumta’lim maktablarini 414 mingdan ortiq 11-sinf o‘quvchilari bitirmoqda Statistikga agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan. Shundan: 🔸 qiz bolalar – 223,1 ming nafar; 🔹 o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar. 📍Hududlar kesimida bitiruvchilar soni quyidagicha (ming kishi): ● Samarqand viloyati – 49,1; ● Qashqadaryo viloyati – 44,2; ● Farg‘ona viloyati – 43,4; ● Toshkent shahri – 36,2; ● Andijon viloyati – 34,7; ● Surxondaryo viloyati – 34,1; ● Toshkent viloyati – 31,0; ● Namangan viloyati – 30,0; ● Xorazm viloyati – 25,7; ● Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23,1; ● Buxoro viloyati – 22,9; ● Jizzax viloyati – 17,7; ● Navoiy viloyati – 12,2; ● Sirdaryo viloyati – 10,3. Kanalga ulanish: 👉@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Joriy yilning 29-may kuni o‘tkaziladigan media-tadbir Vaqti: 29.05.2024. Media-tadbir nomi: Brifing Mas’ul: Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Uchqun Boymonov. Media-tadbir mavzusi: Tumanda ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida. Kanalni kuzating: 🔷@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
👍 5
Rossiya va O‘zbekiston ikki tomonlama hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga tayyorlanmoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida milliy valyutada to‘lovlarga o‘tish muhimligini ta’kidladi. Bu yangilik valyuta bozorida sezilarli tebranishlarga sabab bo'ldi: dollar tushdi va rubl ko'tarildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday qadam ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashi va AQSh dollariga qaramlikni kamaytirishi mumkin. Kanalni kuzating: 🔷@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
02:26
Video unavailableShow in Telegram
#Brifing Qo'shrabot tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Abbos Narzullayev ishtirokida navbatdagi brifing o'tkazildi. Mavzu: Qo'shrabot tumanida hayvonlarda uchraydigan kasalliklar to'g'risida. Kanalni kuzating: 🔷@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🫥 Pensiya jamg‘armasi tomonidan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan onlayn xizmatlarPensiya tayinlash uchun ariza berish ⏺ Pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olishPensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari manzil ma’lumotlariPensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish 🔵 Mazkur xizmatlardan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng foydalanish mumkin. Kanalni kuzating: 🔷@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
“Metan” gaz zapravkalarida narx oshishi mumkin Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi qarori bilan “metan” gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati 2024-yil 1-iyungacha uzaytirilib, bir kub metr uchun 3 350 soʻm qilib belgilangan edi. Toʻrt kundan keyin ushbu muddat tugaydi va “metan” gazning uchun narx oshishi mumkin. Kanalni kuzating: 🔷@Istiqbol_sari
Mostrar todo...
Samarqandda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga qurʼa tashlandi Registon maydonida futzal bo‘yicha navbatdagi FIFA jahon chempionati guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim avvalida FIFA Prezidenti Janni Infantinoning  videomurojaati namoyish etildi. Tadbirda O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqib, ushbu nufuzli turnirning O‘zbekistonga  topshirilishi futzalning rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mazkur mundial eng yaxshi musobaqa sifatida tarixda qolishini taʼkidladi. Shundan so‘ng jahon futbol yulduzlari ishtirokida qurʼa tashlandi. Qurʼa natijasiga ko‘ra, A guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Barcha guruhlar: A guruhi: O‘zbekiston Paragvay Kosta-Rika Niderlandiya B guruhi: Braziliya Tailand Xorvatiya Kuba C guruhi: Argentina Ukraina Afg‘oniston Angola D guruhi: Ispaniya Qozog‘iston Yangi Zelandiya Liviya E guruhi: Portugaliya Marokash Tojikiston Panama F guruhi: Eron Fransiya Venesuela Gvatemala
Mostrar todo...