cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Mutolaa sehri

📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️Siz o‘zingiz o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 169
Suscriptores
+324 horas
-107 días
-3230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Aziz Nesinning ''Futbol qiroli'' romaniga #taqriz. Asar Aziz Nesinning eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, muallif mahoratining yuksak namunasi hisoblanadi. Asar yumoristik ruhda yozilgan va turk futbolining ayanchli ahvoli tanqid ostiga olingan.Biroq, asar qahramonlari taqdiridan kelib chiqadigan boshqa jiddiy xulosalar ham borki, ular inson hayotining mohiyati, hayotdagi tanlov yo‘li hamda maqsadiga yetishidagi qiyinchiliklarga bardoshining qanchalik sobitligi haqidadir. Asar syujeti Said Mallazoda obrazi ustiga qurilgan bo‘lib, u Sevim Mushakbozga yoqish niyatida buyuk futbolchi bo‘lishga ahd qiladi.Bu ahd boisidan o‘zining ruhiy nosog‘lomligi, jismoniy zaifligi bilan kurashga kirishadi.Sevim esa ayni paytdagi futbol qiroli Ahmad Devor bilan ishqiy munosabat o‘rnatgan.Said do‘stlari: ruhshunos Rafiq, murabbiy Tompson, ammasi yordami va mo‘jiza karomati bilan sog‘ayib,Ahmaddan taxtni tortib oladi va qirolga aylanadi. Syujet jihatdan sodda ko‘ringan asarga Dostoevskiyning ''Telba'' romanining yumoristik varianti deb qaraladi.Mishkin-Rogojin-Nastasya uchligi Said-Ahmad-Sevim uchiligiga ko‘chadi.Aglaya vazifasini Ispanka Oysal o‘taydi.Bu kabi taqqosning bejiz emasligini asar qahramonlari taqdirini alohida tahlil qilganimizda ko‘rishimiz mumkin. Said - g‘irt telba, ruhiy nosog‘lom.Uning bunday bo‘lib qolishida yoshligidagi oilaviy biqiq muhitning ham aybi bor.Asosiy suhbatdoshi o‘zi bo‘lib, ko‘chada ham o‘zi bilan o‘zi suhbatlashib yuraveradi.Maktabda matematikadan boshqa fanni o‘zlashtira olmagan va shu fanga anchagina qobiliyatli.Qizlarga suyagi yo‘q.Birinchi ko‘rgan va bir marta ko‘rishgan qiziga uylanishga qaror qiladigan laqma yigit.Sevimni sevib qolgach, boshqalardek bo‘lishga, tuzalishga bel bog‘laydi.Tuzalgach, futbol qiroli unvoniga yetgach,bu dunyoning chirkinliklari,bebaqoligi-yu adolatsizligidan taajjubda qoladi.Hatto yana o‘zi bilan gaplashib:''men noto‘g‘ri yo‘lni tanlab qo‘yibman...'' deb fikrlay boshladi.Ya'ni o‘sha telba bo‘lib yurgan davrlarida sof,dunyoning xunukliklaridan bexabar, bemalol yashagan ekan.Demak, u tanlagan yo‘l, kim uchundir o‘zgarish yo‘li, xato bo‘lgan ekan. Telbaligingda yoqqan odam, sog‘lom fikrlay boshlasang, yoqmay qolishi mumkinligini anglaydi. Ahmad - ''Futbol qiroli'' sifatida ko‘ngliga kelganini qiladi.Aysh-ishrat, ichkilikka beriladi.Biroq, oyog‘idan kuch ketib,egardan yushib,qarib qolganda, atrofidagilar oldida, do‘stlari va sevgilisi oldida bir chaqalik hurmati yo‘qligini,yoshlikda qarilik taraddisini ko‘rmagani boshiga balo bo‘lganini,yaqinlari undan osongina voz kechib ketishlari mumkinligini tushunib yetadi.Mazmunsiz yashab qo‘yganidan afsuslanadi.Hech kutmagan, bir vaqtlar nazariga ilmagan odamidan yordam kelganda, unga qilgan muomalasidan afsuslanadi.Uning taqdiridan shon-shuhrat qo‘nimsiz ekanini anglashimiz mumkin. Sevim - tantiq va buzuq qiz.Tanlagan yo‘li muallif tomonidan ustalik bilan hajv qilinadi.Oxirida aldab ketmoqchi bo‘lgani Said amerika safaridan boshqacha bo‘lib qaytgach, o‘zi aldanib,cho‘ntakdagi g‘alabani boy berganini, shunday ahmoqdan ajralganini qabul qilishi qiyin bo‘ladi, albatta. Bu obraz asarning asosiy qahramonlaridaa biri hisoblansa-da,vazifasi voqealarni rivojlantirishda tirgak bo‘lish xolos. Umumiy xulosa qilib aytganda, asarda turk futboli orqali xalqning ahvoli ochiqlab berilgan.Xalq biron deputatdan ko‘ra futbolchining nomi-yu hayotini yaxshiroq biladi.(Bizda ''san'atkorlarni'' tanishadi.)Mamlakatning eng oldi qatlami bo‘lishi kerak bo‘lgan tadbirkorlar,siyosatdonlar orasidagi o‘yinlardan kulingan.Asardagi bosh g‘oya esa inson yoki xalq hech qachon tashqi ta'sir tufayli,kimlargadir yoqish uchun emas, o‘z tafakkuri, ijtimoiy holati yuksalishini maqsad qilib o‘zgarishi lozim. © Nigohbon | @mutolaa_sehri
Mostrar todo...

👍 2👀 1
Муҳаммад Юсуф. «Қора қуёш» достони Баъзилар шеърни ёқтирмайди, аммо шеърият жуда муҳим. Устозимиз Раҳмон ака (Қўчқор)нинг «Ҳайрат» номли ажойиб кўрсатувлари бўларди. Бир сафар шеърият ҳақида тўхталиб, Камбоджада исён бўлиб, инсоният тарихида мисоли йўқ жуда кўп қотилликлар бўлгани, ҳатто ёш гўдакларнинг юраклари суғириб олиниб, энг тансиқ таом дея тановул қилинишигача етиб борилгани, бу воқеалардан сал аввал эса шеъриятни, санъатни йўқ қилиш бошлангани ҳақида гапириб бергандилар. Яъни шеър, сўз тақиқланган, шеърга қарши аёвсиз кураш олиб борилган. Халқдан шеър суғириб олингач, мисли кўрилмаган даражадаги даҳшатли воқеалар содир бўлган. Бунда фақат шеър эмас, барча санъат турларини қайд этса бўлади — мен уларни инсонларни ваҳшийликдан тўсиб турган асосий қўриқчилар, деб ҳисоблайман. Шунинг боис биринчи тавсия шеъриятдан бўлгани маъқул деб ҳисоблаб, нимани тавсия қилсам экан деб роса ўйладим ва айни дамда жамиятимиз учун энг зарурини танладим. Муҳаммад Юсуф ижодини кўпчилик ҳурмат қилади, қўшиқларини эшитган, лекин «Қора қуёш» достонини кўплар ўқимаган. Мен тузумлар алмашган 1990 йилларда ўқишга кирганман — бошқачароқ даврлар эди. Ҳозир техника қандай тезлик билан ўзгараётган бўлса, у вақтда фикрлар шундай тез ўзгарарди. Фикрлар тўқнашуви, матбуот ва демократиянинг чўққиси… Ҳозир ўша даврга таъриф бера туриб, «бардак давр» деб қолишади. Аксинча, «ҳамма нарса ўз ўрнига шундай ташлаб қўйилган давр» деган бўлардим — шу боис адабиётда ҳам, шеъриятда ҳам, санъатда ҳам шоҳ асарлар шундай даврларда яратилади, деб ўйлайман. Бир нарсани назорат қилиш бошланса — 2000 йилдан кейин шундай бўлди-ку — катта ижодлар тўхтайди. Назорат яхшиликка деб ўйлашади, аммо ундай эмас — ҳамма нарса ўз йўлида кетса, тўғри рақобат катта нарсаларни юзага чиқаради. 1990 йиллар мана шундай — сўм-купон даври бўлгандир, баъзи одамлар қийналгандир, лекин фикрий томондан етук асарлар яратилган, етук фикрлар ва катта дарғалар чиққан. Муҳаммад Юсуф «Қора қуёш» достонида 1937−1938 йиллардаги қатағонни ҳар хил ракурслардан кўриб чиққан. Мисол учун, ичида «Онанинг ноласи», «Икки яшар халқ душманлари» деган шеърлар бор — «халқ душманлари»ни қамашганда, уларнинг 2 ёшдан 18 ёшгача бўлган болаларини сақлаб турадиган махсус жой бўлган — шоир ўша шеърини «Учга кирадими, Худо билади, Икки яшар халқ душманлари», деб тугатган. Достонда алоҳида «Қора қуёш» деган шеър ҳам бор. У Сталиннинг образини тасвирлаб, айтадики, «у буюк меъмор, ярим одамларнинг бошидан иморат қурган»; Сталинга берилган баҳода нимани таърифласа салбийсини ҳам кўрсатиб кетаверади. Бу қанақа одам ўзи, «ярим халқ қарғару, ярим халқ алқар», дейди ва охирида «Сталин — қуёшдир, Қора қуёшдир», дейди. Достон номи ҳам шундан. Мен мана шу шеърий асарни ўқиб, шу мавзудаги насрий асарларда ҳис қилмаганимни — қатағон даврини тўла ҳис қилганман. Яна шундай даврларга қайтмаслик учун ҳам бундай асарларни ўқиш, ўша даврларни қайта-қайта эслаб туриш керак. © Хайрулла ҲАМИДОВ | 📹💬 @mutolaa_sehri
Mostrar todo...

👍 3🕊 1
01:19
Video unavailableShow in Telegram
📖 Shuhratning hibsdagi hayoti aks etgan asar (#100kitob) Videoning to'liq shakli: 📹 Instagramda 👀 📹 Youtubeda 👀 📖 Matn shaklida👀 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Mostrar todo...
Anons (video-converter.com).mp412.47 MB
🔥 3👍 1
Ahadquli Xolmuhammad O‘g‘li: "Savdogarlar Ustozi" asari Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.Bizni yo‘qdan bor qilgan,vujudimizga ruh kiritgan Robbimizga O‘zining buyukligi qadar hamd va suyuklilarning suyuklisi,musulmonlar shafoatchisi-rasulimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal salovatlar bo‘lsin. Dunyoda insonlar bo'lganki,bugun ular haqidagi rivoyatlar,hikoyalar ertakdek tuyuladi.Bugungi kunlarda ulardek buyuklar qayta tug‘ulmaydi, deb ishoniladi, ishontiraladi -deydi asar muallifi. Darhaqiqat aytishim joizki huddi shunday. O'sha buyuk, tarixda nominiyu, izini to qiyomatga qadar insonlar qalbiga o‘yib yozib ketgan bobomiz ABDULLOH IBN MUBORAK Rahmatullohi alayh. "Savdogarlar Ustozi" asarida ham aynan ularning hayot yo'llari, mashaqqatlari yoritib berilgan. Dunyo hayotining ziynati bo'lmish boylik, mol-dunyodan parxez qilishdan ham ulug‘roq zohidlik bormi? Dinimiz musulmon kishining moli nisobga yetsa, zakotini ado etgandan so'ng sadaqa qilishga undaydi.Ibn Muborak ham mollarini muhtojlarga infoq-ehson qilar edi.Hususan ,fozil kishilar, tolibi ilmlar va ulamo birodarlariga biror bahona bilan molini shunchaki berib yuborardi. O'ng qo'li qilgan sadaqani chap qo'li bilmas ,taqvodorligini va parxezkorligini pinhona qiladigan zohid edi. Otasining "savdogarlikni obro‘yingni saqlash,sahiylik qilib ilm ahliga yordam berishing va faqirlar mushkulini oson qilishing uchun kasb qil" degan birgina nasihati sabab dunyoning boyiga aylanib,ilm ahlining haqiqiy homiysi bo'lib yetishgan bobomizning faoliyati qiyomatgacha savdogarlarga qo'llanma bo‘lib xizmat qiladi. Abdulloh ibn Muborak juda qo'li ochiq va sahiy inson edilar.Ulardan yordam so‘rab kelganlarni hech qachon norozi qilib jo‘natmaganlar. Buyuk bobomiz bizga har sohada o‘rnaklar desam mubolag'a bo'lmaydi. Ilmda, taqvoda, tijoratga.. va yana ko'plab sohalarda.Ularning hayotida bizga ibrat bor. Ibn Muborakni bejizga ham "Savdogarlar Ustozi" deb atashmagan. U zot bu nomdan ham ko‘prog‘iga loyiq edilar. Taqvoda yagona edilar.. Odobda tengi yo‘q edilar... Asarda ilgari surilgan g'oya "Kimning maqsadi bo'lmasa,maqsadi borlarga xizmat qiladi ". Ibn Muborakning maqsadi bor edi Alloh roziligini topish. Ibn Muborak abadiy tolibi ilm edi. Odamlar Abdulloh ibn Muborakdan qachongacha o‘qishi mumkinligini so'rashganda ul zot shunday javob  qilgan ekanlar - abadiy o'qiyman."Tolibi ilmga hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytarkan.Suvdagi jonzotlarki ilm oladigan odamning gunohi kechirilishini Allohdan so‘rab tursa,men nima uchun o‘qishni, o‘rganishni to‘xtatishim kerak!?" Inson zoti o‘qiganini sari yuksala boradi.Shuni yodimizdan chiqarmasligimiz kerak.Buyuk bobomiz Ibn Muborakka o'xshashga harakat qilmog‘imiz darkor. Menga bu asar juda ham yoqdi. Shubhasiz barcha insonlarga o‘qishi lozim bo'lgan kitoblar orasiga kiritishi kerak ekanligini tavsiya qilgan bo'lardim. Agar orzu qilsam Abdulloh ibn Muborakning aqli va taqvosini orzu qilardim. "Darhaqiqat, ularning qissalarida aqli rasolar uchun ibrat bordir"" (Yusuf surasi 111-oyat) © Abdullaxo‘jayeva Robiya @mutolaa_sehri
Mostrar todo...

❤‍🔥 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
3-iyun Franz Kafka(1883-1924 tavallud topgan kun. (#bugun #kuntarixi) Franz Kafka — XX asrning nemis tilida ijod qiluvchi asosiy yozuvchilaridan biri, uning ishlarining koʻp qismi oʻlimidan keyin chop etilgan. Ijodini 1909-yilda hikoyalar yozishdan boshlagan. 📖 Asarlari: 👀«Bir kurash tarixi» (1902-1903, birinchi asari), 👀«Qurilish» (1923, oxirgi asari), 👀«Amerika» (1911-1916, birinchi romani), 👀«Jarayon» (1915-1918, ikkinchi romani), 👀«Qo‘rg‘on» (1921-1922, oxirgi romani), 👀«Evrilish», 👀«Hukm», 👀«Jazo koloniyasida», 👀«Ochlik ustasi», 👀«Otamga xat» va boshqalar. Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Mostrar todo...
👍 3
"Jannat vasfi" haqida Biz bu dunyoni yaxshi koʻramiz, chunki u dunyoni(yaʼni jannatni) mana shu dunyoda topamiz". (Hazrati Ali roziyallohu anhu) "Jannat vasfi" risolasi Imom Qurtubiy rohimahullohning "At-tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axiro" (Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma) kitobidan bir bobdir. Kitobda jannat tasviri, undagi Alloh taoloning behisob neʼmatlari, jannat haqidagi oyatlarning batafsil tafsirlari, sahih-hasan hadislar, sahobai kiromlar va boshqa ulugʻlarning vasflarini bayon qilingan. Risoladan jannat ahlining bu dunyodagi sifatlari qanday, jannatlarning bir-biridan afzalligi bormi, uning neʼmatlari qanday, jannat ahliga nimalar tayyorlab qoʻyilgan, jannatiylar nima kiyadilar, nima tanovvul qiladilar, necha yoshda boʻladilar, jannatga ilk kiruvchilar kimlar, uning darajalari qanaqa, jannatga ekin, daraxt ekish qanday boʻladi kabi goʻzal savollarga qalbni hayajonga solib yuboruvchi javoblarni olasiz, inshaa Alloh! Jannat vasfini oʻqir ekanman, qalbimda ajoyib hislar, unga nisbatan sogʻinch paydo boʻldi. Umidim kuchaydi. Shavqim toshdi. Ammo bir narsani unutmaslik kerak. Alloh taolo insonni yer yuziga inson sifatida yuborgan ekan, oʻz vazifasini uddalaganlar uchungina jannat hozirlab qoʻyilgan. Jannatni har qancha sogʻinmaylik, shuning oʻzi u yerga kirish uchun kifoya qilmaydi. Uning mahri bu dunyodir. Uning qiymati shu dunyoda toʻlanadi. Ibn Vahb Ibn Zayddan rivoyat qiladi: "Alloh taolo jannat ahlini bu dunyoda qoʻrquvchi, mahzun, koʻp yigʻlaydigan, mushfiq, shuning oqibatida oxiratda neʼmatlangan va shod boʻladilar", deb vasf etgan. Kitob Alloh taoloning jannatiga oshiq har bir moʻmin va moʻminalar uchun qimmatli manba boʻlishiga ishonaman. Alloh bizni adl jannatlariga loyiq qilsin, amiyn! © Ummatning qizi | @mutolaa_sehri
Mostrar todo...

2🕊 1
02:06
Video unavailableShow in Telegram
📖 Eng sara aforizmlar jamlangan kitob Kitobdan:(#100kitob)
✓ Baxtdan keyin baxtsizlik, baxtsizlik ketidan baxt keladi. Doim faqat baxtsizlik bo‘lmaydi, doim faqat baxt ham bo‘lmaydi. (Hind hikmati) ✓ Jinoyat foyda keltirishi uchun advokat bo‘lib ishlash zarur.(Uill Rojers) ✓ Yoshlarga quyidagi maslahatni bersa bo‘ladi: «Bajarish o‘zingga yoqadigan kandaydir bir ishni izlab top, shundan keyin unga haq to‘laydigan kishini ham top».(Ketrin Uaytxorn)
💬📹📹@komiljon_aslonov
Mostrar todo...
Eng_sara_aforizmlar_jamlangan_kitob_Komiljon_Aslonov_e8q736nDEJE.mp419.14 MB
👍 3🕊 1
01:20
Video unavailableShow in Telegram
Nega odamlardan qochib yurasiz, Suhbat ham qilmaysiz u yoq-bu yoqdan. Deydi, barmog‘ini qilgancha bigiz: – U yoqdan topshiriq ko‘p-da, u yoqdan. Hovli-joy quribsiz, yaxshi-ku, biroq Mo‘l-mo‘l ishlatibsiz qo‘ng‘ir bo‘yoqdan. Barmog‘in tepaga qadaydi shu choq: – U yoqdan topshiriq tushdi, u yoqdan. Bir kun so‘radilar: qararmi kelin, Mabodo xastalik chalsa oyoqdan? Sho‘rlik javob qildi shivirlab sekin: – Albatta topshiriq kelsa u yoqdan. Oxir tiriklikdan bo‘ldi u judo, Sabab boshdanmidi yoki tuyoqdan. Har holda, yotardi deganday go‘yo: – U yoqdan topshiriq bo‘ldi, u yoqdan. © Abdulla Oripov 💬📹📹@mutolaa_sehri
Mostrar todo...
@mutolaa_sehri.mp47.03 MB
😢 7👍 2🔥 2 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tomas Pikett: “Capitalism and Ideology” haqida Tarixdagi har bir jamiyatda iqtisodiy va siyosiy notenglik har doim ma’lum bir idealogiya orqali normallashtirilgan. 20 asrgacha faqat bir ideologiya dominant bo’lgan: shaxsiy mulk daxlsizligining ilohiylashtirilishi. Bugungi kundagi davlat sistemasi va qonunchilik faqat bir maqsad uchun hizmat qiladi; shaxsiy mulkni umumiy mulkdan ajratish va asrash. Demak shaxsiy mulk bor joyda notenglik oddiy holat. 1917 yilda bu ideologiyaga qarshi yangi ideologiya paydo bo’ldi; shaxsiy mulk umumiy mulk manfaati uchun fido qilinishi kerak. Mulkning umumiylashuvi ayniqsa Stalin davrida daxshatli natijalarga olib keldi. Lekin bu bilan notenglik yo’qolmadi, balki u monetar ko’rinishdan siyosiy imtiyozlar ko’rinishiga o’tdi. Ya’ni Soviet odami kambag’al emas edi, balki unda partiya a’zolaridek hech qanday iqtisodiy va siyosiy imtiyoz yo’q edi. Qiziq, bizning iqtisodiy tuzim endi qanday ideologiyaga qurilayotgan ekan? © Bekzod Zakirov | 📹💬 @mutolaa_sehri
Mostrar todo...
👍 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
An8tolxMlW5L4n0nog_fzP5cnqvhcGr3M6HFk9kPzwkCZdUwwfAYhQSonpqLcC4.mp48.70 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.