QDPI_BTM_YANGILIKLAR
Qo'qon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekanining rasmiy kanali Dekanga murojaat: @btm_dekan_kspi Ma'naviyat boʻyicha dekan oʻrinbosari: @btm_fayozxoja
Mostrar más652
Suscriptores
Sin datos24 horas
-77 días
-3130 días
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
Repost from QDPI rasmiy sahifasi
QDPI: ko‘rik-tanlov teatr va san’at bayramiga aylandi
Talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni sahna ko‘rinishlari orqali keng jamoatchilikka yetkazishda “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.
Bugungi tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan birinchi prorektori I. Oxunov inson ma’naviy olamini yuksaltirish, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyosligi, san’at odamlarni ezgulikka, yaxshilikka undashi, teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskani ekanligini ta’kidlab, jamoalarga omad tiladi.
Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Hakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, Tarix fakultetining “Havoqand yoshlari” jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Abdurauf Fitrat” nomli spektakl 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi sahnalashtirgan “O‘tkan kunlar” spektakli 2-o‘rinni, Xorijiy tillar fakultetining “Navras” jamoasi tomonidan tayyorlangan “G‘ulom Zafariy” spektakli hamda Maktabgacha taʼlim fakultetining “Ibrat” jamosi sahnalashtirgan “Ibrat” filmidan parcha 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasida Tarix fakulteti talabasi Muhammadqodir Avazov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Mushtariy Erkinova g‘olib deb topilib, tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram
🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
👍 6
🏢 Boshlang'ich ta'lim fakulteti
🎞 Xalqaro oila kuni
Oila – insoniy munosabatlar mujassam bo‘lgan muqaddas dargohdir. Oila insonning jon-taniga, taqdir mezonlariga chambarchas bog‘liq xilqatdir. Sog‘lom fikrlovchi har bir odam yoshi, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, oilasining mustahkamligi va farovonligini o‘ylaydi, o‘z baxtini oila a’zolarining baxti bilan bir deb tasavvur qiladi. Bugun birinchi kurs talabalarimizga fakultetimiz namunali ustozlari Ahmedova Nilufarxon va Valieva Muxayoxonlar o'z tajribalaridan oila-naqadar muqaddasligini tushuntirib , chiroyli nasixatlar bilan bo'lishdilar. Davra suxbati judayam qiziqiarli ravishda o'tdi.
👍 2
00:36
Video unavailableShow in Telegram
Boshlangʻich ta’lim fakulteti koordinatori va 203-guruh talabasi Rustamova Rohilaxon hamkorligida olingan “Talabalar talqinidagi xalq maqollari “ nomli kontentdan qisqacha backstage…)
👍 9🤩 3🥰 2👏 1
Repost from QDPI rasmiy sahifasi
00:19
Video unavailableShow in Telegram
#marafon
Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan BeFit marafonida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Muhammadjon Ahmedov 5 km.ga yugurish bahslarida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, 28-aprel kuni Muhammadjon Ahmedov Fargʻona shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” marafonida ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram
🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
👍 3