cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TDIU SF | Olim Murtazayev

TDIU Samarqand filiali direktori O.Murtazayevning rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @TDIU_SF_direktoriga_murojaat_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
229
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:03
Video unavailableShow in Telegram
Аssalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar! Islom dunyosining axloqiy, ma'naviy-marifiy, diniy va dunyoviy markazlaridan bo'lgan yurtimizda ham muborak Qurbon hayiti keng miqyosda har yili nishonlanadi. Ushbu bayram bilan xalqimizni, muslim va muslimalarni chin yurakdan muborakbod etaman. Qurbon hayiti – ulug' bayram. Shuning uchun bu kunni yaqinlarimizni yo'qlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulug'larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko'rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish va bayramning ko'rkiga ko'rk qo'shadigan amali solihlar bilan o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Hayit kunlarini g'animat bilib, barcha gina-kuduratlarni unutib, kechirimli bo'lish musulmon kishiga xos bo'lgan go'zal fazilatlardandir. Ushbu muborak ayyomda davlatimiz rahnamoligida yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yo'lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning o'zi madadkor bo'lishini so'rab qolamiz. Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni samimiy muborakbod etaman! Mehribon Alloh taolo barcha ibodatlarimizni qabul aylab, ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda O'zi madadkor bo'lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!
Islom dunyosining katta bayramlaridan biri sanalgan ushbu bayramda, siz azizlarga baxt-saodat, mehr-oqibat, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilab qolaman.
TDIU Samarqand filiali O.Murtazayev.
Mostrar todo...
1.67 KB
#yangiliklar ⚜️“Biz yoshlar giyohvandlik va psixotrop moddalarni tarqalishiga qarshimiz” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.⚜️ Davra suhbatida filial yuriskonsulti M.Xolmatov, buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.Eshonqulov va talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, salbiy illatlarning oldini olishda yoshlar bilan individual ishlashning dolzarb vazifalari, giyohvandlik va psixotrop vositalar haqida ma’lumotlar berilib, ularning inson ruhiyatiga qattiq ta’sir etishi haqida ogohlantirilib o‘tildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
⚜️“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda odam savdosiga qarshi kurash” mavzularida tadbir o‘tkazildi.⚜️ 🔰2024-yil 14-iyun filialida davra suhbatida iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Qo‘ziboyev, filialga biriktirilgan profilaktika inspektori D.Shodmonov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. ✅Shuningdek tadbir davomida talabalarga dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash, uning salbiy oqibatlari, turli firmalar fuqarolarni aldab, pulini olib chet elga ishga yuborish to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berib vatandoshlarimizni sarson bo‘lishi holatlariga e’tibor qaratish haqida ma’lumotlar berildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
#yangiliklar Joriy yilning 14-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali "Buxgalteriya hisobi va moliya" fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) mutaxassisligi bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'yicha davlat attestatsiyasi bo’lib o’tmoqda. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
#yangiliklar #malakaviy_ishi_himoyasi Bugun TDIU SF Iqtisodiyot fakulteti "Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologoyalari" kafedrasida 5234100 - Raqamli iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi bitiruvchi bosqich  talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'lib o'tmoqda. BMI himoyasida bitiruvchilar o'z ishlarini himoya qilgan holda YaAK a'zolari tomonidan berilgan savollarga javob bermoqdalar. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
#Yangiliklar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali va Xitoyning Liaoning neft-kimyo universiteti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha matbuot bayonoti Batafsil ma'lumot quyidagi havolada👇🏼 ➡️https://sbtsue.uz/uz/news/view/1776 TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ QABUL-2024! #abituriyent2024 Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida TDIU Samarqand filialida MUROJAATLAR MARKAZI “CALL CENTER” tashkil etildi. Fuqarolar quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, qabul jarayonlariga oid ma’lumotlarni olishlari  mumkin. 📞+998 99 0183736 📞+998 97 8977473 📞 +998 93 3363260 📞 +998 93 3363503 Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari! 2024/2025 o‘quv yilida TDIU SFda BAKALAVRIATning kunduzgi va sirtqi hamda MAGISTRATURA mutaxassisliklarining qabul kvotalari bilan batafsil tanishishingiz mumkin. “Call-center” raqamlari👇 https://sbtsue.uz/uz/page/call-center #qabul2023 #TDIIU_SF #callcenter 📌 Ma’lumot uchun “Call-center”ning ish vaqti haftada 6 kun (dushanbadan shanba kuniga qadar) soat 9:00 dan 18:00 gacha etib belgilangan.
Mostrar todo...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#intervyu “MARKETING MAKTABI” 0 - investitsiya bilan biznes boshlash MUMKINmi?! TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
11.03 MB
#yangiliklar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyi o‘rtasida Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti. Moliya, soliq va bank ishi kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bu shartnomaning maqsadi kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda kelajakda bitiruvchilarni TDIU Samarqand filiali o‘qishga jalb etish masalalari alohida o‘rganildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones