cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Namangan viloyat Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi

🏢O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi 👉🏻Manzil: Namangan shahar U.Nosir ko'cha 7 uy ☎️ +99869 227-29-29 ☎️ +99869 227-11-02 📧 [email protected] 🌐 nm.chamber.uz 🆔 @nm.uzchamber

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
10 554
Suscriptores
-824 horas
+2 8737 días
+7 47130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Бугун Савдо-саноат палатаси раисининг ўринбосари З. Камалов томонидан Наманган вилояти, Чортоқ туманида ташкил этилган Бизнес инкубатор фаолияти билан танишди. Бизнес инкубаторда аҳолини айниқса ёшлар ва хотин-қизларни тадбиркорликка тайёрлаш, уларни тадбиркорлик кўникмаларига ўқитиш жараёнлари бирма-бир ўрганилиб, бу борада бизнес инкубаторни бугунги кундаги аҳамияти, вазифалари, мавжуд шарт-шароитлари ва келгусидаги режаларига алоҳида тўхталиб ўтилди. Ўрганиш якунида Бизнес инкубаторни фаолиятини янада жонлантириш, фойдаланилмай турган имкониятлардан тўлиқ фойдаланиш ва бу борада ўқитилган аҳолини келгусида ўз бизнесларини бошлашлари учун мавжуд муаммоларни ҳал этишга кўмаклашиш масалалари бўйича вазифалар юклатилди.
Mostrar todo...
⚡️Samarqand viloyatida «PROM PRO EXPO 2024» hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o’z ishini boshladi.
Tarmoqlararo yarmarka atigi 2 kun: 16 va 17 may kunlari «SOF EXPO Samarkand» xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir turli sohalar, jumladan, turizm, elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, charm poyabzal sanoati, mebel sanoati, gilamchilik va boshqa ko‘plab sohalar vakillarini birlashtiradi. ✅ Sanoat yarmarkasining asosiy maqsadi respublikaning yirik sanoat tashkilotlari va mahalliy korxonalar o'rtasida tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, mahsulotlarni import o'rnini bosishdir. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Mostrar todo...
Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси раисининг ўринбосари томонидан Наманган вилоят Божхона бошқармаси, "Ўзэкспертиза" АЖ вилоят филиали раҳбарлари ҳамда Савдо-саноат палатаси вилоят бошқармаси масъул ходимлари иштирокида мева-сабзавот маҳсулотларини экспорт қилиш юзасидан муҳокама учрашуви ўтказилди. Учрашувда мева-сабзавот маҳсулотларини экспорт қилиш жараёнида экспертизадан ўтказиш ва божхона расмийлаштирув жараёнида юзага келиши мумкин бўлган ҳолатлар муҳокама қилинди. Жумладан, экспорт қилишда маҳсулот турларини хужжатларда нотўғри кўрсатиш, экспорт қийматини камайтириб акс эттириш каби холатлар бўйича фикр мулоҳазалар билдирилди. Юқоридаги холатларни олдини олиш мақсадида ҳудуддаги хокимят вакиллари, ҳоким ёрдамчилари, Божхона ва Савдо-саноат Палатаси ходимлари билан ҳамкорликда тадбиркорларга ҳалақит бермаган ҳолда экспортга юкланган маҳсулотларни тўғри расмийлаштирилишини таъминлаш учун уларга зарур тушунча ва ёрдамлар бериб бориш вазифаси юклатилди.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️ 15-may – tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidan yuqori ball olishda unumli foydalanib qoling! Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va aylanmadan olinadigan soliqlar uchun hisobot topshirish va to‘lov muddatining oxirgi kuni. ✅ Soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etish + 10 ball ✅ Hisoblangan soliq summasining belgilangan muddatda to‘lanishi + 10 ball ✅ Hisoblangan soliq summasining to‘lov topshiriqnoma orqali amalga oshirganligi + 10 ball ✅ Agarda soliq organlari tomonidan inkassa orqali undirilsa – 5 ball (ayriladi) Hurmatli tadbirkorlar, bugun barqarorlik reytingi bo‘yicha +30 ball olish imkoniyatidan samarali foydalanib qoling! 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Mostrar todo...
🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞 Namangan viloyati Toʼraqoʼrgon tumanida Savdo-sanoat palatasi ishchi guruhi tomonidan tumanda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, mahsulotlar eksporti bilan bog’liq masalalar oʼrganildi. Tuman meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan bo'lib, joriy yilda 4 100 gektar yer maydonida yetishtirilgan 29 mln. dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish belgilangan. Ushbu prognoz koʼrsatkichlardan kelib chiqib, Savdo-sanoat palatasi tomonidan 1 100 gektar yer maydonida meva-sabzavot yetishtiruvchi tadbirkorlarga eksport hajmini oshirish, yangi bozorlar topish, zarur hujjatlarni tayyorlashga koʼmaklashish masalalari koʼrib chiqildi. Shuningdek tuman hokimligi, sektor rahbarlari hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan eksport hajmini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilanib, hamkorlikda ish tashkil etilishi borasida kelishib olindi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Mostrar todo...
Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Zohidjon Kamalov tomonidan Namangan viloyatidagi yirik investisiya loyihalarini ishga tushirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. Jumladan, Namangan shahridagi "Merrymed farm" MCHJ tomonidan aholiga keng qamrovli xizmat turlari, zamonaviy tibbiyot klinikasi, mehmonxona, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, maktabgacha ta’lim muassasasi va ko‘p qavatli turar joy qurish loyihasini amalga oshirilishidagi mavjud muammolar o‘rganildi. Loyiha qiymati 58,8 mln. dollar bo‘lgan mazkur obyekt 2023-2026 yillar davomida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 13,8 mln. dollar investisiya o‘zlashtirilgan. Qolgan 45,0 mln. dollar investisiyani jalb etish va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq muammo va takliflar o‘rganildi.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
✔️ Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi 📃 Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra: ◾️Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O'zbekiston hududiga olib kirish qo'shilgan qiymat solig'idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi. ◾️Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo'nalishdagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda solig'idan ozod qilinadi. 📃 “Turizm to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra: ◾️Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi. 📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Mostrar todo...
👍 1
🇺🇿🇲🇾 Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari Dilshod Rasulov va Malayziyaning "MATRADE" Tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi bosh direktor oʼrinbosari Abu Bakar Bin Yusof oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda eksport-import hajmini oshirish boʼyicha fikr almashdilar. Shuningdek, bo’lajak tashriflar doirasida oʼtkazilishi rejalashtirilgan Oʼzbekiston-Malayziya biznes forumi boʼyicha qator masalalar muhokama qilindi. 🤝 Uchrashuv yakunlari boʼyicha biznes-forum doirasida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Malayziyaning "MATRADE" Tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi oʼrtasida anglashuv memorandumini imzolash borasida kelishib olindi. —— 🇺🇿🇲🇾 Состоялась встреча заместителя председателя ТПП Узбекистана Дилшода Расулова с заместителем генерального директора Корпорации развития внешней торговли Малайзии «MATRADE» Абу Бакаром Бин Юсофом. В ходе встречи стороны обменялись мнениями по развитию торгово-экономического сотрудничества между двумя странами и увеличению объемов экспорта и импорта. В частности, был обсужден ряд вопросов, связанных с Узбекско-Малайзийским бизнес-форумом, который планируется провести в рамках предстоящих визитов. 🤝 По итогам встречи достигнута договоренность о подписании Меморандума о взаимопонимании между ТПП Узбекистана и Корпорацией развития внешней торговли Малайзии «MATRADE» в рамках бизнес-форума. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Mostrar todo...
👍 1
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi raisining o‘rinbosari Zohidjon Kamalov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, meva- sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, yetishtirilgan  maxsulotlarni eksport kilish bilan bog‘lik masalalarni o‘rgandi. Tuman meva- sabzavot maxsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, joriy yilda 4100 gektar yer maydorida yetishtirilgan maxsulotlarni kamida 29 mln. yetkazish belgilangan. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Savdo- sanoat Palatasi tomonidan 1100 gektar yer maydonlaridagi meva-sabzavot yetishtiruvchi tadbirkorlarni eksport hajmini oshirishga ko‘maklashish, yangi bozorlar topish, eksport xujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar va boshqa muammolar o‘rganildi. Shuningdek, eksportni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, xamkorlikda ish tashkil etilishi belgilab olindi.
Mostrar todo...
👍 1
Archivo de publicaciones