cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali

Telegram:https: //t.me/xorazmtransport_uz Facebook: http://fb.com/xorazmtrans You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
426
Suscriptores
+124 horas
+47 días
+1030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gazelmi avtobusmi? Urganch-Hazorasp yo‘nalishida harakatlanadigan Gazellar odamlarni mashinaga tiqilinch holda mindirib tashimoqda” sarlavhasi orqali tarqalgam murojaat yuzasidan rasmiy munosabat. Mazkur murojaat yuzasidan, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyat hududiy bo‘limi va Xorazm viloyati IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reyd tadbirlari davomida, SHYT-315 “Urganch buyum bozori – Hazorasp” yo‘nalishidagi haydovchilariga nisbatan avtotransport vositalariga belgilangan o‘rindiqlaridan ortiq yo‘lovchilarni chiqarmaslik shartligi tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, SHYT-315 “Urganch buyum bozori – Hazorasp” yo‘nalishidaga mikroavtobuslarning oraliq masofasi 7 daqiqa etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.
Mostrar todo...
👍 8
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
2024-YIL 27-IYUN KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI HUDUDIDАGI SHАHАR АTROFI VA SHAHARLARARO - VILOYAT ICHI AVTOBUS YO‘NALISHI BIRIKTIRISH BOʼYICHА ELEKTRON TАRZDА OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.
BATAFSIL: https://e-tender.uztrans.uz/
Mostrar todo...
👍 2🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👏 1
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 2024-YIL 24-IYUL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI URGANCH SHAHRIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN BRUTTO SHARTNOMASI ASOSIDA AVTOBUS YO‘NALISHLARI BO‘YICHA OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI. BATAFSIL: https://e-tender.uztrans.uz/
Mostrar todo...
🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 2024-YIL 17-IYUL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI URGANCH SHAHRIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN BRUTTO SHARTNOMASI ASOSIDA AVTOBUS YO‘NALISHLARI BO‘YICHA OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI. BATAFSIL: https://e-tender.uztrans.uz/
Mostrar todo...
👍 2🫡 1
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi Joriy yilning 13 va 15-may kunlari Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘lovchi tashish sohasida o‘tkazilayotgan tender jarayonlari, xorijiy ruxsatnoma blankalarini elektron tizim orqali tashuvchilarga taqsimlanishi yuzasidan 12 nafar fuqarolardan jami 9 ta masala kelib tushdi. Batafsil Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Mostrar todo...
👍 6
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda orqali “Jamoatchilikda yo‘lovchilarni avtotransport qatnovini Xorazmda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish rejalari Prezidentimiz tomonidan topshiriqlar berilgan.Qani bu rivojlanish, ko‘rmayabmiz” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bugungi kunda Urganch shahar aholisi uchun xizmat qilib kelayotgan shahar ichi yo'nalishlariga 165 ta jamoat transportlariga elektron to’lov tizimi joriy qilingan, bundan tashqari shahar jamoat transporti uchun Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarini olib kelish bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ bilan kredit shartnomalari qilingan. Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilgan. Xorazm viloyati transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga oluvchi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasini tashkil qilinganligini bildiramiz. Shovot tumanida joriy yilning aprel oyidan boshlab SHAY-287 “Qumyop mahallasi - Temir yo'l mahallasi” uchun jamoat transporti (avtobus) yo’nalishida aholiga xizmat qilayotganligini ma’lum qilamiz. Xorazm viloyati transport boshqarmasi
Mostrar todo...
👍 2
​​Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat: avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish; yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash; yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish; yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash; magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash; magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.
Mostrar todo...

🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni 9 may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz! Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yoʼlida kurashgan ota-boblarimizni yod etarkanmiz, ular bosib oʼtgan ogʼir yoʼllar koʼz oldimizda gavdalanadi. Ularning jasoratli va mashaqqatli hayotlari bizga va farzandlarimizga doimo oʼrnak boʼlib xizmat qiladi. Аyovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon boʼlgan ajdodlarimizning ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz. Bayram munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan barchani, ularning farzandlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan tabriklaymiz! Sizlarga, mustahkam sogʼlik, koʼtarinki kayfiyat va tinchlik tilaymiz! Hurmat bilan Xorazm viloyati Transport boshqarmasi jamoasi
Mostrar todo...
👏 2👍 1
Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning muammolari bilan yaqindan tanishish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov Gurlan tumani Marbugot mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, yoshlarning bugungi kundagi muammolari, kelgusidagi rejalari va o‘zlarini qiziqtiradigan sohalari bo‘yicha suhbatlashildi. Boshqarma boshlig‘i T.Satimov tomonidan yoshlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini hal etish va ularga yaqindan yordam berish masalasi ro‘yxati shakllantirilib har bir muammoni atroflicha hal etilish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Mostrar todo...
👍 5