es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

TECHNOFLY

TECHNOFLY

Ir al canal en Telegram

Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin

Mostrar más
7 720
Suscriptores
-324 horas
-357 días
-5 56630 días
Archivo de publicaciones
#dolzarb 🟢NVIDIA asoschisi Jensen Huang bosh direktor lavozimiga qaytdi 📢23-noyabr kuni NVIDIA direktorlar kengashi Jensen
#dolzarb 🟢NVIDIA asoschisi Jensen Huang bosh direktor lavozimiga qaytdi 📢23-noyabr kuni NVIDIA direktorlar kengashi Jensen Huangni kompaniya prezidenti, bosh direktori (CEO) va direktorlar kengashi a’zosi lavozimlariga bir ovozdan qayta tayinladi. 🔍Qaytish sababi: Huang 12-noyabr kuni xorijiy razvedka faoliyati bilan bog‘liq xavotirlar fonida iste’foga chiqqan edi. Kompaniya AQSH hukumati vakillari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng uning qaytishi milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirmasligini bildirdi. 📈Bozor reaksiyasi: Xabar e’lon qilingach, NVIDIA aksiyalari birja savdolari boshlanishidan oldin qariyb 30 foizga qimmatlashdi. 🛡Tekshiruv davom etmoqda: NVIDIA mustaqil tekshiruvni davom ettiradi va milliy xavfsizlik hamda eksport qoidalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi maxsus qo‘mita tashkil etdi. @technoflyuz
23 nov, 11:00

#qiziqarli 🎬OpenAI tarixi haqida hikoya qiluvchi “Artificial” filmining treyleri e’lon qilindi 🤖Film sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri OpenAI va 2023-yilda uning rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelgan yirik mojaroga bag‘ishlangan. 🍿Endryu Garfild OpenAI bosh direktori Sem Altman, Yura Borisov esa kompaniya asoschilaridan biri Ilya Sutskever rolini ijro etgan. 🎥Film rejissyori Luka Guadanyino. Filmda Sem Altmanning lavozimidan chetlatilishi, kompaniya ichidagi ziddiyatlar va uning bir necha kundan so‘ng rahbarlikka qaytishi bilan bog‘liq voqealar tasvirlanadi. 📅Premyera: AQSHda 2026-yil 25-dekabr, MDH davlatlarida esa 2027-yil 21-yanvar. @technoflyuz
20 nov, 08:03

CS2, Dota 2 va FC 27’ni qanday qilib foyda bilan o‘ynash mumkin? Do‘stlaringiz bilan Bezone, MVP, CyberArena yoki Neon kompyu
CS2, Dota 2 va FC 27’ni qanday qilib foyda bilan o‘ynash mumkin?  Do‘stlaringiz bilan Bezone, MVP, CyberArena yoki Neon kompyuter klublaridan biriga boring. payme orqali to‘lang va 10% keshbek oling. Sevimli oʻyinlaringiz bilan vaqtni yanada maroqli o‘tkazing!
20 nov, 07:02
22 nov, ~15:39

#dolzarb 🎮GTA VI rasman chiqdi! 19-noyabr kuni Rockstar Games uzoq kutilgan Grand Theft Auto VI o‘yinini PlayStation 5 va Xb
#dolzarb 🎮GTA VI rasman chiqdi! 19-noyabr kuni Rockstar Games uzoq kutilgan Grand Theft Auto VI o‘yinini PlayStation 5 va Xbox Series X|S uchun taqdim etdi. 🏆Metacritic’da 99/100 ball. O‘yin 1998-yildagi The Legend of Zelda: Ocarina of Time rekordini takrorlab, tarixdagi eng yuqori baholangan o‘yinlar qatoriga kirdi. 🧠Rivojlangan NPC’lar. Politsiyachilar jinoyatchining yuzini, kiyimini va avtomobilini eslab qoladi. Qidiruvdan qochish uchun tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish mumkin. 🌪Realistik ob-havo. Yomg‘irda yo‘llarda suv to‘planadi, kiyimlar namlanadi va loyqa yerlarda oyoq izlari qoladi. 💪Dinamik tana tizimi. Jason va Lucia ovqatlanish orqali semirishi, mashqlar orqali mushaklarini rivojlantirishi mumkin. Uyqusizlik esa tashqi ko‘rinishiga ta’sir qiladi. 📱O‘yin ichidagi ijtimoiy tarmoqlar. Qahramonlar smartfonlaridan ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar, real kazino va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. @technoflyuz
19 nov, 15:26

#foydali 🤖Craft Anything: sun’iy intellekt yordamida dasturlarni klonlashning yangi imkoniyati 💻Craft Anything tayyor veb-s
#foydali 🤖Craft Anything: sun’iy intellekt yordamida dasturlarni klonlashning yangi imkoniyati 💻Craft Anything tayyor veb-saytlar, o‘yinlar va ilovalarni tahlil qilib, ularga o‘xshash ochiq kodli muqobillarni yaratishga mo‘ljallangan AI agentidir. ⚙️Tizim dastur interfeysi va funksiyalarini o‘rganadi, avtomatik ravishda kod yozadi hamda yaratilgan natijani asl mahsulot bilan taqqoslaydi. 🔍Aniqlangan farqlarni bartaraf etish uchun kodni avtomatik ravishda takomillashtiradi. 🚀Ushbu texnologiya dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish va mavjud mahsulotlarga muqobil yechimlar yaratish imkonini beradi. LINK @technoflyuz
06 nov, 04:32

#yangilik 🚀Qwen 4 sun’iy intellekt modeli kelasi hafta taqdim etilishi kutilmoqda 📢Alibaba Cloud texnik direktori bergan ba
#yangilik 🚀Qwen 4 sun’iy intellekt modeli kelasi hafta taqdim etilishi kutilmoqda 📢Alibaba Cloud texnik direktori bergan bayonotga ko‘ra, kompaniya Qwen 4 sun’iy intellekt modelini kelasi hafta taqdim etishni rejalashtirmoqda. 💻Qwen ochiq vaznli sun’iy intellekt modellari orasida yetakchi loyihalardan biri hisoblanadi. Uning ayrim versiyalarini shaxsiy kompyuterda lokal ishga tushirish mumkin. 🔐Bu esa internet, VPN va bulutli xizmatlarga qaramlikni kamaytirib, ma’lumotlar maxfiyligini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi. ⚙️Yangi modelning texnik imkoniyatlari va tizim talablari rasmiy taqdimotdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. @technolfyuz
29 oct, 09:21

#dolzarb 🇺🇿Apple Pay va Google Pay bugundan O‘zbekistonda ishga tushdi! 💳2026-yil 27-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda chiqa
#dolzarb 🇺🇿Apple Pay va Google Pay bugundan O‘zbekistonda ishga tushdi! 💳2026-yil 27-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda chiqarilgan bank kartalarini Apple Wallet va Google Wallet ilovalariga ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 📲Endilikda iPhone va Android foydalanuvchilari mos bank kartalarini raqamli hamyonlariga qo‘shib, NFC texnologiyasi orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. 🏦Dastlab Visa va Mastercard kartalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bank va karta turiga bog‘liq bo‘lib, qo‘llab-quvvatlanadigan banklar ro‘yxati bosqichma-bosqich kengaytiriladi. @technoflyuz
27 oct, 03:39

#yangilik 🔥Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi 🇺🇿2026-yil 19-oktabr kuni Google Pay to‘lov xizmati O‘zbekisto
#yangilik 🔥Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi 🇺🇿2026-yil 19-oktabr kuni Google Pay to‘lov xizmati O‘zbekistonda rasman ishga tushirilgani e’lon qilindi. 💳Xizmat orqali NFC texnologiyasiga ega Android smartfonlar yordamida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, qo‘llab-quvvatlanadigan sayt va ilovalarda onlayn to‘lov qilish mumkin. 🔗Buning uchun bank kartasini Google Wallet ilovasiga ulash talab etiladi. 💬Muhim: xizmatning ishga tushirilishi barcha mahalliy bank kartalari darhol ishlashini anglatmaydi. Banklar alohida texnik integratsiyadan o‘tishi kerak. Hozircha Uzcard va Humo kartalarining qo‘llab-quvvatlanishi hamda hamkor banklarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilinmagan. 🚀Google Pay’ning ishga tushirilishi mamlakatda raqamli to‘lov imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. @technolfyuz
19 oct, 07:37

#qiziqarli ⚡️Klaviatura yig‘ish uchun bepul brauzer simulyatori ⌨️DIY Keyboard Builder — mexanik klaviaturalarni virtual muhitda mustaqil yig‘ish imkonini beruvchi brauzer simulyatoridir. 🪛Platformada diodlarni payvandlash, mikrokontroller, tugma mexanizmlari va tugmalarni o‘rnatish mumkin. 🎮Simulyator elektronika va mexanik klaviaturalarga qiziquvchilar uchun amaliy tajriba orttirish imkonini beradi. Barcha jarayonlar real komponentlarni xarid qilmasdan, bepul amalga oshiriladi. LINK @technoflyuz
16 oct, 07:14

CS2, Dota 2 va FC 27’ni qanday qilib foyda bilan o‘ynash mumkin? Do‘stlaringiz bilan Bezone, MVP, CyberArena yoki Neon kompyu
CS2, Dota 2 va FC 27’ni qanday qilib foyda bilan o‘ynash mumkin?  Do‘stlaringiz bilan Bezone, MVP, CyberArena yoki Neon kompyuter klublaridan biriga boring. payme orqali to‘lang va 10% keshbek oling. Sevimli oʻyinlaringiz bilan vaqtni yanada maroqli o‘tkazing!
16 oct, 03:16
17 oct, ~08:51

#qiziqarli 🍇 Uzum.uz serveri Rossiyadami? Ochiq DNS va IP ma’lumotlariga ko‘ra, uzum.uz domeni Rossiyadagi Yandex Cloud infr
#qiziqarli 🍇 Uzum.uz serveri Rossiyadami? Ochiq DNS va IP ma’lumotlariga ko‘ra, uzum.uz domeni Rossiyadagi Yandex Cloud infratuzilmasiga tegishli IP manzilga yo‘naltirilgan.
IP: 51.250.26.153 Davlat: Rossiya Hosting: Yandex Cloud Domen: uzum.uz
❗️Bu Uzum’ning barcha serverlari yoki foydalanuvchilar ma’lumotlari Rossiyada joylashganini anglatmaydi. @technoflyuz
08 oct, 09:12

#dolzarb ⚠️Uzum Market faoliyatida yirik texnik nosozlik yuz berdi ⚡️8-oktabrga o‘tar kechasi Uzum Market platformasida keng
#dolzarb ⚠️Uzum Market faoliyatida yirik texnik nosozlik yuz berdi ⚡️8-oktabrga o‘tar kechasi Uzum Market platformasida keng ko‘lamli texnik uzilishlar kuzatildi. Nosozlik sotuvchilarning shaxsiy kabinetlari, omborxona tizimlari va buyurtmalarni topshirish punktlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi. 💬Muammo sabab mahsulotlarni qabul qilish va qaytarish jarayonlari vaqtincha cheklangan. Kompaniya sotuvchilardan omborlarga kelmaslikni so‘rab, qabul qilinmagan yetkazib berishlarni jarimasiz boshqa vaqtga ko‘chirish mumkinligini bildirdi. ⁉️Nosozlik Rossiyadagi Yandex Cloud infratuzilmasida yuz bergan yirik avariya bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Xabarlarga ko‘ra, Ryazan viloyatidagi ma’lumotlar markazi hududida dron hujumidan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Yandex Cloud elektr ta’minotidagi uzilishni tasdiqlagan. 🔍Biroq ikki hodisa o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik hozircha rasman tasdiqlanmagan. Uzum Market muammoni bartaraf etish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan. @technoflyuz
08 oct, 08:07

#foydali 🎮40 dan ortiq o‘yinni to‘g‘ridan to‘g‘ri brauzerda o‘ynash mumkin Maxsus saytda GTA 3, Cuphead, Among Us, RimWorld,
#foydali 🎮40 dan ortiq o‘yinni to‘g‘ridan to‘g‘ri brauzerda o‘ynash mumkin Maxsus saytda GTA 3, Cuphead, Among Us, RimWorld, MiSide, PEAK va boshqa o‘nlab mashhur o‘yinlarning brauzer versiyalari jamlangan. O‘yinlarni kompyuterga yuklab olish yoki alohida o‘rnatish talab qilinmaydi. Saytga kirib, kerakli o‘yinni tanlash kifoya. O‘yin brauzerning o‘zida ishga tushadi. Bu usul turli o‘yinlarni tez va ortiqcha sozlamalarsiz sinab ko‘rish imkonini beradi. LINK @technofly
29 sep, 07:24

Uzum, OFFBOX va School 21 Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xakaton o‘tkazadi Tadbir 2026-yil 24-25-oktyabr kunlari Toshken
+1
Uzum, OFFBOX va School 21 Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xakaton o‘tkazadi Tadbir 2026-yil 24-25-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar axborot xavfsizligi sohasidagi real keyslarning yechimlari ustida ishlashlari kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish 10-oktyabrgacha davom etadi.
Har bir jamoaning vazifasi ikki kun ichida g‘oyadan samarali MVP'ga o‘tish va loyihani hakamlar hay’ati oldida himoya qilishdir. Musobaqa qismidan tashqari, ishtirokchilarni ta’lim dasturi kutmoqda: Uzum va OFFBOX axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari ma’ruzalar o‘tkazib, amaliy tajriba almashadilar. Ikkala kun ham jamoalarga tajribali mentorlar yordam beradi — vazifani qo‘yishdan tortib yakuniy himoyagacha.
Sovrin jamg‘armasi birinchi o‘rin uchun 30 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 20 000 000 so‘m va uchinchi o‘rin uchun 10 000 000 so‘mni tashkil etadi. Barcha ishtirokchilar, egallagan o‘rinlaridan qat’i nazar, sertifikatlar va xakatonning firma merchlariga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, xakaton davomida ishtirokchilar Uzum rekruterlari bilan maslahatlashib, rezyumelarini o‘sha yerning o‘zida takomillashtirishlari mumkin bo‘ladi, eng yaxshilar esa kompaniyada amaliyot o‘tash uchun saralashning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Jamoada 3-5 kishi bo‘lishi kerak. Allaqachon tuzilgan jamoalar (bitta umumiy ariza bilan ro‘yxatdan o‘tish) ham,  yakkaxon ishtirokchilar ham qatnashishi mumkin — tashkilotchilar jamoa a’zolarini topishda yordam berishadi. Quyidagi saytda ro‘yxatdan o‘tish mumkin: Hackathon
29 sep, 06:18
05 oct, ~05:02

Uzum, OFFBOX va School 21 Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xakaton o‘tkazadi Tadbir 2026-yil 24-25-oktyabr kunlari Toshken
+1
Uzum, OFFBOX va School 21 Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xakaton o‘tkazadi Tadbir 2026-yil 24-25-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar axborot xavfsizligi sohasidagi real keyslarning yechimlari ustida ishlashlari kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish 10-oktyabrgacha davom etadi.
Har bir jamoaning vazifasi ikki kun ichida g‘oyadan samarali MVP'ga o‘tish va loyihani hakamlar hay’ati oldida himoya qilishdir. Musobaqa qismidan tashqari, ishtirokchilarni ta’lim dasturi kutmoqda: Uzum va OFFBOX axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari ma’ruzalar o‘tkazib, amaliy tajriba almashadilar. Ikkala kun ham jamoalarga tajribali mentorlar yordam beradi — vazifani qo‘yishdan tortib yakuniy himoyagacha.
Sovrin jamg‘armasi birinchi o‘rin uchun 30 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 20 000 000 so‘m va uchinchi o‘rin uchun 10 000 000 so‘mni tashkil etadi. Barcha ishtirokchilar, egallagan o‘rinlaridan qat’i nazar, sertifikatlar va xakatonning firma merchlariga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, xakaton davomida ishtirokchilar Uzum rekruterlari bilan maslahatlashib, rezyumelarini o‘sha yerning o‘zida takomillashtirishlari mumkin bo‘ladi, eng yaxshilar esa kompaniyada amaliyot o‘tash uchun saralashning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Jamoada 3-5 kishi bo‘lishi kerak. Allaqachon tuzilgan jamoalar (bitta umumiy ariza bilan ro‘yxatdan o‘tish) ham,  yakkaxon ishtirokchilar ham qatnashishi mumkin — tashkilotchilar jamoa a’zolarini topishda yordam berishadi. Quyidagi saytda ro‘yxatdan o‘tish mumkin: Hackathon
29 sep, 04:11
29 sep, ~05:05

#qiziqarli ⚡️Quyosh energiyasi tobora arzonlashmoqda. ☀️So‘nggi 26 yil ichida quyosh panellari quvvatining narxi taxminan bir
#qiziqarli ⚡️Quyosh energiyasi tobora arzonlashmoqda. ☀️So‘nggi 26 yil ichida quyosh panellari quvvatining narxi taxminan bir vatt uchun $5–6 dan $0,12 gacha tushdi. Narxlarning pasayishida Xitoydagi yirik hajmdagi va nisbatan arzon ishlab chiqarish muhim rol o‘ynadi. 📈Buning ta’siri allaqachon ko‘rinmoqda: rivojlanayotgan davlatlarda quyosh tizimlari kerosin lampalarining o‘rnini egallamoqda, AQShda quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarish yangi rekordlarga chiqmoqda. Xitoy va Ispaniyada esa ayrim davrlarda quyosh energiyasi tanqisligi emas, balki ortiqcha ishlab chiqarish muammosi yuzaga kelmoqda. 🌅Bu tendensiya quyosh energetikasining kelajakdagi rolini yanada kuchaytirishi mumkin. @technoflyuz
26 sep, 12:37

#qiziqarli 🚀RTX 6090 yaqinlashmoqda 💡Insayder Moore’s Law Is Dead ma’lumotiga ko‘ra, NVIDIA’ning yangi RTX 60 seriyasi 2027
#qiziqarli 🚀RTX 6090 yaqinlashmoqda 💡Insayder Moore’s Law Is Dead ma’lumotiga ko‘ra, NVIDIA’ning yangi RTX 60 seriyasi 2027-yilning birinchi yarmida taqdim etilishi mumkin. 💎Yangi avlod videokartalari Rubin arxitekturasi asosida qurilishi kutilmoqda. Flagman RTX 6090 esa nafaqat kuchliroq, balki tashqi dizayn jihatidan ham sezilarli o‘zgarishi mumkin. 📢Hozircha texnik xususiyatlar va narxlar noma’lum, NVIDIA esa RTX 60 seriyasini rasman tasdiqlamagan. 💲Demak, RTX 6090 uchun pul yig‘ishga hali vaqt bor. @technoflyuz
18 sep, 12:12

TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI- Ўзбекистондаги биринчи микромолия банкининг тақдимоти бўлиб ўтди. Тадбир давомида банкнинг молияви
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI- Ўзбекистондаги биринчи микромолия банкининг тақдимоти бўлиб ўтди. Тадбир давомида банкнинг молиявий маҳсулотлари, имкониятлари ва мижозлар учун таклиф этилаётган шартлар ҳақида маълумот берилди. TAYANCH нималарни таклиф қилади? 💰 Омонатлар - 21% гача йиллик даромад 💳 Бизнес учун кредит ва молиялаштириш - 2 млрд сўмгача ⏳ Муддат - 60 ойгача Шунингдек: • 300 млн сўмгача “Оила Таянчи” микрокредити; • Банк карталари; • Онлайн ва офлайн тўлов ҳамда ҳисоб-китоб хизматлари; • Тадбиркорлар ва ўзини ўзи банд қилганлар учун молиявий ечимлар. TAYANCH - маблағларини сақлаб қолиш ёки бизнесини ривожлантиришни истаганлар учун молиявий қўллаб-қувватлаш. 📞 +998 55 777-11-11 🌐 tayanchbank.uz
18 sep, 08:15
20 sep, ~23:10

#dolzarb 🪐Saturnning janubiy qutbi atrofida ulkan 10 burchakli atmosfera tuzilmasi kuzatildi. 💨Olimlarning fikricha, bu hod
#dolzarb 🪐Saturnning janubiy qutbi atrofida ulkan 10 burchakli atmosfera tuzilmasi kuzatildi. 💨Olimlarning fikricha, bu hodisa sayyora atmosferasida shakllangan yirik to‘lqin yoki kuchli havo oqimlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 💬Eng qiziq jihati, avvalgi kuzatuvlarda bunday tuzilma qayd etilmagan. Uning ilk belgilari faqat so‘nggi yillarda paydo bo‘la boshlagan. 📚Hozircha olimlar bu struktura qanday shakllangani va nega aynan o‘n burchakli ko‘rinish olganini aniq tushuntirib bera olishmayapti. Tadqiqotlar davom etmoqda. @technoflyuz
14 sep, 12:33

➡️▶️◀️🆗⬅️ 💚 Navoiy, Roadshow’ni kutib ol! 20-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida
➡️▶️◀️🆗⬅️ 💚 Navoiy, Roadshow’ni kutib ol! 20-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi. Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz. 🎤 Navoiydagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi: – IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli, – muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish, – LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo’yicha foydali maslahatlar, shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar. Zarafshondan keladigan ishtirokchilarimizga Navoiydagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etamiz. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. 🔥 Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting – https://t.me/itcomuzbot va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. ❗️Ishtirok etish bepul. 💚 Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va Profi universitetiga minnatdorchilik bildiramiz. 🗓 2026-yil 20-sentyabr (yakshanba) ⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan) 📍 Profi Universiteti (Navoiy, Navoiy ko'chasi, 81-uy) 🗣 Til: o'zbek tilida 💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
14 sep, 02:57
15 sep, ~10:21