cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Mehnat huquqi

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda; 🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin. 💻 Murojaatlar va reklama uchun: @MehnathuquqimurojaatBot @MuhammadaminKarimjonov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
24 692
Suscriptores
+2324 horas
+1027 días
+26030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Davlat granti asosida o’qiganlar uchun 3️⃣yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi… 2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko’ra (https://lex.uz/docs/-755838), barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida 3️⃣ yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi. Mana shu tartib bekor qilinar ekan. Qo’llab-quvvatlaymiz👍 💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mostrar todo...

👍 40🔥 5👏 3😁 1😨 1
#savolimbor Ассалому алейкум Мухаммадамин ака безовта қилганим учун минг бор ўзр. Саволим бор эди бизни корханамиз хусусий ишлаб чиқариш корхонаси, бизда ходимлар меҳнат таътилига чиқарилмас экан шу туғрими. Вақти келиб текширилганда кадрга гап тегмайдими https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤 Gap tegishi u yoqda tursin, otning kallasidek jarima bor)) ⚠️ Mehnat kodeksi talablari mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. Ya’ni sodda qilib aytganda, davlat tashkilotimi, xususiy tashkilotmi mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilishi shart. ✅ MK 216-moddasiga ko’ra, barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. ✅ MK 217-moddasiga ko’ra, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 2️⃣1️⃣ kalendar kunni tashkil etadi. ❗️Demak, xususiy tashkilot ham o’z xodimlariga xodimni ish yili tugaguniga qadar kamida 21 kalendar kun har yilgi mehnat ta’tili berishi shart ekan. Aks holda, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bazaviy hisoblash miqdorining 5️⃣ baravaridan 1️⃣0️⃣ baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining 1️⃣0️⃣ baravaridan 1️⃣5️⃣ baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mostrar todo...
Mehnat huquqi

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda; 🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin. 💻 Murojaatlar va reklama uchun: @MehnathuquqimurojaatBot @MuhammadaminKarimjonov

👍 5😨 2😁 1
#Кўмакчи_эксперт Иш берувчи молиявий ҳолатига кўра иш ҳақини кечиктириши мумкинми? Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди. Расмий саҳифаларимиз Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Mostrar todo...
👍 4🔥 2
#test Bugun barcha xodimlar kamida 1 soat erta ketadilar.MK 187-moddasiga ko'ra,ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.Mana shu 1 soat uchun haq to'lanadimi?Anonymous voting
  • Yo'q, haq to'lanmaydi.
  • Ha, haq to'lanadi.
0 votes
👍 24🥰 2🤔 1
#test Xodimga ish davrida 12 yoshga to‘lmagan 2 nafar farzandi borligi uchun beriladigan 4 kalendar kun ta'til uchun pulli kompensatsiya to'lash mumkinmi?Anonymous voting
  • ha, xodimning xohishiga ko'ra mumkin.
  • ha, ish beruvchining xohishiga ko'ra mumkin.
  • ha, taraflar kelishuviga ko'ra mumkin.
  • yo'q, mumkin emas.
0 votes
👍 20
#tdyu Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida 15-may “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida universitet xodimlari va ularning oila a’zolari uchun quyidagi loyihalar o‘tkazildi: — 09:30 — “Oilaviy quvnoq startlar” musobaqasi; — 10:30 — “Oilaviy darts” musobaqasi; — 11:00 — “Oilaviy zakovat” intellektual o‘yini. Tadbirni yuqori saviyada tashkilashtirgan universitet Ma'naviyat va marifat markazi, Kasaba uyushmasiga alohida rahmat. Kiroyi Kasabang boʻlsa, shundoq boʻlsin. #zakovatdakuch Aytgancha asosiy gap esdan chiqibdiku😊 “Oilaviy zakovat” intellektual o‘yinida Karimjonovlar oilasi 1-o'rinni oldi🏆
Mostrar todo...
👍 36🔥 14👏 9🥰 2 1😎 1
#lifehack Moddiy yordam haqida imkon qadar soddaroq va batafsilroq tushuntirishga harakat qildik. Xodim va ish beruvchilarga yuborib qo'yamiz)) Hurmatli supererinchoqlar, yana bir bor eslatib o'tamiz: audioni 2x qilib eshitsanglar, 15 daqiqalik audioni 7.5 daqiqada eshitib bo'lasizlar😊
Mostrar todo...
😁 29👍 15🔥 5🤔 3🥰 2👏 2
👍 15👏 15
Ish beruvchi xodimga moddiy yordam berishga majburmi? #savolimbor Ассалому алайкум. Интернетда бир видео кургандим. Унга кура ходим куйидаги холатларда моддий ёрдам олиши мумкин экан. 1. Ходимни оила қуриши 2. Ходимни ёки унинг оила азоларини бетоп бўлаиши 3. Ходимни оиласида фарзанд туғилиши 4. Ходимни нафақага чиқиши 5. Ходимни яқин қариндошларидан бирини вафоти Шу фикрлар тугрими? Asos: MK 6, 12, 13, 67, 246 - moddalari. 2019-yildagi VMQ-823, 2023-yildagi 3416 qaror va boshqa hujjatlar. https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Mostrar todo...
Mehnat huquqi

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda; 🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin. 💻 Murojaatlar va reklama uchun: @MehnathuquqimurojaatBot @MuhammadaminKarimjonov

👍 15
#savolimbor? Assalomu alaykum, Ustoz. 9-may payshanba kuniga to’g’ri kelarkan. May oyida ham qo’shimcha dam olish kunlari belgilanganmi? https://t.me/mehnathuquqi javobi ❌ May oyida qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 5-bandiga ko’ra (https://lex.uz/ru/docs/-5283956) Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3️⃣ kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi. MK 208-moddasiga ko’ra, 9-may — Xotira va qadrlash kuni ishlanmaydigan bayram kuni. Shunda, 9-may — payshanba ishlanmaydigan bayram kuni, 10-may —juma esa barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) ish kuni bo’ladi. ❗️Iyun oyida ya’ni Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)da qo’shimcha dam olish kuni bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra (https://lex.uz/docs/-6704048), barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024-yil 18-iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunda, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3️⃣ kun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4️⃣ kun ketma-ket dam olishadi. Ya’ni⬇️: 15-iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni. 16-iyun — yakshanba, barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni. ⚠️Diqqat! Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman eʼlon qilinadi. ⚠️ Agar Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham, 17-iyun — dushanba dam olish kuni bo’ladi. Chunki agar Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, MK 208-moddasiga ko’ra dam olish kuni mos ravishda 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi. Ya’ni Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham 17-iyun — barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi. 18-iyunseshanba, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni. ✈️ 🚆Hozirdan biletlarni bron qilib qo’yaveringlar)) 💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mostrar todo...
Mehnat huquqi

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda; 🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin. 💻 Murojaatlar va reklama uchun: @MehnathuquqimurojaatBot @MuhammadaminKarimjonov

👍 20👏 2😁 1