cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

O'zDSMI Fmfiliali rasmiy kanali

O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 284
Suscriptores
+624 horas
-37 días
+8830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

03:36
Video unavailableShow in Telegram
#magistr_ijodi 🏛  O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali "Folklor va etnografiya" yo'nalishi magistranti Guliruxsor Joʻrayevani "Bo'zatov Fest"- 2024 Respublika tanlovidagi ijrosi.
Mostrar todo...
60.27 MB
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi ⚡️ Bugun, 22-iyun kuni poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida mamlakatimizda o'tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashdi. ✅ Uchrashuvda, vazirlikning boshqarma va bo'lim boshliqlari, vazirlik tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlar hamda ta'lim muassasalarning talabari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. ✅ Unda yoshlarning sohaga oid bir qator takliflari va mulohazalari tinglanib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar o'zlarining takliflari va tashabbuslari bilan ham faol ishtirok etishdi. ✅ Shuningdek, ushbu uchrashuv davomida Madaniyat vazirligiga biriktirilgan yoshlarga texnika buyumlari va kerakli jihozlar vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan sovg'a qilindi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#Maqom_2024 ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san'ati anjumani” o‘tkaziladi. ✅ O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. ✅ Xalqaro hay'at tomonidan ko'rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo'yicha baholanadi. ✅ Yurtimizda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san'atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo'lib o'tadi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_6405.MP419.73 MB
01:09
Video unavailableShow in Telegram
Sequence 02.mp420.87 MB
03:17
Video unavailableShow in Telegram
#dublyaj_sanʻati 🎤 O'zbek dublyaj san'atining afsonalari turkumidan: 🎬 Rimma Ahmedova ovoz bergan filmlar! ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
video_2024-06-22_14-47-07.mp414.07 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 ❗️ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA !!! 🏛  O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filialida 2024/2025-o'quv yili qabuli uchun Call center tashkil etilgan. 🔘 Abituriyentlar va ularning ota-onalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga tezkorlik bilan javob olishlari uchun quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkin. Call center telefon raqamlari: ☎️ (73) 543-50-11 ☎️ (73) 543-44-29 ☎️ (73) 543-46-30 Call center ish vaqti: 09.00 - 17.00 Tushlik vaqti: 12.30 - 13.30 Yakshanba dam olish kuni. 🔰  O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali web-sayti: 🌎 http://www.dsmi-qf.uz 📲 Telegram kanali: t.me/qabulfilial
Mostrar todo...
🏛 Bugun Qo'qon shahar 6-Bolalar musiqa va san'at maktabi konsert zalida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali "Folklor va etnografiya" ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishini himoya qildilar. 🔷 Mazkur jarayonda Farg‘ona davlat universiteti "Vokal va cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi professori Sultonali Mannopov, Qo'qon davlat pedagogika instituti "Musiqa ta'limi" kafedrasi dotsenti Dilmurodjon Nosirov, O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xursanoy Umarova, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Mirmuxsin Gapurov hamda "Teatr san'ati" kafedrasi professori Shamsiddin Usmonov, "Sahna nutqi va san'atshunoslik" kafedrasi dotsenti Gulsanem Tursunovalar ishtirok etishdi. 🔷 Kurs rahbari: "Xalq ijodiyoti" kafedrasi dotsenti G'ofirjon Yunusov.
Mostrar todo...
Repost from OʻzDSMI | RASMIY
🏢OʻzDSMI rektori oliygohning Farg‘ona filialiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida bitiruv malakaviy imtihonlarda ishtirok etdi ➡️Qo‘qon shahar 6-bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishini himoya qildi. ➡️Shuningdek, Qo‘qon musiqali drama teatrida filialning musiqali teatr aktyorligi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishini himoya qildi. Bitiruvchilar shoir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub "Maysaraning ishi" asari asosida tayyorlagan musiqali komediyasini sahnalashtirdi. ➡️Jarayonlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, oliygohning Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Mirmuhsin G‘ofurov, shuningdek, filialning professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston xalq artistlari Shafoat Rahmatullayeva, Yorqinoy Hotamova, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Karim Yuldashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Oysha Jo‘rayeva, Xursanoy Umarova, musiqa va san’at maktabi direktori Burxonjon Usmonov va boshqalar ishtirok etdi. ➡️Imtihonlardan so‘ng filial rahbariyati va yetakchi professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#100savolga_100javob 20-savol: Roʻyxatdan oʻtishda yoʻnalishlar chiqmayapti. Aytishlaricha, bu yil hujjat qabuli boshqacha shaklda boʻlar ekan. Bu haqda batafsil maʼlumot berolasizmi? ➡️ Javob bilan matnli shaklda tanishing
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
tg 1.1.mp41.93 MB
2024 йил 26 сентябрь куни Лондондаги Британия музейида “Ипак йўллари” кўргазмаси ўз ишини бошлайди. Ўзбекистоннинг музей коллекцияларига мансуб 14 та экспонат Буюк Британиянинг бош музейида намойиш этилади. Қулочи бўйича кенг қамровли ва жўғрофий миқёси бўйича улкан бўлган “Ипак йўллари” кўргазмасида кишилар, буюмлар ва ғояларнинг муттасил ҳижрати маданият ва тарихни шакллантиришга қай йўсинда туртки бергани кашф этилади. Лойиҳа мазкур ҳар бир омил солномасидаги ҳал қилувчи – милодий 500–1000 йиллардаги даврни қамраб олади. Аксарият ашёлар, шу жумладан, шатранж доналарининг энг кўҳна тўпламларидан бири ва Афросиёбдаги ҳашаматли 6 метрлик “Элчилар хонаси” деворий сурати Лондонда илк бор намойиш этилади. Ўзбекистон Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси “Ипак йўли” кўргазмаси учун “Самарқанд” давлат музей-қўриқхонаси ҳамда Ўзбекистон давлат санъат музейида сақланаётган 14 та экспонатни тақдим этади. Улар орасида Марказий Осиёнинг Буюк Ипак йўли тарихидаги аҳамиятига далолат бўлувчи Варахша саройи алвон меҳмонхонасининг деворий сурати, қопқоқли суякдон, сўғд ёзуви туширилган кумуш идиш, Кофирқалъа харобасига оид кўза ва бошқа ноёб археологик топилмалар мавжуд. “Ипак йўллари” кўргазмаси 2024 йил 26 сентябрдан 2025 йилнинг 23 февралига қадар Британия музейидаги “Sainsbury” кўргазмалар галереясида намойиш этилади. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.