es
Feedback
TASKIN - Psixologik markazi

TASKIN - Psixologik markazi

Ir al canal en Telegram

Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢

Mostrar más
2 476
Suscriptores
Sin datos24 horas
-87 días
-3530 días
Archivo de publicaciones
sticker.webp0.38 KB

Shunaqa manzarada bugun sizlar uchun yangi videolar oldik😍❄️ Tez orada chiqadi videolar… ▶️ @motiv_uz

Shunaqa qorda birga yurishni hohlagan insonizga yuboring ❤️

Videoni ko’rib hamma savollarga javob bera oldim deb shoshilmang! Tasavvur qiling, kerak bo’lgan paytda biladigan narsangizni eslolmayapsiz. Vay bilardim, “tilimni uchida turibti” deysiz. Lekin shuni ayta olmay qiynalib ketasiz. Qabrda ham gunoxlaringiz ko’p bo’lsa, bu savollarga javobni qancha yodlamang, tilingiz aylanmay qoladi. Alloh saqlasin! Shunchaki eslatgim keldi..

Ko’zlaringizni yumib eshiting! Ichingizdan nimalar o’tti? Shunga tayyormisiz? ▶️ @motiv_uz

Gunoxlarimizdan xid kelganda nima bo’lardi? Har bir gunoxingizni darajasiga yarasha qo’lansa xid kelganda nima qilardingiz? ▶️ @motiv_uz

Xiyonat nima? Shu savolni bir necha kun oldin qoldirgan edim. Juda ko’p fikrlar kelibti. Keling endi shu savolga chuqurroq to’xtalsak! #admindan_satrlar Xiyonat aslida nima? Nima uchun uni azobi qalbimizni tilka pora qilib yuboradi? Xiyonat har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin… - Bir insonni boshqa insonga bo’lgan xiyonati; - Omonatga xiyonat; (Moddiy buyum omonati, so’z omonati, qalb omonati, jon omonati) - Vatanga xiyonat; - Oilaga xiyonat; - Do’stga xiyonat; - Sevgan yoriga xiyonat; - Allohga xiyonat; - Va hattoki inson o’ziga ham xiyonat qilishi mumkin! Qaysi turi bo’lmasin xiyonat baribir alamli va azoblidir. Xo’sh nega bizga xiyonat qilishsa bunchalik azoblanamiz? Chunki, u xiyonatni ortida qanchalik ishonch turganini faqat o’zimiz bilamiz. Xiyonat birinchi ishonchni sindiradi. Keyin esa qadrimizga achinishni boshlaymiz. Bizga shuni ravo ko’rishganiga, bizni shunaqa “narxlashganiga” kuyamiz. Sevgan yorini xiyonatini har kim turlicha qabul qiladi. Kim uchundir yori boshqa inson bilan jiddiy munosabatlarga kirishishini xiyonat deb hisoblasa, kimdir uchun ko’z qarashni o’zi xiyonatdir. Kimdur esa bu holatlarga umuman e’tiborsiz. Aslidachi? Xiyonat qayerdan boshlanadi? Asl xiyonat qalbdan boshlanadi. Xa xa qalbdan! U so’zlardan, nigohlardan, munosabatlardan emas aynan qalbdan. Siz hech kim bilan munosabatga kirishmassiz, nigohlaringizni tiyarsiz, lekin, yoningizdagi juftingizdan qoniqmasdan qalbingizdan boshqa insonga talpinayapsizmi? Demak siz xiyonat qilayapsiz! Siz yolg’onchisiz! O’zingizni, juftingizni aldab yashayapsiz! Xiyonat faqat «постель» bilan o’lchanmaydi. U faqat oxirgi nuqtasi halos. Boshlanishi demak qalbdan boshlanarkan… Deyarli har birimiz umrimiz davomida xiyonatni mazasini totib ko’rganmiz. Kimdir yoridan, kimdir do’stidan, kimdir yaqin insonidan. Va hammada xiyonat haqida turlicha fikrlar bor. Boshqalarni xiyonatda oson ayblaymiz. Keling strelkani o’zimizga ham burib ko’raylik. O’zingizchi? Siz xiyonat qilmaganmisiz? Balki siz kimnidir xiyonatda ayblagandek, kimdirlar sizni ham xiyonatda ayblar siz buni bilmassiz? O’zi nima uchun bizga xiyonat qilishadi? Chunki biz ham xiyonat qilganmiz. Va haligacha qilib kelayapmiz. Buni bilmaymiz halos! Aslida xiyonatni biz boshlaymiz. Boshqalar esa bizga buni aks ettirishadi halos. Ular bizga “belgi” berishadi. O’zligingni yo’qotding, kimligingni unutding, muxabbating kimga ekanligini adashtirib qo’yding degan bir belgi halos. Xiyonatni eng yomoni va asl xiyonat bu - Allohga bo’lgan xiyonatdir. Allohga xiyonat qildimi, u banda demak hammaga xiyonat qila oladi. Tilimizda Alloh, dilimizda dunyoni g’am tashvishlari. Aslida bu xiyonat emasmi? Allohga bo’lgan muxabbat haqida soatlab gapirib, bir ojiz bandasi haqida oylab o’ylab yuramiz? Bu xiyonat emasmi? Xursandchilik, baxtli kunlarda shukr qilib emas, faqat ishimiz tushganda, muxtoj bo’lganimizda Allohga yuzlanamiz aslida bu xiyonat emasmi? Ba’zan Allohdan gunoxkor bir bandasini ustun qo’yib qo’yamiz. U tufayli namozlarimiz qazo, ibodatlarimiz sust, qalbimizda xu’shu yo’qolgan, namozda dunyoni g’amini qilamiz, bu xiyonat emasmi? Farzandlarimizga avvalo Allohni tanitishni, Allohdan qo’rqish, unga muxabbat qo’yishni o’rgatishni o’rniga, Endi aytingchi siz xiyonat qilganmisiz? ▶️ @motiv_uz

Kasbimizni mas’uliyatidan biri, har bir ishonchni oqlay olish!☝🏻 “Ixlos qilsang halos bo’lasan” ▶️ @motiv_uz

Йиғлатди 😢 #AyolAvvaloInson

Aziz do’stlar, shu kabi podkastlar kanalimizda davom etsinmi? Turli mavzularni yoritib, yo’l-yo’lakay shunaqa audio formatda joylab boraymi? Ba’zilar yo’lda ishga, o’qishga ketayotgan yoki qaytayotgan paytida eshitib ketishga qulay bo’ladi deb o’yladim)) Fikrlaringizni kutib qolaman👇🏻👇🏻👇🏻

“Qaror qabul qila olmaslik, boshqalarni fikriga qaramlikning Bolalikdagi travmaga aloqasi…” Davomi bor.. ▶️ @motiv_uz

“Dilida borning ginasi, tilida bo’lar ignasi” Kun iqtibosi☝🏻 ▶️ @motiv_uz
“Dilida borning ginasi, tilida bo’lar ignasi” Kun iqtibosi☝🏻 ▶️ @motiv_uz

Вот почему сейчас в Ташкенте многие студенты опаздывают на пары😅 Подпишитесь и следите за актуальными новостями на нашем канале👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEEdc-qam7052mnXKA

4.74 KB

4.08 KB