es
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Ir al canal en Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Mostrar más
735
Suscriptores
Sin datos24 horas
+37 días
-130 días
Archivo de publicaciones
📣 Hiring alert (June 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Middle Backend Engineer (Python) - Senior Engineering Manager - Director of Engineering Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.

+2
Dream Machine modeliga foto yuborilganda fotoni “jonlantiradi” (xuddi Garri Potter filmlaridek). 1. Amir Temurning mashhur rasmini kichikroq prompt bilan berganda aylantirib video qilyapti (Amir Temur xuddi “yo, what’s up?” degandek). 2. XX-asr boshidagi shashlikchilarning fotosi berilganda jarayonni ko’rsatishga harakat qilyapti. 3. Amir Olimxonning fotosini sal jonlantiryapti. Keyinroq yana model bilan o’ynab ko’rib, boshqa videolarni ham qo’yaman.

+1
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin. Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada relistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :) Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi: https://lumalabs.ai/dream-machine Antiqa davrda yashayapmiz.

Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com
Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com/en-us/edge/copilot-for-social?form=MY02F9 Sal sekinroq ishlayapti va foto/audio qabul qilmayapti hozircha. Lekin butun ekotizimi Telegram’da bo’lgan odamlar uchun juda foydali. Botga to’g’ri havola: @CopilotOfficialBot [manba]

Unsplash’ga birinchi fotoni 2021-yil 26-mayda qo’ygan ekanman: Alisher Navoiy haykalidan Xalqlar Do’stligi saroyi tomonga qar
Unsplash’ga birinchi fotoni 2021-yil 26-mayda qo’ygan ekanman: Alisher Navoiy haykalidan Xalqlar Do’stligi saroyi tomonga qarab olingan. Keyinroq O’zbekiston va dunyoning turli joylarida olingan fotolarni yuklashni boshladim, lekin haligacha minglab qayta ishlanmagan fotolar “yotibdi.” Quyida 3 yillik statistika: - Fotolarim ja’mi 1,5 million marta ko’rilgan. Eng ko’p ko’rilgan joylar: Unsplash, Figma, PicsArt, BuzzFeed, Trello. - 30 mingga yaqin marta yuklangan (yoki foydalanilgan). Unsplash, Notion, Figma, Wix, Trello ilovalari topda. - Eng ko’p ko’rilgan - Zomindagi Ma’rifat masjidi minorasi. 270 ming marta ko’rilgan. - Eng ko’p yuklangani esa Adiblar xiyobonida Oliy Majlis gumbazi bilan olingan foto. 6 ming martadan ortiq yuklangan. - “tashkent”, “uzbekistan” kabi qidiruvlarda fotolarim yuqori natijalarda chiqishni boshlagan. Unsplash’ning eng yaxshi tomoni - litsenziyasi. U yuklangan fotolardan bepul foydalanishga imkoniyat beradi. Boshqa kataloglarda professional fotograflar tomonidan olingan fotolar $100-600 atrofida baholanadi. Bepul litsenziya turli uskunalar va ilovalar fotolardan bemalol foydalanish imkoniyatini ham beradi. So’nggi paytlarda fotolarni alohida kolleksiyalarga qo’shishni boshladim: https://unsplash.com/@far5n10v/collections Kameraga bog’liq eng yorqin voqea Dubayda yuz berdi. Kamera bilan yurganimda turli odamlar oddiyroq Android telefonda foto olayotganini ko’rib yordam bergim keldi. Yaxshi foto olib, biroz qayta ishlab, keyinroq yuborganimda ularning xursandchiligini qisman his qildim: har safar to’xtamasdan 5-10 marta “thank you, bro!” oldim va bitta yangi kelgan hind bola ish ham so’radi 😄 Yuqoridagi foto esa Filippin poytaxti Manilada olingan. Chapda - marshrutka, o’ngda - taksi. Filippin men sayohat qilgan 22-davlat bo’ldi.

Apple mahsulotlaridagi detallarga juda qattiq e’tibor berishi ko’pchilikka ma’lum. Lekin bunisi batamom yangi darajaga chiqish! Yaqinda Apple yangi iPad va Pencil taqdim qildi. Ko’p tomondan yaxshilangan qurilmalar. Endi planshet Pencil Pro qalamining aylanishini ham hisobga oladi (ekranga yaqinligini avval ham aniqlardi). Qalam ekranga yaqinlashganda, aylanganda va burilganda tizim planshet ekranida juda tabiiy soya chizyapti. Tanlangan uskunaga qarab soya o’zgaradi ham! Buning uchun tizimga kamida 10 ta uch o’lchovli qalam modeli qo’shilgan 🤯 [manba] Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda qattiq hurmat qilaman 💛

Ingliz tilida sonlar Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya. Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi: - K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi. - Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand. - Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred. - Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street. - 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five. - Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.” Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.

2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Bi
+9
2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik. Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim: 1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin. 2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin. 3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan. 4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan. 5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola. 6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun). 7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud. 8. Sinfda turli o’yinlar bor. Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor. Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli. @farhodjon #usa

Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto
+5
Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto muallifi - Sergey Prokudin Gorskiy. Avvallari shu fotoning tarixi haqida bilmasdim. Lekin yaqinda Sergey Prokudin Gorskiy va uning boshqa fotolar orqali Rossiya Imperiyasi paytidagi shaharlar va hayotni qisman ko’rish mumkin. Bu fotolar Gorskiyning 1909-1915-yillarda Rossiya imperiyasining turli hududlariga sayohati davomida olingan. Fotograf qizil-ko’k-yashil filtr orqali rangli fotolar olgan va ular haligacha sifatini yo’qotmagan. Oktabr revolyutsiyasidan keyin Gorskiy, asosan, Yevropada faoliyat yuritgan. Uning to’liq kolleksiyasi esa avlodlari tomonidan AQSh kongressi kutubxonasiga sotilgan. Kutubxona saytida hamma fotolarni ko’rish mumkin: https://www.loc.gov/search/?fa=partof:lot+10338&sp=1 Fotolarga e’tibor berilsa: - Tarixiy obidalarning ahvoli juda chatoq bo’lgan - Dengizga yaqin shaharlardan farq juda katta: masalan, Suxumi bilan Samarqand/Buxoroni solishtirish qiyin - Erkaklarning kiyimlari juda rang-barang. @farhodjon

+1
Suno o’zbek tilini yaxshi tushunmaydi va juda sezilarli aksent bilan kuylayapti. Lekin keng tarqalgan tillarni juda yaxshi tushunadi. Yalla guruhining “Uchquduq” qo’shig’i menga juda yoqadi. Va rus tilida aytilgani uni Suno’ga juda yaxshi nomzod qiladi. Birinchi video shu qo’shiq 1920-yillardagi Amerika jaz usulida “ayttirdim.” Ikkinchi videoda esa shu qo’shiq 1980-yillarning Bollivud stilida aytilgan. Ikkala qo’shiq ham xuddi originaldek: biror odamga qo’yib berilsa “cover” sifatida kuylanganligiga ishonadi! @farhodjon #ai

Mustaqillik bayramlarida O’zbekiston madhiga juda ko’p qo’shiqlar kuylanadi. Bunaqa qo’shiqlarning matnini ChatGPT yoki o’xshash uskunalar orqali generatsiya qilish qiyin emas. Qo’shiq qilish uchun esa suno.ai yordam beradi. Matn va qo’shiqning usuli berilganda o’zi ovoz tanlaydi, musiqa bastalaydi va birlashtirib tayyor qo’shiq sifatida chiqaradi. Sizlarga bayramlarda bemalol ijro etsa bo’ladigan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan “Musaffo osmon” qo’shig’ini taqdim qilaman! 😅 @farhodjon #ai

Startap olamida “ramen profitable” degan termin mavjud - yangi startapning daromadi asoschilarning yashash uchun yetarli chiq
Startap olamida “ramen profitable” degan termin mavjud - yangi startapning daromadi asoschilarning yashash uchun yetarli chiqimlarini qoplaydi xolos. Bizning til bilan aytganda: rolltonga yetarli foyda beradi. Bu haqida Pol Grem (Y Combinator asoschisi) blogida juda yaxshi yozgan. Yuqoridagi foto Suhail Doshiga tegishli - Mixpanel asoschisi. 2009-yilda kompaniya inkubatordan o’tayotgan vaqtda yashagan xonasi. Twitter/X’da hozirda mashhur boshqa kompaniya asoschilarining (Box, Zapier, xonalarini ko’rish mumkin: https://twitter.com/Suhail/status/1754286822837162419 “Xona” deyishimning sababi bor: San-Fransiskoda ijara juda qimmat va startap asoschilari, asosan, pulni tejash uchun bitta xonani ijaraga olishadi.

Sun’iy intellekt demokratlashuvi Har qanday texnologiya yoki bilimning demokratlashish jarayoni bor - texnologiya yoki bilimdan ko’proq odamlar qulayroq ko’rinishda foydalanishni boshlaydi. Boshida cheklovlar ko’proq odam ishlatishi jarayonida yo’q bo’lib boradi. Oxirgi 30 yil ichida bir nechta texnologiyalar shu jarayondan o’tgan; XIX asrdan boshlab esa juda ko’p. Boshlanishida faqat harbiylar, keyinroq olimlar tomonidan ishlatilgan internetdan hozir butun odamzod foydalanadi. iPhone orqali boshlangan smartfonlar revolyutsiyasi hisoblash tizimlarini deyarli hammaga ochib berdi. Bunaqa misollarni ko’p keltirish mumkin. Har bir texnologiya demokratlashganda odamlar shug’ullanadigan kasblarda bir necha siljishlar bo’ladi. Mashina ommalashgani ot aravalarni yo’qotgan, printer paydo bo’lishi hattotlarni, internet ommaviylashishi internet-klublarini, robotlar zavod-fabrikadagi ko’p ishchilarni almashtiragan va hokazo. Lekin shu paytgacha, almashinuv odam qo’li bilan qiladigan ishlarni almashtirgan. Ya’ni, qo’l bilan qilinadigan ish avtomatlashgan. Sun’iy intellekt esa, nomidan kelib chiqib, fikrlab qilinadigan ishlarni avtomatlashtirish yoki demotratlashtirish qobiliyatiga ega. Dizayndan tortib rassomlargacha, dasturlashdan tortib direktor yordamchilarigacha. Bundoq o’ylab qarasa, COVID’dan keyingi masofadan qilinadigan har qanday ishni kelajakda sun’iy intellektga topshirsa bo’ladi (agar sun’iy to’xtatilmasa, albatta). Demokratlashishning yaxshi tomoni - har bir insonning mahsuldorligi har qanday sohada oshadi. Bilim ham demokratlashadi. Avvallari biror sohaga yillab vaqt sarflagan odamlargagina tegishli bilim yoki tajribadan sun’iy intellekt orqali juda ko’p odamlar foydalanishi mumkin. Hozir Midjourney, Devin, ChatGPT kabi mahsulotlar shu imkoniyatni ochadi: endi men ba’zi ishlarim uchun mutaxassis yollashim shartmas - sun’iy intellektga to’g’ri buyruq berish yetarli. Bu jarayon faqat axborot texnologiyalari sohasidamas, boshqa sohalarni ham qamrab olishiga ishonaman. Afrikada sifatli tibbiyotga imkoniyati yo’q odamlarning smartfonidagi intellekt 90% kasalliklarga qanday chora ko’rishni maslahat berishi - juda katta muvaffaqiyat. Yoki sun’iy intellekt bizga kosmosni o’zlashtirishimizda yordam berishi mumkin. Menimcha, sun’iy intellekt almashtirib bo’ladigan odamlarni albatta almashtiradi. Yomon mutaxassisga solishtirganda sun’iy intellekt kamida berilgan topshiriqni bajaradi va shuning o’zi juda katta yutuq. Va bu faqat axborot texnologiyalari sohasi bilan cheklanmaydi (robotlarni hisobga olsa). Bundan tashqari, sun’iy intellektga uskuna sifatida qarash mumkin. Hozir hamma dasturchilar Git ishlatayotganidek, 2-3 yilda hamma mutaxassislar uni ishlatishni boshlaydi; hozir hech kimni Zoom/Google ishlatish hayron qoldirmaganidek. Muammoni yechish uchun to’g’ri qo’llaydiganlar yutadi. Keyinroq bir odam hozir 100 kishilik kompaniya qilayotgan qiymatni beradigan bo’ladi. Yaqinda NVIDIA kompaniyasi asoschisi Jensen Huang “bolalar kod yozishni o’rganishi shartmas, chunki, sun’iy intellekt kod yozishga hojat qoldirmaydi”, degan ma’noda fikrlarini bo’lishdi. Bundoq o’ylab qarasa - to’g’ri, kod yozish natijaga erishishdagi bir qadam va bunaqa qadamlar qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi. Shu borada Jon Karmakning bir fikrini keltirmoqchiman: “dasturlash” hech qachon qiymat/bahoning manbasi bo’lmagan; muammoni yechish - asosiy mahorat (“Coding” was never the source of value... Problem solving is the core skill). @farhodjon #ai

2009-yilda chiqarilgan Objectified hujjatli filimini 14-17-mart oralig’ida bepul ko’rish mumkin. Film bizning ishlab chiqarilgan (manufactured) obyektlar bilan murakkab munosabatimiz va shularni yaratgan dizaynerlar haqida. Joni Ayv, Tim Braun, Dieter Rams, Karim Rashid, IDEO studiyasi va boshqalar ishtirok etgan. https://www.ohyouprettythings.com/free Sanoat dizayni va umuman dizaynga qiziqadiganlar uchun juda yaxshi film. @farhodjon #design

Shu kunlarda yaxshigina shov-shuv bo’layotgan mahsulot - Devin - AI Software Engineer. Inson dasturchi ega bo’lgan hamma uskunalarni ishlatadigan sun’iy intellekt agenti: brauzer, kod, terminal, chati bor. Berilgan topshiriqqa o’zi reja tuzadi, internetni o’rganadi, kod yozadi, debug qiladi, xatolarini tuzatadi. Twitter’da Devin’ni ishlab chiqargan kompaniya turli sinovlarni bo’lishyapti: - notanish texnologiyalarni o’rgana oladi - blogdagi maqola berilganda o’zi o’rganib chiqib topshiriqni bajaryapti; - GitHub repodagi bug berilganda yechim topyapti; - o’zining AI modellarini o’rgatyapti; - Upwork’dagi haqiqiy topshiriqning ustida ishlayapti. Yuqoridagi videodagi Scott Wu o’zini “Human Software Engineer”, deb atayapti 😊 Shu borada ish olib borayotgan yana bir startap bor, lekin hali demo ko’rsatishmadi: https://magic.dev Ajoyib davrda yashayapmiz.

Yana bir qo’shimcha pozitsiya ochildi: - Data Scientist AQShda avtotransport sohasini rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyat, qiziq muammolarni birga yechamiz!

📣 Hiring alert Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Java) - Senior Frontend Engineer Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik! Agar taklif qilingan mutaxassis komandada qolsa - $1000 referral fee.

Turli savollar tug’ilganda yoki yangi bilim olish zarur holatlarda ChatGPT’ning ahamiyati juda katta. Avval bir qancha qadaml
Turli savollar tug’ilganda yoki yangi bilim olish zarur holatlarda ChatGPT’ning ahamiyati juda katta. Avval bir qancha qadamlar, reklamalar, tahlil orqali maqsadga erishilgan bo’lsa, endi xuddi muloqot tarzida butun internetdagi ma’lumot bilan suhbatlashish mumkin. Lekin ChatGPT’ning asosiy muammosi - model doim eskiroq ma’lumot asosida o’rgatilgan; hozir dunyoda nima bo’layotganini bilmaydi. Shu holatda Perplexity yaxshi yechim beradi. U qidiruv va ChatGPT’ning ma’lumot bilan suhbatlashish imkoniyatlarini birlashtiradi. perplexity.ai Masalan, “Tell me about OpenAI Sora” buyrug’i Perplexity va ChatGPT’ga berilganda batamom farqli javob olinadi. Perplexity Sora haqidagi qisqacha ma’lumot, aniqlashtiruvchi savollar, manbalar va hatto videoga ham havola qo’yadi (yuqoridagi skrinshot). ChatGPT esa xuddi shu buyruqqa “uzr, mening bilimim 2023 apreli bilan cheklangan, bu OpenAI’ning qanaqadir loyihasi bo’lsa kerak…” kabi javob beradi. Avval Google orqali qiladigan juda ko’p qidiruvlarimni Perplexity’ga o’tkazganman: maqsadga tezroq va kam qadamlar bilan erishishga yaxshi yordam beradi. Hozir Safari’da standart qidiruv tizimiga Perplexity’ni ko’rsatish uchun qo’shimcha ilovalar kerak. Lekin bu vaqtincha qiyinchilik. Arc brauzerida esa hozir ham Perplexity’ga o’tsa bo’ladi.

Beshta “nega?” / Five Whys 1948-1975-yillarda Toyota korporatsiyada yaratilgan Toyota Production System (Toyota ishlab chiqarish tizimi) dunyoga yaxshi amaliyotlarni bergan. Undan kelib chiqqan eng katta metodologiyalar Kanban va Lean deb hisoblasa bo’ladi, lekin bugun tizimning boshqa bir texnikasi haqida yozmoqchiman: beshta “nega?” - five whys. Bu usulning asosida 5 marta (yoki keraklicha) “nega?” savollar orqali muammoning ildizini topish yotadi. Ko’p holatda odamlar muammoning simptomlari - ko’rinib turgan natijasi bilan cheklanishi mumkin. Lekin ketma-ket “nega?” savollar orqali muammoni keltirib chiqargan asosiy sababni aniqlash va shu sababni bartaraf qilish katta muvaffaqiyat beradi. Bu usulni shaxsiy maqsadlar, g’oyalar yoki fikrlar uchun ham ishlatish mumkin. “Ichkariroq”dagi sabablarni topishga juda yaxshi yordam beradi va bir qancha keraksiz amaliyotlarning oldini oladi. Har doim aynan beshta “nega” bo’lishi shartmas, lekin ko’p holatlarda shu miqdor yetarli bo’ladi. Quyida misol. Muammo: Mobil ilova reliz qilindi, lekin foydalanuvchilarni ushlab qolish darajasi kutilganidan juda kam va bu foydalanuvchilar ilovani o’rnatgandan keyin ishlatishda davom etmayapti. Birinchi nega: Nega foydalanuvchilar ilovada qolish darajasi past? Javob: Foydalanuvchilar ilovani o’rnatgandan keyin 1-2 marta ishlatib o’chirib tashlashyapti. Ikkinchi nega: Nega foydalanuvchilar ilovani o’chirilyapti? Javob: Foydalanuvchilar aytishicha, ilovadan foydalanish juda qiyin. Uchinchi nega: Nega ilovadan foydalanish qiyin? Javob: Foydalanuvchi interfeysi intuitiv (yaqqol) emas va muhim imkoniyatlarini topish qiyin. To’rtinchi nega: Nega interfeys intuitiv emas va muhim funksiyalarni topish qiyin? Javob: Foydalanuvchi interfeysi taxminlar asosida qurilgan va bu taxminlar tasdiqlanmagan. Beshinchi nega: Nega interfeys tasdiqlanmagan va test qilinmagan taxminlar asosida qurilgan? Javob: Ishlab chiqarish jarayoni shoshilinch bo’lgani uchun interfeysdagi taxminlarni tasdiqlashga vaqt ajratilmagan. Muammoning ildizi: Ilova foydalanuvchini kutilganidek jalb qilmaganining sababi dizayn jarayonidagi taxminlarni tasdiqlash uchun yetarlicha vaqt ajratilmagani. Yechim: Ilovani dizayn qilish jarayoniga foydalanuvchi testlari va taxminlarni tasdiqlashni qo’shish; jarayonning avvalroq qismlarida foydalanuvchilarni jalb qilish; ilovaning muhim qismlarini redizayn qilish; foydalanuvchi kutayotgan yechimlar va dizaynni yaqinlashtirish ustida ishlash. Xullas, Umidjon Shermatov bu yerda juda to’g’ri savolni bergan (7 marta “nega?” deyishiga qaraganda unda Seven Whys). @farhodjon

Tell me about a time… Intervyu jarayonida odamlarning tajribasini bilish nisbatan oson: kod yozdirish yoki rezyume/portfoliosiga qarab bilimini taxminan aniqlasa bo’ladi. Lekin aniqlash nisbatan qiyin bo’lgan narsalardan biri - odam turli vaziyatlarda qanday qaror qabul qilishi. Buni savollar orqali bilishning usuli “Tell me about a time…” formatida savol berish. O’zbekchasiga: “…(bo’lgan vaqt) haqida aytib bersangiz.” Savol ko’proq aynan o’sha vaqt haqidamas, intervyudan o’tayotgan odamning o’sha holatdagi tajribasi va u qanaqa qarorlar chiqarganini aniqlashga yordam beradi. Misollar: - Tell me about a time when you proactively brought a best practice to the team (komandangizga eng yaxshi amaliyotlardan birini olib kelganingiz haqida aytib bersangiz) - Tell me about a time when you improved a customer experience significantly (foydalanuvchi tajribasini sezilarli ravishda yaxshilagan vaqtingiz haqida so’zlab bersangiz) - Tell me about a time when you had a conflict with team members on the things that you believe should be different (komanda a’zosi (-lari) bilan siz boshqacha bo’lishi lozim deb hisoblagan narsangiz ustida munozara haqida aytib bersangiz) - Tell me about a time when you made the biggest failure (eng katta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaqtingiz haqida aytib bersangiz) Har qanday intervyu ikki tomonlama intervyu bo’lishini hisobga olsak, ishga kirayotgan odam ham xuddi shu formatda kompaniya turli vaziyatlarda qanaqa qarorlar chiqarishini o’rgansa bo’ladi. @farhodjon #hiring