MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
Ir al canal en Telegram
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!! ⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba; 🎯 8 000+ natijalar; 🔗 Variantlar va uning yechimlari; ♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Mostrar más1 632
Suscriptores
+224 horas
+17 días
-4730 días
Archivo de publicaciones
🚩 Yoshligimizda svet o'chganda dadam (umrlari uzoq bo'lsi) shunday animatsiyalar ko'rsatar edilar, mana san'at asariga aylantirishibti azamatlar...
🚩 Yoshligimizda svet o'chganda dadam (umrlari uzoq bo'lsi) shunday animatsiyalar ko'rsatar edilar, mana san'at asariga aylantirishibti azamatlar...
Repost from YASIRA BOOKSHOP
#nazm
⭕️ SHE'R VAQTI :
Oshiqdurman senga janon, guvoh olam nigohboni
Manzilingni so'rsam aytdi, go'zalliklar gulistoni.
Sening darding shirin g'amdur, orom bermas bir lahza ham
Ayro qolsam, vayron bo'lg'ay, muhabbatim oshiyoni
Termulsa ko'z qamashgaydur, jamoling bir zarrasiga
Tur tog'i ham oti shamdur, lol qoldirar ul Musoni
Hush insonlar ichra tanho, hush zabon ham o'zindursan
Muttaqiylar aro bo'lsam, kaloming hush suhandoni
O'kinchim shu zor etmagil, yetay Shirin diydoriga
Menga jondan azizdursan husn mulkining sultoni
#inha
🚩 Yana bir limitga oid INHA QUESTION savollaridan biriga javob berishga harakat qildik.
📥 Fikrlaringiz va reaksiyalaringiz bizni yanada mehnat qilishga chorlaydi
♻️ @math_solver
Repost from Xushnudbek.uz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.
4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
❓56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132
👉 @xushnudbek 👈
♨️ “Oʻzbekcha yoz” deydigan odam yoʻqmi?
Ruscha matnda sof ruscha yozar ekan-u, oʻzbekchaga kelganda oʻzbekcha soʻz topilmay qolar ekanmi?
Demak: Ovoz berish bosqichiga 22-avgustdan start beriladi ❌ Ovoz berish bosqichi 22-avgustdan boshlanadi ✅
#masala
🎯 Rasmda berilganlardan foydalanib bo'yalgan soha to'plamini aniqlang📥 Fikrlaringizni commentda asoslang ! ♻️ @math_solver
Bu mavsuda Real Madridga Carvajalning o'zi yetarlimi deyman. Bugungi kundagi Real sxemasi
🔥 Minimalizm haqida bilasizmi?
Minimalizmni tushunarli tarzda aytadigan bo‘lsak, bu oddiylikdir. Ilmiy kitoblarda bu atamaga turlicha tar'if berishadi.
⚪️ Bir misol orqali ko‘rib keta qolamiz. San'atda minimalizm noyob va oddiy ko‘rinish yaratish uchun kam miqdordagi ranglar va bezaklardan foydalanishni anglatadi. Hozirgi kunda hech kimga bo‘rttirilgan holatdagi obyektlar yoqmaydi.
💡 Umumiy ma'noda, minimalizm - bu bizda mavjud bo‘lgan va foydalanadigan narsalarning sonini soddalashtirish va kamaytirish.
Minimalizmning afzalliklari:
1. Vaqt va pulni tejash.
Siz minimalist bo‘lsangiz kam miqdordagi ya'ni yetarli narsalarni sotib olasiz. Anchagina vaqtingiz ham tejaladi.
2. Hayotingiz sifati keskin oshishi. Minimalizm sizga hayotdagi muhim narsalarga, masalan, sog'liq, shaxsiy rivojlanish va oddiylikga e'tibor qaratishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda: Baxt oddiylikda📥 Xo'sh aytingchi, siz ham minimalistik sharoitda yashaysizmi yoki minimalizmning yana qanday uslublaridan xabardorsiz ?
#gmat
🎯 GMAT QUESTION: P aylanada ikkita vatar o'tkazilgan bo'lib o'zaro X nuqtada kesishadi, uzunliklari rasmda ko'rsatilgan. Agar a va b butun sonlar bo'lsa, qaysi a va b uzunliklarning yig'indisi bo'lishi mumkin emas?📥 Yechimlaringizni commentda asoslang! ♻️ @math_solver
Tupolik faqat bizga xos emas ekanu bollar. Hafa bo'lmasak ham bo'ladi....
🎯 Hullas 2 kun (Shanba va Yakshanba kunlari) mazza qilib dam olib keldik jamoamiz bilan.
Ham xordiq, ham To'y shodiyonasi bo'ldi. Ingliz tili ustozlarimizdan biri Mr. Boboyorni uylantirib qaytdik.
Endi navbat yana ishga.....
🚀 Barcha natijalarni Asosiy kanal - @promax_edu ga e'lon qilib boryapmiz, tanishlaringizni o'qishga kirgan-kirmaganini bilib olishingiz mumkin! 😎
🎉 Nurilloh Rahmatullayev 🚩 Iqtisodiyot OTM - Iformatsion texnologiyalar 📥 KontraktEng muhim maqsadlaringizni biling!
🎉 Shohjahon Jumaqulov 🚩 Iqtisodiyot OTM - Bank ishi 📥 To'lov kontraktEng muhim maqsadlaringizni biling!
🎉 Madina O'rinbiyeva 🚩 Iqtisodiyot OTM - Moliya 📥 To'lov KontraktEng muhim maqsadlaringizni biling !
🎉 Ruxshona Murodova 🚩 Junalistika OTM - Marketing 📥 To'lov kontrakEng muhim maqsadlaringizni biling!
Repost from PROMAX EDUCATION LC
#mandat
🎉 Ma'suda Mirsodiqova 🚩 Iqtisodiyot Universiteti 📥 To'lov kontraktEng muhim maqsadlaringizni biling!
Repost from PROMAX EDUCATION LC
🎉 Asadbek Qo'yliyev Diplomatika Universiteti To'lov kontraktEng muhim maqsadlaringizni biling !
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
