cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

She'r sehri

Ўзбек шеъриятининг кечаси ва бугуни бир ерда - ушбу каналда!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 288
Suscriptores
-324 horas
-27 días
-730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from OYINA.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Oyina.uz audio-chatlari davom etadi Oyina.uzning navbatdagi audio-chat mehmonini aniqlashni kuzatuvchilarga havola etgan edik. Soʻrovnoma natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim audio-chatimizning galdagi suhbatdoshi boʻladi. Audio-chat oʻzbek sheʼriyati, shoir shaxsiyati va uning bugungi kunda jamiyat hayotidagi oʻrni qanday boʻlishi kerakligi haqidagi mulohazalarga bagʻishlanadi. Audio-chat ertaga – 29-iyun, soat 21:00 da Oyina.uz telegram kanalida boshlanadi. Mavzu: “Shoirning jamiyatdagi missiyasi qanday?” Audio-chat mehmoni: Usmon Azim – Oʻzbekiston xalq shoiri. Moderator: Nargiza Odinayeva – Oyina.uz jurnalisti. ❗️Suhbatda fikrlaringiz, savollaringiz bilan faol qatnashing. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 ⚡️“Жадид“ газетаси ҳафталик «Ютуқли мутолаа» танловини эълон қилади.
Танловда газетанинг янги сонини тўлиқ мутолаа қилган барча ёшдаги газетхонлар иштирок этишлари мумкин.
📣Иштирок этишни истаганлар телеграм орқали @Jadidmedia_testbot манзилида рўйхатдан ўтиши керак бўлади. Газетанинг янги сони мақолаларидан тузилган 10 та тест саволи ҳафтанинг ҳар жума куни соат 21:00 да ботга жойланади. 10 дақиқа давомида энг кўп ва энг тез жавоб берган 4 нафар иштирокчи ғолиб деб топилади. Шунингдек, 3 нафар «Энг кўп реферал эгаси» (махсус постни улашган иштирокчи) ҳам тақдирланади. 🏆Танлов ғолиблари қуйидагича мукофотланади: · 1-ўрин: 300 000 (уч юз минг) сўм; · 2-ўрин: 200 000 (икки юз минг) сўм; · 3-ўрин (2 нафар): 100 000 (бир юз минг) сўмдан. 🔴Уч нафар «Энг кўп реферал эгаси» 100 000 (юз минг) сўмдан рағбатлантирилади. 💵 Ғолибларга пул мукофоти ҳафтанинг ҳар шанба куни тўлаб борилади. ⚠️ Эслатма! 2024 йил 28 июнь кунги танлов синов тариқасида ўтказилади. Кейинги ҳафтадан бошлаб ғолиблар Низом асосида рағбатлантириб борилади. ➡️@Jadidmedia_rasmiy⬅️
Mostrar todo...
👍 3
САРОЙ Қўриқласа арзир бу жойни итлар, Итдан-да жонсарак соқчилар керак. Мудом анқиб турар ғалати ҳидлар, Сал узоқ қарашга дов бермас юрак. Ҳаттоки қарға ҳам қурмайди ватан, Уни обод этар турфа солиқлар. Фаришта қочгандай наҳс босган ердан, Яқин йўламайди мўмин, солиҳлар. Пора олиб келса — кирар тўра ҳам, Юқтириб чиқар сўнг бундаги кирдан. Гар фуқаро кирса, қайтари мубҳам, Чиқса, жазо олиб чиқар бу ердан. Сепилар адоват, кин уруғлари, Хиёнат урчийди бу ерда фақат. Кўз бўяб кун кўрар эл улуғлари, Ҳаромнинг устида турар салтанат. Юпун халқ жимгина яшайди, ҳайҳот, Ёки ич-этини, ё бир-бирин ер. Асл душманидан кутар-да нажот, Ўзи киролмаган жойни қутлуғ дер. © Аъзам Ўктам
Mostrar todo...
❤‍🔥 1👍 1🔥 1
Boʻlganim shu... Meni yaxshi koʻrganlar koʻp, toʻgʻri, biroq, Jini suymay yurganlar ham undan koʻproq. Demak, yomon odamman deb kuyunmay ham, Juda yaxshi odamman deb suyunmay ham. Taroziga qoʻyilganda faqat amal, Yaxshiligim ogʻir kelsa boʻldi sal-pal... Agar erta tushmaganda boshga kallik, Daʼvo qilsam boʻlar edi mukammallik... Hay, mayli-da, yaxshimanmi yo yomonman, Men ham sizdek Haq yaratgan bir insonman. Abadiylik tilamayman bu fanodan, Xafamasman hakim Luqmon yo Sinodan. Tushgach umr kitobimga soʻnggi nuqta, Hammangizni tark etaman xuddi yoʻqday... Ha, shunaqa, Mendan sira hadik olmang... Gap – shu. Boring, Endi siz ham, Yoʻldan qolmang! © Bahodir Iso @sherSehri
Mostrar todo...
❤‍🔥 5👍 3 1🔥 1
*** Abduvali, ruhimni yarmi Tur oʻrningdan Urgut togʻlarini qoʻporib turgil Guldirab kelgil Hayqirib kelgil Uvvos tortib kel Doʻsting ishq janggohida bir oʻzi qoldi, Qoʻlida qilichi yarmisi singan. Yolgʻon-u xiyonat lashkari lak-lak, Doʻstingda mador yoʻq, koʻzlari tingan. Turibman boʻlinib ming bir boʻlakka, Ovozim yoʻqolgan, soyam yoʻqolgan. Faqat yuragimni sugʻurib oʻzim Bosh uzra koʻtardim, qoʻllarim tolgan. Sen bilan, muhabbat kelsaydi, devdik, Kishan-u zanjirin solsaydi, devdik, Makka-yu Madina eltsaydi, devdik, Qonimiz yoʻl uzra toʻksaydi, devdik. Mana bu Makka, mana Madina, Karvonim diloʻgʻri agʻyor qurshagan. Yetib bormasligim aniq endi, doʻst, Endi tushlarimga olov toʻshalgan... Abduvali, ruhimning yarmi Tur oʻrningdan Madadga kelgil Hasratga kelgil Yigʻlashga kelgil... © Aziz Said @sherSehri
Mostrar todo...
👎 3👍 2❤‍🔥 1
*** Men – yarmi fors yarmi – turkiyman… Boʻlgani shu. Boshqasin bilmam… Xoja Hofiz gʻazali bilan tili chiqqan bitta shoirman. Mening yirtiq yaqolarimni gʻazal bilan tikkan azizlar. Allaladi bobolarimni Hirot, Sheroz, Balx-u, Tabrizlar… Garchi maʼyus bu Musalloda peshonamning izlari yoʻqdir, lekin buzrukvor Buxoroda Musalloning shaʼni ulugʻdir. Naqshbandning chorigʻi bilan kezdim Tabriz koʻchalarini Avliyolar qoʻpdilar birdan boshda tutib qubbalarini… Farishtalar uchardi yengil nurga chulgʻab goʻyo bagʻringni. Avliyolar dedilar: “Bergil, ey musofir, choriqlaringni…” Oʻyladim Shayx rozidir balki boqdim Jayxun uzra shafaqqa… “Oling, Shams Tabriziy haqqi choriq emas jonim sadaqa...” © Asqar Mahkam @sherSehri
Mostrar todo...
👍 2❤‍🔥 1
Pahlavon Mahmud Sening hasratlaring uzun, Sheʼrlaring qisqa. Ne-ne gado koʻrding, ne sulton koʻrding. Nuh ming yil yashadi – Koʻrdi bir toʻfon. Sen Nuh boʻlmasang ham, ming toʻfon koʻrding. Birovdan taxt qoldi, Birovdan – daraxt. Sendan meros qolmish baytlar – tugʻyoning. ...Gar koʻylak tiksalar armonlaringdan, Egni but boʻlardi yupun dunyoning. © Sirojiddin Sayyid @sherSehri
Mostrar todo...
👍 10 1
Bir shoir haqida qoʻshiq Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Doimo oʻzining ustidan kulib. Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Har kun ming tugʻilib, har kun ming oʻlib. Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Katta, chiroyli va yorugʻ xonasi. Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Chakki tomar uyda yashar onasi. Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Tushlarida kezib qishloq, voha, qir. Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida, Onasi, qishlogʻi sevgilisi – sheʼr.   © Chori Avaz @sherSehri
Mostrar todo...
🔥 5👍 1
*** Mashinaning orqa oʻrindigʻida, Betartib xonaday xayolim uyqash. Oynaga qadalgan koʻzim yigʻida – Yurakni oʻrtaydi allaqanday rashk. Xudoga boryapman oʻzimni ortib, Buncha ham goʻzalsan, yam-yashil chiroq! Mening diqqatimni oʻziga tortib – Haydovchi koʻzgudan tashlaydi nigoh. O, shu payt... Kimlardir kuldi – kinoya! Qaradim... Yoʻllarni supurar farrosh. Qizil chiroqlarga qilmas rioya – Mening koʻzlarimdan oqayotgan yosh.   © Xosiyat Rustamova @sherSehri
Mostrar todo...
4👍 1
Dashtda Bu yerdan oh urib oʻtgan Goʻroʻgʻli, Bu yerdan ot surib oʻtgandir Namoz. Bu yerga qismatning uchta zoʻr oʻgʻli Piyoz ekyapmiz, piyoz. “Qargʻish tekkan yer bu!” degan Xudoyor, Faqat Oy tunlari chodirni tikkan. Faqat biz – uch ogʻa-ini har bahor Piyoz ekkanimiz ekkan. Tirikchilik. Oʻzingizga maʼlum bu yogʻi. Rizqi roʻz degani – titilgan toʻrva. Doʻkonda falon pul paxta yogʻi... Piyoz boʻlsa, qozonda shoʻrva. Bu yerni suv oʻgay singil sanaydi, Shabada yurmaydi – tiladi tikan. Men akamga, bolam qoʻlga qaraydi... Piyoz ekkanimiz ekkan. Bu yerdan ot surib oʻtmaydi Namoz...   © Iqbol Mirzo @sherSehri
Mostrar todo...
🔥 2👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.