cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

✍️ Guvoh

📌 Hayotimizda uchraydigan kundalik voqealar haqida chizgilar 📌Shaxsiy fikrlar... ➡️ Ta'lim, siyosat, dunyo ... 📬Aloqa: @GuvohBot

Mostrar más
Uzbekistán50 181El idioma no está especificadoNoticias y medios53 618
Publicaciones publicitarias
189
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Navbat penaltilar seriyasiga ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⏱ Markaziy Bank rasmiy kurslari o'zgardi. 05.02.2024 y. dan boshlab: 💵 USD = 12 448.01 +15.01 💶 EUR = 13 557.13 +131.98 👍 @Sarmoya
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
“Paxtakor”ning 18 yoshli futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev ijara huquqi asosida 6 oyga Angliya premyer ligasining “Brentford” jamoasiga o‘tibdi. ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi haydovchilik guvohnomasi bilan ichki reyslarda parvoz qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda "Uzbekistan Airports" kompaniyasining ma'lum qilishicha, tez orada aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yoʻlovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yoʻnalishdagi reyslarga roʻyxatdan oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy roʻyxati tasdiqlanishi kutilmoqda. ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
⚡️ Juda qiziq holat. "Sharq" "abgor holatda boʻlgani" uchun madaniy meros obyektlari roʻyxatidan chiqarilganmi yoki "sotish kerak boʻlgani, lekin qonun madaniy meros obyektlarini sotishga ruxsat bermagani" uchunmi? Madaniy meros agentligi "abgor holatda boʻlgani uchun" deydi, agentlik vakili esa "sotish kerak boʻlgani, lekin qonun ruxsat bermagani uchun" deydi. Har ikkala holat ham juda-juda xavfli pretsedent, nazarimda. Agar madaniy meros obyektlaridan ular "abgor holatda boʻlgani uchun" voz kechish mumkin boʻlsak, deylik, Samarqanddagi Afrosiyob yoki Ishratxona ham "abgor holatda". Ulardan ham voz kechamizmi? Yoki madaniy meros obyektlarini "sotish kerak boʻlgani, lekin qonun bunga ruxsat bermagani" uchun roʻyxatdan "chiqarib turish" mumkin boʻlsa, deylik, Registonni ham roʻyxatdan chiqarib turib, sotib, keyin roʻyxatga kiritish mumkinmi? A, labbay? Aytishingiz mumkin, "Registon qayerda-yu, "Sharq" qayerda, ikkovi har xil narsalar" deb. Aslo. Ikkovi ham madaniy meros obyekti edi. Ikkovi ham tariximizning - uzoqmi, yaqinmi - bir parchasi edi. Bittasiga qilingan munosabat ikkinchisiga ham qilinadi. Bu faqat vaqt masalasi, xolos. © Jalilov qaydlari ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
• Fohishaning qo‘lida iPhone 15. • Maktabda 20 yildan beri dars beradigan o‘qituvchi qo‘lida ekrani singan oddiy android. • O‘qituvchi tarbiya haqida post qo‘ysa yoki gapirib chiqsa, nari borsa, 15-20 ta odam ko‘radi. • Fohisha yarmi ochiq badani uchun millionlab “like” bosilgan. • Fohisha chiqib chiroyli gapirsa, “yurakcha”lar bosilgan. • O‘qituvchi darsda so‘kingan bolani urgani uchun hamma haqoratlab, koment yozgan. • Maktabdagi o‘qituvchilar aslida eng ko‘p maoshni olishlari kerak, vatan himoyachisi harbiylardan ko‘ra o‘qituvchilar bo‘lishi mumkinligi haqida hech o‘ylaganmisiz? Chunki ularning quroli mafkura va tarbiyadir. Bu har qanday quroldan kuchli va samarasi aniq vositaligi hech kimga sir emas... • UNUTMANG PREZIDENTLARNI, HOKIM VA OLIMLARNI, ODDIY CHO‘PONNI, SIZNI-BIZNI, QAYSIDIR MAKTABDA ODDIY O‘QITUVCHI O‘QITGAN!!! 👨‍💻 Ixtiyor Esonov ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Тошкентга такси қилишга келган дўстинг 😁 Сардорларга юборамиз 👇 ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
8.25 MB
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Билмасдан тўхтатиб қўйибди... Охиригача кўринг ) ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
oEvxKMAWvBQTQ2E1KiiZXY9HiAapBUIVEi9IY.mp44.34 MB
❗️ Realinvestuz degan (katta ehtimol bilan firibgarlar) guruh/kanal paydo bo'libdi. 4 kunda 2 barobar, 7 kunda esa 3 barobar daromad taklif etishmoqda. Bir nechta mashhurlarni videosini joylab, bizga pul kiritdi deb reklama qilishyapti. Ishonmaslikni tavsiya etaman! 👍 @Sarmoya
Mostrar todo...
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev: “Jurnalist haq boʻlsa, buni tan olishimiz kerak” Prezident 12-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston axborot makonida milliy kontent yaratish masalasiga toʻxtalib oʻtdi. “Odamlardagi yangilik, tahliliy maʼlumot, real voqealarga boʻlgan ehtiyojni biz qondirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Har qanday tanqidga javob berish kerak. Jurnalist haq boʻlsa, buni tan olishimiz kerak. Nohaq boʻlsa, unga tushuntirish orqali yolgʻon xabarlarning oldini olishga oʻrganishimiz va butun jamiyatimizga shuni tushuntirishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari. ✍️ @Guvoh
Mostrar todo...
2.50 MB