es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Oybekjon | Ssenarist

Oybekjon | Ssenarist

Ir al canal en Telegram

Maqsadim: Ota-onam faxrlanadigan farzand bo‘lish. — Telegramda daromad qilish — Progrev | Zapusk | Sotuv — Shaxsiy brend qurish O‘rganaman | Sinab ko‘raman | O‘rgataman Taklif va murojaatlar uchun: @oybekjons_admin

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
553
Suscriptores
-224 horas
-157 días
-5130 días
Archivo de publicaciones
Yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan, dars o‘tishim qanday bo‘layotganini ko‘rsatib, maqtangim keldi 😁 @oybekjon_odilovich
14 ago, 15:19

Bu joyga o‘qituvchi bo‘lib kelganimga roppa-rosa 6 kun bo‘ldi. Shunaqa tez muddatda bitta o‘quvchi tayyorladim. Ertaga, nasib qilsa, imtihonga kirib chiqadi. ❤️‍🔥 — o‘quvchim uchun omad tilash tugmasi. @oybekjon_odilovich
14 ago, 13:30

Ko‘z tegmasin, o‘quvchilarim xonani to‘ldirib turishibdi. Dars o‘tayotgan jarayonim qiziqmi? @oybekjon_odilovich
14 ago, 11:39

Mensaje de video00:19
14 ago, 11:35

Yarim kechasi, soat 1 da do‘konga kirganimda, tuzlangan bodring zo‘r ko‘rindi. O‘shani ko‘tarib kassa oldiga borsam, kassadagi bola yosh holimda tuzlangan bodring olayotganimni ko‘rib, hayron qarab qoldi 😂 "O'zim yigim keldi" deb qo'ydim 😊 @oybekjon_odilovich
13 ago, 16:05

"Ishq ul shunday alangki, yongan chog'i begumon, Ma'shuqdan o'zga ne bo'lsa, kuydirib aylar xazon. Bir tikanning zaxtidan sen ishq yo'lidan qocharsan, Ishq bobida nomdan o'zga ayt neni ham bilarsan?!" Jaloliddin Rumiy @oybekjon_odilovich
13 ago, 15:08

Juda ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lgan, aslida esa unday fikr qilish noto‘g‘ri bo‘lgan mashg‘ulotlar haqida gaplashamiz.
Juda ko‘pchilik sportning aktiv turlari ko‘p energiya oladi va odamni charchatadi, deb o‘ylaydi. Aslida esa aktiv sport turlaridan ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni scroll qilishga sarflash ko‘proq energiya oladi va odamning kuni bilan holsiz yurishiga sabab bo‘ladi.
O‘zimning tajribamdan gapiradigan bo‘lsam, oldin juda ko‘p vaqtimni Instagram Reels va YouTube Shorts’ga sarflar edim va tabiiyki, men doimo charchoq bilan, hech bir ishni yoqtirmasdan yurar edim. Keyin scroll qilishdan uzoqlashib, aktiv sport turlarini boshladim: gym, padel, tennis, hiking kabi mashg‘ulotlar. Natijada oldingiga nisbatan ko‘proq energiya bilan yuradigan bo‘ldim, kayfiyatim doim yaxshi bo‘ladi va energiyam ko‘pligidan doimo oldinga harakat qilishga intilaman. Xulosa
Bizni charchatadigan narsa har doim ham jismoniy harakat emas. Ba’zan kun davomida telefonda behuda scroll qilish, aksincha, energiyamizni sezilmasdan olib qo‘yadi. Men ham buni o‘z tajribamda his qildim: ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashib, faol sport bilan shug‘ullanishni boshlaganimdan keyin energiyam, kayfiyatim va kun davomida harakat qilish istagim ancha oshdi. Shuning uchun charchoqni kamaytirish uchun har doim ham ko‘proq dam olish emas, ba’zan ko‘proq harakat qilish kerak.
@oybekjon_odilovich
13 ago, 13:54

Oldingi xatolarim bo'lmasa, hozirgi aqlim ham bo'lmasdi. @oybekjon_odilovich
12 ago, 15:06

Oldin hech kimga dars o‘tib ko‘rmaganman.
O'zimni dars o‘tishda sinab ko‘ryapman. Bu menga yoqdi. Dars o‘tish, o‘quvchilarning xatolarini aytish va ularga yordam berish juda yoqimli ekan.
Sizlarga aytmagandim, bu yerda avtomaktabning Instagram SMM va Telegram progrev loyihalarini hamda maktabda o‘qituvchilik qilish mas’uliyatini olganman. ❤️‍🔥 — menga omad tilash tugmasi. @oybekjon_odilovich
12 ago, 03:08

Mensaje de video01:00
12 ago, 03:00

Ixm, ixmm
12 ago, 01:11

11 ago, 12:32

Mensaje de video00:14
11 ago, 12:22

Kanalda yanada sifatli kontentlar bo‘lishi uchun so‘rovnoma qilganimiz esingizdami? Shu so‘rovnomani hali to‘ldirmaganlar bo‘lsa, tezroq to‘ldirib tashlang.
Men kanalni 0 dan ochib, to‘g‘ri upakovka qilish hamda postlar yozishda yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘lgan xatolar tushuntirilgan darslikni sizlarga beraman 🤝
https://forms.gle/HGdLJp1SWC2bFCvL9 https://forms.gle/HGdLJp1SWC2bFCvL9 https://forms.gle/HGdLJp1SWC2bFCvL9 @oybekjon_odilovich
10 ago, 04:12

Sun’iy intellekt bajargan vazifalar arzigulik ishmi? Sohaviy qarasangiz, yo‘q Lekin O‘zbekistonning necha foiz aholisi dizayn
Sun’iy intellekt bajargan vazifalar arzigulik ishmi? Sohaviy qarasangiz, yo‘q Lekin O‘zbekistonning necha foiz aholisi dizayn yoki yozuvga tanqidiy fikrlash bilan qaraydi deb o‘ylaysiz? 10% ham bo‘lmasa kerak. Shundan kelib chiqqan holda oddiy vazifalarga talab yo‘qolib boryapti deb aytishimiz mumkin. Ya’ni oldinlari mutaxassislar junior, middle, seniorga bo‘lingan bo‘lsa, hozir sun’iy intellekt (junior va middle o‘rniga), middle+ va seniorga ajratilyapti. Bu och qolib ketasiz degani emas, ishingizni sun’iy intellekt bilan kollabratsiya qilgan holda bitkazganingiz ma’qul. @oybekjon_odilovich
09 ago, 18:21

Orangizda hikingni sevadiganlar bormi 🥾⛰️ @oybekjon_odilovich
+2
Orangizda hikingni sevadiganlar bormi 🥾⛰️ @oybekjon_odilovich
09 ago, 13:34

Bu mentorlikdagilarning "kazo-kazolar" sastavi 😎 Kamerachiga dil izhorlarim bor, rasmni juda tiniq olibdi-ya 🤣 Meni topilar
Bu mentorlikdagilarning "kazo-kazolar" sastavi 😎 Kamerachiga dil izhorlarim bor, rasmni juda tiniq olibdi-ya 🤣 Meni topilarchi 😁 @oybekjon_odilovich
09 ago, 12:31

Eng koʻp soʻralgan soʻrovlardan: Qanday qilib saviyali blog yuritay? Blogingiz boʻlishi, shaxsiy brend qurishingiz, undagi saviya va ilm eng nozik nuqtaga aylanadi. Blogingizga foydasi tegadigan 3-4 ta tavsiyalarimni beraman: — Analiz va aniq strategiya.
Media shunchaki kontentlardan tuzilmagan. Hatto eng qimmatli ma’lumotni ham toʻgʻri senariy, aniq vaqt, reja bilan yondashish kerak. Strategiya sizni 2-3 yil tezroq xohlayotgan nuqtangizga yetishga yordamlashadi. Har bir viral boʻlayotgan kontent/brend/shaxsiyatni analiz qilishga oʻrganing.
— To'g'ri ilm evaziga ishonch.
Viner, quruq trendchi, lifestyle egasi ular — ommani qiziqtirib turadigan kontent egalari. Lekin auditoriya ularga chuqur ishonch bildirmaydi. Ortidan mish-mish tarqasa tezda qarshi taraf boʻla oladi. Lekin auditoriyaga foyda keltiradigan insonga, ular sodiq obunachiga aylanishadi. Sizni himoya qilishadi, qoʻllashadi, qidirishadi, yordam berishadi. Ishonch uchun esa siz ularga muammosiga biror yechim (toʻgʻri informatsiya, mahsulot, konsultatsiya, tavsiya) bilan yoʻnaltirasiz. Sayoz narsani umri uzoq , ildizi baquvvat boʻlmaydi.
— Baza.
Doimiy rivojlanish, ilmga tashnalik, investitsiya juda muhim. Kuniga sohangiz boʻyicha kamida 1 soat yangi bilimga ajratishingiz, har oy mutaxassisligingiz uchun investitsiya qilishingiz zarur. Xitoyliklarni maqoli, meni sevimli shiorim: “uch kundan ortiq yangi bilim oʻrganmagan miya — zerikarli”
Sizda bilimlar yangilanib turishi kerak. Kecha mediada boshqa mexanizm ishlar edi, bugun boshqa. Kimdir yillab yiqqan tajribalarini bugun juda arzon sotyapti. Bulardan foydalanish zarur. Eng qimmatli qurol: bilim. Odamlar esa doim foydali ma’lumot bor joyda boʻladi.
— Shaxsiyat.
Shaxsiy prinsiplar, qadriyatlaringizni aniq chizib soʻng mediaga kirib keling. Unda bu yerda siz like uchun oilasini sotayotgan, mashhurlik uchun qadriyatlaridan kechgan, birgina reklama uchun pastkashlik ham qilishga rozi boʻlganlarga normal qarashni boshlab qolasiz. Shu sababli avval internet savodxonligini oʻrganing. Bu katta dunyo, katta tizim. Media pichoqqa oʻxshaydi, qayeridan ushlashingiz sizda yo yara qoldiradi, yo foydali qurolga aylantiradi.
@oybekjon_odilovich
09 ago, 11:06

Andijondan qaytgach, tushlik vaqtigacha uxlabman. Undan keyin esa ishlarim bilan bo‘lib, sizlarga ancha vaqtdan beri foydali post qilmaganim yodimga tushdi va ajoyib post tayyorlab qo‘ydim 🤩
09 ago, 08:31

Ixm, ixmm
09 ago, 08:25