es
Feedback
Iqro

Iqro

Ir al canal en Telegram

📚 «Iqro!» — Robbimizning ilk da’vati bilan mutolaa sari. Ikkinchi sahifam:l : https://t.me/iqro_mutolaasi

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
3 283
Suscriptores
-2624 horas
+357 días
+1 36830 días
Archivo de publicaciones
Iqro
3 285
Ishonishmaydi....

Iqro
3 285
Insonlar har doim ham maslahatga muhtoj emas. Ba'zan qo'llaridan tutish uchun bir qo'lga, tinglash uchun quloq va tushunadiga
Insonlar har doim ham maslahatga muhtoj emas. Ba'zan qo'llaridan tutish uchun bir qo'lga, tinglash uchun quloq va tushunadigan bir qalbga muhtoj bo'lishadi...)


Iqro
3 285
🕊 Baʼzi narsalarni koʻrish uchun koʻz shart emas... Dunyo atrofimizda xiralashib, sinovlar koʻpayganda — qalbimiz haqiqiy qa
🕊 Baʼzi narsalarni koʻrish uchun koʻz shart emas... Dunyo atrofimizda xiralashib, sinovlar koʻpayganda — qalbimiz haqiqiy qadriyatlarni teranroq anglay boshlaydi.
“Eng goʻzal narsalar koʻz bilan koʻrilmaydi, ularni qalb bilan his qilish kerak.”
Tashqi shovqinlarni oʻchiring va qalbingizga quloq tuting. Eng goʻzal tuygʻular aynan oʻsha yerda yashiringan. ✨ 📚 Paola Peretti — “Gilos daraxti bilan oramizdagi masofa”

Iqro
3 285
✨ Parvardigoro! Qadamlar oʻrnashgach, toyib ketishidan panoh tilayman! Odamlarni qaytarganimiz gunohlarga oʻzimiz giriftor boʻlishdan panoh bergin! Ibodatlarni ujb bilan тўldirishdan panoh soʻrayman. Osiylarga shafqat emas, mensimaslik koʻzi bilan qarashdan saqlagin! Bizni tugʻyonga ketkazadigan neʼmatdan panoh tilayman! Qadaringdan gʻazablantiradigan musibatdan ofiyat soʻrayman. Sendan Sening panohingni soʻrayman. Sendan qochib, Senga boraman... 🌟❤️‍🩹 © Qurʼon maktablar

Iqro
3 285
Assalomu alaykum xush kelibsiz, qadrli yangi obunachilar! 📚✨ Bu yer — shunchaki statuslar kanali emas. Bu — men oʻqigan eng sara kitoblar va ularning eng ta'sirli satrlari jamlangan shinam maskan. Sizni bu yerda nimalar kutmoqda? 📖 Kitoblardan olingan eng sara, hayotiy va ma'noli iqtiboslar; 💡 Shaxsiy tavsiyalarim: Oʻzim oʻqib, judayam yoqqan va sizga ham albatta oʻqishni maslahat beradigan eng yaxshi kitoblar sharhi; 🎁 Faol obunachilarimiz uchun: Kichik konkurslar, qiziqarli oʻyinlar va maxsus sovgʻalar! Chiqib ketishga shoshilmang... Bitta samimiy satr ham kuningizni va qarashingizni oʻzgartirishi mumkin. 🌿 📌 Kanalni yoʻqotib qoʻymaslik uchun Bildirishnomani (Notification) yoqib qoʻying!

Iqro
3 285
Hayotingiz chizgilari — bu amal kitobingizdir... Unga ertaga Allohning huzurida o‘qib, uyalib qolmaydigan amallarni yozing. H
Hayotingiz chizgilari — bu amal kitobingizdir... Unga ertaga Allohning huzurida o‘qib, uyalib qolmaydigan amallarni yozing. Hozir qo‘lingizda istig‘for o‘chirg‘ichi va ezgulik uchun oq varaqlar bor. Vaqt borligida kitobingizni xayrli amallar bilan to‘ldiring. 🍃 (Kahf surasi, 49-oyat) ❤️ Niyat qiling, istig‘for ayting va yaxshilik ulashing! © Qurʼon maktablar kitobdan 📚

Iqro
3 285
Biz navbatdagi kitob mutolaasini boshladik. ✨ Yangi sahifa, yangi fikrlar va yangi ilhom manbai... Sahifalarda uchrashguncha! 📖

Iqro
3 285
Doʻstim, sabr qiling. Qurʼoningizni oling-da, mahkam tuting. Namozlarni kanda qilmang. Dardlardan savob umid qiling. Bu kunla
Doʻstim, sabr qiling. Qurʼoningizni oling-da, mahkam tuting. Namozlarni kanda qilmang. Dardlardan savob umid qiling. Bu kunlar Rabbimizning taqdiri. Bu dunyo oʻtkinchi imtihondan boshqa narsa emas. Soʻnggi manzilga eltuvchi koʻprik xolos. Kun kelib, inshaalloh, jannatdagi soya-salqinlarda gurunglashib oʻtiramiz. Dunyoning boʻlmagʻur ishlarini eslab, kulib oʻtiramiz. © Qur'ondan maktublar

Iqro
3 285
Baʼzan birgina kitob butun hayotimizni oʻzgartirib yuborishi mumkin. Men bugun shunday kitoblardan birini mutolaa qilishni bo
Baʼzan birgina kitob butun hayotimizni oʻzgartirib yuborishi mumkin. Men bugun shunday kitoblardan birini mutolaa qilishni boshladim. Uni oʻqir ekansiz, undagi samimiylik, teran fikrlar va hayotiy xulosalar sizni oʻziga rom etadi. Bu kitobdan olgan taassurotlarim va menga yoqqan eng sara iqtiboslarni siz bilan baham koʻrib boraman. ©️Tunda Xisbni kutib

Iqro
3 285
Tugatishni istamagan ammo nihoyat oqib bolgan kitobim boldi. ❤️‍🩹 ©️ Yusufning qizi
Tugatishni istamagan ammo nihoyat oqib bolgan kitobim boldi. ❤️‍🩹 ©️ Yusufning qizi

Iqro
3 285
"Bu dunyo — qaytar dunyo..." Kitob o'qiyotib, insonni chuqur o'yga toldiradigan bir satrga duch keldim: "Inson bu dunyoda nim
"Bu dunyo — qaytar dunyo..." Kitob o'qiyotib, insonni chuqur o'yga toldiradigan bir satrga duch keldim: "Inson bu dunyoda nimaiki qilmasin, bir kun kelib, hammasi uchun javob beradi. Birorta amal — na kichigi, na kattasi — yo'qolib ketmaydi. Shuning uchun odamlar bir-biriga yomonlik qilmasligi, ozor bermasligi kerak. Kimdir yomonlik qilsa ham, unga yaxshilik bilan javob berish kerak, chunki bu dunyo — qaytar dunyo. Inson nima qilsa ham, qilgan ishi bir kun kelib, o'ziga qaytadi." 📚 ©️ Yusufning qizi

Iqro
3 285
Umr — oqib ketayotgan daryo, har bir kunimiz esa uning bir tomchisi. Vaqt shoshilmaydi ham, to‘xtamaydi ham, faqat o‘tib boradi. Bugungi kunning qadriga yetaylik — chunki ertaga bu imkoniyatlar faqat xotiraga aylanadi. 🌿

Iqro
3 285
Bu yurakni tirnovchi so‘zlar murg‘ak qizcha — Soraning tilidan aytilgan. Bechora Sora... Shunchalik go‘dak va begunoh bo‘la t
Bu yurakni tirnovchi so‘zlar murg‘ak qizcha — Soraning tilidan aytilgan. Bechora Sora... Shunchalik go‘dak va begunoh bo‘la turib, odamlar ko‘rsatgan sovuq munosabat, kamsitish va nafrat tufayli yelkasida juda og‘ir ruhiy yukni ko‘tarib yurishga majbur bo‘lmoqda. U atrofidagilardan ko‘p narsa so‘ramayapti, shunchaki uni boricha qabul qilishlarini va undan jirkanmasliklarini o‘tinib so‘rayapti. Tashqi ko‘rinish yoki jismoniy holat sababli murg‘ak qalblarga bunday og‘ir yuk bo‘lmaylik, ularni jarohatlashdan qo‘rqaylik. 😔

Iqro
3 285
"
Dada, nega odamlar meni yomon ko'radi? Nega kasal deydi meni hamma? Nega onam meni odamlarning ko'zidan yashiradi, xonaga qamab qo'yadi? Nega bolalar bilan o'ynashga ruxsat bermaydi? Oyim meni yaxshi ko'rmaydimi, dada?.." 😔💔
Bu satrlarni o'qib, yuragim judayam achishdi... 😔 Biz ko'pincha go'daklarning jismoniy holatiga qarab juda oson baho beramiz, g'alati qaraymiz. Lekin bola uchun eng og'ir dard — kasallik emas, balki "odamlar nima deydi" deb o'z yaqinlari undan uyalishi, uni jamiyatdan yashirishi ekan... 🏚 Insonning qadri uning tashqi ko'rinishida emas, qalbidir. ❤️ Atrofimizdagi mana shunday sinovli taqdirlarga nisbatan sal bo'lsa-da mehribonroq bo'lishimiz shart. 🌟 📖 Manba: Josim al-Umron, "Yusufning qizi" kitobidan

Iqro
3 285
Ey Alloh! Namozni Sen istaganingdek ado qilolmayapman. Dovud alayhissalomning ro'zasidek ro'za tutolmayapman. Xastaligimda Ay
Ey Alloh! Namozni Sen istaganingdek ado qilolmayapman. Dovud alayhissalomning ro'zasidek ro'za tutolmayapman. Xastaligimda Ayyub alayhissalomdek sabr-toqat qilolmayapman. Yunus alayhissalom nahang ichra tasbeh aytgani kabi Senga tasbeh aytolmayapman. Yahyo alayhissalom kabi dinimda sobit turolmayapman. Ko'zimni Yusuf alayhissalom o'z nomusini saqlagani kabi saqlay olmayapman. «Boraveringlar, sizlar oz odsizlar», degan so'zga ham loyiq emasman. Ammo... men ham ular kabi Seni yaxshi ko'raman, ey Alloh!