Qiymat | Kitobxonlik klubi
Ir al canal en Telegram
📚 Manfaatli kitoblar muhokamasi 🎙 Tadbirkorlar va ekspertlar bilan suhbat Maqsad: haqiqiy qiymat kapitalda emas, gʻoyada ekanini yetkazish
Mostrar más644
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+1430 días
Archivo de publicaciones
+7
“Qiymat” klubida mehmon — Aziz Rahimov 🎤
🌷 Bugun Seoul Mun filialimizda klubimizning navbatdagi sonida mehmon sifatida Aziz Rahimov ishtirok etdi.
Tadbirga boʻlgan qiziqish qay darajada yuqori boʻlganini yuqoridagi fotolavha orqali koʻrishingiz mumkin.
🏷 Qolaversa, mazkur son so‘ngida ikki nafar eng yaxshi savol egasi 100.000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritishdi.
Keyingi mehmonimiz kim bo‘lishini taxmin qiling-chi... 🙃
@qiymat_klubi
Suhbatimizning savol-javob qismiga ham yetib keldik✨
Eng yaxshi ikkita savol egasiga Qamar kitoblar doʻkonidan 100.000 soʻmlik Vaucher hadya qilinadi
“Qiymat” kitobxonlik klubimizning bugungi soni boshlanishidan lavhalar 🤩
Bir soatda joylarimiz to‘ldi! 🎉
🎤 “Qiymat” klubimizning bu galgi soniga ro‘yxatdan o‘tganlar 1 soatning o‘zida cheklangan joylar sonidan ham oshib ketdi!
Bu holat bizni albatta xursand qildi.
🌷 Eslatib o‘tamiz, klubimizning ushbu sonida “Rahimov School” xususiy maktabi asoschisi Aziz Rahimov mehmon bo‘ladi.
Spikerimiz bilan “Oq nilufarlar o‘lkasi” kitobini muhokama qilamiz.
🕰 Tadbir Seoul Mun filialimizda, 4-avgust kuni, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
@qiymat_klubi
Ayni paytda uchrashuv uchun barcha joylar band qilindi. 🔒
Odatga koʻra, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar bilan bog‘lanamiz. Kimdir kelolmasligini bildirsa, ro‘yxatdan o‘tishni yana ochamiz. 📝
Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifamizni kuzatib boring. 👀
Yaqin orada navbatdagi uchrashuv sanasini e’lon qilamiz! 📅✨
@qiymat_klubi
“Qiymat” klubining navbatdagi soniga marhamat! 🎙
🎤 Kitobxonlarga qiymatli ma’lumot va tavsiyalarni ulashishni maqsad qilgan ushbu klubimizning navbatgi sonida “Rahimov School” xususiy maktabi asoschisi Aziz Rahimov mehmon bo‘ladi.
Spikerimiz bilan “Oq nilufarlar o‘lkasi” kitobini muhokama qilamiz.
🕰 Tadbir Seoul Mun filialimizda, 4-avgust kuni, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Joylar soni cheklangan, atigi 30 nafar kitobxon ishtirok etoladi. ⚡️
🔗 Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
@qiymat_klubi
Diqqatingiz tarqoqligiga xotirangiz sababchi emas 📝
🤝 “Qiymat” klubida mehmon, siyosiy iqtisod va barqaror rivojlanish siyosati bo‘yicha ekspert Bekzod Zokirov bilan diqqat yetishmovchiligi va fikrlar tarqoqligi haqida muhokama bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur tadbir doirasida “O‘g‘irlangan diqqat” asari muhokama qilinib, diqqatimiz kamayishiga sabab bo‘layotgan jiddiy omillar ustida muhim eslatmalar berib o‘tildi.
🛎 Klubimizning ushbu sonini tez kunda YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling!
@qiymat_klubi
+9
Pul psixologiyasi siz o‘ylaganchalik juda oddiy va safsata emas, aslida...
🎤 Seoul Mun filialimizda “Qiymat” klubning navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
“Sodiq School” xususiy maktabi asoschisi Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq klubning ushbu sonida mehmon bo‘ldi.
💰 Spikerimiz bilan “Pul psixologiyasi” kitobi muhokama qilindi. Muhokama davomida ishtirokchilar bilan kitobdagi keyslar ham tahlil qilindi.
📷 Yuqorida fotosuratlarni ham tomosha qilishingiz mumkin.
Qatnashganlar, o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlasha olasizmi?!
@qiymat_klubi
