Qiymat klubi
Ir al canal en Telegram
Qiymat yaratadigan fikrlar Asoschi: qamarbooks Kitoblar orqali oʻsish
Mostrar más530
Suscriptores
-324 horas
+1197 días
+18430 días
Archivo de publicaciones
532
“Qiymat” klubining 5-soni
🖋 An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Qiymat” klubining navbatdagi soni 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirimizda tadbirkor, “Jahon school” va “Cambridge" oʻquv markazlari asoschisi — Jahongir Poʻlatov spiker sifatida ishtirok etadi.
Mehmon bilan Jeyms Klerning qalamiga mansub “Atom odatlari” kitobi muhokama qilinadi.
📊 Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv biznes, tadbirkorlik, marketing kabi sohalarda bilim va tajribalarini oshirish istagida bo‘lganlar uchun ayni muddao!
⏳ Tadbir vaqti: 9-iyul, 10:00 da.
📍 Manzil: "Qamar" kitoblar do'koni, Seoul Mun filiali.
Joylar soni cheklangan, atigi 30 nafar kitobxon ishtirok etoladi.
Darvoqe, eng yaxshi savol egalariga “Qamar” kitoblar doʻkoni tomonidan 100 000 soʻmlik vaucher taqdim etiladi! 🤩
🔗 Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
@qamarbooks
532
Klubning ilk soni esingizdami? 😉
🔥 Xabaringiz bor, “Qiymat” klubining 1-sonida “Najot Ta’lim” markazi asoschisi Temurbek Adhamov qatnashdi va “Yagona narsa” asari muhokama qilindi.
Sizlarga ushbu tadbirdan qisqa videolavhani ulashmoqdamiz. Yaqin orada to‘liq formatdagi videoni taqdim etamiz.
Kutyapsizmi?! 😊
@qiymat_klubi
532
+9
“Qiymat” klubining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi! ⚡️
📖 Kecha “Qamar” kitoblar do‘konining Seoul Mun filialida “Qiymat” klubining navbatdagi soni o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda media va kontent loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis Saidaziz A’zamov mehmon sifatida ishtirok etib, qatnashuvchilar bilan birga “20 yoshimgacha nega bu haqda aytishmagan?” kitobi muhokama qilindi.
🍃 Klubning bu galgi uchrashuvida ishtirokchilarning savollariga javob berish bilan bir qatorda muhim tavsiyalar ham berildi.
Keyin sonda qaysi kitob muhokama qilinishini istardingiz? 🌝
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
