Tamrin
Ir al canal en Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
366
Suscriptores
Sin datos24 horas
+37 días
+330 días
Archivo de publicaciones
366
Vaqti kelganida, Alloh sizni nasibingizni keltiradi.
Vaqti kelganida, Alloh tengingizni beradi.
Vaqti kelganida, Alloh sizni dardlaringizni ketkazadi.
Vaqti kelganida, Alloh mahzunligizni ketkazadi.
Vaqti kelganida, Alloh duoyingizni ijobat qiladi.
Vaqti kelganida, Alloh qilgan yaxshiligingizni qarshiligini beradi.
🔴Hamma narsaning o'z vaqti bor. Faqat sabr qiling...
#Tarjim🟪
366
Sen menga naqadar yaqinsanu...
Men Sendan naqadar uzoqman.
Sen menga naqadar mehrlisanu.
Meni nima Sendan to'sib qo'yyapdi o'zi...
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
366
Ba'zan deyarli ko'p insonlarda mahzunlik zerikishlik, charchashlik hech narsa qilgisi kelmaydi. Menda bo'lmaydi deyishi mumkin lekin ko'p insonlar bunday vaziyatga duch keladi. Inson shu paytda biror kim bilan samimiy suhbatga va tasalliga muhtoj bo'ladi yoki hech kimga va hech narsaga muhtoj bo'lmaydi. Ikkinchi toifa, insonlardan uzoqda holi o'tirishni xohlaydi. Tafakkur qilishlik ham yaxshi aslida yolg'iz o'tirgan holatda.. Nimagaki ko'p o'ylaysiz va mahzunlikni sababini, tafakkur qilasiz, tushunasiz yechim topasiz va o'zingizni isloh qilishga harakat qilasiz. Shu paytda bu mahzunlikka yengilmaslik kerak.
Alloh saqlasin bu mahzunlik davomli bo'lsa hayotga bo'lgan qiziqishingiz qolmaydi. To'g'ri bu dunyo deyishingiz mumkin, lekin dunyoda ham qilinadigan ishlar bor, dunyoda solih amallar, ibodatlar qilib oxirat uchun harakat qilmoqlik kerak.
Yolg'iz qolish ham ba'zan inson uchun foydali bo'ladi.
Fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin izohda🟪
366
Qo'limda bir fınjon qahva...
Ammo do'stim boshqa shaharda, Suhbati esa yuragimda...
Qahva - o'sha qahva,
Lekin suhbat yetishmayapti...
366
🔴Uylanmagan (bo‘ydoq) yigitning duosi:
اللهم ارزقني إِمرأة، تسرني إذا نظرت، وتطيعني إذا أمرت، وتحفظُني إذا غِبتTobeinlardan ibn Husayn rahimahulloh shunday duo qilib aytardi: "Allohummarzuqniy imroatan, tasurruniy izaa nazortu, va tuti’uniy izaa amartu, va tahfazaniy izaa g‘ibtu". Ma’nosi: Allohim, qaraganimda meni masrur qiladigan, buyursam menga itoat qiladigan va men yo‘qligim, g‘oibligimda (uyimni, mol-mulkimni va o‘z iffati, nomusini) muhofaza qiladigan ayol (juft) bilan meni rizqlantirgin!
366
Allohni taniganimizni aytamiz..
Ammo amrlariga itoat etmaymiz.
Qur'oni Karimni o'qiymiz..
Ammo o'qiganimizga amal qilmaymiz.
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni sevaman deymiz...
Ammo Ularni o'zimizga rahbar qilmaymiz.
Shaytonni dushmanimiz bo'lishligini aytamiz..
Ammo uni o'zimizga do'st qilamiz.
Jannatni sevishimizni aytamiz..
Ammo loyiq bo'lishlikka harakat qilmaymiz.
Jahannamdan qo'rqishimizni aytamiz..
Ammo unga ketishlik uchun g'ayrat ko'rsatamiz.
O'lim haqdir deymiz..
Ammo haq bo'lgan o'limga o'zimizni tayyorlamaymiz.
Insonlarni aybi bilan mashg'ul bo'lamiz..
Ammo o'zimizni aybimizni ko'rmaymiz.
Alloh lutf qilgan ne'matlarni ko'p ishlatamiz..
Ammo shukr qilmaymiz.
O'liklarni dafn qilamiz..
Ammo bir kun bizni ham dafn qilishlarini hech aqlimizga keltirmaymiz.
Toptiq Emro
#tarjim🟪
Tamrin
366
Sizlarda ham oldin yozgan jumlalaringizni ko'rganizda shuni nahot men yozganmanmi degan o'y-fikr keladimi?
*Maqtanish yoki o'zidan faxrlanish ma'nosida so'ramayapman. Noto'g'ri tushunmanglar!
366
Sog'indim u yerdagi sakinatni, halovatni, hotirjamlikni, dunyodan uzilganimni, Baytullohni, Ravzayi Sharifni qarshisida o'tirib Qur'on o'qishlikni sog'indim..
Ravzayi Sharifdagi, Baytullohdagi iforlarni sog'indim, har dam qumsayapman.
Haligi gap bekorga emas ekanda "Bormaganga bir armon, borganga ming armon" deya..
Bu jumlaning mag'zini borib kelgandan keyin tushunar ekansiz.
Alloh taolo qayta qayta borishlikni nasib qilsin.
366
⬜️Hech narsa bekordan-bekorga sodir bo‘lmaydi. Hayotingizga kirib kelgan har bir inson — bir saboq, hayotingizdan ketgan har bir kishi — bir darsdir.
Ehtimol, bugun jim qolib sabr qilayotgan bo‘lsangiz, bir kun kelib: “Yaxshiyamki bo‘lmagan ekan,” deb aytasiz.
Hayot — yo‘limizda uchragan odamlar, boshimizdan kechirgan voqealar orqali bizga doimiy saboqlar beradi. Ba'zida kimdir bilan tanishasiz, u sizni yiqitadi, lekin siz o‘rningizdan turishni o‘rganasiz. Ba’zida orzu qilganingiz amalga oshmaydi ammo undan-da go‘zali sizni kutib turgan bo‘ladi.
Chunki hayotda hech narsa tasodif emas. Yoki siz kimningdir imtihonisiz, yoki u sizning.
Shuning uchun buni unutmang:
Mahzun bo'lishingiz, qalbingiz og'rishi, rejalaringiz kechikishi, yo‘qotishlaringiz... — bularning barchasi sizni kerakli joyga yetaklaydi. Va oxir-oqibat hammasi aynan qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ladi.
🔴Mavlononing aytganlaridek:
“Agar bo‘lsa — bir yaxshilik.
Agar bo‘lmasa — mingta yaxshilik izla.”
Taqdirga tan berish — bu befarqlik emas. Ba'zida narsalarni o‘z holiga qo‘yish — o‘zingizga qilgan eng katta yaxshilikdir.
366
Muhammad ibn Siyriyn rohimahulloh aytdilar:
Odamlar ichidagi eng xatokori, odamlarning xatolarini ko‘p gapiruvchilardir.
