Ochiq muloqot 2026
Ir al canal en Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 110
Suscriptores
-4524 horas
-3297 días
-1 55730 días
Archivo de publicaciones
1 110
Azamat Sobirov
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bosh mutahassisi
🗣O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan:
Agar reklama beruvchi reklama qilinayotgan qiyoslash ishonchliligining faktik dalillarini taqdim etishi mumkin bo‘lsa, agar bunda reklama foydalanuvchisini reklama chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi mumkin bo‘lmasa, raqobatchining ishchanlik obro‘siga yoki uning tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), firma nomiga, tovariga yoki faoliyatiga putur yetkazmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeyi yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish; qonunchilik buzilishiga olib kelishi, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, xavfsizlik vositalariga e’tiborsiz bo‘lishga undovchi harakatlarga da’vat qilish; mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, boshqa reklama, video, kino, ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rsatuv, eshittirish yoki fonogrammalardagi yechim, matn, tasvir, musiqa va ovozli effektlarni aynan takrorlash; jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; pornografik tusdagi axborotdan foydalanish; axborot mazmunini buzishi mumkin bo‘lgan chet el so‘zlari va iboralaridan foydalanish; tovar davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ma’qullanganini ko‘rsatish; reklamasi taqiqlangan yoki cheklangan tovarning belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash belgi orqali boshqa tovarni reklama qilish; Davlat gerbi, bayrog‘i tasviri va madhiyasi ohangidan foydalanish yoki ularni aynan takrorlash; ta’limda foydalaniladigan darslik, kundalik, daftar va boshqa bosma nashrlarda tovarlarni reklama qilish; narx va tariflarni chet el valyutasida ko‘rsatish; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotining yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish; tovar, uni olish yoki undan foydalanish shartlariga oid muhim ma’lumotlarni yashirish yoki o‘qishni qiyinlashtiradigan tarzda berib, foydalanuvchini chalg‘itish; milliy va oilaviy an’analar, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid shakl, ibora va obrazlardan foydalanish.Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiyasi qonunda taqiqlangan tovarlar; zarur sertifikat, litsenziya, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomasi yoki maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan tovarlar; giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar; pornografiya mahsulotlari. Ayrim tovarlar reklamasiga qo‘shimcha axborot yoki ogohlantirishlarni ilova qilish talabi belgilanishi mumkin. Reklama beruvchi va tarqatuvchi bir vaqtda O‘zbekiston norezidentlari bo‘lsa, reklamani tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1 110
#Ekspert_fikri
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti" oldidan soliq masalalari boʻyicha qancha murojaat kelib tushdi va ularning ijrosi qanday taʼminlanmoqda?
🗣Hozirgi kunga qadar "Soliq tizimini takomillashtirish" yoʻnalishi boʻyicha 434 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 381 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 53 tasi boʻyicha esa amaliy ishlar davom etmoqda. Bu murojaatlarning aksariyati tadbirkorlarga qonunchilikni tushuntirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va soliq maʼmurchiligini soddalashtirishga qaratilgan.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 110
#OAV_Biz_Haqimizda
Hududlardagi ochiq muloqotlar
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Muloqotlarda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 110
👍 PREZIDENT BILAN OCHIQ MULOQOT: SIZNING OVOZINGIZ MUHIM!
Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tizimli muammolarga barham berish maqsadida Davlatimiz Rahbarining navbatdagi Ochiq muloqotiga arizalar qabul qilinmoqda. Biznes muhitini yangi bosqichga olib chiquvchi qonuniy hujjatlar aynan Sizning taklifingiz asosida yaratilishi mumkin!
Buning uchun 40 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi tunu kun ishlamoqda.📞 Murojaat uchun telefonlar: 1100 yoki 1094 👍 Tezkor aloqa: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 110
#OAV_Biz_Haqimizda
Hududlardagi ochiq muloqotlar
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Muloqotlarda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 110
Shavkat Naimov
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi
🗣Yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish Prezidentning PQ–330-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 342 va 337-son qarorlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, respublikaning har bir hududida oyiga kamida ikki marta tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
PQ-330
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida transport vositalari uchun quyidagi asosiy me’yorlar amal qiladi: yakka transport vositasi va tirkama uzunligi — 12 metr, avtopoyezd uzunligi — 20 metr, yukning transport vositasidan chiqib turishi — 2 metrgacha. Kenglik odatda 2,55 metr, izotermik kuzovli transport vositalari uchun 2,6 metr, balandlik esa 4 metrgacha bo‘lishi lozim.
Ruxsat etilgan umumiy massa transport vositasining turi va o‘qlar soniga qarab belgilanadi. Yakka transport vositalari uchun bu ko‘rsatkich 18 tonnadan 32 tonnagacha, avtopoyezdlar uchun esa 28 tonnadan 44 tonnagacha. Har bir o‘qqa tushadigan og‘irlik 10 tonnadan oshmasligi kerak.◾️Agar transport vositasining vazn yoki hajm ko‘rsatkichlaridan biri belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa, u og‘ir vaznli yoki katta hajmli transport vositasi hisoblanadi. Bunday yuklarni tashish faqat ularni qismlarga ajratish yoki boshqa transport vositasida olib o‘tish imkoni bo‘lmagan hollarda maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 110
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: amaliy takliflar va yangi imkoniyatlar
🔶Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan shtabga soha vakillaridan muhim va konstruktiv takliflar kelib tushmoqda.
Videoda agrosubsidiyalar tizimini raqamlashtirish, moliyaviy choralar qo‘llashni soddalashtirish, eksportchilar uchun transport va logistika sharoitlarini yaxshilash hamda tadbirkorlik muhitini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan eng dolzarb tashabbuslar haqida so‘z boradi.Siz ham yurtimiz ravnaqi va biznesingiz rivojiga xizmat qiladigan o‘z takliflaringizni yo‘llashga shoshiling! 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 110
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
