Ochiq muloqot 2026
Ir al canal en Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 076
Suscriptores
-6224 horas
-3707 días
-1 61930 días
Archivo de publicaciones
1 076
Repost from Namangan viloyati hokimligi
+9
#Мурожаатлар_эътиборда
Очиқ мулоқот — тадбиркорлар манфаати йўлида: вилоят ҳокими ва Марказий банк раиси тадбиркорлар билан учрашди.
Бугун Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Наманган вилоят кенгаши катта мажлислар залида Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов ҳамда Ўзбекистон Республикаси Марказий банки раиси Тимур Ишметов иштирокида тадбиркорлар билан очиқ мулоқот бўлиб ўтди.
Мазкур учрашув давлат ва бизнес вакиллари ўртасидаги мулоқотни янада мустаҳкамлаш, тадбиркорларни қийнаётган масалаларни тўғридан-тўғри эшитиш ҳамда уларга амалий ечим топиш мақсадида ташкил этилди. Очиқ мулоқотда вилоятнинг турли ҳудудларидан ташриф буюрган 50 нафардан зиёд тадбиркорлар иштирок этди.
Тадбир давомида ҳудудда бизнес юритиш учун яратилган шарт-шароитлар, тадбиркорлик субъектларини молиявий қўллаб-қувватлаш, банк хизматларини янада такомиллаштириш, инвестиция жалб этиш, ишлаб чиқариш қувватларини кенгайтириш ҳамда янги лойиҳаларни молиялаштириш каби долзарб масалалар атрофлича муҳокама қилинди.
Хусусан, мазкур очиқ мулоқотда турар-жой қурилиши билан шуғулланувчи корхона “Орзу Сити” МЧЖ раҳбари Қобилжон Турсунов кўп қаватли турар-жойлар қуриш йўналишида кенг кўламли ишлар амалга оширилаётганини таъкидлади. Шунингдек, тадбиркор аҳолининг уй-жой сотиб олиш имкониятларини кенгайтириш мақсадида ипотека асосида харид қилинадиган хонадонлар учун бошланғич тўлов миқдорини арзонлаштириш, шу орқали фуқароларга янада қулай ва енгил молиявий шарт-шароитлар яратиш бўйича таклиф билдирди. Вилоят раҳбари ҳамда Марказий банк раиси томонидан ушбу таклиф эътибор билан тингланиб, уни атрофлича кўриб чиқиш ва ижобий ҳал этиш юзасидан масъул ташкилотларга тегишли топшириқлар берилди.Очиқ ва самимий руҳда ўтган мулоқот давомида билдирилган ҳар бир мурожаат, таклиф ва ташаббуслар масъуллар томонидан алоҳида назоратга олиниши, тадбиркорлик субъектларини ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш давлат сиёсатида устувор йўналишлардан бири бўлиб қолиши қайд этилди. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
1 076
👍 Ochiq muloqotdan ochiq muloqotgacha — nimalar o‘zgardi?
👍 Davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-avgustdagi Farmoni bilan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan 128 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.
Mazkur tashabbuslar natijasida tadbirkorlar uchun yanada qulay, shaffof va rag‘batlantiruvchi ishbilarmonlik muhiti shakllanib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etildi.
🎬 Ochiq muloqotdan keyingi o‘zgarishlar va erishilgan natijalar haqida — batafsil lavhada.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
🔈 ISHBILARMONLAR DIQQATIGA: OCHIQ MULOQOTGA ARIZALAR QABULI DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiruvchi yangi qonuniy hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida Davlatimiz Rahbarining navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tizimli muammolarni aniqlash uchun 40 dan ortiq vazirlik, idoralar hamda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyatini birlashtirgan Respublika shtabi ish boshladi. Qabullar shaxsan va hududlardan turib onlayn shaklda olib borilmoqda.👍 O‘z taklifingizni 1100, 1094 raqamlari yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali yo‘llang. OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+7
#JARAYON
📍 Qurilish sanoati sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzurida tashkil etilgan Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash klubi doirasida qurilish sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Muloqot davomida Prezidentimizning 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoni asosida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va qulayliklar, texnik jihatdan tartibga solish tizimidagi islohotlarning joriy holati hamda qurilish sanoatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
▪️Shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish zanjiridagi dolzarb masalalar, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga moslashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda ichki bozorda sifatsiz mahsulotlar aylanishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni tizimli hal etish hamda sohada ochiq muloqot platformalarini yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 076
👍 Ochiq muloqot–2026 Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaatlar qanday tasniflanishi va ko‘rib chiqilishini bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–200-son qaroriga muvofiq, Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda qabul qilinib, 9 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha shakllantirilgan ekspert guruhlariga yo‘naltiriladi hamda atroflicha tahlil qilinadi.
👍 Quyidagi infografikada murojaatlarning aynan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi bilan tanishishingiz mumkin.
Murojaat qilish juda oddiy:
👍 @ochiqmuloqot2026_bot
📞 1100 yoki 1094
OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from MINENERGY.UZ
+3
#ochiq_muloqot
Bugun ikki viloyatda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
Bugun, 11-iyun kuni Energetika vazirligi tomonidan Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Unda kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etib, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Navoiy viloyatida o‘tkazilgan ochiq muloqotda Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Po‘latov hamda soha mutasaddilari qatnashdi. Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda esa Energetika vazirligining Strategik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Xudoberdiyev, hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalari rahbarlari ishtirok etdi. Ochiq muloqotlar davomida bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini eshitish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.————— #открытый_диалог Сегодня в двух регионах состоялись открытые диалоги с предпринимателями Сегодня, 11 июня, Министерство энергетики организовало открытые диалоги с предпринимателями в Сурхандарьинской и Навоийской областях. В них приняли участие представители малого и среднего бизнеса, которые обсудили вопросы, связанные с электро- и газоснабжением.
В частности, в открытом диалоге, состоявшемся в Навоийской области, приняли участие начальник отдела развития электрических сетей Министерства энергетики Нодирбек Пулатов и ответственные представители отрасли. В открытом диалоге, состоявшемся в Сурхандарьинской области, приняли участие начальник отдела стратегического планирования Министерства энергетики Шавкатжон Худобердиев, а также руководители региональных предприятий электро- и газоснабжения. Обращения, высказанные в ходе открытых диалогов, были всесторонне изучены, а некоторые вопросы решены на месте. Обращения, требующие дополнительного рассмотрения, взяты на особый контроль, а ответственным лицам поставлены соответствующие задачи. Эти открытые диалоги играют важную роль в рассмотрении обращений предпринимателей, решении существующих проблем и налаживании эффективного диалога по вопросам электро- и газоснабжения.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
1 076
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 12-iyun kuni Tuproqqal'a tumanida o'tkaziladi.
✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Jalaquduq, Nishon, Norin, Nurobod, Oltinsoy, Ohangaron, Shumanay, Olmazor, tumanlari Kogon, Angren, Qoʻqon, Yangiyer shaharlari.
🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
➡️ 12-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Tuproqqal'a tumani.
🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.
🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 076
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#DIQQAT
📍BUXOROLIK QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASI TADBIRKORLARI DIQQATIGA!
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil: Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi binosi
Vaqt: 18:00
📞Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: 94 322-66-44
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 076
👍 «Ochiq muloqot» fenomeni: besh yilda tadbirkorlar ovozi davlat siyosatiga qanday ta’sir qildi?
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2026-yil 3-iyun kungi 111 (1710)-sonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipovning «Ochiq muloqot» fenomeni: besh yilda tadbirkorlar ovozi davlat siyosatiga qanday ta’sir qildi? nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi.
Muallif ta’kidlaganidek:
“Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti shunchaki rasmiy yig‘ilish emas, balki biznes muhitidagi muammolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri eshitish, tezkor qaror qabul qilish va iqtisodiy islohotlarni «joylardagi ehtiyoj» asosida shakllantirish mexanizmiga aylandi.”Maqolada qayd etilishicha, aynan ushbu muloqotlar orqali tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari davlat siyosatining muhim qismiga aylanib, biznesni qo‘llab-quvvatlash va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. 📖 Manba: «Yangi O‘zbekiston» gazetasi, 2026-yil 3-iyun, №111 (1710). OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
+3
✔️ Elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi binosida elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Haydarov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mutasaddilari hamda elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari offlayn va onlayn formatda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, energiya samaradorligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda tarmoq korxonalari ulushini oshirish masalalari koʻrib chiqildi. 🎤 Shuningdek, mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan keng foydalanish hamda zarur uskuna va mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi. ➡️ Muloqot davomida korxona rahbarlari tomonidan davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi, texnik tartibga solish, energiya samaradorligi va soha rivojiga oid taklif va tashabbuslar bildirildi.✍️ Bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti kun tartibi uchun takliflar paketini shakllantirishda inobatga olinadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 076
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026» – TADBIRKORLAR UCHUN TIZIMLI YECHIMLAR MAYDONI!
Biznes muhitini tubdan yaxshilash va muammolarga tezkor yechim topish vaqti keldi. Davlatimiz Rahbari bilan uchrashuv oldidan tashkil etilgan Respublika shtabi Sizning takliflaringizni kutmoqda.
Ma’lumot uchun: Shtab tarkibiga 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari jamlangan bo‘lib, ular murojaatlarni tezkor o‘rganib chiqadi.Murojaat qilish juda oddiy: 👍 @ochiqmuloqot2026_bot 📞 1100 yoki 1094 OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+7
#JARAYON
📍 Bugun Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda soha vakillari tomonidan ko‘tarilayotgan qator masalalar davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda imzolangan PF-104-son Farmonida o‘z yechimini topayotgani alohida ta’kidlanib, mazkur hujjatda belgilangan yangi tartib va qulayliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, muloqot davomida qurilish jarayonlarini soddalashtirish, ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, soha tadbirkorlari bilan ochiq muloqotlar an’anaviy tarzda har kuni tashkil etilmoqda. Unda vazirlikning mas’ul mutaxassislari onlayn formatda ishtirok etib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob bermoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 076
Repost from ADLIYA YANGILIKLARI
+6
#Adliya_xabari
Yashnobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
⌛Tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yer munosabatlari, ruxsat berish tartiblari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.✅Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. 📌Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra: ➖ jami 26 nafar tadbirkorlik subyekti qabul qilindi; ➖ 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi; ➖ 5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi; ➖18 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1 076
Repost from Biznes-ombudsman
+3
#hudud
👍 Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududlarda Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
👍Jumladan, Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilib, Prezidentimizning PF–100-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun gaz ta’minoti sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan alohida uchrashuv ham o‘tkazildi.
👍Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida tashkil etilgan ochiq muloqot va sayyor qabulda esa tadbirkorlar tomonidan kredit ajratish, yer va mulk munosabatlari, infratuzilma, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport faoliyatini rivojlantirishga oid murojaat va takliflar bildirildi.
👍Shuningdek, Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan maxsus Shtab faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni hal etish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ochiq muloqotga sifatli takliflar tayyorlash masalalari muhokama qilinib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning tizimli va individual muammolari qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda har bir murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 076
Repost from BRB Info
+3
#ochiq_muloqot
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev raisligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Qanlikoʻl tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va jismoniy shaxslar ishtirokida sayyor qabullar tashkil etildi.
🎯Unda asosiy e'tibor Davlatimiz rahbari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratildi.
🎙Shuningdek, ochiq va samimiy muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi va ularning ijobiy yechimi boʻyicha aniq choralar belgilandi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 076
📌Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
✔️ Bugunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali respublikaning 72 ta tuman va shahridagi tadbirkorlik subyektlari vakillari jarayonga onlayn ulandi.
➡️ Natijada: ✍️ 1 200 nafarga yaqin tadbirkor va korxona vakillari qamrab olindi; ✍️180 dan ortiq muammo va takliflar ko‘rib chiqildi; ✍️ 65 ta masala joyida hal etildi; ✍️ 26 ta murojaat bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi; ✍️ 90 dan ortiq murojaat nazoratga olinib, tegishli choralar belgilandi.✅ Ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan davlat xaridlari, sertifikatlashtirish, ruxsatnoma olish, eksport faoliyatini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. ✅ Shuningdek, Agentlik tomonidan sohalar kesimida ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 🌀 Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti uchun takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
