es
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Ir al canal en Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 702
Suscriptores
-1424 horas
-597 días
-1 74630 días
Archivo de publicaciones
В Ташкенте появилась первая «спортивная» остановка На остановке рядом с автомобильным рынком в Сергелийском районе, через кот
В Ташкенте появилась первая «спортивная» остановка На остановке рядом с автомобильным рынком в Сергелийском районе, через которую проходят 12 автобусных маршрутов появилась зона воркаута. По инициативе Центра организации дорожного движения остановочное пространство дополнено элементами для короткой физической активности. Такой формат отражает подход, при котором городская инфраструктура создаётся не только для передвижения, но и для удобства, здоровья и повседневного комфорта людей. Теперь пассажиры могут использовать время ожидания автобуса для разминки, подтягиваний или простых упражнений. Это делает спорт ближе к обычному городскому маршруту — по дороге на работу, учёбу или домой. Подобные решения встречаются и в других городах: в Сеуле, Пекине, Сингапуре, Париже, Боготе и Кали автобусные павильоны превращали в мини-зоны активности с турниками, ступенями и другим спортивным оборудованием. Их идея проста — движение может быть естественной частью обычного дня. Для Ташкента такая остановка — это ещё один шаг к созданию более комфортной среды вокруг общественного транспорта. Приоритизация автобусов — это не только маршруты, полосы и обновлённые остановочные комплексы, но и качество самого ожидания: безопасность, удобство, доступность и дополнительные возможности для жителей. Такие объекты будут устанавливаться точечно — прежде всего в густонаселённых районах, на остановках с оживлённой маршрутной сетью и там, где есть достаточно пространства для безопасного разделения зоны ожидания и зоны активности. Главные условия — безопасность, удобство для пассажиров, прочные конструкции, регулярное обслуживание и отсутствие помех для движения общественного транспорта и пешеходов. Следует напомнить, что приоритизация общественного транспорта является ключевой задачей хокимията столицы и эта работа включает не только новые маршруты и полосы, но и ряд сопутствующих мер. Мы открыты к предложениям жителей и готовы рассматривать новые локации, где такие воркаут-остановки действительно будут полезны и востребованы, а также варианты их комплектации. Если вы знаете место с активным пассажиропотоком и достаточным пространством для безопасного размещения такой зоны, направляйте свои предложения в телеграм бот @codd_tashkent_bot

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalish
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchasi tashkil etildi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashabbusi bilan bekat maydoni qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan to‘ldirildi. Bunday yondashuv shahar infratuzilmasi nafaqat harakatlanish, balki aholining qulayligi, salomatligi va kundalik farovonligi uchun ham yaratilayotganini aks ettiradi. Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtidan yengil mashqlar, tortilish yoki oddiy jismoniy harakatlar uchun foydalanishlari mumkin. Bu esa sportni odatiy shahar qatnoviga — ishga, o‘qishga yoki uyga ketish yo‘liga yaqinlashtiradi. Bunday yechimlar boshqa shaharlarda ham uchraydi: Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kalida avtobus pavilyonlari turniklar, zinapoyalar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan kichik faollik hududlariga aylantirilgan. Ularning g‘oyasi oddiy — harakat kundalik hayotning tabiiy bir qismiga aylanishi mumkin. Toshkent uchun bunday bekat jamoat transporti atrofida yanada qulay muhit yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Avtobuslarga ustuvorlik berish nafaqat yo‘nalishlar, yo‘laklar va yangilangan bekat majmualarini, balki kutish jarayonining sifatini ham anglatadi: xavfsizlik, qulaylik, ochiqlik va aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar. Bunday obyektlar aniq manzillarda — avvalo aholi zich joylashgan hududlarda, serqatnov yo‘nalishlar tarmog‘iga ega bekatlarda hamda kutish va faollik hududlarini xavfsiz ajratish uchun yetarli joy mavjud bo‘lgan yerlarda o‘rnatiladi. Asosiy shartlar — xavfsizlik, yo‘lovchilar uchun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish hamda jamoat transporti va piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslikdir. Shuni eslatib o‘tish joizki, jamoat transportiga ustuvorlik berish poytaxt hokimligining asosiy vazifasi bo‘lib, bu ish nafaqat yangi yo‘nalishlar va yo‘laklarni, balki bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Biz aholi takliflariga ochiqmiz va bu kabi vorkaut-bekatlar haqiqatan ham foydali va zarur bo‘ladigan yangi manzillarni, shuningdek, ularning jihozlanish turlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Agar siz yo‘lovchi oqimi faol bo‘lgan va bunday maydonchani xavfsiz joylashtirish uchun yetarli joyga ega manzillarni bilsangiz, o‘z takliflaringizni @codd_tashkent_bot telegram-botiga yuboring.

🇺🇿 Xushnud mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi 📍 Kuni kecha Yangihayot tumani hokimining Xushnud mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi. 👍 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqaro tomonidan tibbiyot, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uy-joy, obodonlashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 👍 Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar 🇺🇿 Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni
🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar 🇺🇿 Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashni nazarda tutmoqda 🛡Qonunning eng muhim yangiliklari quyidagilardan iborat: — Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi; — Reyestrga kiritilgan shaxslar davlat xizmatiga qabul qilinmaydi, saylanadigan lavozimlarga nomzod bo‘la olmaydi hamda davlat xaridlarida ishtirok etmaydi; — Jinoyat kodeksida «korrupsiyaga oid jinoyatlar» tushunchasiga ilk bor huquqiy ta’rif berilib, unga 18 turdagi jinoyat kiritildi; — Davlat organlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi; — 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmaydi; — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi. ⸻ 🇺🇿Борьба с коррупцией: новый закон – новые механизмы 🇺🇿 Закон № ЗРУ-1155, подписанный на днях Президентом Республики Узбекистан, предусматривает дальнейшее усиление системы противодействия коррупции, а также обеспечение открытости и прозрачности в деятельности государственных органов. 🛡Важнейшие нововведения закона заключаются в следующем: — Будет вестись электронный реестр лиц, совершивших коррупционные преступления; — Лица, включённые в реестр, не принимаются на государственную службу, не могут быть кандидатами на выборные должности и не участвуют в государственных закупках; — В Уголовном кодексе впервые дано правовое определение понятию "коррупционные преступления," к которому отнесены 18 видов преступлений; — Укреплены правовые основы систем комплаенс-контроля и внутреннего антикоррупционного контроля в государственных органах; — К 5 видам коррупционных преступлений не применяются правила условно-досрочного освобождения или замены наказания более мягким; — Агентством по противодействию коррупции будет формироваться карта коррупционных рисков в разрезе государственных органов, регионов и отраслей. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🇺🇿 “Yorqinhayot” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi 👍 Yangihayot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Yorqinhayot” mahallasida tashkil etildi. Unda aholining murojaatlari, takliflari va ularni qiynayotgan masalalar o‘rganilfi. 👍 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqaro bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy, tibbiyot, bandlik, obodonlashtirish hamda sport sohalariga oid bo‘ldi. 👍 Ko‘tarilgan masalalar tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar mas’ullarga yo‘naltirildi. _____________ 🇺🇿 В махалле "Ёркинхаёт" состоялся выездной приём граждан 👍 Очередной выездной приём хокима Янгихаётского района был организован в махалле "Ёркинхаёт." На нём были изучены обращения, предложения и волнующие жителей вопросы. 👍 В ходе приёма были проведены индивидуальные беседы с порядка 10 гражданами. Основная часть обращений касалась жилищного вопроса, медицины, занятости, благоустройства и спорта. 👍 Поднятые вопросы были рассмотрены с участием соответствующих должностных лиц, были определены конкретные задачи по их решению. По некоторым обращениям были даны необходимые разъяснения, а вопросы, требующие дополнительного изучения, были направлены ответственным исполнителям. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani Chortoq mahallasi hududidagi elektr tayanchida yuzaga kelgan
🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani Chortoq mahallasi hududidagi elektr tayanchida yuzaga kelgan yong‘in holati aks etgan videolavha tarqaldi. 📌 Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 22-iyun kuni soat 22:00 atrofida mazkur holat yuzasidan fuqarolardan murojaat kelib tushgan. Murojaat asosida tezkor-operativ brigada voqea joyiga yetib borib, elektr ta’minoti tarmoqlarini ko‘zdan kechirgan. 🔺 O‘rganishlar davomida soat 22:13 da yong‘in manbai aniqlanib, xavfsizlik talablariga muvofiq elektr tarmog‘i o‘chirilgan hamda zarur kommutatsion amallar bajarilgan. Natijada elektr tayanchidagi past kuchlanishli SIP kabelida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgan. 🔸 Shuningdek, elektr montyorlari tomonidan TP-7214 transformator punktini VL-6 kV “Geptin” fideridan ajratish ishlari amalga oshirilib, nosozlik bartaraf etilgach elektr ta’minoti qayta tiklangan. ▪️ Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra, yong‘in iste’molchilarga tegishli bo‘lgan past kuchlanishli kabelning qizib ketishi oqibatida yuzaga kelgani aniqlangan. Mazkur kabel orqali tibbiyot klinikasi hamda avtoservis obyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlanib kelgan. ▫️ Shu munosabat bilan, yong‘in elektr ta’minoti korxonasiga tegishli tarmoqlarda emas, balki iste’molchilarga qarashli kabel liniyasida yuzaga kelganini ma’lum qilamiz. Vaziyat yuzasidan zarur texnik choralar ko‘rilgan bo‘lib, hozirda elektr ta’minoti belgilangan tartibda ishlamoqda. 😊 Shu o‘rinda mazkur masalaga befarq bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotlik muxlislar har doim terma jamoamiz bilan birga! 🤩 Kuni kecha “Index Broadway” hududida yuzlab futbol ixlosmandlari jam bo‘lib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi uchrashuvini katta ekran orqali birgalikda tomosha qilishdi. ⚽️ Bahs natijasi muxlislar kutganidek yakunlanmagan bo‘lsa-da, o‘yin davomida stadionga xos kayfiyat hukm surdi. Terma jamoamiz har bir vaziyatda qizg‘in qo‘llab-quvvatlanib, futbol bayramiga xos muhit yaratildi. 👆 Yangihayotlik muxlislar g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham jamoamizga bo‘lgan ishonch va sadoqati o‘zgarmasligini yana bir bor namoyon etdi. Zero, aynan shu avlod O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor mamlakatimizni Jahon chempionati maydoniga olib chiqqan jamoa sifatida tarixga kirdi. 👍 Biz terma jamoamiz bilan faxrlanamiz va ularni har doim qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 “Mash’al” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi 👍 Kuni kecha Yangihayot tumani hokimi “Mash’al” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Mazkur qabul aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tinglash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida tashkil etildi. 👍 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqaroning tibbiyot, avtoturargoh tashkil etish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. 👍 Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari mavsumiy ish kiyimlari bilan ta’minlandi. ✔️ Mazkur ish kiyimlari xodimlarning kundalik mehnat faoliyatini qulay va xavfsiz sharoitlarda olib borishiga xizmat qiladi. Negaki, obodonlashtirish sohasi vakillari yil davomida tuman hududlarining tozaligi va ozodaligini ta’minlash, yashil hududlarni parvarishlash hamda obod muhitni saqlash yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 👍 Jarayonlar videomizda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 24-iyun, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

✊🏻Olg‘a, Oq bo‘rilar! 🇺🇿 Bugun Yangihayotliklar milliy terma jamoamizni oxirigacha qo‘llab-quvvatladi. Futbolchilarimiz ma
+6
✊🏻Olg‘a, Oq bo‘rilar! 🇺🇿 Bugun Yangihayotliklar milliy terma jamoamizni oxirigacha qo‘llab-quvvatladi. Futbolchilarimiz maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldi. ⚽️ Biz jamoamizga ishonamiz va keyingi uchrashuvlarda ularga omad tilaymiz. Ishonamizki, O‘zbekiston terma jamoasi hali ko‘plab yorqin g‘alabalar va unutilmas lahzalarni xalqimizga tuhfa etadi. ⚽️ Keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lsin, Pley-off sari olg‘a! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotliklar siz bilan! ⚽️ Bugun terma jamoamiz Jahon chempionatining eng kuchli jamoalaridan biri — Portugaliyaga q
🇺🇿 Yangihayotliklar siz bilan! ⚽️ Bugun terma jamoamiz Jahon chempionatining eng kuchli jamoalaridan biri — Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi. ✔️ Natija og‘ir bo‘ldi. Ammo futbol faqat hisobdan iborat emas. Bu o‘yin futbolchilarimiz uchun katta tajriba, kelajakdagi yutuqlar sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🇺🇿 Milliy terma jamoamiz futbolchilariga shuni aytmoqchimiz: boshingizni egmang! Sizlar tarixiy natijaga erishib, O‘zbekistonni Jahon chempionati maydoniga olib chiqqan avlodsiz. ✊🏻 Bugungi mag’lubiyat ertangi g‘alabalar uchun saboq bo‘ladi. Biz sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz va har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaymiz. 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Bugun natija emas, tajriba gapirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchrashuvda 0:5 hisobida imkon
🇺🇿 Bugun natija emas, tajriba gapirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchrashuvda 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu oson o‘yin bo‘lmadi. Maydonda jahon futbolining eng kuchli jamoalaridan biri, katta turnirlar tajribasiga ega Portugaliya terma jamoasi bor edi. Bunday raqib bilan o‘yin har bir xato qanchalik qimmatga tushishini, yuqori darajadagi futbol qanday tezlik va aniqlik talab qilishini ko‘rsatadi. Bugungi hisob og‘ir. Buni yashirish kerak emas. Ammo Jahon chempionati shunday maydonki, unda faqat g‘alaba emas, saboq ham katta ahamiyatga ega. Muhimi, bu yo‘l davom etadi. Bizning futbolchilarimiz bunday uchrashuvlardan kuchliroq, tajribaliroq va yanada tayyor bo‘lib chiqadi. Bugun stadionda, ekran qarshisida, har bir mahallada jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. O‘zbekiston terma jamoasi — bizning jamoamiz. Natijadan qat’i nazar, biz birgamiz. 🇺🇿 — 🇺🇿 Сегодня был тяжёлый вечер для всех, кто болеет за Узбекистан. Матч с Португалией завершился поражением нашей сборной — 0:5. Это тот случай, когда счёт говорит многое, но не всё. На поле была команда мирового уровня — с огромным опытом, высоким темпом и игроками, которые годами выступают на крупнейших футбольных аренах. Для нашей сборной это болезненный, но важный опыт. Такие матчи показывают, где мы находимся, над чем нужно работать и какой уровень ждёт команду на чемпионате мира. Проигрывать неприятно. Особенно с таким счётом. Но путь национальной команды не измеряется одним матчем. Он складывается из побед, ошибок, тяжёлых вечеров и выводов, которые нужно сделать после них. Спасибо футболистам за борьбу. Спасибо болельщикам — за поддержку, которая сегодня была особенно нужна. Мы гордимся тем, что Узбекистан играет на этом уровне. И остаёмся рядом с нашей сборной — не только когда легко, но и когда тяжело. 🇺🇿 YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#FutbolVaqti 🤩 Jarayonni yangihayotliklar katta hayajon bilan kuzatishmoqda. ⚽️ Gol urilishiga deyarli bir qadam qolgandi. ✊🏻 Bo’sh kelama, Oq bo’rilar, hali o’yin oldinda! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#FutbolVaqti 🤩 O’yin boshlanmoqda ⚽️ Olg’a O’zbekiston! 😎 Olg’a Oq bo’rilar! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#FutbolVaqti Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi tarixiy uchrashuvi — 🇺🇿O‘zbekiston-Portugaliya 🇵🇹 o‘yinini qayerda tomosha qilasiz?
Anonymous voting

Repost from OQ BOʻRI
Президент Шавкат Мирзиёев футболчиларимизга омад тилади.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

🇺🇿 Soliq tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlarga qulaylik yaratmoqda ✔️ Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi rahbariyati t
+3
🇺🇿 Soliq tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlarga qulaylik yaratmoqda ✔️ Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot va savol-javob uchrashuvi tashkil etildi. ✅ Tadbir davomida Prezidentimizning 100-sonli Farmonida belgilangan yo‘nalishlar, soliq ma’murchiligini yanada soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 👍 Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davlat organlari hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#XalqFikri 🤩 Bugun millionlab muxlislar uchun tarixiy kun. ⚽️ Bir tomonda — jahon futbolining mashxurlaridan biri Portugaliya, ikkinchi tomonda esa ilk bor Jahon chempionati maydoniga chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi. 🤓 Ko‘pchilikni bir savol qiziqtirmoqda: futbolchilarimiz sensatsiya yaratishadimi? ❓ Shahrimiz aholisi va mehmonlari ushbu muhim bahs oldidan qanday kayfiyatda? Ular terma jamoamizning imkoniyatlarini qanday baholamoqda? O‘yinni qayerda tomosha qilishni rejalashtirishgan? Va eng muhimi, tarixiy Jahon chempionatidagi ishtirokimiz ularda qanday faxr va hayajon uyg‘otmoqda? 👍 Ushbu so‘rovnomamiz orqali muxlislarning bugungi o‘yin haqidagi eng qiziqarli fikrlari, dadil taxminlari va O‘zbekiston futboli tarixidagi unutilmas sahifaga munosabatlarini bilib olamiz. ______ #МнениеНарода 🤩 Сегодня исторический день для миллионов болельщиков. ⚽️ С одной стороны — Португалия, один из титанов мирового футбола, а с другой — национальная сборная Узбекистана, впервые вышедшая на поле чемпионата мира. 🤓 Многих интересует один вопрос: сотворят ли наши футболисты сенсацию? ❓ Какое настроение у жителей и гостей нашего города перед этим важным матчем? Как они оценивают шансы нашей сборной? Где они планируют смотреть игру? И самое главное, какую гордость и волнение вызывает в них наше участие в историческом чемпионате мира? 👍 В этом опросе мы узнаем самые интересные мнения болельщиков о сегодняшней игре, их смелые прогнозы и отношение к этой незабываемой странице в истории узбекского футбола. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⛔️ "Пенсиянгизни ошириб бераман", деган гап ҳар доим ҳам яхшиликка олиб келмайди. ❌ Воситачиларга ишонманг! 📞 Шубҳали ҳолатларда 1271 ишонч телефонига мурожаат қилинг. 🛡 Пенсия масаласида бегона одамларнинг ваъдаларига эмас, расмий манбаларга ишонинг. Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube