Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Ir al canal en Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 718
Suscriptores
-624 horas
-507 días
-1 73930 días
Archivo de publicaciones
❗️ Diqqat. e'lon!
🇺🇿 “Yangihayot” industrial texnoparki hududidan o‘tgan ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarining yo‘l qurilishi hududiga to‘g‘ri kelib qolganligi sababli, mazkur quvurlarni ta’mirlash hamda ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
⚡️ Shu sababli, 2026-yil 28-iyul kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar "Chortoq" mahallasining ayrim hududlari, “Grandpharm” MChJ, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Land House” MChJgacha bo‘lgan hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla mavjud.
Mas’ullarga uch oyda ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirildi.
Birinchi navbatda moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan.
Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va buni Andijon viloyatidan boshlash taklifi ma’qullandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim ishlaydi. Lekin xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani sababli kun davomida kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.
Shu bois, mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.
Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.
Markaz “ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi. Shu asosda sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi ishlab chiqiladi.
Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun 10 ta asosiy KPI belgilanadi. Unda avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi asosiy mezon bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi. Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.
Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi.
Aholi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib, mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi.
Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari joyida ko‘rsatib beriladi.
Davlatimiz rahbari viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi.
Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.
Elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.
Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.
Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi ogohlantirildi.
Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi.
“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.
Tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.
Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori.
ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.
Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.
Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.
“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak”,– dedi davlatimiz rahbari. Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan. So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan. Prezidentimiz har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.
Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.
Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.
So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.
“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!”– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
+4
⛽️ Al-Farg‘oniy mahallasida issiqlik tarmoqlari yangilanmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu maqsadda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholini sifatli xizmatlar bilan ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Xususan, “Veolia Energy” MChJning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan Al-Farg‘oniy mahallasi hududidagi 200 metr uzunlikdagi eskirgan issiqlik quvurlari yangisiga almashtirilmoqda.
🇺🇿 Yangihayot tumanida har kuni erta tongdan tuman ko‘chalari, yo‘l bo‘ylari, yashil hududlar va irrigatsiya tarmoqlarida tozalash ishlari olib borilib, atrof-muhitning ozoda va tartibli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🧹 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar tufayli ko‘chalar chiqindilardan tozalanib, hududlar yanada obod va fayzli qiyofa kasb etmoqda.
🌸 Har bir ozoda ko‘cha va pokiza mahalla — barchamizning umumiy sa’y-harakatimiz samarasidir.
👍 Jarayonlar videomizda.
#Dolzarb40Kun
#Mustaqilligimizning35Yilligi
❗️ Hurmatli “Chorbog‘“ mahallasi ahli!
🛠️ Hududdagi elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlarini olib borilishi sababli, bugun soat 18:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
🏠 Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz.
📌 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.
⏺Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, oʻrtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.
Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:
☑️ Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
☑️ myGov mobil ilovasi;
☑️ my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.
🇺🇿 Batafsil
#mortgage #subsidy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
#videoInfografika
🇺🇿 Yangihayot tumanida kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar
📊 Ushbu video infografikada 2026-yilning 6 oyi mobaynida Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Yangihayot-Maxsustrans” avtotransport filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing!
______
#видеоинфографика
🇺🇿 Работы, проделанные в коммунальной сфере Янгихаётского района
📊 В этой видеоинфографике вы можете ознакомиться с работами, выполненными Управлением благоустройства Янгихаётского района и автотранспортным филиалом "Янгихаёт-Махсустранс" за 6 месяцев 2026 года!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz!
📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-257-07-78
😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi:
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi:
55-503-04-98
👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi:
71-257-73-85
😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34
😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF:
71-250-75-49
____________________________
❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района!
🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме!
📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения.
🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам:
😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари":
71-257-07-78
😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy":
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти":
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз":
55-503-04-98
👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети):
71-257-73-85
😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур":
71-215-25-34
😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс":
71-250-75-49
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
✈️ Siz ta’tilda bo‘lgan vaqtingizda, xonadoningiz kimning nazoratida?
🔐 Qo‘riqlash departamentining "Aqlli uy" loyihasi bilan barcha nazorat mobil qurilmangizda, xavfsizlik esa professionallar qo‘lida.
———
✈️ Сиз таътилда бўлган вақтингизда, хонадонингиз кимнинг назоратида?
🔐 Қўриқлаш департаментининг "Ақлли уй" лойиҳаси билан барча назорат мобил қурилмангизда, хавфсизлик эса профессионаллар қўлида.
© Қўриқлаш Департаменти | расмий канал
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
Repost from Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi
+4
#Kotibiyat_hududlarda #Qonun_ijrosi
#Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bog‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda
📍Joriy yilning 21-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari F.Boqiyev hamda vazirlik vakili Sh.Ikramov Yangihayot tumanida bo‘lib, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev va tuman hokimi o‘rinbosari A.Xatamov bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
📎O‘rganishlar davomida mas’ullar "Charog‘on" mahallasida joylashgan 304-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tegishli foydalanilmayotgan 2 gektar yer maydoni va undagi binoning bugungi holatini ko‘zdan kechirdi.
✅ Shundan so‘ng mazkur hududda davlat-xususiy sheriklik hamda davlat dasturi asosida 1 650 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi va 570 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish masalasi muhokama qilindi.
👀 Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇
🌐Тelegram | |🌐Facebook | 🌐 Web
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: “Yo‘ldosh” mahallasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi
📌 Yangihayot tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, Yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari boshlandi.
☑️ Xususan, bugun “Yo‘ldosh” mahallasida ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, sanitariya-tozalash ishlarini olib borish, chiqindilarni bartaraf etish, yashil hududlarni parvarishlash hamda hududning obod va ozoda qiyofasini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etildi.
📍 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar tumanning barcha mahallalarida davom ettiriladi.
🇺🇿 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng qamrovli saf yig‘ini o‘tkazildi
📍 Avval xabar berganimizdek, bugun “Index Broadway” hududida Yangihayot tumani hokimi boshchiligida xavfsizlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kengaytirilgan saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Mazkur tadbir tumanda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib va ko‘tarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi.
👍 Saf yig‘inida "mahalla yettiligi" vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, obodonlashtirish va boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha mas’ul tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir davomida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilib, mas’ullarga jamoat xavfsizligini kuchaytirish, hududlarda obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlarini tizimli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, ijtimoiy himoya tadbirlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
