es
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Ir al canal en Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 702
Suscriptores
-1424 horas
-597 días
-1 74630 días
Archivo de publicaciones
🔔 Hurmatli tumandoshlar! 🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasid yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Bun
🔔 Hurmatli tumandoshlar! 🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasid yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning natijasida daraxt va shoxlar sinishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi mumkin. ❗️Barchangizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasligingizni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlaringizni soʻraymiz. Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang. ☎️ Favqulodda holatlarda 1050 va 1055 raqamlariga qoʻngʻiroq qiling. *** 🔔 Уважаемые жители района! 🌧 В ближайшие дни в столице ожидаются проливные дожди, сильный ветер, а также, изменение температуры воздуха. В результате чего могут сломаться ветки и деревья, а неустойчивые конструкции могут не выдержать напора ветра. ❗️ Просим вас в условиях сильного ветры не покидать помещения, парковать автомобили вт безопасные места, подальше от деревьев и неустойчивых конструкций. Берегите себя и своё имущество от несчастных случаев. ☎️ В случае возникновения чрезвычайных ситуаций звоните по номерам 1050 и 1055. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etidi 👍 O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmun-mohiyati, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish mexanizmlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. 👆 Mazkur kurs maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, rahbar xodimlarning kasbiy kompetensiyalari hamda ta’lim sifatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🖼 Yangihayotda har juma — Milliy liboslar kuni! 🖼 Yangihayot tumani hokimligi jamoasi har juma kuni milliy liboslarda ish f
+4
🖼 Yangihayotda har juma — Milliy liboslar kuni! 🖼 Yangihayot tumani hokimligi jamoasi har juma kuni milliy liboslarda ish faoliyatini olib borish orqali milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etmoqda. 🖼 Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas.Bu — milliy g‘urur, tarix va o‘zlik timsoli! ________________ 🖼 Каждую пятницу в Янгихаёте — День национального костюма! 🖼 Каждую пятницу коллектив хокимията Янгихаётского района ведёт свою деятельность в национальной одежде, проявляя тем самым уважение к нашим национальным ценностям и традициям. 🖼 Национальный костюм — это не просто одежда. Это — символ национальной гордости, истории и самобытности! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🖼 49-sonli DMTTda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida juma — Mill
+5
🖼 49-sonli DMTTda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida juma — Milliy liboslar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ☀️ Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va milliy liboslarimizni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan milliy an’analarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda ko‘rgazmalar namoyish etildi. 🖼 Shuningdek, tarbiyalanuvchilar va pedagoglar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi va an’analarini keng targ‘ib qilishdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida 📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiq
🇺🇿🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida 📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi. 📈Tadqiqotda shaharlar “o‘zgarish sur’ati”, iqtisodiy imkoniyatlar, yashash qulayligi, ijtimoiy kapital hamda davlat organlari bilan muloqot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholangan. 📈 BCG ma’lumotlariga ko‘ra, “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha Toshkent Shenchjen va Ar-Riyoddan keyingi yuqori o‘rinni egallagan. ➡️Tadqiqotda Toshkent natijalari iqtisodiy imkoniyatlar hamda davlat xizmatlari bilan o‘zaro aloqalar yo‘nalishidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan izohlangan. 🇺🇿Ushbu natija poytaxtda shahar muhiti, infratuzilma, xizmatlar sifati va aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro ekspertlar e’tiborida ekanini ko‘rsatadi. ___________________ 🇺🇿🖼 Ташкент — в числе самых быстро меняющихся городов мира 📈В исследовании, опубликованном Boston Consulting Group, Ташкент отмечен в числе самых быстро меняющихся городов мира. 📈В исследовании города оценивались по таким направлениям, как «скорость изменений», экономические возможности, качество жизни, социальный капитал и взаимодействие с государственными органами. 📈 Согласно данным BCG, по показателю «скорость изменений» Ташкент занял высокую позицию, уступив только Шэньчжэню и Эр-Рияду. ➡️В исследовании результаты Ташкента объясняются положительными изменениями в сфере экономических возможностей, а также во взаимодействии жителей с государственными услугами. 🇺🇿Данный результат показывает, что проводимая в столице работа по развитию городской среды, инфраструктуры, повышению качества услуг и созданию удобств для жителей находится в поле внимания международных экспертов. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#BizHurmatQilamiz 👍 Obodonlashtirish xodimlari shahar va mahallalarimizning ozoda, tartibli va obod bo‘lishi uchun har kuni fidokorona mehnat qilmoqda. Ularning zahmatli va sharafli mehnati har qanday e’tirof va hurmatga loyiq. 👍 Ular yozning jazirama issig‘i va qishning qahraton sovug‘iga qaramay, yurtimiz obodligi yo‘lida tinimsiz mehnat qiladi. Shunday ekan, ularning mehnatini qadrlash va hurmat qilish barchamizning insoniy burchimizdir. 😊 Ana shu ezgu maqsadda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan #BizHurmatQilamiz chellenjini qo‘llab-quvvatlagan holda, Yangihayot tumani hokimligi ham ushbu chellenjni davom ettirdi. Tumanimizdagi obodonlashtirish xodimlariga ham kichik e’tibor va hurmat ko‘rsatilib, ularga muzqaymoq ulashildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🥳 “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi! 👍 Xabaringiz bor, Yangihay
+2
🥳 “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi! 👍 Xabaringiz bor, Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan umumta’lim maktablari o‘rtasida “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi e’lon qilingan edi. 🇺🇿 Kuni kecha tuman hokimligi binosida ushbu tanlovning mutlaq g‘oliblariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. 🙂 Shu o‘rinda, ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha maktab jamoalari hamda ovoz berish jarayonida faollik ko‘rsatgan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 “Yoshlar kuni”: tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi 📍 Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi “
+4
🇺🇿 “Yoshlar kuni”: tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi 📍 Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi “Xushnud” mahallasida tumanimiz mahallalarida yashovchi o'ziga biriktirilgan 10 ga yaqin yoshlar bilan uchrashdi. 👍 Uchrashuv davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari, kelgusidagi rejalari tinglandi. 👍 Muloqot jarayonida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvidan eng yorqin lahzalar Bugungi o‘yin keskin kurash, xavfli vaziyatlar va muxlislarning kuchli qo‘llab-quvvatlovi bilan yodda qoldi. Terma jamoamiz maydonda oxirigacha kurashdi, tribunalar esa bir lahza ham jim qolmadi. Oldinda guruh bosqichining yana ikki muhim va murakkab uchrashuvi bor. Kurash davom etadi. — 🇺🇿 Самые яркие моменты матча Узбекистан – Колумбия Сегодняшняя игра запомнилась напряжённой борьбой, опасными моментами и мощной поддержкой болельщиков. Наша сборная сражалась на поле до конца, а трибуны не умолкали ни на секунду. Впереди ещё две важные и сложные встречи группового этапа. Борьба продолжается. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g
Yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi Deklaratsiyasiga qo‘shilishi e’lon qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.
“Bularning barchasi g‘oyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir”,
– dedi davlatimiz rahbari. O‘tgan davrda kengash huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar uchun 50 dan ortiq foydali yig‘ilishlar o‘tkazildi. Natijada muqobil investitsiya jamg‘armalari, garov qonunchiligi, mas’uliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq ma’murchiligi, yer ajratish va energetika kabi ustuvor yo‘nalishlardagi masalalar xorijiy investorlar hamraisligida atroflicha muhokama qilindi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoga O‘zbekistondagi islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va kengash faoliyatiga samarali raislik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Anjumanda qatnashayotgan barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromini izhor etdi. So‘nggi yillarda kengash oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylangani ta’kidlandi. Bugun kengash mustaqil assotsiatsiya maqomiga ega bo‘lib, tom ma’noda kuchli institut darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan bir yil davomida kengash ishtirokchilari soni 54 ta kompaniyadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotimizning 23 ta tarmog‘ini qamrab olib, ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi kengashning Ijroiya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda. Facebook|Instagram|X

🤩 Yangihayotlik muxlislar O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini katta ekran orqali birgalikda tomosha qilishdi. 📍 “Index Broadway” hududida jam bo‘lgan yuzlab futbol ixlosmandlari terma jamoamizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, haqiqiy muxlislik muhitini yaratishdi. ⚽️ Uchrashuv 1:3 hisobida Kolumbiya foydasiga yakunlangan bo‘lsa-da, Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritilgan gol O‘zbekistonning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli sifatida muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. ❤️‍🔥 Bugun kerakli natijaga erisha olmadik, ammo jamoamiz oxirigacha kurashdi. Yangihayotlik muxlislar esa terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini yana bir bor namoyon etdi. 🇺🇿 Oldinda yana muhim uchrashuvlar bor. Jamoamizga ishonamiz va keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🥳🥳🥳🥳 Goooool 🇺🇿 Olg’a O‘zbekiston! Olg’a oq bo’rilar! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📣 Birinchi bo‘lim yakunlandi! ⚽️ O‘zbekiston 🇺🇿 — Kolumbiya 🇨🇴 uchrashuvida dastlabki 45 daqiqa ortda qoldi. 📊 Hozircha hisob: 0:1 🤔 Sizningcha, kim g’alaba qozonadi?
Anonymous voting

😎 Jarayonlar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli efirga uzatilib boriladi Facebook Instagram 🤩 Bizni kuzatishda davom eting 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

+1
🤩 Tarixiy o’yinimiz boshlandi!!! 🇺🇿 Olg’a O‘zbekiston! Olg’a oq bo’rilar! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⚽️ Ayni daqiqalarda O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi boshlanish arafasida. 🤩 “Index Broadway” hududida futbol muxlislari j
+3
⚽️ Ayni daqiqalarda O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi boshlanish arafasida. 🤩 “Index Broadway” hududida futbol muxlislari jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilmoqda. 🏆 Keling, terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik va tarixiy uchrashuv guvohiga aylanaylik! 🇺🇿 Olg’a O‘zbekiston! Olg’a oq bo’rilar! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 18-iyun, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from OQ BOʻRI
Президентимиз 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri