es
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Ir al canal en Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 728
Suscriptores
-224 horas
-697 días
-1 73030 días
Archivo de publicaciones
🎶 Bayramona konsertni tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari boshlab berdi!

🥳 “Flowers Garden” bog’ida Mustaqillik bayrami munosabati bilan katta shou-konsert bo‘shlandi. 📍 Manzil: Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi, 130-uy 😊 Bugun kechqurun “Flowers Garden”da ko‘rishamiz! Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

😊😊😊😊 Hurmatli fuqarolar! So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Tashabbusli budjet” jar
😊😊😊😊 Hurmatli fuqarolar! So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofotlari taklif etish holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 📥 Xususan, va’da qilingan mablag‘lar berilmayotgani bo‘yicha fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda. ❌ Ushbu holatda uchinchi shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash maqsadida pul mablag‘lari yoki moddiy qiymatiliklar va’da qilgan holda fuqarolardan ovoz to‘plab, keyinchalik mukofotlarni bermasligi holatlari kuzatilmoqda. ✅ Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish faqatgina “Ochiq budjet” axborot portali, portalning Android va iOS tizimlarida ishlovchi mobil ilovalari hamda Telegramdagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi. Bunda, amaldagi tartibga ko‘ra, berilgan ovozlar uchun hech qanday to‘lov talab etilmasligi bilan bir qatorda hech qanday moddiy rag‘batlantirishlar ham nazarda tutilmagan. ‼️ Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
❗️ Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering. Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang. Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang.
#tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Repost from Rasmiy axborot
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov 🔼“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi — 2
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov 🔼Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi — 21-sentyabrga qadar davom etadi   ➡️Mazkur bosqichda dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari mumkin.   ℹ️Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   💱10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   🔗Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8   🗣Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. ➖➖➖➖➖➖➖ https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665

#Eslatma 📣 Bugun kechqurun — barchangizni kutamiz! 😎 Yangihayotliklar, bugungi kechani uyda o‘tkazib yubormang! 🕖 Soat 19:00 da “Flowers Garden” parkida Mustaqillik bayrami munosabati bilan katta shou-konsert bo‘lib o‘tadi. 🎶 Sahnada Afruza va boshqa taniqli xonandalar chiqish qiladi. Yaqinlaringizni ham olib keling — birga sayr qiling, konsert tomosha qiling va bayramona kayfiyatni birga ulashing! 📍 Manzil: Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi, 130-uy 😊 Bugun kechqurun “Flowers Garden”da ko‘rishamiz!

Repost from Pressuzb
Япония бугунги маданиятга қандай эришган? Япониянинг тоза кўчалари, тартибли жамияти ва ўзига хос турмуш тарзи ҳақида гап кетганда, кўпинча бу халқнинг юксак маданияти билан изоҳланади. Аммо уларда ҳам доим бундай тартиб бўлмаган. Кўпчилик ҳавас қиладиган япон маданиятининг ортида йиллар давомида ишлаган бутун бошли тизим турибди. Яъни, жамиятдан маданият талаб қилишнинг ўзи етарли бўлмаган. Қоида ҳам бўлган, назорат ҳам, жавобгарлик ҳам. Шу билан бирга, одамларнинг ўз ҳудуди ва жамоат жойларига муносабатини ўзгартирадиган механизмлар яратилган. Бу масала Ўзбекистон учун ҳам долзарб. Кўчани тозалашга қанча куч ва маблағ сарфланмасин, уни ифлос қилиш одат бўлиб қолаверса, муаммо яна қайтиб келаверади. Япония одамларни тозалик ва тартибга қандай ўргатган — батафсил видеода. @pressuzb

🔋 Yangi quvvat — yangi loyihalar: Bayram arafasida “Yangi Avlod” podstansiyasi foydalanishga topshirildi 🥳 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi hududida yangi elektr podstansiyasi foydalanishga topshirildi.
📌 “Yangi Avlod” podstansiyasi “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etildi. 110/35/10 kV kuchlanishga ega mazkur podstansiyaning ochilish marosimida “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va tuman hokimligi mas’ullari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
🏙️ Mazkur yangi podstansiyaning ishga tushirilishi sanoat zonasidagi ishlab chiqarish obyektlarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish hamda hududda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur elektr quvvatlarini yaratish imkonini beradi.

🏘 Yangi uy-joy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Yangi xonadon xarid qilish — katta mablag‘ va mas’uliyat talab qiladigan qaror. Shartnoma imzolash yoki to‘lovni amalga oshirishdan oldin quruvchi tashkilot va obyektga oid hujjatlarni diqqat bilan tekshirish muhim. ➡️Ushbu videoda uy-joy sotib olishda nimalarga e’tibor berish, qanday hujjatlarni tekshirish va keyinchalik muammoga duch kelmaslik uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar berilgan. Videoni oxirigacha ko‘rishni va kerak bo‘lganda foydalanish uchun saqlab qo‘yishni tavsiya qilamiz. 📄Agar siz yangi uy-joy sotib olib, qurilish, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki quruvchining majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etilgan shahar shtabiga murojaat qilishingiz mumkin. ✔️Murojaatlar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qurilish bosh boshqarmasi, Qurilish va uy-joy sohasida nazorat inspeksiyasi, Kadastr agentligi, Soliq boshqarmasi, prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqamli rivojlanish departamenti hamda Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirokida o‘rganiladi. ❗️Har bir holat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga zarur tushuntirishlar beriladi va vakolat doirasida tegishli choralar belgilanadi. ☎️ +998 71 210-01-44 ☎️ +998 71 210-02-62 ☎️ +998 71 210-01-39 ⸻ 🏘 Что важно проверить перед покупкой жилья в новостройке? Покупка новой квартиры — серьёзное финансовое решение. До подписания договора и внесения оплаты важно внимательно проверить документы застройщика и самого объекта. ➡️В этом видео собраны важные рекомендации: на что обратить внимание при покупке жилья, какие документы необходимо проверить и что следует сделать, чтобы снизить риск возникновения проблем в дальнейшем. Советуем посмотреть видео до конца и сохранить его, чтобы инструкция оставалась под рукой. 📄Если вы уже приобрели жильё в новостройке и столкнулись с проблемами, связанными со строительством, оформлением документов или исполнением обязательств застройщиком, можно обратиться в городской штаб, созданный при хокимияте города Ташкента. ✔️Обращения рассматриваются с участием представителей органов внутренних дел, строительства, Инспекции по контролю в сфере строительства и жилищного хозяйства, Агентства по кадастру, налоговых органов, прокуратуры, Департамента по борьбе с экономическими преступлениями, Центрального банка, Агентства по управлению государственными активами, Департамента цифрового развития и хокимията города Ташкента. ❗️Каждый случай будет изучен индивидуально. Заявителям предоставят необходимые разъяснения и определят возможные меры в пределах полномочий ответственных организаций. ☎️ +998 71 210-01-44 ☎️ +998 71 210-02-62 ☎️ +998 71 210-01-39 YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#OAVvaBiz Yangihayot tumanida aholiga yaratilayotgan qulayliklar OAV nigohida 🌐 Uza.uz
#OAVvaBiz Yangihayot tumanida aholiga yaratilayotgan qulayliklar OAV nigohida 🌐 Uza.uz

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🔹 Yangihayot tumanida kambag‘allik darajasi keskin qisqardi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 17-fakt. Bilasizmi? So‘nggi yillarda Yangihayot tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 10,6 foizdan 2026-yilda 3,2 foizga tushdi. ▫️ Bu natija aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish va manzilli ijtimoiy yordam dasturlarining samarali amalga oshirilayotgani samarasidir. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#ob_havo 📆 Bugun 22-avgust, haftaning shanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

🔹 Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida
+4
🔹 Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari va maktab direktorlari ishtirok etdi. 📑 Yig‘ilish davomida tuman IIO FMB hamda ta’lim muassasalari tomonidan komissiyaga taqdim etilgan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid materiallar muhokama qilindi. ▫️ Shuningdek, yig‘ilishda "Mehrli qo‘llar" xizmatini tashkil etish bo‘yicha jalb qilinadigan oilalar yuzasidan iltimosnomalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi masalalar ham yig‘ilish kun tartibida ko‘rib chiqildi.

🔹 Yangihayotlik yoshlar harbiy qismga sayohat qildi 📌 Yangihayot tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ul
+3
🔹 Yangihayotlik yoshlar harbiy qismga sayohat qildi 📌 Yangihayot tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. 📍 Xususan, bugun Xo‘ja Uchqun mahallasida joylashgan harbiy qismga mahallalarda istiqomat qiluvchi, guruh otalig‘iga olingan yoshlar uchun sayohat tashkil etildi.Tadbir tuman IIO FMB, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda harbiy qism hamkorligida tashkil etildi. ♻️ Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlarga harbiy qurol-aslaha va boshqa zarur jihozlar, ularning vazifasi hamda imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati va harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🥳 Yana bir g‘alaba muborak! 📚 Gap shundaki, Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi. 🥳 E’tiborli jihati shundaki, Yangihayot tumanidagi 331-maktab jamoasi tanlovning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi. 😊 Ushbu natija maktab jamoasining xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi mehnati va izlanishlarining munosib e’tirofi bo‘ldi. 👏🏻 Fursatdan foydalanib, 331-maktab jamoasini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz! G‘alabalar bardavom bo‘lsin! 🔗 Manba Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

🎉 В преддверии праздника детские мечты сбылись. 😊 Иногда даже простое желание может стать для ребёнка огромной радостью. 🔹 На днях хоким Янгихаётского района посетил небольшой детский дом в махалле "Чоштепа" и тепло побеседовал с его воспитанниками. В ходе беседы дети упомянули, что качели, которыми они пользуются, немного поизносились, и что им было бы гораздо удобнее, если бы на лестницах в доме постелили ковровые дорожки. 💕 Эти пожелания детей не остались без внимания. 🥳 В преддверии 35-летия нашей независимости для них привезли новые качели, оборудование для детской площадки и ковры. Дети были искренне рады видеть, что их маленькие, по-детски наивно высказанные пожелания, исполнились. 🎈 Ведь праздник становится еще прекраснее от детской радости. Там, где звучит их радостный смех, и праздник ощущается по-настоящему. Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

🎉 Bayram arafasida bolajonlarning istaklari amalga oshdi 😊 Ba’zan bolajonlarning oddiygina istagi ham ular uchun katta quvonchga aylanadi. 🔹 Kuni kecha Yangihayot tumani hokimi “Choshtepa” mahallasidagi kichik hajmdagi bolalar uyida bo‘lib, bolajonlar bilan samimiy suhbatlashgan edi. Suhbat davomida bolalar foydalanayotgan arg‘imchoqlar biroz eskirib qolgani, uydagi zinalarga esa gilam to‘shalishi ular uchun yanada qulay bo‘lishi haqida aytishgandi. 😊 Bolajonlarning bu istaklari e’tiborsiz qolmadi. 🥳 Mustaqilligimizning 35yilligi arafasida ular uchun yangi arg‘imchoqlar, bolalar maydonchasi jihozlari va gilamlar olib kelindi. Bolajonlar beg'uborlarcha aytgan kichik istaklari amalga oshganini ko‘rib, chin dildan quvonishdi. 🎈 Axir, bayram — bolajonlarning quvonchi bilan yanada go‘zal. Ularning quvonchi bor joyda bayram ham bayramdek o‘tadi.

📍 "Flowers Garden” parkida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi 👩‍🚒 “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Flowers Garden” parkida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 🚒 Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish, yong‘inni bartaraf etish hamda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bajarildi. 🎬 Jarayonlar videomizda

#Obodonlashtirish #YangiChoshtepa 📍 "Yangi Choshtepa" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 👩🏻‍🚒 Yangihayotda bo‘lajak qutqaruvchilar tahsil oladigan Akademiya faoliyat yuritadi 🥳. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 16-fakt. Bilasizmi? YYangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi faoliyat yuritadi. 🏢 Mazkur oliygohda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi hamda qutqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#ob_havo 📆 Bugun 21-avgust, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site