es
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

Ir al canal en Telegram

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
199
Suscriptores
-124 horas
-17 días
-330 días
Número de Publicaciones

Carga de datos en curso...

Reacciones
Comentarios
Estrellas de Telegram
PUBLICACIONES TOP por

Carga de datos en curso...

Análisis de publicación
Mensajes
Ver dinámicas
Shayton va Iblis Oʻzbek tilida shayton va iblis soʻzlari koʻpincha sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq ularning kelib chiqish yoʻli, maʼno doirasi va qoʻllanish tarzi bir-biridan sezilarli farq qiladi. Eng qiziq jihati shundaki, bu ikki soʻz ikki xil tildan kelgan boʻlsa-da, aslida bir tushunchaning ikki xil tarjimasidir. Shayton soʻzining ildizi qadimgi ibroniy tilidagi śāṭān soʻziga borib taqaladi. U "raqib, qarshi chiquvchi, ayblovchi" maʼnosini anglatgan va ś-ṭ-n ("qarshilik koʻrsatmoq, ayblamoq") ildizidan yasalgan. Tavrotning ilk qismlarida bu soʻz hali atoqli ot emas, yoʻlni toʻsuvchi yoki ayblov qoʻyuvchi har qanday kimsaga nisbatan qoʻllangan. Keyinchalik u yovuzlik timsoli boʻlgan muayyan mavjudotning nomiga aylangan. Arab tiliga soʻz, ehtimol, oromiy (sāṭānā) yoki habash (sayṭān) tillari orqali šayṭān shaklida kirgan. Arab tilshunoslari uni š-ṭ-n ("uzoqlashmoq", yaʼni haqdan uzoqlashgan) yoki š-y-ṭ ("kuymoq", yaʼni olovdan yaralgan) ildizlari bilan izohlashga uringan. Zamonaviy tilshunoslik esa bu izohlarni keyingi davr xalq etimologiyasi deb baholaydi. Iblis soʻzining tarixi boshqacha yoʻldan kechgan. Gʻarb sharqshunoslarining aksariyati, xususan Artur Jefri, uni yunoncha diabolos soʻzidan keltirib chiqaradi. Bu soʻz "tuhmatchi, oraga nifoq soluvchi" maʼnosini beradi va dia-ballō ("oraga tashlamoq") feʼlidan yasalgan. Muhim jihati shundaki, miloddan avvalgi asrlarda Tavrot yunon tiliga tarjima qilinganda (Septuaginta) ibroniycha śāṭān aynan diabolos deb oʻgirilgan. Demak, yunoncha soʻz ibroniycha tushunchaning tarjimasi edi. U suryoniy nasroniylar orqali arablarga yetib kelganda boshidagi di- boʻgʻini tushib qolgan va soʻz iblīs shakliga kirgan. Arab lugʻatshunoslari esa iblisni b-l-s ildiziga bogʻlaydi: ablasa "umidsizlandi, rahmatdan noumid boʻldi" demakdir. Shunday qilib, bir ibroniycha tushuncha ikki yoʻl bilan, biri bevosita, ikkinchisi yunon tili orqali, arab tilida qayta uchrashgan. Turkiy tillarga har ikki soʻz islom bilan birga kirgan. Undan avval qadimgi turkiy matnlarda yek ("yovuz ruh, jin") soʻzi, moniy va buddaviy uygʻur yodgorliklarida esa soʻgʻd tilidan oʻzlashgan šimnu soʻzi qoʻllangan. Bugungi oʻzbek tilida ham ikki soʻzning maʼno doirasi farqlanadi. Shayton xalq tilida keng qoʻllanadi va unumli soʻz yasaydi: shaytonlamoq, shayton yoʻldan urdi, shaytonga hay bermoq. Iblis esa koʻproq kitobiy va kuchli salbiy boʻyoqqa ega: iblis odam deganda shunchaki gunohkor emas, yovuzlikning timsoliga aylangan kimsa nazarda tutiladi.
820010Inicia sesión para ver las estadísticas