Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Ir al canal en Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 753
Suscriptores
Sin datos24 horas
+1 6937 días
+3 54630 días
Archivo de publicaciones
+5
#Yoshlar_kuni
🟢 2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida “Yurtimizda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
🇺🇿 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.
✔️Uchrashuvda 140 nafarga yaqin faol yoshlar ishtirok etib, ular bilan ochiq muloqot olib borildi. Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Fraksiyasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Nilufar Matkarimova ishtirok etdi.🔝Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🇺🇿 Mazkur taqdimot doirasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va tabiiy resurslarni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
🟢Mazkur islohotlar ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi .
✔️ Yoshlar va xotin-qizlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularning ushbu jarayonlardagi faolligini oshirish esa ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Batafsil: 👉 taqdimot
Nilufar Matkarimova,
Yoshlar va xotin-qizlar masalalasi bo‘yicha o‘rinbosar
Telegram | Instagram | Facebook
+6
🟢Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi !
🤝Bugun hududda yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan amaldagi faoliyat atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida sohada erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama etildi.
✔️Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdi.
🔼Muhokamalar yakunida kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Xususan, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini manzilli hal etish, yangi loyihalar va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
📎Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook
+4
Kompleksdagi bo’linmalar faoliyati muhokama qilindi
🟢Bugun kompleksimizda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari ishtirokida amaldagi faoliyat samaradorligi, tizimda uchrayotgan dolzarb masalalar hamda istiqboldagi ustuvor rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan kompleks yig‘ilish tashkil etildi.
✔️Yig‘ilish davomida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, kelgusidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini samarali himoya qilish, ular bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
🔼Mazkur uchrashuv o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va oldimizdagi ustuvor maqsadlarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📎Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook
Prezidentimiz tashabbuslari bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanishi yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam, deb hisoblayman.
🔹Ayniqsa, rahbarlarning bevosita mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitishi muammolarni joyida aniqlash va tezkor hal etish imkonini beradi.
🔹Bu tashabbus yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish bilan birga, ularning real natijalarga erishishiga zamin yaratadi.
🔹Ushbu yondashuv izchil davom ettirilsa, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim amaliy mexanizmga aylanishiga ishonaman.
📎Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ekologik muammolarni aynan hamkorlik, innovatsion va ilmiy yondashuvlar asosida hal etish zarurligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
🔹Mazkur yondashuv bugungi kunning eng dolzarb va samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, ekologik inqirozlarni faqat zamonaviy ilmiy yechimlar, innovatsiyalar va davlatlararo hamkorlik orqali bartaraf etish mumkin.
🔹Shu bois, ilgari surilgan ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy loyihalar orqali hayotga izchil tatbiq etish hamda ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash muhim, deb hisoblayman.
📎Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств - учредителей Международного фонда спасения Арала
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of the Heads of the Founder States of the International Fund for Saving the Aral Sea
🔗Bizni kuzatishda davom eting !
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ekologik tashabbuslar bugungi kun talablariga to‘liq mos va mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.
🔹Xususan, ekologik muammolarga kompleks yondashuv, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu yondashuv muammolarga tizimli va uzoq muddatli yechim topish imkonini beradi.
🔹Ijtimoiy faol sifatida ta’kidlash joizki, ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, shuningdek ilmiy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish muhim omil hisoblanadi.
Ushbu tashabbuslar amaliy loyihalar va ijtimoiy faollik bilan qo‘llab-quvvatlansa, sezilarli natijalarga erishish mumkin, deb o‘ylayman.
📎Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Региональном экологическом саммите
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Regional Ecological Summit
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !
🖋2026-yil 20-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.
📄Mazkur hujjat bilan yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Batafsil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.04.2026 yildagi PF-66-son
______________________________________
🖋 20 апреля 2026 года был подписан Указ Президента Республики Узбекистан «Об утверждении стратегии “Молодёжь Нового Узбекистана – 2030” и мерах по всесторонней поддержке молодёжи».
📄 Данным документом определены приоритетные направления, направленные на обеспечение качественного образования молодежи, освоение ими профессий, достойное место на современном рынке труда, а также повышение их социальной активности.
🔗 Подробнее: Указ Президента Республики Узбекистан № ПФ-66 от 20.04.2026
