es
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Ir al canal en Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
9 118
Suscriptores
-724 horas
-837 días
-3 15030 días
Archivo de publicaciones
🏗 Qurilish xodimlari kuni muborak bo‘lsin! Bugun yurtimiz bunyodkorligiga munosib hissa qo‘shayotgan, yangi bino va inshootl
🏗 Qurilish xodimlari kuni muborak bo‘lsin! Bugun yurtimiz bunyodkorligiga munosib hissa qo‘shayotgan, yangi bino va inshootlarni barpo etayotgan qurilish sohasi vakillarining kasb bayrami. Bunyod etilayotgan har bir inshoot — kelajak uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatdir. Bu jarayonda yoshlar uchun zamonaviy ta’lim, mehnat va rivojlanish muhitini yaratish ham alohida ahamiyatga ega. 💐Barcha qurilish sohasi xodimlarini Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 🏗 Mehnatingiz samarali, bunyodkorlik yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

“Bilimga qilingan sarmoya eng katta boylikdir.” — Benjamin Franklin @sherzod_rahmonov
“Bilimga qilingan sarmoya eng katta boylikdir.” — Benjamin Franklin @sherzod_rahmonov

📍 Nurobodda yoshlar bilan ishlash samaradorligi e’tibor markazida Bugun Nurobod tumanidagi Yoshlar markazi va yoshlar shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdik. Shuningdek, Nurbuloq mahallasida “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m imtiyozli mablag‘ olib, zamonaviy o‘quv markazi tashkil etgan yosh tadbirkor Sardorning faoliyati bilan tanishdik. Yoshlarning har bir tashabbusi — yangi imkoniyat va yangi natija. Ularning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. @sherzod_rahmonov

“Har bir ishning o‘z vaqti bor, sabr qilgan kishi maqsadiga yetadi.” — Alisher Navoiy @sherzod_rahmonov
“Har bir ishning o‘z vaqti bor, sabr qilgan kishi maqsadiga yetadi.” — Alisher Navoiy @sherzod_rahmonov

🌟 "Dolzarb 40 kun" loyihasi doirasida Bugun erta tongdan Samarqand shahridagi Mustaqillik mahallasida bo'lib, xonadonlardagi
+5
🌟 "Dolzarb 40 kun" loyihasi doirasida Bugun erta tongdan Samarqand shahridagi Mustaqillik mahallasida bo'lib, xonadonlardagi shart-sharoitlar hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari o'rganildi. 🌳🏡 O'rganishlar davomida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi. 🌿 Obod mahalla — farovon hayot va aholi kayfiyatining muhim omili. 📍 "Dolzarb 40 kun" loyihasi doirasidagi bu kabi amaliy ishlar mahallalarni yanada obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi. @sherzod_rahmonov 👤📢

📚 Mutolaa tavsiyasi | 6-qism Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari jasorat, fidoyilik va insoniy qadriyatlarni teran yorituvchi ta’sirchan asarlardan biridir. Kitob o‘quvchini qo‘rquv emas, ishonch bilan yashashga, har qanday sinov oldida o‘z e’tiqodi va maqsadlariga sodiq qolishga chorlaydi. 📖 Mutolaa qiling — har bir o‘qilgan kitob tafakkurni boyitadi, qalbni yuksaltiradi va kelajak sari dadil qadam tashlashga ilhom beradi. @sherzod_rahmonov

📍Nurobod tumanidagi Nurbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi faol yoshimiz Sardor bilan uchrashdik. Bugun bo‘lib o‘tgan “Rahb
+2
📍Nurobod tumanidagi Nurbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi faol yoshimiz Sardor bilan uchrashdik. Bugun bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi davomida Sardor “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m imtiyozli mablag‘ olib, zamonaviy o‘quv markazini tashkil etganini ma’lum qildi. Yosh tadbirkorning tashabbusi va amalga oshirayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘quv markaziga tashrif buyurdik. U yerda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda yoshlarning bilim olishi uchun tashkil etilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdik. Bunday tashabbuslar yoshlarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning ezgu g‘oyalari va tashabbuslarini bundan buyon ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. @sherzod_rahmonov

Nurobodda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati b
+6
Nurobodda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifati, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat hamda sport sohalarini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Viloyat hokimi yoshlarning murojaatlarini tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📍Nurobodda yoshlar bilan ishlash samaradorligi e’tibor markazida Nurobod tumanidagi Yoshlar markazi faoliyati hamda yoshlar
+6
📍Nurobodda yoshlar bilan ishlash samaradorligi e’tibor markazida Nurobod tumanidagi Yoshlar markazi faoliyati hamda yoshlar shtabi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. @sherzod_rahmonov

📍Bugungi manzilimiz — Nurobod tumani! Nurobod tumani yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Uchrashuv davomida
+3
📍Bugungi manzilimiz — Nurobod tumani! Nurobod tumani yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Uchrashuv davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdik. Har bir yoshlar yetakchisining mas’uliyati, tashabbuskorligi va amaliy natijaga yo‘naltirilgan faoliyati yoshlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi. Oldimizda turgan vazifalarni hamjihatlik va mas’uliyat bilan amalga oshirishga kelishib oldik. @sherzod_rahmonov

“Har bir millatning saodati va taraqqiyoti yoshlarning ilm va tarbiyasiga bog‘liq.” — Abdulla Avloniy @sherzod_rahmonov
“Har bir millatning saodati va taraqqiyoti yoshlarning ilm va tarbiyasiga bog‘liq.” Abdulla Avloniy @sherzod_rahmonov

🏅 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Yengil atletika musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand viloyatida “Besh tashabbus olimp
+2
🏅 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Yengil atletika musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi. 🏆 Musobaqada g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, birinchi o‘rin sohiblari musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube 📱

✅ Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta'minlash bo'yicha shtab faoliyati o‘rganilmoqda 📍Ayni paytda S
+2
✅ Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta'minlash bo'yicha shtab faoliyati o‘rganilmoqda 📍Ayni paytda Samarqand tumani mahallalarida yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman shtabi faoliyati viloyat DXX mas'ullari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, yoshlar bandligini ta'minlash, ularning muammolarini hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilinmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinmoqda. Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va har bir mahallada natijadorlikni oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. @sherzod_rahmonov

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Yengil atletika musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda 🏃‍♂️ Samarqand viloyatida “Be
+3
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Yengil atletika musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda 🏃‍♂️ Samarqand viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada tuman va shaharlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar yigitlar o‘rtasida 100 m, 200 m, 400 m va uzunlikka sakrash, qizlar o‘rtasida esa 60 m, 100 m, 200 m hamda uzunlikka sakrash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda. 🏃‍♀️ 🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar. 🌟 Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube 📱

“Buyuk ishlarni amalga oshirishning yagona yo‘li — qilayotgan ishingizni sevishdir.” — Steve Jobs @sherzod_rahmonov
“Buyuk ishlarni amalga oshirishning yagona yo‘li — qilayotgan ishingizni sevishdir.” Steve Jobs @sherzod_rahmonov

⚽️ Bugun Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari bilan sport maydonida uchrashdik. Futbol nafaqat jismoniy faollik, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro ishonch va birdamlikni yanada mustahkamlovchi vositadir. Sog‘lom turmush tarzi sari tashlangan har bir qadam – samarali mehnat va yuksak natijalarning muhim omilidir. @sherzod_rahmonov

📊 🗳 SO‘ROVNOMA ENG YAXSHI BO‘LIM BOSHLIG‘INI ANIQLAYMIZ! Qadrli yurtdoshlar, aziz yoshlar! Sizningcha, Samarqand viloyati s
📊 🗳 SO‘ROVNOMA ENG YAXSHI BO‘LIM BOSHLIG‘INI ANIQLAYMIZ! Qadrli yurtdoshlar, aziz yoshlar! Sizningcha, Samarqand viloyati shahar va tuman Yoshlar ishlari bo‘limlari orasida qaysi bo‘lim boshlig‘i eng samarali, tashabbuskor va fidokorona faoliyat olib bormoqda? Mazkur so‘rovnoma shahar va tumanlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. 🏆 So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan bo‘lim boshlig‘i Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan munosib e’tirof etilib,taqdirlanadi. ✅ Ovoz berish orqali o‘z fikringizni bildiring va eng munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlang! 📊 Sizning ovozingiz — adolatli baho va yanada samarali faoliyat uchun muhim! Eslatib o‘tamiz: So‘rovnoma 11-avgust soat 16:00 ga qadar davom etadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube