UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Ir al canal en Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Mostrar más807
Suscriptores
-2524 horas
-797 días
-39030 días
Archivo de publicaciones
✅ VILOYATDAGI 8 TA TADBIRKORLIK SUBYEKTIGA IJOBIY XULOSALAR BERILDI
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda va xalqimiz turmush farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligi, xususan, don yo‘nalishi muhim o‘rin tutadi. Shu bois aholining un va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda un va non mahsulotlarini ko‘paytirish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.▶️ Yuqoridagi vazifalarni to‘liq sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Prezidentning “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror bilan O‘zagroinspeksiyaga bug‘doyning sifati va saqlanishi yuzasidan qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan. 👉BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ 60 GEKTAR URUG‘LIK MAYDONLARI TALABLARIGA JAVOB BERMAGANLIGI UCHUN URUG‘CHILIKDAN CHIQARILDI
Mamlakatimiz aholisi sonining o‘sishi natijasida don va don mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu talabni qondirish va boshoqli don ekinlarida yuqori hosildorlikka erishish uchun sifatli urug‘lik don yetishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.▶️ Kelgusi yil hosili uchun boshoqli don yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga sifatli, sara urug‘lik don yetkazib berish maqsadida 2026 yil hosili uchun urug‘lik don yetishtirish huquqini qo‘lga kiritgan xo‘jaliklar tomonidan urug‘lik g‘alla yetishtirish ishlari Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan. 👉🏻BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
⚡️O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tanlov yo‘nalishlari:
◾️Oziq-ovqat xavfsizligi ◾️Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi ◾️Raqamli qishloq xo‘jaligi ◾️Iqlim o‘zgarishiga moslashuv ◾️Agrar sohasini moliyalashtirish50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi. 👍 Ariza topshirish ❗️ Arizalar joriy yilning 27 aprel kuniga qadar qabul qilinadi! 👍 Batafsil 👍Tanlovga oid savollar yuzasidan murojaat uchun — @young_talent_bot 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ 672 TA FERMER XO‘JALIGI TOMONIDAN AGROTEXNIK TADBIRLARDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN
📌 2026 yil paxta hosili uchun Samarqand viloyatida paxtachilik mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, chigit ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Joriy yilda viloyatda 1 ming 763 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 60 ming gektar maydonda chigit ekish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda, 12 ming 144 gektar chigit ekiladigan maydonlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 672 ta fermer xo‘jaligining 2 560 gektar maydonida agrotexnik tadbirlar kechiktirilgani yoki sifatsiz amalga oshirilgani aniqlandi.👉🏻BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
#Biz_OAV_sahifalarida
#mutolaa_uchun
🗞 Sirdaryo viloyatining “Yangi Sirdaryo” gazetasining navbatdagi sonida “O’zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini yetishtirilishini nazorat qilish sho’basi bosh mutaxassisi Egamov Javlonning “Sifatli urug’ tanlash – mo’l hosil garovi” nomli maqolasi chop etildi. Mutoola uchun taqdim etilmoqda!
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ IMPORT QILINGAN 220 MING TONNA BUG‘DOY MAHSULOTLARI SIFATI TAHLIL QILINDI
Davlat ehtiyojidagi donlardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, mamlakat ichida sotishda, eksport-import jarayonlarida me’yoriy hujjatlarga rioya etilayotganligini nazorat qilish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” tomonidan 2026-yil yanvar-mart oylarida mamlakatimizga import qilingan jami 219 ming 989 tonna bug‘doy mahsuloti hamda 12 ming 48 tonna unning sifati tahlil qilinib, 219 ta tegishli xulosalar berildi.“O‘zagroinspeksiya” tomonidan viloyat ichida va viloyatlararo tashishlarda donlarning sifati hamda donning aylanmasini sun’iy ravishda oshirilishiga olib keladigan rejasiz tashishlar hajmi va tabiiy kamayish miqdorlari qisqartirilishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. 👉🏻 BATAFSIL 👉🏻 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
🟦🟦🟦
KOSON TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
💬O‘zagroinspeksiyaning Koson tuman bo‘limi tomonidan targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Seminarda tumandagi qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlar vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda O‘zagroinspeksiya xodimlari ishtirok etdi. Tadbirga tuman bo‘limi boshlig‘i Yu. Boymatov raislik qildi.
📝Seminar davomida Prezidentning PQ-465-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 575-son qarori talablari ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Unda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, ko‘chatlarni to‘g‘ri ekish, sug‘orish va parvarishlash, hosildorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✏️Shuningdek, ishtirokchilarga 2026-yil 13-apreldagi O‘RQ–1128-son Qonun mazmuni yetkazilib, dala chetlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish, maqbul ekin ekilmagan holatlarda javobgarlik va yer solig‘i oshirilishi tartiblari tushuntirildi.🌱Yig‘ilishda dala chetlaridagi bo‘sh yerlarni o‘zlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar savollariga batafsil javoblar berildi va tegishli vazifalar belgilab olindi. 🫥Mazkur targ‘ibot tadbiri yer unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✍️Begzod Ergashov, O‘zagroinspeksiyaning Koson tuman bo‘limi bosh mutaxassisi 💬Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#video
#intervyu
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📹 "Mutaxassis bilan suhbat" loyihasining yangi soni joriy yil 13-apreldagi “Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1128-son) hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga bag‘ishlandi.
✅ Mazkur Qonun bilan “O‘zagroinspeksiya” faoliyatida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilgan?
✅ Qonunga ko‘ra javobgarlik qanday belgilangan?
✅ Qishloq xo‘jaligi yerlari ikkilamchi ijaraga berilmagan taqdirda qanday choralar ko‘riladi?
✅Yer egasi o‘zi ekin ekishi yoki ikkilamchi ijaraga bergan holda ekin ekilishini tashkil qilishi uchun qanday tartib joriy qilinganligi haqidagi maʼlumotlar qiziq bo‘lsa suhbatni to‘liq ko‘rishni tavsiya etamiz👆
💬Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Moliyaviy jarimalarni qo‘llash jarayonlariga raqamli texnologiyalar joriy etiladi📝 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritiladigan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlarga nisbatan qo‘llangan moliyaviy jarimalarning elektron reyestri joriy etiladi. Bunda: 🔸 vakolatli organlarning moliyaviy jarimalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari ular qabul qilinganidan so‘ng 3 ish kunida majburiy tartibda ushbu elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, mazkur jarayon to‘liq raqamlashtirilgan hollarda esa bunday qarorlar o‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi; 🔸 elektron reyestrga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ular asosida moliyaviy jarima undirilmaydi; 🔸 elektron reyestrda tadbirkor tomonidan sodir etilgan qilmishning takroriyligiga oid ma’lumotlar bazasi yuritiladi va xavfni boshqarish tizimi yordamida tahlil qilib boriladi. @huquqiyaxborot 👉🏻 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ NAVOIY: 80 TA URUG‘LIK DON YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR TOMONIDAN URUG‘LIK G‘ALLA PARVARISHLANMOQDA
Navoiy viloyatining urug‘chilikka ixtisoslashgan tumanlarida 2026-yil hosili uchun o‘tkazilgan tendir-tanlovida g‘olib deb topilgan 80 ta Qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa subyektlarning yer maydonlarida boshoqli bug‘doy donining 5 hil navidan iborat 2 ming 685 gektar urug‘lik g‘alla ekib, parvarishlab kelinmoqda.⚡️ Urug‘lik maqsadida parvarishlab kelinayotgan urug‘lik g‘alla maydonlarida bahorgi mineral o‘g‘itlar va bargidan oziqlantirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilinib, begona o‘t, kasalliklar, zararkunanda va hashoratlarga qarshi kurashish ishlari Dron qurilmasi yordamida bajarilmoqda. 👉🏻 BATAFSIL 👉🏻 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLARGA OID QONUNBUZILISHLAR OQIBATIDA 50 MLRD SO‘MDAN KO‘PROQ ZARAR HISOBLANGAN
Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Joriy yilning 1-choragi davomida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan jami 2 155 ta holatda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 ming 435 ta monitoring va 720 tasini tekshirishlar tashkil etadi.👉🏻 BATAFSIL 👉🏻 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
✅ ELEKTRON XIZMAT KO‘RSATISHGA DOIR MUROJAATLAR SONI ORTIB BORMOQDA
Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Inspeksiya tomonidan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida 6 turdagi quyidagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan:Joriy yilning 1-choragida Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 3 ming 116 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 486 taga ko‘paygan. 👉🏻 BATAFSIL 👉🏻 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
