UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Ir al canal en Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Mostrar más900
Suscriptores
+2124 horas
-427 días
-38330 días
Archivo de publicaciones
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅PAXTA TERISH MASHINALARI MAVSUMGA SHAYMI?
Joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olishda zamonaviy paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Mavsum oldidan paxta terish mashinalarining texnik holati, ularni mavsumga tayyorlash ishlari hamda mavjud texnikalarning ishga shayligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
O‘zagroinspeksiya tomonidan tashkil etilgan bugungi Matbuot anjumanida Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi texnikplarini nazorat qilish boshqarmasi boshligi Anvar Mirzaaxmedov anan shu mavzuda maʼlumotlar berdi.
+1
✅ QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARINI OʻQITISH BOʻYICHA KURSLAR DAVOM ETMOQDA
▶️ Joriy yil paxta yig‘im-terim mavsumida Respublika bo‘yicha jami 154 dona, jumladan, mavjud 64 dona va 2026-yilda yangi sotib olinadigan 90 dona paxta paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan.
Ushbu mashinalardan to‘g‘ri va sifatli foydalanishni taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 10 avgustdan boshlab paxta terish mashinalari operatorlari va mexanizatorlarini o‘qitish va malakasini oshirish uchun 5 kunlik maxsus o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+9
#Press_tadbir
#Matbuot_anjumani
#Live
🔴 Ayni paytda
📍 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida O‘zagroinspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Valijon Hasanov hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov jurnalistlar savollariga javob berib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot bermoqda.
📊 Xususan, 2026-yilning o‘tgan davrida qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, sohani raqamlashtirish, sun’iy intellekt elementlarini joriy etish va davlat xizmatlari shaffofligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda.
🔹 Hisobot davrida 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, 39 132 ta ogohlantirish kiritildi.
🔹 7 188 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
🔹 9 689 ta tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 7 893 mln so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
📸 Matbuot anjumanidan lavhalar.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+9
#Press_tadbir
#Matbuot_anjumani
#Live
🔴 Ayni paytda
📍 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida O‘zagroinspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Valijon Hasanov hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov jurnalistlar savollariga javob berib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot bermoqda.
📊 Xususan, 2026-yilning o‘tgan davrida qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, sohani raqamlashtirish, sun’iy intellekt elementlarini joriy etish va davlat xizmatlari shaffofligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda.
🔹 Hisobot davrida 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, 39 132 ta ogohlantirish kiritildi.
🔹 7 188 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
🔹 9 689 ta tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 7 893 mln so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
📸 Matbuot anjumanidan lavhalar.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Press_tadbir
#Matbuot_anjumani
#Live
🔴 AYNI PAYTDA
📍 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
📌 Mavzu: “Joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va sohadagi o‘zgarishlar tahlili”
🎥 Matbuot anjumani JONLI EFIRDA. Translyatsiyani quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🔴 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/28QYKceDJwg?si=3g4QjUV1klKpxveZ
Matbuot anjumanida Oʻzagroinspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Valijon Hasanov hamda Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimovlar ishtirok etmoqda.
📣 tadbirda OAV vakillari, mustaqil jurnalistlar va blogerlar ishtirok etmoqda.
🛫 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
🌐 Web | ✅ Facebook | 🌐 Instagram | ✈️ Telegram | 📹 YouTube | 🕊 Twitter
#Press_tadbir
#Matbuot_anjumani
📍Bugun 11-avgust kuni, soat 11-00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: "Joriy yilning o'tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va sohadagi o‘zgarishlar tahlili"
🔴 Matbuot anjumani translyatsiyasi Inspeksiyaning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI efirga uzatiladi.
📣 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.
📲 Bog’lanish uchun tel raqami: 71) 202-12-08 (103)
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyati tartibga solindiHukumat qarori (437-son, 07.08.2026-y.) bilan “Respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarida ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi. 🔘 Maslahatchi Departament bilan kelishilgan holda tegishli davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. ✅ Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi: 💚 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari huzurida davlat tilini rivojlantirish va geografik obyektlarni nomlash borasidagi masalalarni ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish; 💚 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat tilini va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishga oid buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish va boshqalar. 🕰 Maslahatchining hisobotlari Departament tomonidan 1 yilda kamida 1 marta, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining yig‘ilishlarida esa har chorakda muntazam eshitib boriladi va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
+6
#Dolzarb_40_kun
Obod maskan – hamjihatlik va fidoyilik mevasi
▶️Mahallalarda islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, hududlarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi tomonidan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.
Boshqarma ma'muriy bino atrofi begona o‘tlardan tozalanib, daraxt va gulzorlar parvarish qilindi, yashil maydonlar ozoda holatga keltirildi hamda zarur sanitariya-tozalik ishlari bajarildi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#OAV_biz_haqimizda
🔴 Qashqadaryo viloyati Koson tumanida o‘tkazilgan press-tur O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — UZA.uz saytida yoritildi.
🌾 Press-tur davomida 2027-yil hosili uchun urug‘lik donni saralash, dorilash, qadoqlash hamda QR-kodli yorliqlash tizimi imkoniyatlari namoyish etildi.
📊 Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida 29 ming 795 tonna urug‘lik don jamg‘arilgani qayd etildi. (UZA.uz)
📲 Batafsil O‘zA saytida:
👉 https://uza.uz/posts/892656
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARI UCHUN MAXSUS O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA
▶️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-97-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bo‘lajak paxta yig‘im-terim mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Hududlardan_yangiliklar
#Farg’ona
TV_lavha
Uzagroinspeksiyaning Farg’ona viloyat boshqarmasi tomonidan Rishton tumanidagi urugʻlik don tayyorlash sexida monitoring oʻtkazildi.
Batafsil lavhada👉
+5
"O'zagroinspeksiya"ning Markaziy apparati tomonidan joriy yilning 7-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son "Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida amaliy o'quv seminari tashkil etildi.
Zoom platformasi orqali o'tkazilgan seminarda "O'zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Farmonda belgilangan tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, nazorat tadbirlarini qonuniy va shaffof tashkil etish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog'liq muhim jihatlar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat'iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarga yo'l qo'ymaslik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbir yakunida xodimlarning Farmon mazmuni yuzasidan qiziqqan savollariga tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy faoliyatda mazkur hujjatda belgilangan talab va vazifalarga qat'iy amal qilish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy o'quv seminarlari xodimlarning huquqiy bilim va mas'uliyatini yanada oshirish, nazorat tadbirlarini qonuniy, shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
#Press_tadbir
#Matbuot_anjumani
📍Joriy yil 11-avgust, soat 11-00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: "O‘zagroinspeksiya”ning I -yarim yillik faoliyati yakuni va sohadagi o‘zgarishlar tahlili"
🔴 Matbuot anjumani translyatsiyasi Inspeksiyaning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI efirga uzatiladi.
📣 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.
📲 Bog’lanish uchun tel raqami: 71) 202-12-08 (103)
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Press_tadbir
#Qashqadaryo
#Live
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan Qashqadaryo filiali hamkorligida Koson tumanida press-tur o‘tkazilmoqda.
📰 Tadbirda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
🏭 Dastlab ishtirokchilar “Koson don mahsulotlarini qabul qilish” MCHJ faoliyati bilan tanishmoqda. Jarayon davomida 2027-yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik donni saralash, dorilash va qadoqlash ishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–109-son Farmoni ijrosi doirasida joriy etilgan QR kodli yorliqlash tizimining afzalliklari namoyish etilmoqda.
📲 Mazkur tizim urug‘lik mahsulotining kelib chiqishi va sifatini raqamli nazorat qilish, sertifikatlashtirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
