es
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Ir al canal en Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
200
Suscriptores
-324 horas
-17 días
-1130 días
Archivo de publicaciones
🏛 Deputat so‘rovi yuborildi. Ali Qushchi MFY aholisidan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida Xalq deputatlari Kitob tum
+1
🏛 Deputat so‘rovi yuborildi. Ali Qushchi MFY aholisidan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi. Bugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining
+4
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi. Bugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala aholi farovonligini oshirish va tuman infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🗓 9 апрель (1336 йил)
Буюк аждодимиз Соҳибқирон Амир Темур таваллуд топган кун.
Каналга уланиш👇👇👇 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq bilan muloqot: Muammolar yechimi nazoratda Tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich "Ali Qushchi" mahalla fuqar
+2
Xalq bilan muloqot: Muammolar yechimi nazoratda Tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich "Ali Qushchi" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborildi. "Asosiy maqsadimiz — aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etishga ko‘maklashish," Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bugun Ijtimoiy soha, yoshla
+3
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bugun Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari hamda Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Muhokamalar markazida: Deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovlarning ijro holati; Ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalar; Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining samaradorligi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi. 🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🎓 "Mitti akademiya" xususiy maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. Bugun hududdagi ta’lim sifatini oshirish va xususiy se
+5
🎓 "Mitti akademiya" xususiy maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. Bugun hududdagi ta’lim sifatini oshirish va xususiy sektor vakillariga ko‘rsatilayotgan shart-sharoitlarni tahlil qilish maqsadida "Mitti akademiya" xususiy maktabi faoliyati o‘rganildi. ✅ Zamonaviy ta’lim standartlari: Maktabda dars jarayonlarining ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi; ✅ Shart-sharoitlar: O‘quv xonalarining jihozlanishi, laboratoriya va IT xonalarining mavjudligi hamda xavfsizlik choralari; ✅ Sog‘lom ovqatlanish va sport: O‘quvchilar uchun tashkil etilgan oshxona faoliyati va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlar; ✅ Til o‘rgatish salohiyati: Maktabning xorijiy tillarga ixtisoslashganlik darajasi va o‘qituvchilarning malakasi. 🚀 Xulosa: "Mitti akademiya" jamoasi bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim muassasasining istiqbolli rejalari muhokama qilindi. Xususiy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish — asosiy maqsadimizdir. KENGASH

🏭 Kitob tumanidagi "Xalqlar do‘stligi" MFYda tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi Bugun tuman Kengashi deputatlari Kitob tumani
+2
🏭 Kitob tumanidagi "Xalqlar do‘stligi" MFYda tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi Bugun tuman Kengashi deputatlari Kitob tumanidagi "Xalqlar do‘stligi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida tadbirkorning ish faoliyati, ishlab chiqarish quvvati va ishchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. E’tiborlisi shundaki, tadbirkorlik subyektining faoliyatida hech qanday tizimli muammolar kuzatilmadi. ✅ Murojaat ijobiy hal etildi: O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan faoliyatini yanada kengaytirish uchun bo‘sh joy ajratish bo‘yicha murojaat qilindi. Ushbu murojaat mutasaddilar tomonidan joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi va tadbirkorning talabi qanoatlantirildi. 🤝 Bu kabi amaliy ko‘maklar hududda yangi ish o‘rinlari ko‘payishiga va tadbirkorlik muhiti yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadbirkor — elga madadkor! Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐
🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Telegram Barcha guruh va tanishlarga yuborib qo'ying

🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov hududdagi tadbirk
+2
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati va ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Obid Xamrayev rahbarlik qilayotgan “Do‘stboy chorva” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. 📈 Bugungi kunda mazkur fermer xo‘jaligida sut yo‘nalishidagi 250 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Xo‘jalik o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va tumanimizda sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishni maqsad qilgan. 📍 O‘rganish davomida chorva sonini ko‘paytirish va ozuqa bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratish masalasi ko‘tarildi. Deputat G‘.Uzoqov ushbu murojaatni qonuniy doirada ko‘rib chiqish va tadbirkorning loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralarni belgiladi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi. Kitob tumanida yosh avlod kamoloti yo‘lida yana bir ulkan
+2
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi. Kitob tumanida yosh avlod kamoloti yo‘lida yana bir ulkan qadam tashlandi. Tumanda barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 540 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. ✅ Mazkur muassasada bolajonlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishlari, jismoniy va intellektual rivojlanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 🔎 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari G‘.Uzoqov hamda D.Razzoqovalar ushbu yangi ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlarni yaqindan o‘rgandilar. Guruh xonalarining jihozlanishi: Mashg‘ulot xonalarining yosh xususiyatlariga mosligi va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanganligi; Oshxona va tibbiyot punkti: Bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning sifati va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi; O‘yin maydonchalari: Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan tashqi infratuzilma. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🎭 56-sonli Madaniyat markazi faoliyati diqqat markazida. Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Kitob tumanidagi O'lmas Saidjo
+3
🎭 56-sonli Madaniyat markazi faoliyati diqqat markazida. Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Kitob tumanidagi O'lmas Saidjonov nomidagi 56-sonli Madaniyat markazi faoliyati atroflicha o‘rganildi. Mazkur muassasa aholining madaniy hordiq chiqarishi va yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. #O‘rganish davomida: ✨ To‘garaklar faoliyati: Markazda tashkil etilgan musiqa, raqs, tasviriy san’at va baxshichilik to‘garaklarining ish tartibi hamda o‘quvchilar qamrovi; ✨ Moddiy-texnik baza: Binoning holati, sahna ko‘rinishlari uchun zarur jihozlar va musiqa asboblari bilan ta’minlanganlik darajasi; ✨ Madaniy tadbirlar: Mahalla aholisi va yoshlar uchun o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy kechalarning mazmun-mohiyati; ✨ Iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash: Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni nufuzli ko‘rik-tanlovlarga tayyorlash jarayonlari ko'zdan kechirildi. San’at va madaniyat — millat ko‘zgusi! Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🛣 Rizvontepa ko‘chasini obodonlashtirish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi. "Xalqlar do‘stligi" MFY hududidagi Rizvontep
🛣 Rizvontepa ko‘chasini obodonlashtirish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi. "Xalqlar do‘stligi" MFY hududidagi Rizvontepa ko'chasini aholi va hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda, mazkur ko‘chaga asfalt yotqizish masalasida tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda! Kitob tumanida aholi muammolarini hal etish va murojaatlar bilan ishlash
+1
📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda! Kitob tumanida aholi muammolarini hal etish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova ishtirokida Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🔍 O‘rganish davomida: Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning haqiqiy holati; Mas’ul tashkilotlar tomonidan ijro muddatlariga rioya etilishi; Aholi talablarining qonuniy yechimi tahlil qilindi. Asosiy maqsad: Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini anglagan holda, muammolarga yuzaki emas, balki amaliy yechim topish. 👉🏻 Telegram

📍 Jilisuv mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Bugun Jilisuv mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.
+2
📍 Jilisuv mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Bugun Jilisuv mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari A.Omonov, G‘.Uzoqov, Z.Norova hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirok etishdi. O‘rganish jarayonida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: 🔹 Mahalla yettiligi faoliyati: Mas'ullarning o‘zaro hamkorligi va aholi muammolari bilan ishlash tizimi; 🔹 Bandlik masalasi: Hududdagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati; 🔹 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashning adolatli hamda manzilli ekanligi; 🔹 Xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlash: Ayollar bandligini oshirish va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar. ✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla yettiligiga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi. 👉🏻|Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

🏢 Kitob tumanida ko‘p qavatli uylar holati va aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Ken
+4
🏢 Kitob tumanida ko‘p qavatli uylar holati va aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Tozalik va obodonlashtirish: Ko‘p qavatli uylar atrofining sanitariya holati; ✅ Texnik xavfsizlik: Liftlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashi; ✅ Bolalar quvonchi: O‘yingohlarning holati va ularning xavfsizlik talablariga javob berishi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🚫 Deputat so‘roviga bepisandlik: Mas’uliyatsiz rahbarlar faoliyati muhokama qilindi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashinin
🚫 Deputat so‘roviga bepisandlik: Mas’uliyatsiz rahbarlar faoliyati muhokama qilindi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masala — yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob bermayotgan yoki ularni mutlaqo e’tiborsiz qoldirayotgan tashkilot rahbarlarining hisoboti eshitildi. 📌 Yig‘ilishda ta’kidlanganidek: Deputat so‘rovi — bu xalqning dardu muammosi; So‘rovga muddatida javob bermaslik — qonun talablarini buzish va saylovchilarga nisbatan hurmatsizlikdir. Komissiya a’zolari tomonidan muddatni buzgan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 👉🏻 Telegram

♻️ Kitob tumanidagi mahallalarda chiqindi tashish holati nazoratga olindi, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mu
+3
♻️ Kitob tumanidagi mahallalarda chiqindi tashish holati nazoratga olindi, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassislar J.Ergashev, O.Nosirov hamda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kitob tuman Kengashi raisi ishtirokida tumandagi mahallalar hududidan maishiy chiqindilarni olib chiqish holati atroflicha o‘rganildi. 🔍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 🚛 Texnikalar harakati: Maxsus chiqindi tashish mashinalarining mahallalarga kirib borishi; 📅 Grafik ijrosi: Tasdiqlangan grafik (jadval) asosida chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi; 🧹 Sanitariya holati: Mahallalar ichki ko‘chalari va chiqindi yig‘ish nuqtalarining ozodaligi. Muloqot davomida chiqindi tashishga mas’ul tashkilot rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan grafikdan kechikmaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram