Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Ir al canal en Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
200
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-1130 días
Archivo de publicaciones
+1
#Deputat nima bilan band ? Ko‘pchilik "Deputat so‘rovi qanday ishlaydi?" deb so‘raydi. Mana bitta jonli misol: Chapda: Aholi murojaati asosida tayyorlangan deputat so‘rovi. O‘ngda: Mutasaddi idoraning rasmiy va’dasi va javobi. Bu shunchaki qog‘oz emas, bu — muammoning yechimi tomon tashlangan huquqiy qadamdir. Tez orada Xalqlar Do'stligi mahalla fuqarolar yig'ini o‘zgarishlarni birgalikda kuzatamiz. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+3
Deputat o‘rganishi: Ijtimoiy soha ob’ektlari diqqat markazida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Kamilov Rustam Alimovich mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 📍 O‘rganish manzillari: "Sharq yulduzi" va "Bahor" mahallalari. Mahallalardagi muassasalarning kunlik ish faoliyati va xizmat ko‘rsatish sifati; Mavjud muammolar va ularning yechimlari; DXSH asosidagi oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati. Xususan, tadbirkorlar Rahmonova Feruza hamda G‘aniyeva Charos tomonidan tashkil etilgan bog‘chalarda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va sanitariya holati alohida o‘rganildi. ✅ Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+4
Kitob tumanida yangi oilaviy poliklinika o‘z faoliyatini boshladi. Kitob tumani aholisining salomatligini muhofaza qilish, ularga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi islohotlar navbatdagi manzilga yetib keldi. Tumandagi "Sharq Yulduzi" MFY hududida yangidan barpo etilgan va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan oilaviy poliklinika tantanali ravishda ishga tushirildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. G‘afurov ishtirok etib, ramziy lentani qirqib berdi. Deputat o‘z nutqida ushbu tibbiyot maskani mahalladagi minglab aholining salomatligini saqlashda, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishda asosiy bo‘g‘in bo‘lishini alohida ta’kidladi. 🌐 Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling . 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+1
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi eshituvi o‘tkazildi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi eshituvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiya deputatlari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi. Eshituvda tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan 2026 yil hosili uchun pilla yetishtirish, yerdan samarali foydalanish, bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, takroriy ekinlar ekish hamda qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash va yarmarka savdolari orqali arzon hamda sifatli mahsulot taklif qilish masalalari muhokama qilindi. Eshituv yakunida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanaliga qo'shiling. 👉🏻Telegram
+1
Deputat so‘rovi o‘z kuchini ko‘rsatdi Beshariq saylov okrugi deputati Ochilova Nafisa Akmalovna tomonidan "Yangiobod" MFY hududidagi holat atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalla hududida chiqindilarning to‘planib qolgani va aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlangan edi. Mazkur masalani tezkor hal etish maqsadida deputat tomonidan mutasaddi tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rov asosida hududga maxsus texnikalar jalb etilib, to‘planib qolgan barcha chiqindilar to‘liq olib chiqib ketildi. Ayni damda hudud tartibga keltirildi. Xalq dardi bilan yashash — deputatning asosiy vazifasidir. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
📌 Маҳаллий Кенгашлар ваколатлари кенгайтирилди: қонуннинг асосий мазмуни
Президентимизнинг 2024 йил 2 февралдаги “Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони ижросини таъминлаш мақсадида янги қонун қабул қилиниб, 33 та муҳим ваколат маҳаллий кенгашлар ихтиёрига ўтказилди.
Қонунни тайёрлаш жараёнида 78 та қонун қайта кўриб чиқилиб, маҳаллий вакиллик ва ижро органлари ваколатлари аниқ ажратилди.
🏛 Асосий янгиликлар
1️⃣ Дастур ва режаларни тасдиқлаш
Маҳаллий кенгашлар 39 та соҳавий ҳудудий дастур ва 2 та режани тасдиқлайди ҳамда ижросини назорат қилади.
Ижро органлари эса дастурларни ишлаб чиқиб, амалга оширади.
🏗 Иқтисодий соҳада
🚍 транспорт ва шаҳар йўловчи ташуви
🌱 яйловлардан фойдаланиш
🏖 туризмни ривожлантириш
🌾 деҳқон ва томорқа хўжаликлари
💧 ичимлик суви ва оқова тизими
⚡️ энергия тежамкорлиги ва қайта тикланувчи энергия
🎨 креатив иқтисодиёт
➡️ Шунингдек, жамоат транспорти йўналишлари ва тарифларни белгилаш ваколати ҳам кенгашларга берилди.
👥 Ижтимоий соҳада
✨ ёшлар сиёсати
🛡 болаларни зарарли ахборотдан ҳимоя қилиш
👩👧 хотин-қизларни зўравонликдан ҳимоялаш
🏫 мактабгача таълим ва инновация
♿️ ногиронлиги бўлган шахсларни қўллаб-қувватлаш
🎭 маданият дастурлари
🏥 санитария, соғлиқни сақлаш ва профилактика дастурлари
🌿 Экология ва шаҳарсозлик
🌍 экологик муҳитни муҳофаза қилиш
♻️ чиқиндиларни жойлаштириш масалалари
🏞 муҳофаза этиладиган табиий ҳудудлар ташкил этиш
🏗 шаҳарсозлик зоналари ва объектларини белгилаш
⚖️ Суд-ҳуқуқ ва хавфсизлик
🚦 ҳуқуқбузарликлар профилактикаси
🛣 йўл ҳаракати дастурлари
🚨 карантин ва фавқулодда чеклов чораларини жорий этиш
💼 Бандлик ва ижтимоий кафолатлар
✔️ иш ўринларининг энг кам сонини белгилаш
✔️ ногиронлиги бўлган шахслар учун камида 3% иш ўрни ажратиш
✔️ оммавий ишдан бўшатиш қарорларини вақтинча тўхтатиб туриш
🏢 Мулк ва бошқарув
🏛 муниципал мулкни бошқариш
📍 объектларга ном бериш бўйича таклиф киритиш
📊 ижро органлари ҳисоботларини эшитиш
✅
Ушбу қонун маҳаллий Кенгашлар ролини кучайтириб, депутатларга ўз округидаги муаммоларни ҳал қилиш, дастурлар ижросини назорат қилиш ва ижро ҳокимиятининг ҳисобдорлигини ошириш имконини беради.
+5
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Baxriddin Egamberdiev tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida muhim ijtimoiy tadbir — «Ayollar daftari»ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi. O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi ro‘yxatga olish jarayonlarining shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mahalla faollari va mas’ullarga quyidagi yo‘nalishlarda tegishli tavsiyalar berildi: Ro‘yxatga olishda haqqoniylik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilish; Xotin-qizlarning muammolarini individual tartibda o‘rganib, manzilli yordam ko‘rsatish; Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻Telegram 👉🏻YouTube 👉🏻Facebook
+5
Xalq vakili tomonidan hududdagi aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida «uyma-uy» yurish tadbirlari o‘tkazildi. Bevosita fuqarolar ishtirokida kechgan o‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra: Ijobiy yechim: Bir qator murojaatlar bevosita joyida, tezkor tartibda hal etildi. Deputat so‘rovi: Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborildi va ijrosi nazoratga olindi. Huquqiy ko‘mak: Fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida atroflicha tushuntirishlar berildi. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻Telegram 👉🏻YouTube 👉🏻Facebook
+2
Kuhsor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirning asosiy mavzusi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘ldi.
Uchrashuvda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar tahlil qilinib, quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
Aholi farovonligi: Turmush darajasini oshirish bo‘yicha belgilangan strategik qadamlar;
Mahalla tizimi: "Mahalla yettiligi" faoliyatini yanada takomillashtirish;
Bandlik va ijtimoiy himoya: Yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishning samarali mexanizmlari.
Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling.
👉🏻Telegram
👉🏻YouTube
👉🏻Facebook
+9
Kitob tumanida “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi S. Usmonov hamda Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Uzoqov ishtirokida Davlat xizmatlari binosida Panji, X. Do‘stligi va Varganza mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida S. Usmonov tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, amaldagi qonunchilik normalari va huquqiy tushunchalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, savol-javob tarzida ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek, vakillar Toshkent mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan huquqiy tushunchalar berdilar. Tashrif davomida fuqaro Z. Axmedovaning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, vakillar tumandagi Axborot kutubxona markazida ham bo‘lib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berishdi. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. Telegram YouTube Facebook
😀 ДИҚҚАТ! ФИРИБГАРЛИК ХАБАРЛАРИДАН ОГОҲ БЎЛИНГ!
Ҳурматли обуначилар!
Сўнгги пайтларда Telegram орқали турли шубҳали ҳаволалар ва номаълум файллар юборилмоқда.
❗️ Ушбу турдаги хабарларни ҲЕЧ ҚАЧОН очманг!
Бундай ҳаволаларни босиш:
✅ Telegram аккаунтингиз эгаллаб олиниши
✅ Шахсий маълумотларингиз ўғирланиши
✅ Банк картангиз ёки ҳисоб рақамингиздаги маблағлар ечиб олиниши
каби жиддий оқибатларга олиб келиши мумкин.
🛑 Нима қилиш керак?
✔️ Номаълум ҳаволаларни очманг
✔️ Бегона файлларни юклаб олманг
✔️ Telegram кодини ҳеч кимга берманг
✔️ Икки босқичли ҳимояни (2-step verification) ёқинг
Ўзингизни ва яқинларингизни огоҳлантиринг!
😀 Ахборот хавфсизлиги — ҳар биримизнинг масъулиятимиз
Kitob tuman Kengashining 2025-yildagi faoliyati
2025-yilda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi tomonidan: ✅ 9 ta sessiya o‘tkazilib, 118 ta masala ko‘rib chiqildi. ✅ 12 ta masala jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan. ✅ 9 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror ✅ 4 tasi yopiq qarorlar tasdiqlangan. 📩 61 ta deputat so‘rovi yuborildi 100 marta saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi 🌟 Natijalar: 👉🏻 56 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi 👉🏻 37 nafari xotin-qizlar 👉🏻 19 nafari yigitlar 👉🏻 10,5 km yo‘l asfaltlashtirildi
+5
MAHALLIY AHOLI XAVFSIZLIGI — DOIMIY NAZORATDA Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati O.Qodirov tashabbusi bilan "Ko'hsor" MFY hududidagi dolzarb masala o'rganildi. Mazkur mahallani tuman markazi bilan bog'lovchi asosiy qatnov yo'lining tog'li qismida ko'chki xavfi mavjudligi aniqlangan. Shu munosabat bilan, deputat va mutasaddi tashkilot mutaxassislari ishtirokida xavfli yo'l uchastkalari joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirildi. O'rganishlar natijasida, yaqin kunlarda maxsus texnikalarni jalb qilgan holda tog' ko'chkisi xavfini bartaraf etish va yo'llarni tozalash bo'yicha aniq kelishuvga erishildi. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻Telegram 👉🏻YouTube 👉🏻Facebook
❗️Кўчада бегона инсонлар телефонингизда қўнғироқ қилиб олишни сўрашса берманг, шу каби фирибгарлар кўпайган!
Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз
Rulga ishonch bilan o‘tiring! 🚗💨
Vatanparvar tashkiloti qoshidagi yangilangan avtomaktabimizda mashg‘ulotlar boshlandi! Bu shunchaki kurs emas, bu — professional haydovchilik sari tashlangan ilk qadamdir.
Tashkilot rahbarining video murojaatida ta'kidlanganidek, bizda:
✅ Eng zamonaviy avtotrenajyorlar;
✅ Yangi rusumdagi o‘quv avtomobillari;
✅ Tajribali va sabrli instruktorlar.
✅ Mavjud toifalar:
A — Mototsikllar;
B — Yengil avtomobillar;
BC — Yuk va yengil avtomobillar;
D — Avtobuslar;
BE, CE, DE — Tirkamali transport vositalari
Bilim oling, qoidalarni o‘rganing va haqiqiy professionalga aylaning. Batafsil videoda!
Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling.
Telegram
YouTube
Facebook
