Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Ir al canal en Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
201
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
-830 días
Archivo de publicaciones
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI (15–19-IYUN)🗓 15-IYUN Mavzu: Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini o’rganish Deputat: G’. Uzoqov Mas’ul: O. Nosirov 🗓 16-IYUN Mavzu: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash Deputat: S.Qodirov Mas’ul: J. Ergashev 🗓 17-IYUN Mavzu: Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar amaradorligi. Deputat: Z. Norova Mas’ul: O. Nosirov 🗓 18-IYUN Mavzu: Mahalladagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi. Deputat: Z. Radjabova Mas’ul:J. Ergashev 🗓 19-IYUN Mavzu: Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati. Deputat: B.egamberdiev Mas’ul:O.Nosirov
+2
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
Tumanimiz hududlarida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zlidep Kitob tuman Kengashi raisi V.Parmonova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamkorligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mas’ullar tumandagi eng yirik hududlardan biri bo‘lgan “Varganza” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati va bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida asosan quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:
“Mahalla yettiligi” faoliyati: Mahalladagi mas’ul xodimlarning o‘zaro hamkorligi, ijro intizomi va aholi murojaatlari bilan ishlash holati;
Tadbirkorlik va drayverlar: O‘zLiDePning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi loyiha o'rganildi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+3
Surum mahallasidagi fermer xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi
Yurtimizda qishloq xo‘jaligi, xususan, bog‘dorchilik tarmog‘ini rivojlantirish, yer va suv resurslaridan unumli foydalanish hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tuman Kengashi deputati Z.Radjabova, Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi I.Ashurov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mas’ullar va deputat tomonidan “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi faoliyati atroflicha o'rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:
Agrotexnik tadbirlar: Bog‘dorchilikda zamonaviy va innovatsion yondashuvlarning qo‘llanilishi, daraxtlarga parvarish ko‘rsatish holati;
Resurslardan unumli foydalanish: Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda yer maydonlaridan maqsadli foydalanish darajasi o'rganildi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+1
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati G.Kenjayeva tomonidan tumandagi "Makrid" mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi”ning bugungi kungi faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyiga chiqqan holda tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ishsiz fuqarolar va yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
Ijtimoiy himoya: "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar holati;
Infratuzilma va tomorqa: Mahalladagi ichki muammolarni bartaraf etish hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish darajasi.
Mahallabay ishlash tizimi xalq roziligi va hududlar obodligini ta’minlashning eng samarali mexanizmi bo‘lib xizmat qilmoqda. DEPUTATLAR_FAOLIYATI
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
QASHQADARYO AXBOROTI | Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi I.Xushmurodova tomonidan viloyat bo‘ylab o‘rganishlar olib bordi
😊👍#10iyun
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
+3
📌 "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va joyida hal etish bugun har bir deputat hamda partiya tashkilotining bosh mezoniga aylangan. Ana shunday maqsad yo‘lida, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi V.Parmonova bilan hamkorlikda 23-Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
"Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida o‘tgan ushbu qabulda hudud aholisining turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi masalalar o‘rtaga tashlandi:
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar va kommunal sohadagi muammolar;
Aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish;
Ijtimoiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
+4
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
Bugun aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, bozorlarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Kenjayeva va N.Turayevlar tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lishdi.
🔎 Deputatlar tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Go'sh, guruch, kartoshka, piyoz va boshqa ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlarning narxlari;
Rastalardagi narxnomalarning mavjudligi va ularning haqiqiy narxga mosligi;
Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari.
O‘rganish davomida deputatlarimiz ham sotuvchilar, ham xaridorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+4
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
Bugun O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi raisi V.Parmonova hamkorligida, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Mas’ullar tumandagi O‘lmas Saidjonov nomidagi madaniyat maskani hamda ushbu muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonalar holatini yaqindan ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida madaniyat maskanining bugungi kundagi faoliyati, aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar, shuningdek, kutubxona fondining kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlari tahlil qilindi. Maskan mutasaddilari bilan sohani yanada rivojlantirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
+5
#24_ta_masala
Kitob tumanida aholi turmush sharoiti va davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova hamda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Ismigul Xushmuratova Kitob tumanida aholi turmush sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy holat va davlat dasturlari ijrosini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida tuman Kengashi faoliyati, sessiyalar zali, kotibiyat va doimiy komissiyalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Xalq qabulxonasida 10 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning bandlik, uy-joy, infratuzilma va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.Kitob tumanida 55 ta mahalla mavjud bo‘lib, 294 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. “Denov” mahallasida 4,5 ming nafar aholi, 830 ta xonadon va 1 270 ta oila yashaydi. Mahallada 2026-yilda 71 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 3,2 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, “Alaqo‘yliq” mahallasida “yettilik” faoliyati, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahallada 2 892 nafar aholi yashab, 93 nafar ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, qator masalalar, jumladan uy-joyni kadastrlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar joyida hal etildi.O‘rganishlar yakunida aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
Ikkita muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Tuman Kengashi deputati N.Mirova tomonidan tuman aholisini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.
1️⃣ Birinchi masala:"Xo‘jailmkoni" MFYda suyultirilgan gaz muammosi.
Mahalla aholisidan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, oraliq muddat 70 kundan oshib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
2️⃣Ikkinchi masala: Ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish
"Xo‘jailmkoni" MFYning ta’mirtalab ichki yo‘llari sababli yog‘ingarchilik kunlarida loy bo‘lib, maktab o‘quvchilari va aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Hududda jami 3 km masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish zarurati bor.
Ko‘chalar kesimida:
Hamjihat ko‘chasi – 0,4 km; Xojagulbog‘ ko‘chasi – 1,6 km; Navqiron ko‘chasi – 1,0 km.Har ikki masala yuzasidan so'rovlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib natijasi yuzasidan ma'lumot berib boriladi. DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+3
Kitob tumanida mahalla yettiligi va aholi xonadonlaridagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Z.R.Bekatova, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.B.Xushmurodova hamda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.
Kuzatuvlar davomida tumandagi "Denov" MFY yettiligi faoliyati samaradorligi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
"Denov" MFY yettiligining aholi muammolarini hal etish va mahalla drayverlarini rivojlantirish borasidagi ish tizimi; Xonadonlarda tomorqadan unumli foydalanish, xususan, asalarichilikni yo‘lga qo‘ygan fuqarolar tajribasi;
Issiqxona tashkil etish orqali oilaviy daromadini oshirayotgan va bozorlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar faoliyati.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+4
📌 MFY yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi
Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Z.R.Bekatova, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.B.Xushmurodova hamda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Muloqot va tahlillar davomida tumandagi "Alaquyliq" MFY yettiligi faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;
"Yettilik" tizimining o‘zaro muvofiqlashgan ish samaradorligi;
Ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarolar bilan ishlash holati;
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi.
Eslatma: Mahalla yettiligining har bir a’zosi hududdagi muammolarni manzilli hal etish va aholi farovonligini oshirishda mas’uliyatni yanada oshirishi lozimligi alohida ta’kidlandi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+2
🏛 Kitob tumanida aholi murojaatlari va muammolari tinglandi
Kitob tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Z.R.Bekatova hamda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.B.Xushmurodova ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida hudud aholisini qiynayotgan turli masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va murojaatlar atroflicha oʻrganildi.
Asosiy eʼtibor qaratilgan masalalar:
Aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
🛣 Ichki yoʻllar holati hamda infratuzilmani yaxshilash;
🏥 Tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va ijtimoiy yordamlar.“Har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Maqsadimiz — muammolarni shunchaki eshitish emas, ularga qonuniy va amaliy yechim topish,” — deya taʼkidladi senator Z.R.Bekatova. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, vaqt va qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan masalalar masʼul tashkilotlarga yoʻnaltirilib, shaxsiy nazoratga olindi. DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Kenjayeva Gullola Jabborovna tomonidan Makrid mahalla fuqarolar yig'inini asfaltlashtirish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Adliya bo'limi boshlig'i A.Xoliyarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamkorligi.
Yig'ilish mavzusi: 1. "E-Kengash" tizimidan samarali foydalanish.
2. Deputatlik so'roviga javob berish muddatining buzilishi.
1. "E-Kengash" elektron tizimi xalq deputatlari Kengashlari faoliyati shaffofligini ta'minlash, qarorlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish va qonuniyligini nazorat qilish uchun joriy etilgan. Adliya bo'limi tomonidan tizimdan to'g'ri foydalanish, qaror loyihalarini o'z vaqtida va sifatli kiritish bo'yicha tushuntirishlar berdi.
2. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, deputatlik so'roviga davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan belgilangan qat'iy muddatlarda javob qaytarilishi shart. Tuman hokimligi mas'ullari tomonidan bu muddatning buzilishi to'g'ridan-to'g'ri ijro intizomini buzish hisoblanadi.Asosiy maqsadi: Deputatlik so'rovlari va "E-Kengash" tizimi bilan ishlashda qat'iy nazorat o'rnatishga qaratilgan. DEPUTAT
+1
Xalq deputatlari tuman Kengashida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi ish kuni fuqarolar qabuli bilan boshlandi.
Qabul davomida asosiy e’tibor o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalariga qaratildi.
Ta’kidlash joizki, bu boradagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-937-sonli) talablari va unda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.Murojaat qilgan har bir fuqaroning muammosi mazkur qonun hujjatlari doirasida o‘rganilib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda amaliy choralar belgilandi. |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+3
"Nurafshon" mahallasining markaziy koʻchasida amaliy ishlar boshlandi!
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Rasulov Alisher Rasulovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻini aholisining murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilgan edi. Ushbu deputatlik soʻrovida mahallaning bugungi kundagi eng dolzarb muammolaridan biri — markaziy koʻchaning 1 km 800 metr qismini asfaltlashtirish masalasi koʻtarilgan edi.
Xushxabar!
Yoʻllangan deputatlik soʻroviga mutasaddi tashkilotlar tomonidan rasmiy javob qaytarildi va bugungi kunda ushbu koʻchani asfaltlashtirish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Aholining uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar va deputatlik nazorati natijalari haqida sahifamiz orqali maʼlumot berib borishda davom etamiz.DEPUTAT_FAOLIYATI
+4
"Nurafshon" mahallasining markaziy koʻchasida amaliy ishlar boshlandi!X
alq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Rasulov Alisher Rasulovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻini aholisining murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilgan edi.
Ushbu deputatlik soʻrovida mahallaning bugungi kundagi eng dolzarb muammolaridan biri — markaziy koʻchaning 1 km 800 metr qismini asfaltlashtirish masalasi koʻtarilgan edi.
Xushxabar! Yoʻllangan deputatlik soʻroviga mutasaddi tashkilotlar tomonidan rasmiy javob qaytarildi va bugungi kunda ushbu koʻchani asfaltlashtirish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.Aholining uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar va deputatlik nazorati natijalari haqida sahifamiz orqali maʼlumot berib borishda davom etamiz. DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputatlik soʻrovi: Kitob tumanida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish va bandlik masalalari diqqat markazida
Soʻnggi yillarda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgan boʻlsa-da, joylarda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va ularning ijtimoiy muammolarini hal etish hamon dolzarb boʻlib qolmoqda.
Shundan kelib chiqib, Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi rahbariga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi.
Deputatlik soʻrovining ijrosi va kutilayotgan javob yuzasidan sahifamiz orqali qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+3
Deputatlar va mutaxassislar tibbiy xizmat sifatini qonun ustuvorligi doirasida o‘rganishdi
Aholining sifatli tibbiy yordamga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ijrosini nazorat qilish maqsadida, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, kotibiyat mutaxassisi J.Ergashev hamda Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov ishtirokida joylarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan hududdagi "Medocom" xalqaro klinikasi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ushbu o‘rganishlar shunchaki nazorat tadbiri bo‘lmasdan, bevosita „Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining hayotga tatbiq etilishi, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish normalariga rioya qilinishi holatini tahlil qilishga qaratildi.
Klinikaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati hamda yaratilgan shart-sharoitlarni aynan qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqishdi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
