es
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

Ir al canal en Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
691
Suscriptores
-524 horas
-137 días
+5530 días
Archivo de publicaciones
💬 You have a new anonymous message! zikr bilan qanday qilib qalbni va aqlni mashgʻul qilsa boladi - inson avvalo bir narsa borligini va bir narsa yoʻqligini tan olishi kerak, nazarimda. ya’ni bunga ruhining ehtiyoji borligini hamda qalblar orom olishi uchun zikrdan oʻzga yoʻl yoʻqligini)

💬 You have a new anonymous message! Ассалом алекум. Китоб окшга мотивация беролсзми? - va alaykum assalom va rohmatulloh. shu kunlarda oʻzim kitob oʻqimayapman)

💬 You have a new anonymous message! Assalomu alaykum uzr noqulay savol bergan boʻlsam turmush oʻrtogʻi tanlash arafasidaman agar din, bilim , va qoʻllab quvvatlovchi bir soʻz bilan orzudagi insonn boʻlsayu lekin qancha harakat qilma tashqi koʻrinishidagi ozgina farq oʻylantirib qoʻysa nima qilishi kerak - va alaykum assalom va rohmatulloh. dini va taqvosi shariat belgilab bergan, moddiy va ma’naviy barqarorligi jamiyat belgilab bergan standardlar boʻlsa, chiroy va boshqa tashqi omillar shaxsiy standardlar asosida belgilanadi. ya’ni buni shaxsan oʻzingiz hal qilishigiz kerak. lekin bir narsani aniq ayta olaman — boʻlajak turmush oʻrtoqni nimagadir koʻz yumib, majburlikdan emas, balki har tomonlama qabul qilib, shu siz izlagan inson ekaniga ishonch hosil qilgan holda tanlash kerak deb oʻylayman. sezib turganingizdek, koʻz yumish va qabul qilish oʻrtasida farq bor. ammo qay birini tanlasangiz ham, hech kim buning uchun sizni ayblashga haqqi yoʻq)

💬 You have a new anonymous message! Assalomu aleykum. Universitetda muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarni maslahat qilasiz. - va alaykum assalom va rohmatulloh. oʻzim hali muvaffaqiyatga erishdim deyolmayman. lekin universitet davrini oʻz ustida ishlash va sohasida mutaxassisga aylanish uchun berilgan imkon deb hisoblash kerak, menimcha. hech kim bosim qilmaydi, ortiqcha mas’uliyat yuklamaydi (aksar hollarda). shunga koʻra ilm olishga, soft va hard skill’larni kuchaytirishga ulgurib qolish kerak degan boʻlardim)

💬 You have a new anonymous message! Choy damlamadizmi - yoʻq, gazsiz suv bor)

💬 You have a new anonymous message! Assalamu alaykum, avvalo omonmisiz? Univer ham bo'loptimi innakeyin) - va alaykum assalom va rohmatulloh. rahmat, Allohga shukr)

💬 You have a new anonymous message! Z vibeni ochmayszmi - bilmadim. hozircha yoʻq)

Koʻpincha, insonga oʻzidagi oʻzgarishlar sezilmaydi. Ammo ba’zida birdaniga ulgʻayganingni tushunib yetgandek boʻlasan. Yelkangga yuklatilayotgan mas’uliyatlardan, hal qilishing kerak boʻlgan masalalarning jiddiylashganidan, atrofdagilarning senga boʻlgan munosabati yaxshi ma’noda oʻzgarayotganidan… Ba’zi narsalar uchun kech qolayotganingni, ba’zilarining esa vaqti kelganini tushuna boshlaysan. Anglaysanki, ortiq oʻzinigina idora etishga mas’ul boʻlgan, istagan payt istagan ishini qila oladigan, bor tashvishi oʻz muammolarini hal etishdan iborat inson emassan. Endi faqat sen hal qiladigan vaziyatlar va oqibati insonlarning hayotiga ta’sir oʻtkazuvchi qabul qilishing kerak boʻlgan qarorlar bor. Na bu qadar uzoq yoʻl yurganingdan mamnun boʻlishni, na safar tobora yakunlanayotganidan mahzun boʻlishni bilmay qolasan. Oʻsha soatlab bir nuqtaga tikilib qoladigan insonlardan biri endi sendeksan…

Ba’zan ichingdagi hislarga oʻt ketadi. Ta’rif ila soʻndirmoq uchun soʻzlar orasidan najot izlaysan boshlaysan. Biroq ba’zi hislar qalbingga notanish boʻlgani uchun soʻzlar-da noiloj qoladi. Atrofga nochor boqib, bu otashni oʻchirguvchi bir darddosh qidirasan. Lekin qalb atalmish ruhning eng muhtasham maskaniga kiritishga-da qoʻrqasan. Asta-sekin mana shu joningni oʻrtagan otash vujudingning bir qismiga aylanib borayotganini his etasan. Balki vaqt shamoli oʻchirar barini deysan-u, barchasiga qoʻl siltaysan. Ogʻriqlaring bilan yashashni oʻrganasan. Ammo bilib boʻlmaydi. Shamol ba’zan olovni soʻndiradi, ba’zida esa battar alangalatadi…

tavsifa? @tamrin_uz.

dardlar bilan bir butun tanam, malol kelmas bir telba boʻlmoq. mahzun boʻlib yasharman, lekin orzuyimdir jilmayib oʻlmoq…

even the moon is smiling. so why aren’t you?)
even the moon is smiling. so why aren’t you?)

🍁 You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum.Man shu yozda telegram ochdim)Bir muddat uzoqlashkandim telefondan, lekin autumn vibe ini beradigan kanalizdan judayam kòp insightla va en muhimi huzur oldim.Alloh sizdan rozi bòlsin.
- va alaykum assalom va rohmatulloh. rahmat. amiyn, jumlamizga huzurli, manfaatli qilsin)

🍁 You have a new anonymous message!
British Councilda ishlaganmisiz? Qancha vaqt ? Qaysi boʻlimda?
- ha, 4 yil. avval nazoratchilikda, keyin marketing bo'limida)

🍁 You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh salomatmisiz birodarim, Qayerdansz oʻziz haqizda maʼlumot bera olasizmi kanalizda yangi edim))
- va alaykum assalom va rohmatulloh. o'zim haqimda qolganlar ham ko'p ma'lumot bilishmaydi. - ismim Zayd. - namangandanman. - koreyada o'qiyman. shu xolos)

🍁 You have a new anonymous message!
Eng samimiy anonim sizning kanalingizda boʻladi
- kimda nima ko'rsang, asli o'zingdir)

🍁 You have a new anonymous message!
Agar Koreya universitetida o‘qimganingizda qaysi universitetda o‘qishni tanlagan bo‘lardingiz?
- bilmadim, bu haqida o'ylamagan ekanman. o'qishimdan ko'nglim rozi)

🍁 You have a new anonymous message!
Diniy bilimimni oshirishni hohlayman, sababchi böla olasizmi?
- shayx hazratlarining kitoblari eng yaxshi yechim)

🍁 You have a new anonymous message!
Instagramda ham faoliyat yuritaszmi yuritsangiz nomingizni bersangiz obuna bolar edik
- instagram.com/zayd_qamar