SHDPI Filologiya fakulteti
Ir al canal en Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi | rasmiy kanali 📚 Talaba tashabbuslari 🌱 Ijtimoiy loyihalar 🎓 Faol yoshlar harakati “Birlikda – kuchlimiz.”
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
441
Suscriptores
+12524 horas
+2537 días
+24830 días
Archivo de publicaciones
#volontyorlar_uchrashuvi
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
😁Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi tashabbusi bilan dekan va fakultet volontyorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashib, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
💠Shuningdek, uchrashuv jarayonida fakultet volontyorlari qiziqishlari yuzasidan quyidagi guruhlarga bo‘lindi:
✅Matbuot va media volontyorlari
✅Start-up loyihalari volontyorlari
✅Tarjimonlik volontyorlari
🔹Mazkur guruhlar orqali talabalar o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarda faoliyat olib borishlari rejalashtirildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlar uchun yangi g‘oya va tashabbuslarga turtki bo‘ldi.
🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#Yoshlar_ittifoqi
#SHDPI
☑Yurtimiz obodligiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik!
📆13-14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
🔅Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari yurtimizning barcha fuqarolarini “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaydi.
➡️O‘z yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.
👏Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!
🌐Telegram 📱Instagram
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
#Munozara
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
✅ Ingliz tilidagi “Munozara” intellektual bellashuviga start berildi.👥 Xabaringiz bor, kanalimizda Institut Yoshlar kengashi tashabbusi bilan ingliz tilidagi “Munozara” intellektual bellashuvi o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi. Bugun, 12-mart kuni ushbu bellashuvga start berildi.
🟢Xorijiy til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi va Yoshlar kengashi a'zolari hakamligida o‘tgan ushbu bellashuvda 1-kurs Xorijiy til va adabiyoti hamda O'zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalarining “Daisy” va “Dream star” terma jamoalari "Online education is more effective than traditional classroom learning" (Onlayn ta'lim an'anaviy ta'limga qaraganda foydali) mavzusida o‘zaro bellashdilar.➡️Murosasiz kechgan bahslar to‘laligicha ingliz tilida tashkil etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori bilim va notiqlik mahoratini namoyish etgan “Dream star” jamoasi navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. ➡️ O‘yinlar davom etadi... 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅ shdpi.uz ✅You tube
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
+9
#yoshlar_kuni_uchrashuv
Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Yoshlar kuni": Ochiq va samimiy muloqot.➡️Haftaning har payshanbasi "Yoshlar kuni" sifatida belgilangani munosabati bilan Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari uchun institut rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuvda Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor J.Shonazarov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.Xudayqulov, rektor maslahatchisi G‘.Yangiboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Raximov, profilaktika inspektori R.Islomov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.🟣Muloqot davomida ta’lim jarayoni, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish kabi masalalar muhokama qilindi. 🟢Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berilib, yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi. 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅ shdpi.uz ✅You tube
🔉 🎂Bugun Filologiya fakulteti dekani Abduvali Berdiyev Abdug'aniyevichning tavvalud topgan kunlari!
🟢Muhtaram ustoz, aziz rahbar!
Sizni bugungi shukrona kuningiz — tavallud ayyomingiz bilan Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetining barcha faol yoshlari hamda Yoshlar kengashi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Hurmatli Berdiyev Abduvali Abdug‘aniyevich! Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli rahbarlik faoliyatingizda hamda ilmiy izlanishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin. Siz tarbiyalayotgan shogirdlar kamoli va e’tirofi Sizga hamisha faxr-u iftixor bag‘ishlasin.🎂Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! 👥Yuksak ehtirom bilan, Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi jamoasi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#yetakchi_tabrigi
#8_mart
💎 Muhtarama ustozlar, so‘z bo‘stonining zakiya xonimlari hamda qalbida bahoriy nazokat jo‘sh urgan aziz talaba-qizlar! Sizlarni go‘zallik, nafosat va uyg‘onish faslining ilk ayyomi — 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Filologiya fakulteti yoshlar jamoasi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman! Adabiyot va so‘z sehri bilan mashg‘ul bo‘lgan bizning fakultetimizda ayol zotiga ehtirom o‘zgacha. Zero, dunyodagi eng go‘zal tashbehlar, eng nafis g‘azallar va bitmas-tuganmas mehr dostonlari aynan Sizlarning sha’ningizga bitilgandir. 🧒 Aziz talaba-qizlar! Sizlarning kitobga bo‘lgan muhabbatingiz, ijodiy izlanishlaringiz va har bir so‘zga berayotgan e’tiboringiz bizni hamisha ruhlantiradi. Sizlar bo‘lajak adabiyotshunos, tilshunos va eng muhimi, ma’naviyatli jamiyatimizning ko‘rkisiz. 💐 Muhtarama olima-ustozlar! Sizlarning sabringiz va har bir talabaga ko‘rsatayotgan onalik mehringiz biz uchun eng yuksak ibrat maktabidir. Sizlar tarbiyalayotgan avlod ertaga millat taqdirini belgilaydi. 🇺🇿 Men, fakultetimiz Yoshlar yetakchisi sifatida, har biringizning iqtidoringizni qo‘llab-quvvatlashga, ijodiy parvozlaringizda qanot bo‘lishga hamisha tayyorman. Sizning muvaffaqiyatingiz — fakultetimizning, institutimizning muvaffaqiyatidir!💐Qadrli opa-singillar! Ushbu navbahor ayyomida Sizlarga: Zulfiyaxonim kabi shijoat va vafo; Nodirabegim kabi ilm va zakovat; Oila va o‘qishingizda bitmas-tuganmas zafarlar tilayman. 🎂 Qalbingizdagi bahoriy tarovat hech qachon so‘nmasin, yuzingizdan tabassum va dilingizdan nazokat arimasin! 🗞 Bayramingiz muborak bo‘lsin, so‘z san’atining latofatli sohibalari! ✍️Samimiy ehtirom bilan, Filologiya fakulteti Yoshlar yetakchisi Muhammadinom Xolboyev 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#8_mart
#filologiya
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
😁Shahrisabz davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan fakultetimizning hurmatli kafedra o‘qituvchi ayollariga ehtirom ko‘rsatilib, ularga gullar taqdim etildi.
Ushbu samimiy e’tibor orqali ustoz ayollarimizga minnatdorchilik va bayram tabrigi bildirildi. Barcha ayol ustozlarimizni bahorning eng go‘zal bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz. 💐🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#8_mart
#xotin_qizlar_kuni
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
😁Shahrisabz davlat pedagogika institutida Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi tomonidan "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan institutdagi ayol va qizlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Hurmatli ustozlar, aziz opa-singillar va qadrli talaba-qizlar! Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy totuvlik hamda ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.🌹Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAMl
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara" intellektual bellashuvi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
👥 Maqsad:➡️ Yoshlarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; ➡️ Asosli fikr bildirish madaniyatini shakllantirish; ➡️Ingliz tilidagi muloqot va nutq madaniyatini oshirish.
✔️ Tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida ingliz tilida olib boriladi. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, belgilangan mavzular asosida bahs-munozara olib boradilar. Har bir jamoaga o‘z fikrini bayon etish va xulosa qilish uchun belgilangan vaqt beriladi.➡️ Tanlov yakunida ishtirokchilarga I, II va III darajali diplomlar hamda sovg‘alar topshiriladi. 🕐 Ro'yxatdan o'tish muddati: 2026-yil 9-mart. 🔗Murojaat uchun: Filologiya fakulteti "Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar" yo'nalishi koordinatori @Mumtozbegim_off 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅ shdpi.uz ✅You tube
#ochiq_muloqot
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
😁Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi a’zolari hamda fakultet dekani A.Berdiyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi — Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbusni fakultet hayotiga tizimli ravishda tatbiq etish masalasiga qaratildi.
Muloqotning ustuvor yo‘nalishlari: ✅Strategik maqsadlar — Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida talabalarning ilmiy, ijodiy va ijtimoiy salohiyatini to‘liq namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. ✅Loyiha koordinatorlari mas’uliyati — Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul etib tayinlangan loyiha koordinatorlariga 32 ta tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda ularning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy vazifalar belgilandi. ✅Innovatsion yondashuvlar — Talabalarning xorijiy tillarni o‘rganish, IT-texnologiyalarni egallash va zamonaviy pedagogik mahoratni rivojlantirishga doir takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.Mazkur uchrashuv fakultetda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
VOLONTYORLIK NIMA?
Volontyorlik — bu jamiyat manfaatlari yo‘lida beg‘araz, ixtiyoriy va mas’uliyatli faoliyat yuritishdir.Volontyor — bu: 🤝 Yordam beradigan 👥Ijtimoiy tashabbus ko‘rsatadigan 📖 Bilimini boshqalar bilan bo‘lishadigan 💫Jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan shaxsdir 📌Volontyorlikning asosiy yo‘nalishlari 🌐 Tarjima volontyorligi – bepul darslar, speaking club, mentorlik 🌱 Yashil volontyorlik – ekologik aksiyalar, obodonlashtirish ⚙Startap volontyorligi – innovatsion loyihalar va tashabbuslar 📸Media volontyorlik – tadbirlarni yoritish, kontent yaratish 🗃Volontyorlik nima beradi? ✅Liderlik ko‘nikmasi ✅Jamoada ishlash tajribasi ✅Sertifikat va tavsiyanoma ✅Yangi tanishlar va imkoniyatlar ✅O‘z ustida ishlash va shaxsiy rivojlanish Volontyorlik — bu shunchaki yordam emas. Bu — tajriba, mas’uliyat va kelajak uchun poydevor.
💡 Nega aynan yoshlar volontyor bo‘lishi kerak? Chunki yoshlar — jamiyatning eng harakatchan, eng tashabbuskor qatlami. Bugungi kichik tashabbus ertangi katta natijaga aylanishi mumkin.Filologiya Volontyorlari Klubi safida biz: — Jamiyatga foydali bo‘lamiz — Tashabbus ko‘rsatamiz — Birgalikda o‘sib, rivojlanamiz “Fidoyilik — bizning kuchimiz, birlik — bizning qudratimiz.” 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#1_mart
🇺🇿😁Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi tomonidan bahorning ilk kuni uchun vedio-rolik tayyorlandi.
💐Nihoyat, intizorlik bilan kutilgan yangilanish va yasharish fasli — bahor ostonamizda! Bugun tabiat qaytadan uyg‘onib, atrofga o‘zgacha tarovat baxsh etmoqda.
💡Bahor faqat fasl emas, u — yangi umidlar, yangi maqsadlar va yangi muvaffaqiyatlar davri. Qalbingizda bahoriy kayfiyat, yuzingizda esa tabassum hech qachon arimasin!
🗞Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi Mumtozbegim Asqarova
🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
#Chellenj
#Zulfiyaxonim_izdoshlari
✅ 1-mart o‘zbek she’riyatining bahori, sadoqat va nafosat timsoli — Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Uning she’rlari nafaqat satrlar, balki o‘zbek ayolining matonati va ezgu orzularidan bitilgan dostonlardir.
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida adiba tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a'zolari ishtirokida #Zulfiyaxonim_izdoshiman video-chellenji davom etmoqda!
🔘Talaba-qizlarimiz shoira qalamiga mansub eng sara asarlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar.
🗞 Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi Norqulova Shirin
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram ✅Facebook
✅Instagram
✅ shdpi.uz ✅You tube
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
+3
#sport #shaxmat
♟Talabalar turar joyida shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.🟢Filologiya fakulteti dekani A.Berdiyev tashabbusi bilan 1-son talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni ommalashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda TTJda sog‘lom va do‘stona muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.♟ Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining strategik fikrlash, tezkorlik va diqqat-e’tibor ko‘nikmalarini namoyon etib, bir-birlarini mag‘lub etish hamda do‘stona muhitda g‘oliblikka harakat qildilar. 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅ shdpi.uz ✅You tube
🗃 Qabul jarayonlari yakunlandi.
Tanlov asosida faol, tashabbuskor va mas’uliyatli talabalar orasidan Filologiya Volontyorlari Klubining yangi a’zolari shakllantirildi.
👥 Klub a’zolari: 1 Suyunova E'zoza (Sardor) 2 Bibijon Zaripova 3 Sultonova Zilola 4 Kenjayeva Fotima 5 Guliraʼno Toshboyeva 6 Shodiyeva Gavhar 7 Panjiyeva Dilnoza 8 Turdiyeva Nozanin 9 Bozorova Zulfizar 10 Roʻzimurodova Dinora 11 Axadova Durdona 12 Bobamuratova Ozoda 13 Marjona Beknazarova 14 Narzullayeva Sevinch 15 Mardonova Bahor 16 Toshpoʻlatova Soliha 17 To‘xtamurodova Sevinch 18 Nilufar Mardonova 19 Norqulova Shirin 20 Gulsevar Shodmonova 21 Jumamurodova Xurshida 22 Salimova Muhtaram 23 Haydaraliyeva Shahzoda 24 Normengleyiva Shohista 25 Jo'raqulova Nozliya 26 Majidova Zilola 27 Shahzoda Temirova 28 Teshayeva Ruhshona 29 Durdona Najmiddinova 30 Joʻrayeva Nilufar 31 Ergasheva Sugʻdiyona 32 Avrilloyeva Aziza 33 Oymatova Sarvinoz 34 Tojiyeva Sitora 35 Baxtiyorova Jasmina 36 Amirova Oybarchin 37 Gʻofforova Durdona 38 Qudratillayeva Donoxon 39 Quvvatova Farida 40 Jumayeva Nozima 41 Raupova Jasmina 42 Haydarova Charos 43 Sultonova Xurshida 44 Maxmudova Shohista 45 Kurbonova Charos 46 Sevinch Aliboyeva 47 Toshmurotova Bahor 48 Orifjonova Nozliya 49 Safarova Yasmina 50 Muhammadiyeva JasminaMazkur a’zolar klubning quyidagi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradilar: 🌱 Yashil volontyorlik ⚙ Startap loyihalar 📖 Tarjima volontyorligi 📧 Media va PR ✅ Bugundan boshlab ular Filologiya Volontyorlari Klubi safida ijtimoiy tashabbuslar, loyihalar va jamiyatga foydali faoliyatni amalga oshirish mas’uliyatini zimmasiga oladi. Ularga fakultet volontyorlari sardori Suyunova E'zoza liderlik qiladi.
Biz yangi a’zolarimizga muvaffaqiyat tilaymiz va birgalikda yanada kuchli jamoa bo‘lishimizga ishonamiz. “Fidoyilik — bizning kuchimiz, birlik — bizning qudratimiz.”🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
#Chellenj
#Zulfiyaxonim_izdoshlari
✅ 1-mart o‘zbek she’riyatining bahori, sadoqat va nafosat timsoli — Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Uning she’rlari nafaqat satrlar, balki o‘zbek ayolining matonati va ezgu orzularidan bitilgan dostonlardir.
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida adiba tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a'zolari ishtirokida #Zulfiyaxonim_izdoshiman video-chellenji davom etmoqda!
🔘Talaba-qizlarimiz shoira qalamiga mansub eng sara asarlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar.
🗞 Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi Isroilova Gulsanam
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram ✅Facebook
✅Instagram
✅ shdpi.uz ✅You tube
Repost from Shahrisabz davlat pedagogika instituti
#Chellenj
#Zulfiyaxonim_izdoshlari
✅ 1-mart o‘zbek she’riyatining bahori, sadoqat va nafosat timsoli — Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Uning she’rlari nafaqat satrlar, balki o‘zbek ayolining matonati va ezgu orzularidan bitilgan dostonlardir.
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida adiba tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a'zolari ishtirokida #Zulfiyaxonim_izdoshiman video-chellenji davom etmoqda!
🔘Talaba-qizlarimiz shoira qalamiga mansub eng sara asarlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar.
🗞 Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi Baxtiyorova Jasmina
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram ✅Facebook
✅Instagram
✅ shdpi.uz ✅You tube
#1_mart #Filologiya
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
💐 1-mart o‘zbek she’riyatining bahori, sadoqat va nafosat timsoli — Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Uning she’rlari nafaqat satrlar, balki o‘zbek ayolining matonati va ezgu orzularidan bitilgan dostonlardir.
😁 Institutimizda adiba tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a'zolari ishtirokida #Zulfiyaxonim_izdoshiman video-chellenji davom etmoqda! Bizning talaba-qizlarimiz shoira qalamiga mansub eng sara asarlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar.
✏️Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Baxtiyorova Jasmina
🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
#1_mart #Filologiya
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
💐 1-mart o‘zbek she’riyatining bahori, sadoqat va nafosat timsoli — Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Uning she’rlari nafaqat satrlar, balki o‘zbek ayolining matonati va ezgu orzularidan bitilgan dostonlardir.
😁 Institutimizda adiba tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a'zolari ishtirokida #Zulfiyaxonim_izdoshiman video-chellenji davom etmoqda! Bizning talaba-qizlarimiz shoira qalamiga mansub eng sara asarlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar.
✏️Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Abdurashidova Charos
🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
