Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Canal cerrado
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
437
Suscriptores
Sin datos24 horas
-97 días
-7030 días
Archivo de publicaciones
+1
Kechga manti qilyapman kelorasla💚
Qizlar qani kimlar nima pishiryapti, kammentlarga tashlanglarchi. Baho beramiz🔖
Günooo qizlar🩷
Sezgandirsizlara bugun 5 da uyg'onolmadim, to'g'rirog'i uyg'onishni xohlamadim.
Chunki kecha kech uxlagandim shuning uchun ham mayli deb bugunchalik o'zimga ruxsat berdim.
Axir biz robot emasmiz, to'xtamasdan bir xil tempda ketolmaymiz har doim. Orada uzilishlar bo'lishi mumkin.
Muhimi to'xtagan joyimizda qotib qolmasdan yana davom ettirib keta olish deb o'ylayman.
Videoni postga aloqasi yo'q, kim nima desa desin men uchun sevgi tili — turk tili. Turk tilidagi she'rlar, asarlar hammasi juda go'zal, insonni o'ziga rom qiladi.
Aytgancha ertalab kimlar uyg'onoldi)
Shunaqa qizlarni ko'rsam o'qitgilarim kelib ketadi ey🩷. Bunaqa o'quvchilar bilan ishlash ham oson bo'ladi, ma'sulyatni o'z bo'yniga ololadi.
Va eng muhimi nimaga harakat qilayotganini biladi, shunaqa o'quvchilarim ko'payaversiz amin😄
Yangi ochilgan guruhimga 2-darsni o'tdim. Guruhni ro'yxatini shakllantirdim, kimlar darsga qatnashgani va uyga vazifalarini topshirganini +, - qildim.
Bu nimaga kerak desangiz meni kursimni o'z qoidalari bor ya'ni 3 martadan ko'p sababsiz dars qoldirgan va uyga vazifa bajarmagan o'quvchi darsdan chetlatiladi.
Yomon o'qiganlar jazolangani kabi yaxshi o'qigan o'quvchilarga rag'batlar ham bor. Har oy oxirida o'quvchilarimdan o'tilgan hamma mavzular bo'yicha imtihon olaman.
Imtihonda yuqori ball to'plagan o'quvchiga keyingi oy uchun 50% skidka qilib beraman. Imtihondan o'tolmaganlar esa keyingi darajaga o'tqazilmaydi va guruhdan chetlatiladi.
Menga ma'sulyatsiz, darsni hurmat qilmaydigan o'quvchilar kerak emas. Haqiqatda harakat qiladigan natija ko'rsata oladigan o'quvchilar kerak.
Hamma kursga yaxshi niyatda qo'shilgan, turk tilini o'rganaman sertifikat olaman deb. Lekin men ming zo'r qilib dars o'tganim bilan o'quvchi vazifalarni qilmasa foydasi yo'q.
Ikki tarak ham harakat qilsagina yaxshi natija qilish mumkin. To'g'rimi qizlar gaplarimga qo'shilasizlarmi)
Bir gap bo'lardi sog'lom bo'lsang boshingda 100 tashvish bo'ladi, ammo sog'lig'ingda muammo bo'lsa faqat bitta tashvishing bo'ladi degan.
Rostan ham bir joyimiz og'rib tursa ko'zimizga hech narsa ko'rinmaydi. Boya doktordan chiqqanimdan keyin tishim 1 soatday shunaqa qattiq og'ridi endi boshlarimgacha berdi og'riqi.
Shunday paytda yanada chuqurroq anglaymiz bizga Allohdan boshqa hech narsa, hech kim shifo berolmasligi.
Hozir yaxshiman hamd🤍
Iyi günler qizlar, men yana tish shifokorga keldim😭
Ortga surib yurgandim, yaxshiman deb kechasi bilan og'rib chiqdi.
Sizlarda nima gaplar ertalabdan nimalarni qilishga ulgurdingiz yoki nima qilyapsiz)
Bugun 1-iyul ekan, yozniyam birinchi oyini birpasda tugatib qo'yibmiz.
Iyun oyini sarhisob qildingizmi, men endi ertaga qilaman va iyul uchun ham rejalarimni tuzib olaman nasib.
Iyun oyida erishgan eng katta yutug'iz nima bo'ldi va iyunni bir so'z bilan qanday tariflagan bo'lardiz)
Onlayn dars beradigan ustozda har doim B varian tayyor turishi kerak.
Shunaqa chat ishlamay qoladigan yoki nimadir bo'lib qolgan vaziyatlarda ham ustoz sarosimaga tushib endi nima qilaman deb qolmasligi uchun oldindan hammasini rejalashtirib qo'ygan bo'lishi kerak.
Darsni vaqtini o'zgartirish eng yomoni menimcha masalan dars soat 7 da bo'lsa va muammo bo'lib dars o'tilmay qolsa,davay qizlar 9 da yoki 10 qilamiz deyish eng noto'g'ri yechim.
Chunki u yerdagi o'quvchilarni shu 7 da vaqti bo'lgani uchun ham shu guruhga qo'shilgan, 9 yoki 10 da boshqa rejalari bo'lishi mumkin. Ya'ni o'qituvchi faqat o'zini vaqtiga qarab ish tutishi noto'g'ri.
Oramizda onlayn dars beradigan ustozlar bormi, siz shunday holatlarda nima qilasiz?
Rus tilimga bugun yaxshi qilib tayyorlanib kirgandim, telegramda chat ishlamay yotibdi, ustozim qayta yoqib ham ko'rdi bo'lmayapdi. Men gapiraman deb kirgan kunimamamshunaqa bo'ladimi aaa, qani adolat😭
Iyi günler qizlar🤍
Ertalabdan bugunggi darsim uchun shunaqa moshniy prezentatsiya yasadim✅️
Nonga har qordim, nonushta tayyorladim endi navbat rus tilimga. 1 soat rus tilimni qilaman shu bilan 10 da rus tilidan darsim bor💭
Sizlar nimalar bilan bandsiz, nimalar qilishga ulgurdingiz❔
+2
Iyi geceler qizlar😍
Bugun yangi guruhim bilan 1-darsni o'tdik. Dars tugagandan keyin, o'quvchilarimni shunaqa moshniy fikrlarini o'qib energiyam ko'tarilib ketdi.
Har doim o'quvchilarim shunaqa rahmat aytib yozishayotganda, yana da o'zimga va kasbimga bo'lgan ishonchim va mehrim ortadi .
Xullas, menga ishonch bildirib qo'shilgan o'quvchilarimning hamma kuzda eng kamida B2 olishadi nasib. Shu darajaga chiqqunlarigacha qo'limdan kelgancha yordam beraman va harakat qilaman.
+1
Merhabalar qizlar💜
Ertalab uyg'ongan qizlar aferin sizlarga, bu hammani ham qo'lidan kelmaydi.
Ho'p ertalab turib rus tilimni qildim, bitta dars ko'rdim. Sizlar nima qildingiz, kammentlarga yozing📤
Keyin yana bir masala bugun 21:00 da yangi guruhim bilan 1-darsni o'tamiz. Sizda oxirgi imkoniyat guruhga qo'shilish uchun. Oylik to'lovni 7-iyulgacha to'lashingiz mumkin.
Kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing.
Qizlar erta uyg'onishni xohlab lekin uyg'onolmaydiganlar ko'p ekan, ertadan boshlab xohlasangiz birgalikda bu odatni shakllantirishimiz mumkin.
Men soat 5 da kanalga uyg'ondim deb yozaman va kimlar tursa ular ham kammentga yozadi.
Keyin soat 8 yarim yoki 8 gacha nimalar qilganimni tashlayman va sizlar ham kammentga tashlashingiz kerak.
Buni 21 kun davomida qilamiz, qani kimlar oxirigacha borolar ekan. Oxirigacha borgan bitta qizga o'zimni maxsus sovg'am bor.
Leki hozir nimaligini aytmayman, aytsam qizig'i qolmaydi. Siz 2 o'q bilan 1 ta quyonni urishingiz mumkin.
Birinchi navbatda erta turish odatini shakllantirasiz, ham ancha ko'proq darslarizga ulgurasiz va qo'shimchasiga sovg'ali ham bo'lasiz.
Kimlar men bilan kammentga men deb ketinglar)
