Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Canal cerrado
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
435
Suscriptores
Sin datos24 horas
-127 días
-7330 días
Archivo de publicaciones
+1
💭Turklarda bir gap bor "Plana sadık kal,moduna değil" ya'ni "Kayfiyatinga emas, rejanga sodiq qol" degan.
🎧Shu qoidaga sodiq qolgan holatda darslarimni o'tib bo'lganimdan keyin holatim birinchi rasmdagidek bo'lsa ham turkcha podkast ko'rib yangi bilimlar o'rgandim.
📎Turk tilida hamma mavzuda zo'r podkastlarni topish mumkin, psixologiya, bola tarbiyasi va rivojlanishga oid juda zo'r podkastlar bor.
🎀Bugungi ko'rgan podkastim esa "Iyi kız sendromu" ya'ni "Yaxshi qiz sindromi" mavzusida edi, o'zim uchun juda foydali narsalar oldim.
💡Bu podkastni har bir qiz ko'rishni tavsiya qilaman. Bu podkastni ko'rganizdan keyin atrofingizdagi insonlarni sizga munosabati yaxshi tarafga o'zgarishi aniq.
🔖Agar bu mavzusizlarga qiziq bo'lsa post yozishim yoki audioxabar jo'natishim mumkin.
Qiziqmi❓
Ha qiziq post yozing - ❤️
Albatta, audio bo'lsa yaxshiroq - ❤️🔥
Bugun uydan o'qishimga keldim, ancha charchadim yo'lda, havo ham rosa issiq bo'lyapti🥺.
Video esa konuşmaga tayyorgarlik jarayonimizdan🌟.
Siz turk tilini qanchalik bilasiz va bilgan so'zlarizdan foydalanib gapira olasizmi?
Bilaman va gapirolaman - ❤️🔥
Tushunaman lekin gapirolmayman - ❤️
Endi o'rganish niyatim bor - 💔
🤍Siz ham turk tilini o'rganishni xohlayapsiz, lekin ko'nglingizdagiday ustoz topa olmayapsizmi? Unda siz to'g'ri manzildasiz!
🤍Men Hilola Otabekova tajribali turk tili o'qituvchisiman. 22 yoshman, Xorazmlikman. O'qituvchilik faoliyatim maktabda o'qiyotgan paytimda boshlangan, o'zimdan kichkina sinflarga ona tili va matematikadan kurs o'tib, maktab paytimdanoq bu sohadan daromad qilishni boshlaganman.
🤍Keyinchalik akademik litseyga kirganman va 3 yil davomida ona tilidan o'zim tengi, hatto o'zimdan katta abituryentlarni universtitet imtihonlariga tayyorlaganman. Litseyni bitirganimdan keyin o'zim ham institutga grand asosida o'qishga kirdim va turk tiliga qiziqib qoldim. Turk tilini qiziqish uchun o'rganganman, ammo hozirda asosiy kasbim.
🤍 Mana bir yildan buyon "Pro Türkçe" kursim orqali boshqalarga ham turk tilini qiziqarli va oson tarzda o'rgatib kelmoqdaman. Shuncha yillik o'qituvchilik faoliyatimni tufayli o'quvchilarga darsni zo'r va tushunarli qilib yetkazib bera olaman.
🤍 Bu kanalda ham sizlarga turk tilini qanday qilib zerikmasdan, qadamma-qadam o'rganish sirlarini ulashib boraman. Kanalni kuzatishda davom eting, oldinda sizni super yangiliklar kutyapti.
📢Siz qayerdansiz va nechi yoshsiz?
+1
💌Turk tilida eng ko‘p ishlatiladigan 7 ta ibora:
“Kolay gelsin” — Ishingiz oson bo‘lsin “Geçmiş olsun” — Tezroq tuzalib keting “Eline sağlık” — Qo‘lingiz dard ko‘rmasin “Hayırlı olsun” — Yaxshilikka bo‘lsin “Afiyet olsun” — Yoqimli ishtaha “İyi ki varsın” — Yaxshiyam siz borsiz “Kendine iyi bak” — O‘zingizni ehtiyot qiling. 💋Bu iboralarni bilsangiz, turklar bilan suhbatlaringiz ancha tabiiy chiqadi. 💋Siz bularni qaysilarini bilar edingiz?
+1
📌Bugungi kunda turk tilini o‘rganayotgan ko‘pchilikning eng katta muammolaridan biri — grammatikani juda ko‘p o‘rganib, ammo gapira olmaslikdir.
Ko‘pchilik talabalar:
🎀 Zamоnlarni yodlaydi
🎀Qoidalarni yozib chiqadi
🎀 Test ishlaydi
❌Lekin oddiy suhbatda ham qiynaladi.
✅Sababi til faqat qoidalar bilan emas, amaliyot bilan o‘rganiladi.💡Bu muammoning eng samarali yechimi — har kuni til bilan yashashdir. 💻 Turkcha vlog tomosha qilish 📖 Kundalikni turk tilida yozish 📚 Ovoz chiqarib kitob o‘qish O‘zingiz bilan turkcha gaplashish 🎯Har kuni kamida 5 ta yangi jumla tuzish 🎧Ko'proq turkcha qo'shiqlar eshitib,karaoke qilish.
💬Til o‘rganishda “mukammal bo‘lish” emas, “davomiylik” muhim.💭Unutmang: Bir tilni bilish — yangi bir dunyoni tushunish degani.
📌 Turk tili sinovlarining dinleme bo‘limida oson va aniq javob berishga yordam beradigan TOP-5 usul.
1️⃣ Savollarni oldindan o‘qib olish
Dinleme boshlanishidan oldin berilgan 10–20 soniya — eng katta qurolingiz.
☑️ Savol nimani so‘rayapti (sababmi, natijami, fikrmi?) aniqlab oling
☑️ Kalit so‘zlarni (tarih, neden, kime, nerede) belgilang
🟢 Shunda eshitayotganda qulog‘ingiz faqat kerakli joyga ishlaydi.
2️⃣ Birinchi tinglashda umumiy ma’no, ikkinchisida detal
Xato qilinadigan joy shu:
❌ Har bir so‘zni tutaman deb charchash
☑️ Avval: kim + nima + qayerda
☑️ Keyin: raqam, sana, sabab
🟢 Turk tilida detallar ko‘pincha oxirida aytiladi.
3️⃣ Savoldagi so‘z aynan audio’da chiqishini kutmang
Bu eng muhim qoida.
❌ Savolda: mutlu
☑️ Audio’da: kendini iyi hissediyor
❌ vazgeçti
☑️ bırakmaya karar verdi
🟢 Javob sinonim bilan keladi. Shu sababli ma’noni tuting, so‘zni emas.
4️⃣ Chalg‘ituvchi variantlarda salbiy yuklama bo‘ladi
Tuzoqni taniy oling:
❗️ ama / fakat / ancak / aslında
❗️ Gap boshida emas, oxirida fikr o‘zgaradi
🟢 Oxirgi hukm — to‘g‘ri javob kaliti.
5️⃣ Dinleme — faqat imtihonda emas, HAR KUNI
Eng tez o‘sish yo‘li:
🎧 Kuniga 10–15 daqiqa
– Turk podcast
– Qisqa yangilik
– Suhbat videolari
☑️ Subtitlesiz → keyin subtitles bilan
☑️ Oxirida 1–2 gap bilan “Nima haqida edi?” deb xulosa qiling
🎁 BONUS tavsiya
Agar siz:
so‘zni bilasiz, lekin ushlay olmaysiz → tezlik muammosi
tushunyapsiz, lekin belgilay olmaysiz → diqqat muammosi
Bu — bilim emas, texnika masalasi.
+2
🍜 O'zbek milliy taomlarining turkcha tarjimasi qanday boʻlishini bilasizmi?
Keling, birga koʻrib chiqamiz.
1. Osh
Turkcha muqobili: pilav yoki Özbek pilavı.
🇹🇷Dün sahurda pilav yedim ve uzun süre tok kaldım.
🇺🇿Kecha saharlikka osh yedim va meni anchagacha toʻq tutdi.
2. Sho'rva
Turkcha muqobili: şurpa/çorba
🇹🇷Uzun süre kaynatılarak hazırlanan şurpa, hem sağlıklı hem de oldukça lezzetlidir.
🇺🇿Uzoq vaqt qaynatib tayyorlanadigan sho‘rva ham foydali, ham juda mazali bo‘ladi.
3. Xonim/O'rama
Turkcha muqobili: rulo mantı
🇹🇷Rulo mantı, klasik mantıdan farklı olarak küçük parçalar yerine büyük bir hamurun sarılmasıyla hazırlanır ve buharda pişirilir.
🇺🇿O‘rama/xonim mantidan farqli ravishda mayda bo‘laklarga emas, balki katta xamirga o‘rab tayyorlanadi va bug‘da pishiriladi.
4. Lagʻmon
Turkcha muqobili: lagman
🇹🇷Akşam lagman yapacağız çünkü misafirimiz var.
🇺🇿Kechqurun lag‘mon qilamiz, chunki mehmonimiz bor.
5. Dimlama.
🍚 Keling, bu ovqatning turkcha muqobilini siz toping!
Agar juda topa olmasangiz, ta'rif berib yozsangiz ham boʻladi.
🙃Javoblaringizni kutamiz.
+1
💚Birinchi rasmda o'quvchilarimga blogpost yozdirayotgan holatim. Hammasi mayga registratsiya qilgan qizlarim, ba'zilarining konuşmasi ötdi allaqachon. Endi yazma, okuma, dinlemelerga qattiq shug'ullanyapmiz.
❌Ikkinchi rasmdagi esa meni holatim, o'quvchilarim hech narsadan qaramayaptimi shuni nazorat qilib o'tiribman.
Meni bugungi amaliyotdan keyingi holatim🙂...
Sizlarni kuningiz qanday o'tyapti qizlar❓
+1
Qizlar bu go'zalikka qaranglar💚...
📌Osmonga qarashning juda ko'p foydalari bor. Inson agar biror narsadan xavotirga tushib turgan payti yoki jahli chiqqan payti osmonga qarasa tinchlanadi.
📌Shuning uchun ham iloji boricha har kuni 1 daqiqa bo'lsa ham gökyüzüne qarashimiz biz uchun juda foydali.
❔Siz qanchalik tez-tez gökyüzüne qaraysiz?
Har kuni - ❤️
Oxirgi marta qachon qaraganim esimda yo'q - 💔
+1
Qizlar kecha o'quvchimni yozgan xabariga qaranglar🎀.
Darsdan chiqib, charchab turgandim. Lichkamga kelgan xabarlarga qarayotganimda ko'rib rosa xursand bo'ldim. Energiyam yana 100 bo'ldi🥰.Ustoz uchun eng katta baxt bu — o'quvchilarni ko'lingdan joy topa olish, ularga xohlaganiday bilim bera olishdir📒.
Blurting Method
👉Blurting — o‘qigan narsangizni kitobsiz, yoddan yozib ko‘rish usuli
💭Qanday qilasiz:
🔵Mavzuni diqqat bilan o‘qiysiz
🔵Kitobni yopasiz
🔵Esingizda qolgan barcha ma’lumotni yozasiz (qoidalar, so‘zlar, misollar)
🔵Oxirida ochib, o‘zingizni tekshirasiz
Misol:
Grammar o‘rgandingiz → formulasi va misollarini yoddan yozasiz
✔️Foydasi:
Xotirani kuchaytiradi
Bilmagan joylaringizni aniq ko‘rsatadi
Tezroq eslab qolishga yordam beradi
Qisqa qoida: 📒O‘qidingiz → yopdingiz → yozdingiz → tekshirdingiz
Ko‘pchilik o‘quvchilar faqat yodlashga e’tibor beradi. Lekin bu har doim ham yaxshi natija bermaydi.📝Farqi nimada? ▫️Yodlash (memorizing): — ma’lumotni takrorlab eslab qolish — tez unutish ehtimoli yuqori ▫️Tushunish (understanding): — mavzuni anglab olish — uzoq vaqt esda qoladi 💡Masalan: Formulani yodlash mumkin, lekin uni qanday ishlashini tushunmasangiz, xato qilasiz. 🍃Maslahatim — Avval tushuning — Keyin yodlang — Oxirida test bilan tekshiring
📌Eng yaxshi usul — tushunish + yodlash birga.Siz qaysi tipga kirasiz? Yodlovchi —💯 Tushunuvchi —🔥
🤩Bayramlar kalpleri birleştiren en güzel günlerdir.
Sevdiklerinizle birlikte sağlık, huzur ve mutluluk dolu bir bayram geçirmenizi dilerim.
Yaptığınız tüm ibadetler kabul olsun🤩
Ramazan Bayramınız mübarek olsun!
+1
Eftalya: Lekelerim çoğalıyor daha fazla çirkinleşiyorum...
Tugay: Güzelim benim,
bütün o kör insanların sayısı kadar
sana güzel olduğunu söyleyebilirim ama buna gerek yok, bakışımdan
anlamıyor musun? Ben sana saç telinden tırnaklarına kadar hayranım,
hangi dünyanın içinde olursak olalım bu böyle ve sadece fiziksel değil.
©️Beyaz Leke
📎Qizlar bugun bahor fasli va oylari turkchada qanday bo'lishini o'rganamiz.
Ilkbahar - bahor Mart - mart Nisan - aprel Mayıs - may
Quritilgan xurmoning foydalari✔️
🖇️Quritilgan xurmo – nafaqat mazali, balki organizm uchun juda foydali tabiiy ne’matdir. Ayniqsa, qishda yoki charchoq paytida tanaga tez energiya beradi.
🔓Tez energiya manbai
Xurmo tarkibidagi tabiiy shakarlar (glyukoza va fruktoza) tanani tez quvvatlantiradi. Darsdan yoki ish kunidan keyin charchoqni kamaytirishga yordam beradi.
🖇️Qon uchun foydali
Temir moddasiga boy bo‘lgani uchun kamqonlikning oldini olishda yordam beradi.
🔴Immunitetni mustahkamlaydi
Vitamin va antioksidantlarga boyligi sababli organizmni kasalliklarga qarshi kuchaytiradi.
🖇️ Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Kletchatka (tolalar) ichak faoliyatini yaxshilab, qabziyatning oldini
🩷Maslahat: Kuniga 3–5 dona quritilgan xurmo iste’mol qilish yetarli. Me’yorni oshirmaslik kerak, chunki shakar miqdori yuqori.
Tabiiy, shifobaxsh va mazali – quritilgan xurmo sog‘lom hayotning kichik, ammo muhim qismi!
+1
Iyi günler güzeller🫶...
Kecha shunaqa zo'r medovik qildim. Rasmdan ham bilinyaptimi rosa yumshoqqina bo'lib chiqqani. Kvartiradagi hamma qizlar iftorda maqtab-maqtab yeyishdi🥰.
Siz medovik qilib ko'rganmisiz❓
Ha - ❤️
Yo'q -💔
