es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

Ir al canal en Telegram

​🚀 Savdo bo’limini AI orqali analiz qilib, o‘sish nuqtalarini aniqlab beramiz. ​📊 Eng kuchli sotuvchilaringiz tajribasini standartlashtiramiz. ​📞Bog'lanish: +998 (50) 085-58-76 💬 Telegram: @deepsales_admin 🌐 Web: deepsales.uz

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
426
Suscriptores
-124 horas
+77 días
+2630 días
Archivo de publicaciones
🎉 Yangi mijozimiz — Inter Nation English School. Toshkentdagi yetakchi ingliz tili o‘quv markazlaridan biri endi DeepSales A
🎉 Yangi mijozimiz — Inter Nation English School. Toshkentdagi yetakchi ingliz tili o‘quv markazlaridan biri endi DeepSales AI'dan foydalanadi. Boshqa o‘quv markazlariga ham tavsiya qilamiz. Agar siz ham qo‘ng‘iroqlar sifatini AI yordamida nazorat qilishni va sotuv natijalarini oshirishni istasangiz, biz bilan bog‘laning. 📩 Bog‘lanish uchun: @deepsales_admin

"Mijoz har doim haq" degan aqida savdongizni o'ldiryapti. Hamma injiqlikka "xo'p" deyaverish mahsulotni ham, sotuvchilar vaqtini ham barbod qiladi. Eng yaxshi bizneslar mijozni eshitadi, lekin unga ko'r-ko'rona bo'ysunmaydi. DeepSales jamoangiz vaqtni kimga sarflayotganini aniq ko'rsatib beradi. Siz ham mijozga "yo'q" deyish to'g'ri bo'lgan vaziyatga duch kelganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring!

🤫 Mijoz e'tiroz bildirganda FQB (FBI) agentlari kabi javob bering... Mijoz “Qimmat!” yoki “Oʻylab koʻraman” deganda, eng kat
🤫 Mijoz e'tiroz bildirganda FQB (FBI) agentlari kabi javob bering... Mijoz “Qimmat!” yoki “Oʻylab koʻraman” deganda, eng katta xato — "Sizni tushunaman, lekin..." deyishdir. Bu ibora mijozni tinchlantirmaydi, aksincha himoya devorini qalinlashtiradi. Buning oʻrniga FQB sobiq agenti Kris Vossning "Yorliqlash"(Labeling) texnikasini qoʻllang. Neyrobiologik tahlillarga koʻra, negativ emotsiyaga ovoz chiqarib "nom berish" miyadagi stressni darhol pasaytiradi. Qanday ishlaydi? Bahslashmang. Shunchaki uning hissiyotiga "tuyulyapti" yoki "oʻxshaydi" soʻzlari bilan yorliq yopishtiring va jim turing. ❌ Eski xato: "Sizni tushunaman, lekin sifatimiz shunga arziydi..." ✅ FBI usuli: "Sizga mahsulot narxi biroz shubhali koʻrinayotganga oʻxshayapti..." Mijoz oʻzini eshitilganini his qilib, mudofaani tushiradi. Shunda qarshingizda injiq xaridor emas, muammosini siz bilan hal qilmoqchi boʻlgan hamkor paydo boʻladi. Ritmni professional agentlar kabi qoʻlga oling va har qanday "yoʻq"ni gʻalabaga aylantiring! 🚀

🤫 Mijoz e'tiroz bildirganda FQB (FBI) agentlari kabi javob bering... Mijoz “Qimmat!” yoki “Oʻylab koʻraman” deganda, eng kat
🤫 Mijoz e'tiroz bildirganda FQB (FBI) agentlari kabi javob bering... Mijoz “Qimmat!” yoki “Oʻylab koʻraman” deganda, eng katta xato — "Sizni tushunaman, lekin..." deyishdir. Bu ibora mijozni tinchlantirmaydi, aksincha himoya devorini qalinlashtiradi. Buning oʻrniga FQB sobiq agenti Kris Vossning "Yorliqlash"(Labeling) texnikasini qoʻllang. Neyrobiologik tahlillarga koʻra, negativ emotsiyaga ovoz chiqarib "nom berish" miyadagi stressni darhol pasaytiradi. Qanday ishlaydi? Bahslashmang. Shunchaki uning hissiyotiga "tuyulyapti" yoki "oʻxshaydi" soʻzlari bilan yorliq yopishtiring va jim turing. ❌ Eski xato: "Sizni tushunaman, lekin sifatimiz shunga arziydi..." ✅ FBI usuli: "Sizga mahsulot narxi biroz shubhali koʻrinayotganga oʻxshayapti..." Mijoz oʻzini eshitilganini his qilib, mudofaani tushiradi. Shunda qarshingizda injiq xaridor emas, muammosini siz bilan hal qilmoqchi boʻlgan hamkor paydo boʻladi. Ritmni professional agentlar kabi qoʻlga oling va har qanday "yoʻq"ni gʻalabaga aylantiring! 🚀

Nega AI sizning savdoyingizni oshirmaydi? 📉 Sotuv bo'limlarining eng katta xatosi — bor instrumentdan (CRM) atigi 20% foydalanish va mo'jiza kutib uning ustiga AI qo'shishga urinish. Aslida sotuvni oshirish uchun avval bor tizimni to'g'ri ishlashga majbur qilish kerak.  DeepSales aynan shu ishni qiladi. Instrument o'zi mo'jiza qilmaydi, uni to'g'ri ishlatish qiladi. Batafsil videoda ko'ring 🎬

Siz qaysi yondashuvdan ko'proq foydalanasiz?
Anonymous voting

💸 Mijozga "foyda" haqida gapirishni to'xtating: Nobel Mukofoti siri... Sotuvda ko‘pchilik menejerlar bitta strategik xatoga yo‘l qo‘yadi: mijozga mahsulot qancha foyda keltirishi, qancha pul tejashi yoki biznesni qanchalik o‘stirishini tinmay uqtirishadi. Lekin biz qanchalik mantiqiy gapirmaylik, inson psixologiyasi mutlaqo boshqacha ishlaydi. 🧠 Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman uzoq yillik izlanishlari orqali bir faktni isbotlagan:
Inson miyasi biror narsadan foyda olishga qaraganda, o‘sha narsani yo‘qotib qo‘yish azobiga kamida 2 baravar kuchliroq va tezroq reaksiya bildiradi.
Ya’ni, hamyonimizga qo‘shimcha pul kirishidan ko‘ra, bor pulimiz chiqib ketishi yoki imkoniyatni boy berish og‘rig‘i bizni tezroq harakat qilishga majbur qiladi. Buni sotuvda qanday qo'llaymiz? 📉 Muzokarada urg‘uni shunchaki foydadan ➡️ yo‘qotishga qarating. ❌ An’anaviy yondashuv: "Bizning dasturni sotib olsangiz, oyiga qo‘shimcha 10 million so‘m daromad qilasiz." (Mijoz reaksiyasi: Yangi foyda... ertaga o‘ylab ko‘rsam ham bo‘ladi, bu pul hali meniki emas.) ✅ Professional yondashuv (Yo'qotish og'rig'i): "Siz hozir ushbu tizimni joriy qilmaganingiz sababli, har oy tayyor 10 million so‘m daromadni havoga uchiryapsiz va raqobatchilaringizga boy beryapsiz. Shu yo‘qotishni davom ettiramizmi?" Natija: Mijoz ayni damda o‘z hamyonidan har kuni real pul oqib ketayotganini ko‘rganda, undagi yo‘qotish qo‘rquvi uyg‘onadi. U himoyalanishni to‘xtatadi va xarid qarorini bir necha baravar tezroq qabul qiladi! ⚡️ 📖 Manba: — Daniel Kaneman va Amos Tverski (Prospect Theory)

Sotuvda o'sish uchun eng zo'r ustoz kim? - O'zingizning xatolaringiz. Faqat bu xatolarni kimdir sizga vaqtida ko'rsatib turishi kerak. Har bir suhbatdan keyin qayerda xato qilganingizni, qaysi e'tirozga noto'g'ri javob berganingizni darhol bilib olsangiz — keyingi mijozda bu kamchilikni umuman takrorlamaysiz. Birovning tanbehisiz, o'z ustingizda ishlashni boshlaysiz.

Sotuvda o'sish uchun eng zo'r ustoz kim? O'zingizning xatolaringiz. Faqat bu xatolarni kimdir sizga vaqtida ko'rsatib turishi
Sotuvda o'sish uchun eng zo'r ustoz kim? O'zingizning xatolaringiz. Faqat bu xatolarni kimdir sizga vaqtida ko'rsatib turishi kerak. Har bir suhbatdan keyin qayerda xato qilganingizni, qaysi e'tirozga noto'g'ri javob berganingizni darhol bilib olsangiz — keyingi mijozda bu kamchilikni umuman takrorlamaysiz. Birovning tanbehisiz, o'z ustingizda ishlashni boshlaysiz.

Safimizi yana kengaydi. Yangi mijozlarimizga muvaffaqiyat tilaymiz! 🤝
Safimizi yana kengaydi. Yangi mijozlarimizga muvaffaqiyat tilaymiz! 🤝

Bizga yana yangi kompaniyalar qo'shildi! Ishonch bildirganingiz uchun rahmat — xush kelibsiz!
Bizga yana yangi kompaniyalar qo'shildi! Ishonch bildirganingiz uchun rahmat — xush kelibsiz!

Hech kim sotib olmaydigan mahsulot savdoni qanday qilib 84% ga oshirishi mumkin? "The Economist" jurnali o'z saytida mijozlarga 3 ta tarif taklif qildi: 1️⃣ Faqat sayt — $59 2️⃣ Faqat qog'oz jurnal — $125 (0% xarid) 3️⃣ Sayt + Qog'oz jurnal — $125 (84% xarid) Hech kim 2-tarifni olmagach, kompaniya mantiqan uni olib tashladi va faqat 1 hamda 3-variantlarni qoldirdi. 📉 Natija hayratranarli bo'ldi: Qimmat tarifni endi atigi 32% odam tanladi. Aksariyat mijozlar(68%) arzon ($59) tarifga o'tib ketdi. Kompaniya daromadi keskin tushdi! Nega bunday bo'ldi? Bu marketingda "Decoy Effect" (Chalg'ituvchi effekt) deb ataladi. 🎯 Aslida, keraksiz 2-tarif uchinchi (qimmat) tarifni "super foydali taklif" qilib ko'rsatuvchi magnit edi. Chalg'ituvchi variant olib tashlangach, qimmat tarif o'z jozibasini yo'qotdi, chunki odamlar narxni doim solishtirib baholaydi. 📌 Xulosa: Mijozga faqat "Arzon" va "Qimmat" tanlovini bermang. Qimmat mahsulotingiz ko'proq sotilishini xohlasangiz, uning yoniga narxi deyarli bir xil, lekin imkoniyati kamroq bo'lgan "3-variantni" qo'shib qo'ying. 📖 Manba:The Decision Lab — Decoy Effect (Chalg'ituvchi effekt)

"O‘ylab ko‘raman" degan mijozni xaridga undovchi 4 ta sehrli so‘z... Sotuvda eng ko‘p uchraydigan rad javobi — "O‘ylab ko‘ram
"O‘ylab ko‘raman" degan mijozni xaridga undovchi 4 ta sehrli so‘z... Sotuvda eng ko‘p uchraydigan rad javobi — "O‘ylab ko‘raman". Mijoz buni ko‘pincha sotuvchi bosimidan qochish va o‘zining "himoya devori"ni yoqish uchun aytadi. 22 000 dan ortiq odam ishtirok etgan 42 ta ilmiy tadqiqot xarid ehtimolini 2 baravargacha oshirishning eng oddiy usulini isbotladi. Bu marketing va muzokaralarda BYAF (But You Are Free) texnikasi deyiladi. 🎯 Texnika qoidasi Menejer mahsulot yoki xizmat foydalarini tushuntirib bo‘lgach, gap oxiriga mana shu 4 ta so‘zni qo‘shishi kerak: 👉 "...lekin qaror baribir o‘zingizda." Nega bu usul ideal ishlaydi? Siz mijozga tanlov erkinligini ochiqchasiga qaytarib berganingizda, uning miyasidagi "manipulyatsiyadan himoyalanish" tizimi o‘chadi. Mijoz o‘zini xavfsiz his qiladi, bosim yo‘qoladi va u taklifingiz haqida haqiqatda jiddiy o‘ylay boshlaydi.

📉 Reklama byudjeti ketyapti, lekin kutilgan sotuv yo'qmi? "Mijoz o'ylab ko'raman dedi" degan bahonalarga DeepSales bilan chek qo'ying! DeepSales — bu sotuv bo'limidagi barcha qo'ng'iroqlarni avtomatik tahlil qilib beruvchi sun'iy intellekt. Tizim jarayonni to'liq "rentgen" qiladi: ✅ Mijoz rad etishining asl sababi nima? ✅ Sotuvchilar e'tirozlarni yopa oldimi? ✅ Skriptingiz aslida qanday ishlayapti? Sotuvni xodimlar fikri bilan emas, tizim bergan aniq raqamlar bilan boshqaring. 👇 Bugunoq tizimdan ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havolani bosing: deepsales.uz

Safimiz tobora kengaymoqda! 📈 Turli soha vakillari o'z o'sishi va rivojlanishini bizga ishonishmoqda. Biznesingizni yangi da
Safimiz tobora kengaymoqda! 📈 Turli soha vakillari o'z o'sishi va rivojlanishini bizga ishonishmoqda. Biznesingizni yangi darajaga olib chiqish uchun safimizga qo'shiling!

"Kompaniyaga sun'iy intellekt o'rnatsak, savdo o'z-o'zidan o'sib ketadi" deb o'ylaysizmi? 🧐 Bu — bugungi kundagi eng katta illyuziyalardan biri. Texnologiya har doim shunchaki instrument bo'lib qoladi. Agar jamoada aniq KPI tizimi qurilmagan bo'lsa va mijoz portreti (ICP) aniq bo'lmasa, har qanday zamonaviy dastur ichkaridagi tartibsizlikni faqat vizual jihatdan tezlashtirib beradi, xolos. Biznesga innovatsiya olib kirishdan oldin poydevorda nimalarni to'g'rilash shart? Videoda aynan shu xato va uning yechimi haqida gaplashdik. 🎥 Sizningcha, bizdagi kompaniyalar sun'iy intellekt bilan ishlashga haqiqatdan tayyormi yoki muammo tizimsizlikdami? Izohlarda fikringizni qoldiring 👇

Mijoz yana “O‘ylab ko‘raman” deb telefonni qo‘ydimi? Qayerda xato bo‘lganini o‘ylab bosh qotirish har qanday kuchli menejerni
Mijoz yana “O‘ylab ko‘raman” deb telefonni qo‘ydimi? Qayerda xato bo‘lganini o‘ylab bosh qotirish har qanday kuchli menejerni ham charchatadi. 😮‍💨 Endi qo‘ng‘iroqlaringizni chetdan eshitib, xatolarni aniq ko‘rsatib beradigan shaxsiy yordamchingiz bor. DeepSales AI boti audioni soniyalar ichida tahlil qiladi: qaysi so‘zlar mijozni cho‘chitganini va keyingi safar vaziyatni qanday qutqarish kerakligini aytib beradi. 🎁 Botga kiring va hoziroq 3 ta audioni BEPUL tahlil qiling: 👉@deepsalesai_bot P.S. Limit tugasa, 2 ta hamkasbingizni (menejerni) taklif qiling va yana qo‘shimcha bepul tahlillarga ega bo‘ling!

⚡️ Mijozni qochiradigan eng katta xato (va bu narx emas) Zayavka (lid) tushganda menejeringiz qachon aloqaga chiqadi? ☕️ "Hoz
⚡️ Mijozni qochiradigan eng katta xato (va bu narx emas) Zayavka (lid) tushganda menejeringiz qachon aloqaga chiqadi? ☕️ "Hozir kofemni ichib olay" yoki "Majlisdan so‘ng" degan bahonalar — sotuvdagi eng katta dushmandir. 📊 Harvard Business Review va InsideSales ning 100 000 dan ortiq qo‘ng‘iroqlarga asoslangan tadqiqoti shuni ko'rsatadiki: 📈 Lid tushgan dastlabki 5 daqiqada bog‘lanish — bitimning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimolini 21 baravarga oshiradi. 📉 Atigi 10 daqiqaga kechikish esa mijozni yo'qotish xavfini 4 baravarga kattalashtiradi. Nega bunday? Dastlabki daqiqalarda mijoz o'z muammosiga yechim qidirib, e'tibori to'liq shu jarayonga qaratilgan bo'ladi. Yarim soatdan so'ng u chalg'iydi yoki, undan ham yomoni, raqobatchilarga murojaat qiladi. 🏁 Bugungi raqobat — bu mahsulotlar emas, tezliklar jangi. -  Aynan shu yo'qotishlarning oldini olish uchun DeepSales tizimidagi "Lidga bog'lanish tezligi" (Speed to Lead) va "Liddan sotuvgacha bo'lgan muddat" funksiyalari asqatadi. @deepsales_uz

🎯 IDU universitetida DeepSales qanday natija berdi? IDU universiteti asoschisi Ibrohim Xurramov DeepSales tizimidan foydalangach, sotuv jamoasi qanday natijalarga erishgani bilan bo'lishdi: ⏳ ROPning 3 soat vaqti bo'shatildi — endi u jamoa bilan ko'proq treninglar o'tkazmoqda. 🔥 Ayrim sotuvchilarning samaradorligi 300% ga o'sdi! 📊 Umumiy jamoa samaradorligi 20-30% ga oshdi. Siz ham biznesingizda xuddi shunday o'sishni xohlaysizmi? Unda hoziroq ro'yxatdan o'ting va tizimni amalda sinab ko'ring.