es
Feedback
O‘zbekiston geografiya jamiyati

O‘zbekiston geografiya jamiyati

Ir al canal en Telegram

📖 Geografiya ilmining ixlosmandlari uchun ommaviy kanal! ➖️ Muallif: Qambarov O.X. ➖️ Murojaat: @omadbek_38 ➖️ Murojaat: +998777010205 ➖️ Kanalimiz: @geografiya_ilmi ➖️ Guruhimiz: @geografiya_ilmi_guruhi ➖️ Administrator: @geografiya_ilmi_admini

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
Buy Ad
2 908
Suscriptores
+7624 horas
+5127 días
+1 71830 días
Archivo de publicaciones
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xari
+1
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xaritadan turli obyektlarni topish vazifalarini bering. Bu usulni darsning yakuniy qismida qo‘llash juda ham samarali hisoblanadi. Unutmang, xarita bilan muntazam ishlagan o‘quvchi geografik tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va makonni yaxshi tasavvur qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xari
+2
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xaritadan turli obyektlarni topish vazifalarini bering. Bu usulni darsning yakuniy qismida qo‘llash juda ham samarali hisoblanadi. Unutmang, xarita bilan muntazam ishlagan o‘quvchi geografik tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va makonni yaxshi tasavvur qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xari
+2
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xaritadan turli obyektlarni topish vazifalarini bering. Bu usulni darsning yakuniy qismida qo‘llash juda ham samarali hisoblanadi. Unutmang, xarita bilan muntazam ishlagan o‘quvchi geografik tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va makonni yaxshi tasavvur qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xari
+3
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xaritadan turli obyektlarni topish vazifalarini bering. Bu usulni darsning yakuniy qismida qo‘llash juda ham samarali hisoblanadi. Unutmang, xarita bilan muntazam ishlagan o‘quvchi geografik tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va makonni yaxshi tasavvur qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#davomi Mafkura va g‘oyalar insoniyat taraqqiyoti bilan birga shakllanib, asrlar davomida jamiyat hayotining ajralmas qismi b
+6
#davomi Mafkura va g‘oyalar insoniyat taraqqiyoti bilan birga shakllanib, asrlar davomida jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Qadimgi davrlarda bu tushunchalar bugungidek ilmiy va nazariy asoslarda izohlanmagan bo‘lsa-da, insonlar o‘z hayotiy qarashlari va qadriyatlari asosida yashaganlar. Aslida, har bir insonning hayotga, jamiyatga va kelajakka bo‘lgan munosabati ma’lum bir g‘oyaviy qarashlar tizimini ifodalaydi. Har qanday ijtimoiy guruh yoki muhit o‘ziga xos qoidalar va tamoyillar asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qoidalarning buzilishi esa ichki ziddiyatlar va tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, jamiyat miqyosida ham umumiy qadriyatlar va maqsadlarning yo‘qligi turli qarashlar to‘qnashuviga, ijtimoiy beqarorlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, jamiyat a’zolarining aksariyati umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi, puxta asoslangan va ezgu maqsadlarni ko‘zlagan g‘oya atrofida birlashsa, taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratiladi. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, jamiyatni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtira oladigan g‘oyaviy asoslarni mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Siyosiy mafkuralarga nazar (2-qism)
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#mafkura | Jahon mamlakatlari mafkuralariga bir nazar Bugungi dunyo mafkuraviy jihatdan nihoyatda murakkab va serqirra tus ol
+6
#mafkura | Jahon mamlakatlari mafkuralariga bir nazar Bugungi dunyo mafkuraviy jihatdan nihoyatda murakkab va serqirra tus olgan. Vaqt o‘tishi bilan g‘oyalar, qarashlar va mafkuraviy yo‘nalishlar yangilanib, turli shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Ilgari aniq chegaralarga ega bo‘lgan mafkuralar bugun yangi mazmun va ko‘rinishlarda insonlar ongiga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Hozirgi davrda g‘oyalar maydonida bir-biridan farq qiluvchi, ba’zan esa o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ko‘plab mafkuralar mavjud. Shu sababli “Mafkura bilan yashash qanchalik zarur?”, “Mafkurasiz hayot kechirish mumkinmi?” kabi savollar ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy. Ammo hayotiy haqiqat shuni ko‘rsatadiki, mutlaqo mafkurasiz yashaydigan shaxs yoki jamiyat mavjud emas. Har bir inson va har bir jamiyat ma’lum qarashlar, qadriyatlar hamda g‘oyalarga tayanib faoliyat yuritadi. Shunday ekan, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi siz uchun qanchalik ahamiyatli? Siyosiy mafkuralarga nazar (1-qism)
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#to‘plam | Tekislik tabiiy geografik okruglar bo‘yicha umumiy testlar to‘plami ➖️ Quyi Zarafshon ➖️ Qizilqum ➖️ Quyi Amudaryo ➖️ Ustyurt ➖️ Orol Har bir imtihon oldidan bilimlaringizni sinab ko‘ring!
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#to‘plam | Tog‘li va tog‘oldi tabiiy geografik okruglar bo‘yicha umumiy testlar to‘plami ➖️ Chirchiq-Ohangaron ➖️ Farg‘ona ➖️ Mirzacho‘l ➖️ O‘rta Zarafshon ➖️ Qashqadaryo ➖️ Surxondaryo Har bir imtihon oldidan bilimlaringizni sinab ko‘ring!
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#tavsiya | “Geografiya mahkumlari” Kitob mashhur jurnalist va tahlilchi Tim Marshall tomonidan yozilgan bo‘lib, dunyo siyosat
+5
#tavsiya | “Geografiya mahkumlari” Kitob mashhur jurnalist va tahlilchi Tim Marshall tomonidan yozilgan bo‘lib, dunyo siyosatini tushunishda geografiyaning qanday hal qiluvchi rol o‘ynashini sodda va qiziqarli tarzda ochib beradi. Kitobda muallif Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa va boshqa yirik davlatlarning siyosiy qarorlari ortida aynan geografik omillar – tog‘lar, dengizlar, iqlim va tabiiy resurslar qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntiradi. “Geografiya mahkumlari” nafaqat siyosatga qiziquvchilar, balki dunyoni chuqurroq anglamoqchi bo‘lgan har bir o‘quvchi uchun foydali. Oddiy va tushunarli uslubda yozilgani sababli murakkab geopolitik jarayonlarni ham oson anglash mumkin. Nima uchun o‘qish kerak? – Dunyo siyosatini yangi nuqtai nazardan tushunasiz – Davlatlar qarorlarining asl sabablarini bilib olasiz – Geografiya va geopolitikaga qiziqishingiz oshadi Kitobda 10 ta asosiy xarita orqali dunyoning eng muhim nuqtalaridagi siyosiy o‘yinlar va strategik muammolarni ochib beradi. Bu asar xaritaga qaraganingizda shunchaki rangli qog‘ozni emas, balki tirik siyosatni ko‘rishga o‘rgatadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Janubiy Amerika materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materikda dunyoda
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Janubiy Amerika materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materikda dunyodagi eng sersuv daryo — Amazonka mavjud 2. Eng baland choʻqqisi Lyulyaylyako vulqoni hisoblanadi 3. Materik hududida qadimgi platformalar bilan bir qatorda yirik burmali togʻlar ham mavjud 4. Materik hududi toʻliq Shimoliy yarimsharda joylashgan 5. Eng yirik tekisliklari Amazonka, Orinoko va La Plata kabilardir 6. Materikning sharqiy qismida And togʻ tizmasi joylashgan 7. Materikning Tinch okean sohillarida sovuq Peru oqimining taʼsiri seziladi 8. Materik hududida chalachoʻl va choʻl zonalari mutlaqo uchramaydi
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Antarktida materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materik sayyoramizning
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Antarktida materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materik sayyoramizning eng sovuq hududi hisoblanadi 2. Materikda eng past harorat −5°C gacha qayd etilgan 3. Materik hududining katta qismi doimiy yashil oʻrmonlar bilan qoplangan 4. Antarktida deyarli butunlay qalin muz qoplami bilan qoplangan 5. Materikda yogʻin miqdori juda koʻp, u asosan yomgʻir shaklida yogʻadi 6. Materik muz qoplami ostida turli oʻsimliklar komplekslari mavjud 7. Quruqlikda yirik sut emizuvchi hayvonlar yashaydi 8. Antarktida ustida “ozon tuynugi” bilan bogʻliq ekologik muammolar kuzatiladi
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Avstraliya materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materik qadimgi Gondva
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Avstraliya materigiga xos boʻlganlarini aniqlang. 1. Materik qadimgi Gondvana supermaterigining bir qismi hisoblanadi 2. Eng yirik harakatdagi vulqon shu materikda joylashgan 3. Materikning katta qismi qalin muzliklardan iborat 4. Eng baland nuqtasi Kossyushko choʻqqisi hisoblanadi 5. Materik hududining 60% ga yaqin qismi ichki (berk) havzaga kiradi 6. Yirik daryolari Murrey va Darling Tinch okeanga quyiladi 7. Markaziy qismi asosan baland vulqon togʻlaridan iborat 8. Sharqiy qismida qadimgi burmali togʻlar joylashgan
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Afrika materigiga tegishlilarini ajrating. 1. Materik zaminida qadimgi Gond
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Afrika materigiga tegishlilarini ajrating. 1. Materik zaminida qadimgi Gondvana platformasi joylashgan 2. Materik hududida kuchli burmali togʻlar juda keng tarqalgan 3. Sharqiy qismida yirik riftlar va grabenlar mavjud 4. Dunyodagi eng baland togʻ tizmalari faqat shu materikda joylashgan 5. Materikda tez-tez zilzila va vulqonlar sodir boʻlib turadi 6. Eng baland choʻqqisi 6 000 metrdan baland 7. Materikning katta qismi past va baland yassitogʻliklardan iborat 8. Sharqiy qismida faol vulqonlar mutlaqo uchramaydi
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

sticker.webp0.45 KB

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tegishlilarini ajrating. 1. Hududning oʻzi
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tegishlilarini ajrating. 1. Hududning oʻzi alohida iqtisodiy rayon sifatida ajratiladi 2. “Gʻovukkoʻl” kichik turizm zonasi tashkil etilgan 3. Maydonining kattaligiga koʻra yurtimizda 3-oʻrinda turadi 4. Sanoatining rivojlanishida Chorjoʻy-Qoʻngʻirot temiryoʻlining qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan 5. Asosan, Orol dengizi va Qayroqqum suv omboridan suv oladi 6. Qizketgan va Paxtaarna kanallari sugʻorish tizimida muhim ahamiyatga ega 7. Aholi soniga koʻra yurtimizda 1-oʻrinda turadi 8. Oʻrta Osiyodagi urugʻlik beda yetishtiradigan eng yirik mintaqa
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Surxondaryo viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Aholi soniga koʻra respu
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Surxondaryo viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Aholi soniga koʻra respublikamizda peshqadam viloyat 2. Viloyat hududida Surxon-Sherobod vodiysi joylashgan 3. Malikchoʻl atrofida mashhur oltin koni joylashgan 4. Janubdan suv yoʻli orqali Afgʻoniston bilan chegaradosh 5. Zarafshon daryosidan kam miqdorda suv oladi 6. Viloyatning eng janubidagi shahar – Termiz shahri 7. Taxiatosh va Moʻynoq shaharlarida sement zavodi joylashgan 8. Gʻarb va janubdan past togʻlar bilan oʻralgan
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Navoiy viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Yurtimizdagi eng kenja viloya
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Navoiy viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Yurtimizdagi eng kenja viloyat 2. Mamlakatimizning eng janubida joylashgan 3. Malikchoʻl atrofida mashhur oltin koni joylashgan 4. Elektr energiyaning asosiy qismi quyosh panellaridan olinadi 5. Viloyatning maʼmuriy markazida kon-metallurgiya kombinati joylashgan 6. Oʻzbekiston aholisining 2,9 foizi shu viloyatda yashaydi 7. Muruntov koni negizida Uchquduq shahri barpo etildi 8. Gʻarb va janubdan togʻlar bilan oʻralgan
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#eslatma 🌊 Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan gorizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir t
#eslatma 🌊 Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan gorizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir tomonga esadigan shamollar ta’sirida okean suvining 1500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi. 1. Alyaska oqimi 2. Shimoliy Tinch okean oqimi 3. Kaliforniya oqimi 4. Passatlararo qarshi oqim 5. Peru oqimi 6. Labrador oqimi 7. Norvegiya oqimi 8. Shimoliy Atlantika oqimi 9. Golfstrim oqimi 10. Antil oqimi 11. Kanar oqimi 12. Gviana oqimi 13. Braziliya oqimi 14. Bengela oqimi 15. G‘arbiy shamollar oqimi 16. Mozambik oqimi 17. Janubiy passat oqimi 18. Somali oqimi 19. Musson oqimi 20. G‘arbiy Avstraliya oqimi 21. Shimoliy passat oqimi 22. Kurosio oqimi 23. Sharqiy Avstraliya oqimi Okean oqimlari haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi. Qutblardan ekvator tomon tub sovuq oqimlar, ekvatordan qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Qashqadaryo viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Viloyat aholisining 74 f
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Qashqadaryo viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Viloyat aholisining 74 foizi shaharlarda yashaydi 2. Mamlakatimizning eng sharqida joylashgan 3. Eski Anhor kanali oqib oʻtadi 4. Tallimarjon shahrida IES joylashgan 5. Eng muhim daryolari Sangardaksoy va Toʻsinsoy hisoblanadi 6. Aholisining 3/5 qismi qishloqlarda yashaydi 7. Mamlakatimizda yetishtiriladigan paxtaning 65 foizini beradi 8. Koʻkdumaloq kompressor stansiyasi mavjud
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi