es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Ir al canal en Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada

📈 Análisis del canal de Telegram O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

El canal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 10 145 suscriptores, ocupando la posición en la categoría Otro.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 10 145 suscriptores.

Según los últimos datos del 12 noviembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2, y en las últimas 24 horas de -178, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 6.39%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 5.02% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 651 visualizaciones. En el primer día suele acumular 511 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 6.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 13 noviembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Otro.

10 145
Suscriptores
-17824 horas
-2487 días
-230 días
Archivo de publicaciones
Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo
+9
Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. — Во Дворце Независимости в городе Минске состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#OAV_biz_haqimizda Prezident qarori bilan 2027-yilga qadar charm mahsulotlari eksportini $150 mln oshirish vazifalari belgilandi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahridagi Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президе
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahridagi Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил венок к Монументу Победы в городе Минске. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #ehtirom Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Joriy yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+9
🇺🇿 Joriy yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning yirik to‘qimachilik korxonalaridan biri — Kamvol AJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari hamda zamonaviy uskunalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. 🟠Xususan, korxonada harbiy va mudofaa sanoati uchun mo‘ljallangan maxsus kiyim-kechaklar ishlab chiqarishda foydalaniladigan yuqori sifatli jun va aralash gazlamalar tayyorlanishi, shuningdek, xomashyodan boshlab tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. 🟠Bundan tashqari, korxonada erkaklar va ayollar uchun kostyum-shimlar, klassik kiyimlar hamda turli xil jun va yarim jun gazlamalar ishlab chiqarilishi, mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni o‘zaro almashish masalalari muhokama qilindi. ———— 🇺🇿 On 8 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, the delegation visited Kamvol JSC, one of Belarus’s largest textile enterprises. 🟠During the visit, the delegation was presented with detailed information about the company’s production capacities, technological processes, and its modern manufacturing system equipped with advanced technologies. 🟠In particular, the company manufactures high-quality wool and blended fabrics used for military and defense industry uniforms, operating a fully integrated production cycle from raw materials to finished products. 🟠In addition, the delegation learned about the company's production of men's and women's suits, classic apparel, as well as a wide range of wool and wool-blend fabrics, and its activities in supplying products to both domestic and international markets. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for further expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector, implementing joint manufacturing projects, establishing modern production facilities, and exchanging advanced technologies and industrial expertise. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+6
🇺🇿 2026-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning yetakchi yengil sanoat korxonalaridan biri — Mark Formelle kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan tikuv-trikotaj ishlab chiqarish quvvatlari, dizayn va mahsulot ishlab chiqish markazlari, sifat nazorati tizimi hamda logistika va chakana savdo faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Mark Formelle bugungi kunda ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechak hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Belarusning eng yirik brendlaridan biri bo‘lib, o‘z mahsulotlarini MDH mamlakatlari bozorlariga keng eksport qilmoqda. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini kengaytirish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning xomashyo bazasi, ishlab chiqarish salohiyati va qulay investitsiyaviy muhiti hamda Mark Formelle kompaniyasining zamonaviy boshqaruv va ishlab chiqarish tajribasini uyg‘unlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar. ———— 🇺🇿On 8 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, the delegation visited the facilities of Mark Formelle, one of Belarus’s leading light industry companies. 🟠During the visit, the delegation was presented with detailed information on the company’s manufacturing processes, modern garment and knitwear production facilities, design and product development centers, quality control system, as well as its logistics and retail operations. Today, Mark Formelle is one of Belarus’s largest apparel brands, producing clothing and knitwear for women, men, and children, while exporting its products to markets across the CIS countries. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for expanding joint manufacturing projects in Uzbekistan, establishing modern production facilities, modernizing existing manufacturing capacities, introducing advanced technologies, broadening product assortments, and increasing the production of export-oriented goods. 🟠The parties also exchanged views on combining Uzbekistan’s strong raw material base, manufacturing potential, and favorable investment climate with Mark Formelle’s modern management and production expertise to establish the production of high value-added products. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+4
🇺🇿 Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarus va O‘zbekiston yengil sanoat sohasi tadbirkorlari ishtirokida ochiq davra suhbati tashkil etildi. 🟠Tadbir avvalida Agentlik direktori Nozimjon Xolmurodov O‘zbekistonda yengil sanoat tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish hamda tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilgan keng imkoniyatlar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi. 🟠Shuningdek, Bellegprom konserni raisi Nadejda Anatolyevna Lazarevich O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining yuqori sifati va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini alohida e’tirof etib, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga katta ishonch bildirdi. 🟠Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda ikki davlat kompaniyalari vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xomashyo va tayyor mahsulotlar yetkazib berishni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. ———— 🇺🇿 On 7 July 2026, as part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to the Republic of Belarus, an open roundtable discussion was held with the participation of entrepreneurs from the light industry sectors of Uzbekistan and Belarus. 🟠At the beginning of the event, Director Nozimjon Kholmurodov delivered a presentation on the ongoing reforms aimed at developing Uzbekistan’s light industry, attracting investment to the sector, increasing export potential, and the extensive support measures and opportunities created by the Government for entrepreneurs. 🟠Chairperson of the Bellegprom Concern, Nadezhda Anatolyevna Lazarevich, highlighted the high quality and international competitiveness of light industry products manufactured in Uzbekistan and expressed strong confidence in further expanding cooperation between the business communities of the two countries. 🟠The roundtable was held in an open dialogue format. Representatives of companies from both countries exchanged views on expanding business cooperation, developing the supply of raw materials and finished products, implementing joint manufacturing projects, and establishing new production capacities. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+3
🇺🇿 2026-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Bellegprom konserni raisi Nadejda Anatolyevna Lazarevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi yengil sanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish, mahsulotlar yetkazib berish ko‘lamini oshirish hamda sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 🟠Shuningdek, uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. ———— 🇺🇿 On 7 July 2026, as part of the official visit to the Republic of Belarus, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Nadezhda Anatolyevna Lazarevich, Chairperson of the Bellegprom Concern. 🟠During the meeting, the parties discussed the current state of bilateral cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector, as well as prospects for its further development. 🟠Particular attention was given to the implementation of joint manufacturing projects, expanding bilateral trade, increasing the supply of industrial products, and strengthening cooperation between enterprises of the two countries. 🟠Furthermore, at the conclusion of the meeting, the parties exchanged views on elevating their mutually beneficial cooperation to a new level and jointly implementing promising projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga bin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко 8-9 июля посетит эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

HURMATLI TADBIRKORLAR! 🇺🇿 2026-yil 23–24-iyul kunlari Qozogʻiston Respublikasining Aktau shahrida boʻlib oʻtadigan "Made in
HURMATLI TADBIRKORLAR! 🇺🇿 2026-yil 23–24-iyul kunlari Qozogʻiston Respublikasining Aktau shahrida boʻlib oʻtadigan "Made in Uzbekistan" milliy sanoat koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐 Mazkur koʻrgazma Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida tashkil etilib, Qoʻshma Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda Hududlar rahbarlari kengashining birinchi yigʻilishi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi. 🤝 Ishtirokchilarga yaratiladigan imkoniyatlar: — Qozogʻiston bozoriga chiqish; — Yangi biznes hamkorlar va xaridorlar bilan B2B uchrashuvlari; — Mahsulot va xizmatlarni xalqaro maydonda namoyish etish; — Eksport geografiyasini kengaytirish; — Davlat delegatsiyalari hamda yirik kompaniyalar vakillari bilan biznes muloqotlar oʻtkazish. ✔️ Mahsulotlaringizni xalqaro bozorda targʻib qilish va eksport salohiyatini oshirishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, ushbu koʻrgazma siz uchun muhim imkoniyatdir. 📞 Aloqa uchun: +998 95 950-99-19 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 “Made in Uzbekistan” milliy stendi INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘z faoliyatini boshladi 🟠2026-yilning 6–
+6
🇺🇿 “Made in Uzbekistan” milliy stendi INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘z faoliyatini boshladi 🟠2026-yilning 6–9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan INNOPROM–2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi o‘z faoliyatini boshladi. 🟠Milliy stend mamlakatimizning sanoat salohiyati, innovatsion ishlanmalari hamda eksportbop mahsulotlarini xalqaro hamjamiyatga keng namoyish etishga xizmat qilmoqda. 🟠Milliy stendda turli tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan yengil sanoatning 3 ta yetakchi yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar mahsulotlari ham namoyish etilmoqda. 🟠Ko‘rgazma doirasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport shartnomalarini imzolash, investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zbek mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash bo‘yicha qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🟠Shuningdek, mazkur ko‘rgazmadagi ishtirok O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada oshirish, milliy brendlarni xalqaro bozorlarda keng targ‘ib qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning global qiymat zanjirlariga integratsiyasini jadallashtirish hamda mamlakatimiz yengil sanoati mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+4
🇺🇿 2026-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Mogilev shahrida joylashgan “Моготекс” yirik to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlari, sifat nazorati tizimi hamda eksport salohiyati ko‘zdan kechirildi. 🟠Ma'lumot uchun, 1970-yilda tashkil etilgan “Моготекс” Belarus Respublikasining to‘qimachilik sanoatidagi eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona mudofaa sanoati, uy tekstili hamda turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan to‘qimachilik matolarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, korxonada maxsus texnik matolar, forma va maxsus kiyimlar uchun gazlamalar, mehmonxona va tibbiyot muassasalari uchun tekstil mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 37 million kvadrat metr matoni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Belarus ichki bozoridan tashqari MDH davlatlari, Yevropa va boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Belarus korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xomashyo va tayyor mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Yakunda tomonlar hamkorlik aloqalarini kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 Joriy yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Mogilev shahrida joylashgan "Lenta" fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda mahsulot assortimenti ko‘zdan kechirildi. 🟠1960-yilda tashkil etilgan "Lenta" fabrikasi Belarusning ushbu yo‘nalishdagi yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, asosan mudofaa sanoati, uy tekstili hamda tibbiyotda birlamchi yordam vositalari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda xalqaro bozorlarga ham eksport qilinadi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Belarus korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xomashyo va tayyor mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Yakunda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dir
+9
🇺🇿 2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Belarusning Orsha shahrida joylashgan "Orshanskiy Lyon Kombinati" faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli, zamonaviy texnologiyalari hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. 🟠Ma’lumot uchun, "Orshanskiy Lyon Kombinati" 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Belarus Respublikasining yengil sanoatdagi yirik va ko‘p yillik tajribaga ega korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lib, mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, yangi turdagi matolar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosar
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida Poti erkin sanoat zonasi (Poti Free Industrial Zone) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida Poti erkin sanoat zonasida investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, logistika infratuzilmasi, bojxona va soliq imtiyozlari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. 🟠Shuningdek, tomonlar mazkur erkin sanoat zonasida O‘zbekiston va Gruziya hamkorligida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. 🟠Qayd etish joizki, Poti erkin sanoat zonasi Gruziyaning Qora dengiz bo‘yidagi yirik logistika va sanoat markazlaridan biri bo‘lib, investorlarga qulay biznes muhiti, bojxona va soliq preferensiyalari hamda xalqaro transport yo‘laklariga bevosita chiqish imkoniyatini taqdim etadi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Gruziyaga davlat tashrifini yakunlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi. — Президента Шавката Мирзиёева, завершившего государственный визит в Грузию, проводил Премьер-министр Ираклий Кобахидзе. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida "Gorgia" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini Gruziya bozoriga yetkazib berish, eksport hajmini kengaytirish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Qayd etish joizki, Gorgia Gruziyaning qurilish, ta'mirlash, uy-ro‘zg‘or mahsulotlari savdosi yo‘nalishidagi yetakchi gipermarketlar tarmog‘i bo‘lib, 1998-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya mamlakat bo‘ylab 13 dan ortiq filialga ega bo‘lib, 60 mingdan ortiq turdagi mahsulot hamda 4 mingdan ziyod xalqaro brendlarni iste'molchilarga taqdim etadi. 🟠Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini Gruziya iste'molchilariga yanada kengroq tanishtirish maqsadida yaqin istiqbolda Gorgia gipermarketlar tarmog‘ida "Made in Uzbekistan" savdo burchagini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+3
🇺🇿 2026-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida mamlakatning yirik fashion-retail kompaniyalaridan biri – Dressup Group vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini Gruziya bozoriga eksport qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va brendlarni Dressup Group savdo tarmog‘iga olib kirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, Private Label (xususiy savdo belgisi) dasturi doirasida O‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini Dressup Group buyurtmalari asosida ishlab chiqarish va yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Ma'lumot uchun: Dressup Group Gruziyaning yetakchi fashion-retail kompaniyalaridan biri bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 80 dan ortiq mono va multibrend savdo do‘konlari tarmog‘iga ega. Kompaniya 100 dan ortiq xalqaro moda brendlari mahsulotlarini realizatsiya qiladi hamda so‘nggi yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish va Private Label yo‘nalishlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. 🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalari uchun Gruziya bozori orqali eksport geografiyasini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro retail tarmoqlariga kirib borishini ta'minlash hamda yangi savdo hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dir
+6
🇺🇿 2026-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning Exim banki (The Export-Import Bank of China)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xan Syaoping (Han Xiaoping) bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida ipakchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida Xitoyning Exim banki imtiyozli moliyaviy resurslarini jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🟠Tomonlar mazkur tashabbus ipakchilik sanoatining to‘liq qiymat yaratish zanjirini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. 🟠Jumladan: - tut plantatsiyalarini kengaytirish; - pilla yetishtirish hajmini oshirish; - pillani chuqur qayta ishlashni rivojlantirish; - yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ipak va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi qishloq hududlarida, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda O‘zbekistonning jahon ipak mahsulotlari bozoridagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani moliyalashtirish mexanizmlari, tashkiliy tuzilmasi va uni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi amaliy choralarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 Joriy yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida “Delta Textile” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠“Delta Textile” Gruziyaning mudofaa va xavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan korxonalaridan biri bo‘lib, harbiy va maxsus tuzilmalar uchun uniformalar, maxsus kiyim-kechaklar hamda boshqa maxsus to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va mahsulot turlari bilan tanishilib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik matolari hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini korxona talablariga muvofiq ishlab chiqarish va yetkazib berish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. 🟠Muzokaralar yakunida hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va to‘qimachilik matolari namunalarini Gruziya tomoniga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik